Научная статья на тему 'KICHIK BIZNESNI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISH ASOSLARI'

KICHIK BIZNESNI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik biznes / Biznes / tadbirkorlik / savdo-sotiq / Kichik biznesni tashkil qilish / Kichik biznes tushunchasi / kompaniya / Small business / Business / entrepreneurship / trade / Small business organization / Concept of small business / company

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qo‘ldoshev S. O.

Ushbu maqolada Kichik biznesni tashkil qilish va boshqarish asoslari, shakllari hamda kichik beznis tushunchalari yoritib berilgan hamda kichik beznisni foydali tomonlari va uning dunyoda tutgan o‘rni aytib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASICS OF SMALL BUSINESS ORGANIZATION AND MANAGEMENT

This article explains the basics, forms and concepts of small business organization and management, and also mentions the benefits of small business and its role in the world.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNESNI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISH ASOSLARI»

Qo'ldoshevS.O., PHD Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

Orcid: 0009-0005-2406-904X

KICHIK BIZNESNI TASHKIL QILISH VA BOSHQARISH ASOSLARI

Anotatsiya: Ushbu maqolada Kichik biznesni tashkil qilish va boshqarish asoslari, shakllari hamda kichik beznis tushunchalari yoritib berilgan hamda kichik beznisni foydali tomonlari va uning dunyoda tutgan o 'rni aytib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Kichik biznes, Biznes, tadbirkorlik, savdo-sotiq, Kichik biznesni tashkil qilish, Kichik biznes tushunchasi, kompaniya

Qo'ldoshevS. O., PHD Independent researcher of Bukhara State University Orcid: 0009-0005-2406-904X

BASICS OF SMALL BUSINESS ORGANIZATION AND MANAGEMENT

Anotatsiya: This article explains the basics, forms and concepts of small business organization and management, and also mentions the benefits of small business and its role in the world.

Key words: Small business, Business, entrepreneurship, trade, Small business organization, Concept of small business, company

"Biznes" ingliz business yani tadbirkorlik yoxud boshqacha so'z bilan aytganda insonning daromad olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining hamma qatnashchilari orasidagi aloqalarni qamrab oladi va faqat tadbirkorlarni emas, balki ishchilarning, davlat tizimi xodimlarining ham harakatlarini qamrab oladi. biznes so'zining tijorat, savdo-sotiq sinonimlari ham mavjud.

Chet ellek faylasuf olimlarining o'quv darsliklarida biznesga mukammal ta'rif beradilar. AQShlik professorlar S. Rozenblat, R. Bonnington va B. Nidlslar tayyorlagan «Biznes konsepsiyasi» darsligida: «Biznes nima?» degan savolga ular: Biznes - bu ish yuritish tizimidir, bu insonlarga zarur bo'lgan tovarlarni yaratishdir. Bu esa bizni qanday qay tarzda hayot kechirishimiz kabi javoblarni bergan. Shunday ekan, biznes - bu puldan pul topish, lekin albatta insonlarga zarur bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish orqali puldan pul qilishdir. Biznesning formulasi oddiy, ya'ni P-P. Lekin bu oddiy formula mazmunida murakkab hayot jarayoni yotadi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o'zi, so'ngra esa pul ishlash demakdir.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

431

Kichik biznes sub'ektlari bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Kichik biznes tushunchasi kompaniya, xususiy korporatsiya yoki yakka tartibdagi tadbirkor ko'rinishida tasniflanadi, u xususiy korporatsiya va oddiy biznesga nisbatan kamroq xodimlar va kam miqdordagi daromadga ega. "Kichik" ta'rifi - mamlakat ko'magiga murojaat qilish va yengilliklarga ega bo'lgan soliq siyosiy faoliyatiga ega bo'lish nuqtai nazaridan farq qilinadi.

Oxirgi yillarda kichik beznis atamasidan ko'proq foydalanila boshlandi. Kichik korxonalar (qisqacha. SMEs, Малые и средние предприятия yani kichik va o'rta korxonalar ) faoliyat yo'nalishlari qonun doirasida belgilangan doiradan oshmaydigan tijoriy tashkilotlari hisoblanadi.

Ma'lumki, 2010-yilning 7 dekabr kuni 0'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishida 0'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lini izchil davom ettirish - taraqqiyotimizning muhim omilidir» mavzusida ma'ruza qildi. 2011-yil mamlakatimizda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e'lon qilindi. Davlatimiz rahbari tomonidan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» bo'yicha qabul qilingan davlat dasturida quyidagi asosiy ustuvor yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratish zarurligi ko'rsatib o'tildi.

Kichik beznisni tashkil qilish uchun avvalam bor tadbirkorlik korxonalarini tuziladi. Tadbirkorlik korxonalarini tashkil qilish, ularning xizmat ko'rsatishi, ularni tashkil etish va faoliyatini yakunlashning umumiy iqtisodiy-ijtimoiy hamda huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g'risida»gi qonuni asosida tartibga solinadi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish qoidalari. Korxonaning ustaviga asosan tartibga solinadi. Tashkilot boshqaruv tizimi, shtatlari va shaklini mustaqil ravishda belgilaydi, Tasischi korxonani to'g'ridan to'g'ri yoki vakolat bergan korxonalar orqali boshqaradi. Tasischi yoki korxonani yuritish huquqi yoxud u huquqni bergan tashkilotlar o'sha huquqlarni tashkilot kengashiga yoki tashkilot ustavida nazarda tutilgan hamda tasischi va tashkilot jamoasi manfaatlarini ifoda etadigan boshqa korxonaga topshirishi mumkin. Korxona managerini tayinlash va ozod etish kompaniya tasischisining huquqi, shuningdek o'zlari tomonidan vakil etib belgilangan korxonalar orqali yoki ushbu tashkilotni idora etish huquqi berilgan korxona kengashi orqali amalga oshiradilar.

Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo'shish, bo'lib yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni tuzishga vakolati bo'lgan idoralar qaroriga binoan yoxud sud yoki hakamlik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Korxona davlat ro'yxati reestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish davomida ishdan bo'shatilayotgan xodimlarga me'yoriy hujjatlarda belgilanganga muvofiq ularning huquqlari va

manfaatlariga rioya etilishiga kafolatlar beriladi. Korxona boshqa korxona bilan qo'shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo'shilish natijasida vujudga kelgan korxonaga o'tadi. Bunda uning barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo'shib olgan korxonaga o'tadi. Korxona bo'lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu natijasida vujudga kelgan yangi korxonalarga bo'lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o'tadi. Agar korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarilsa, qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari va majburiyatlari bo'lib yuborish hujjatlari (balansi) ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o'tkaziladi.

Jahonnining ko'plab rivojlangan mamlakatlarida kichik beznis korxonalari davlat miqyosida yuqori ko'rsatgichlarni ko'rsatgan holda mamlakat YIM ning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Bunga misol qilib quydagilarni keltirishimiz mumkin :

Amerika qo'shma shtatlarida kichik korxonalar umumiy korxonalar sonining 91,6 foizini, Fransiyada - 98,4 foizini, Yaponiyada esa 77 foizini tashkil etadi. AQShda sanoat mahsulotlari hajmining 36,6 foizi, Fransiyada - 38,8 foizi, Yaponiyada esa 35,4 foizi kichik korxonalar hissasiga to'g'ri keladi.

AQSH da har yili o'rtacha 200 mingga yaqin tadbirkor o'zining yangi korxonasini ochadi. Ularning 3\2 qismi 20 ming dollardan kam mablag' evaziga o'z faoliyatlarini boshlaydilar. Ularning qariyib 75% o'z korxonalarida xaftasiga 50 soat ishlaydilar, 25% esa 70 soat bazida esa undan ham ortiq mehnat qiladilar. Qariyib 2/3 qism yangi tadbirkorlar yangi korxonalar hisoblanadilar, ya'ni ular amalda ishlayotgan firmalarni sotib olmay, yangidan o'zlari biznesni boshlaydilar.

Xulosa:

Kichik biznesni tashkil qilish va boshqarish asoslari bo'yicha xulosalar quyidagicha ifodalandi: birinchidan kichik beznis nafaqat yurtimizda balki butun dunyoda iqtisodiyotning asosiy bo'g'inni bo'lganligi bois kichik beznisni tashkil qilishda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berish hamda soliq yengilliklari berilishi zarur.

Ikkinchidan Kichik biznesni tashkil qilish va boshqarish uchun davlat organlari tomonidan tadbirkorlarni muntazam ravishda qo'llab qo'vvatlanishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1Лушников О. Е. О состоянии и перспективах малого и среднего бизнеса в странах ЦВЕ. (12 декабря 2011). Дата обращения: 20 июля 2018. 20 июля 2018 года.

2 11. A. Karimov. «Mamlakatimizni modemizatsiya qilish yo'lini izchil davom cttirish — tara q q iy o tim iz n in g m u h im om ilidir». 0 'zbekiston R espublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga b ag'ishlangan tantanali yig'ilishidagi m a 'ruzasidan. / / Xalq so'zi, 2010 8 dekabr.

3 Кичик тaдбиркорлик менежменти 2-кисм: Укув aмaлий кyллaнмa. Б.Ю.Ходиев, А.Сaмaдов,М.С. Юсупов Ba бошкaлaр. — Т.: ЕХ ТЕМПУС дaстyри "Мaтодор-2000" лойи\aси, 2004.

4 Kichik biznes boshqarish. O'quv qo'llanma -Samaraqand: FAN BULOG"I nashriyot Musayev Bekjin Shukurullayevuch - 2021 4b

5 Kichik biznes boshqarish. Q.J.Mirzayev Samarqand 2008 5b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.