KIMYO FANINING KELIB CHIQISHI VA HAYOTIMIZDAGI O'RNI Muhammadyusuf Paxlavonjon o'g'li Alixanov1 Roziyaxon Xalimjon qizi Xurboyeva2
1 9
' Andijon davlat unverstiteti talabalari alixonov322434@gmail.com
ANNOTATSIYA
Siz ushbu maqolada kimyo asoslari, tabiiy boyliklarning kimyo bilan bog liqligi, kimyoning har sohaga qanday holatda bog liqligi haqida bilib olishingiz mumkin.
Kalit so'zlar: Kimyo, atom, fan, element, sanoat.
THE ORIGIN OF CHEMISTRY AND ITS PLACE IN OUR LIVES
ABSTRACT
In this article you will learn the basics of chemistry, the relationship of natural resources to chemistry, the relationship of chemistry to any field.
Keywords: Chemistry, atom, science, element, industry.
KIRISH
Kimyo fani ham boshqa fanlar qatorida, odamlarning amaliy faolyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir dastlabki bilimlarni o'rganish dastlab qachondan boshlanganligi noma'lum, insoniyatqachomdan buyon olovdan foydalana boshlagani, metallarga termik ishlov berishni qachon o'rgangani ma'lum emas. Lekin oziq-ovqat tayyorlash, kundalik ehtiyoj uchun mahsulototlarga kimyoviy kimyoviy ishlov berishda kimyoviy bilimlarning ortib borishi insoniyat rivojida katta burilishlarga olib kelgan. Misrda, Xitoyda, Hindistonda, Yunonistonda bunday fikrlar jamlangan. Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish rangdor shisha hosililish, teri oshlash , o'simliklardan dori darmonlar, bo'yoqlar va xushbo'y moddalar ajratib olishni, spool buyumlar yasashni bilishgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Insonlar juda qadimdan qand, yog' va oqsilga boy o'simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar. Ular bundan 6 ming yil avval oltin va
kumushdan zebu-ziynat buyumlari tayyorlashni bilganlar. Eramizdan 2000 yil avval Xitoyda qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda margimushdan foydalanilgan. O'sha davrlarda Misrda o'simlik va hayvon organizmlar turli bo'yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan.
Barcha xalqlar juda qadimdan bijg'ish jarayonini bilganlar. Har bir xalqni o'ziga xos spirtli ichimligi bo'lgan. Uni dondan, asaldan yoki uzum sharbatidan tayyorlaganlar. Sirkadan oziq-ovqat tayyorlashdagina foydalanmay, undan bo'yoq olishda ham foydalanilgan. Lekin o'sha davrlarda kimyo bilan faqat maxsus kishilargina shug'ullangan.
Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrlarda shug'ullangan. Ular butun borliqning asosini to'rtta <<element>> - suv, havo, tuproq va olov tashkil etadi deb tushuntirganlar.
Keyinchalik Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillari) butun borliq bitta asosiy materiyadan tuzilgan, degan nazariyani yaratdi. Uning fikricha to'rtta xossa: sovuqlik, issiqlik, namlik va quriqlikning asosiy materiyaga har xil nisbatda birikishidan - suv, havo, tuproq va olov hosil bo'ladi. Masalan, asosiy materiyaga issiqlik va namlik qo'shilsa havo, namlik va havo qo'shilsa suv va hokazo hosil bo'ladi. Ular bir-biriga aylanishi ham mumkin. Masalan, havo sovutilsa, issiqligi chiqib ketib suvga, suv qizdirilsa namligi chiqib ketib tuproqqa aylanadi va hokazo. Moddiy dunyoga bunday Arastucha qarash Yevropada XVI asrgacha hukm surib keldi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir jamiyatni, fanni o'rganish bilan birga uning paydo bolish, rivojlanish, yuksalish va bugungi kundagi mavqeiga erishgunga qadar bosib o'tgan yo'li, bu yolning ayrim bosqichlari, ularda yashab o'tgan izlangan olimlar shu faning yaratilishiga qo'shgan hissalari, hodisa va atrof muhitdagi materiyani o'rganishda ularga yondashish usullari va ularni o'rganish hozirda zamonaviy hayotimizda juda muhim masala bolib qolmoqda.
Kimyo fanining ham oz tarixi bor. Bu tarix bilan tanishish kimyo fani qachon paydo bola boshladi, u yoki bu kimyoviy hodisalar qanday qilib kashf qilindi va ular kishilar hayotida o'rin egallay boshladi.
Fan tarixini organish shu fanni har tomonlama, chuqur va mukammal, ichki mantiqiy boglangan malumotlar asosida omil va vosita hisoblanadi
Kimyo fanining har bir davrning o'z tarixchilar bo'lgan. Ammo keyingi ikki-uch asr davomida kimyo tarixini yaratishda ancha ish qilganlar Bertalo, Ladenburg, Djua, Meyer, Marnovnikov va boshqalardir.
Kimyo fanini yaxshiroq o'zlashtirish uchun avvalambor uning eng asosiy tarkibini ya'ni atom, molekula, kimyiviy element va moddalarning davriy jadvali, ularning o'lchov birliklarini yaxshilab o'rganishimiz zarur.
Atom-kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrasidir.
Molekula- moddaning mustaqil mavjud bo'la oladigan va shu moddaning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'zida saqlab qoladigan juda kichik zarrasidir.
Kimyoviy element-o'zida muayyan hodisalarni mujassamlashtirilgan va kimyoviy usullar bilan boshqa oddiy moddaga aylana olmaydigan atomlar turidir. Demak, oddiy modda elementning erkin holda mavjud bo'lishi shaklidir.
Kimyo fani biz uchun har sohada kerakli fandir. Misol qilib oladigan bo'lsak, tabiiy qazilma boyliklarini faqat qazib olish bilan ish bitmaydi. Yani u har doim ham sof holatda qazib olinmaydi. Uni qazib olib, avval u qanday ekanligini aniqlash, tarkibiy qismlarini bilish, uni tozalash lozim. Bizga bu fan nafaqat qazilmalar bilan ishlashda balki, tekstil, tibbiyot, farmatseftika, agrar soha va hokazo yo'nalishlar uchun kerak.
XULOSA
Mustaqil respublikamizni ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida sotsial iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, xalq xo'jaligini sifat jihatdan qayta ko'rib yanada yuqori pog'onalarga ko'tarish uchun qator masalalarga kompleks va sistemali ravishda yondashilgan holda ish ko'rila boshladi.
Muhim yo'nalishlar rivojlanishini ta'minlab , ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, iqtisodiy rivojlanishni yangi izga solish, boshqarishning samarali usullaridan foydalanib, sotsial muammolarni keng ko'lamda kompleks holda hal etish va bu masalalarni hal etishda asosiy omillardan biri ham kimyoga kelib taqaladi.
Mustaqil mamlakatimizda kimyoga oid qator sanoatlar tez suratlar bilan rivojlanmoqda, yirik kimyo korxonalari barpo etilmoqda, chunonchi ularda o'nlab tonna fosfor, sirka kislota angridi, sirka kislota, ammiak, ammoniy, nitrate, azot kislota, soda, sement, shisha, karbamid, paxta selluloza, akrilatnitrit, kaprolaktam, atsetilen, etilen nitron, kapron va atsetat tolalar va xalq xo'jaligini muvaffaqiyatli
rivojlantirish uchun zarur bolgan ko'pgina boshqa mahsulotlar respublikamiz mintaqalaridagi er osti va usti zahiralaridan foydalanib ishlab chiqarilmoqda.
REFERENCES
1. "Kimyo nazariy asoslari" Toshkent -2005. yil.
2.Toshpo„latov Yu.T., Ishoqov Sh.S. Anorganik kimyo. T.: O„qituvchi.1992
3. Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition,England 2013