Xolmirzaev T. R.
Assistent
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O'zbekiston
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI IQTISODIYOTIMIZDA TUTGAN O'RNI VA DOZLARBLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo 'nalishlari, kichik biznesni milliy iqtisodiyotdagi o 'rni va axamiyati iqtisodiy ko 'rsatkichlar orqali yoritilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor muhitiga tez moslasha olishi, bandlikni ta'minlash, daromadlarni shakllantirish va shu orqali uning tengsizligini yumshatish hamda o 'rta mulkdorlar qatlamini qaror toptirishdagi afzalliklari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: kichik biznes, mulk, investitsiya, ishsizlik, rag'batlantirish, raqobat, tadbirkorlik, texnologiya, innovatsion g 'oyalar, korporatsiya, kapital va moliyalashtirish imkoniyatlari
Kholmirzaev T.R.
Assistant
University of Economics and Pedagogy
Uzbekistan
THE ROLE AND IMPORTANCE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN OUR ECONOMY
Abstract: This article describes the development directions of small business and private entrepreneurship, the role and importance of small business in the national economy through economic indicators. The advantages of small business and private entrepreneurship in quickly adapting to the market environment, providing employment, generating income and thereby reducing inequality, as well as finding a solution for the middle class of owners are revealed.
Keywords: small business, property, investment, unemployment, incentives, competition, entrepreneurship, technology, innovative ideas, corporation, capital and financing opportunities.
Kirish. Kichik biznez va xususiy tadbirkorlik bozor muhitiga tez moslasha olishi, bandlikni ta'minlash, daromadlarni shakllantirish va shu orqali uning tengsizligini yumshatish hamda o'rta mulkdorlar qatlamini qaror toptirishdagi afzalliklari bilan birga xususiy va shaxsiy mulkni ro'yobga chiqarishda xo'jalik yuritishning eng samarali shakllaridan hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk dahlsizligini amalda ta'minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo'nalish bo'lib qoladi.
Kichik biznes bozor iqtisodiyotida xo'jalik yuritish shakli sifatida mulkchilikning har qanday shaklini inkor etmaydi. Kichik biznes mulkiy tavsifiga ko'ra murakkab xo'jalik yuritish shakli hisoblanib, mulkchilikning mavjud barcha shakllariga asosan tashkil qilinib, faoliyat yuritishi mumkin. Bugungi jamiyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhim bo'lishining asosiy sabablaridan biri bu innovatsiyalarni rag'batlantirish va iqtisodiy o'sishga xizmat qilishidir. Kichik biznes o'zgaruvchan bozor talablari va tendentsiyalariga tezda moslashish qobiliyatiga ega bo'lib, ularga bozorga yangi mahsulot va xizmatlarni olib kirish imkonini beradi. Kichik biznes o'zining innovatsion g'oyalari va tavakkal qilishga tayyorligi orqali iqtisodiyotning umumiy raqobatbardoshligi va dinamikasiga hissa qo'shadi. Bundan tashqari, kichik biznes ham ish o'rinlari yaratishda muhim rol o'ynaydi, an'anaviy bandlik yo'llaridan foydalana olmaydigan shaxslarni ish bilan ta'minlaydi
Bozor iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlar tajribasi turli mulk shakllariga asoslangan kichik biznes sub'ektlaridan faqat xususiy mulkchilikdagi shunday korxonalar faoliyati birmuncha samarali ekanligini ko'rsatadi.
Aynan shu sababli, 2017-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish ustuvor yo'nalish sifatida qaraladi. Xususiy tadbirkorlik kichik biznesdan farq qilib, moliyaviy mablag'lari va iqtisodiy resurslarini shakllantirilish (tadbirkorning o'z mulki, meros qoldirilgan, qarz yoki ijaraga olingan mulk va boshqalar) qat'iy xususiy mulkka asoslanadi va xo'jalik yuritishda shaxsiy tashabbuskorlik ustuvor o'rin egallaydi.
Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida kichik biznesni yanada rivojlantirishni rag'batlantirish bilan birga, uning tarkibida xususiy mulkka asoslangan sub'ektlar ulushini to'xtovsiz oshirib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Islohotlarimiz natijasida o'tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko'p yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi. Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingida 7 pog'ona ko'tarilib, biznesni ro'yxatga olish ko'rsatkichi bo'yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8 o'rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining iqtisodiyotda band bo'lganlardagi ulushi 2018 yilda 2010 yilga qiyosan 74,3 % dan 78,2 % ga, YalM ni shakllantirishdagi salmog'i 52,5 % dan 59,4 % ga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi shunday ko'rsatkichi 18,8 % dan 34,7 % ga ortgan. Bu davrda kichik biznes sub'ektlarilari soni 1,3 barobarga, ularning eksportdagi ulushi 2 martaga yaqin ko'paygan.
Respublika hududlarida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulot,tarmoqlar mahsuloti, asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar, chakana tovar aylanmasi va xizmat ko'rsatish hajmi hamda boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi ulushida ham katta ijobiy o'zgarish ro'y bergan va ayrim nomutanosibliklar ham kuzatiladi. Jumladan, respublikaning deyarli barcha hududiy sub'ektlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2010 yilga qiyosan
2018 yilda turli xil darajada ortgan bo'lsa, ayrimlarida bu ko'rsatkich bir muncha kamaygan. Uning eng yuqori o'sishi 11,3 % ni(Andijon vil.), eng ko'p pasayishi esa 8,7 % ni (Sirdaryo vil.) tashkil qilgan. 2018 yilga kelib kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHM dagi eng yuqori ulushi Jizzax va Namangan (80,9 %) va eng past salmog'i Navoiy (37,6 %) viloyatiga tegishli bo'lgan.
2010-2018 yillarda kichik biznesning YalM dagi salmog'i yiliga o'rtacha 0,4 % ga ortgan bo'lsa, sanoat mahsulotida esa uning ulushi 2010 yilda 19,6 %ni, 2016 yilda 45,0 %, 2018 yilga kelib esa 34,7 foizni tashkil etgan yoki 2016 yilga nisbatan 10,3 % pasayish kuzatilgan. Qurilish sohasida kichik biznesning ulushi 2010 yilda 52,3 % ni, 2016 yilda 67,2 %, 2018 yilda 66,6 %ni tashkil etgan bo'lsa, xizmatlar soxasida esa mos yillar bo'yicha 36,6 %; 60,5 % va 55,2 %ni tashkil etmoqda.
Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo'llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so'm yoki o'tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko'p mablag' qoladi.
Chunonchi, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali:
- o'rta mulkdorlar sinfi shakllanadi;
- makroiqtisodiy beqarorlik, ishsizlik va taqchillik kabi iqtisodiy muammolar barham topadi;
- sog'loq raqobatchilik muhitining yaratilishi orqali YalMning miqdor va sifat jihatidan o'sishi kuzatiladi;
- ichki bozor zarur tovar (xizmat)lar bilan to'yinadi va ularning sifati oshadi;
- va pirovardida aholi turmush darajasining o'sishiga erishiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat davlat va jamoat taraqqiyotida, balki xar bir insonning yuksalib borayotgan xayotiy extiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega, ya'ni xizmat ko'rsatish, chakana savdo, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish kabi soxalarda ushbu faoliyat yaqqol namoyon bo'ladi.
Ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal o'sishini ta'minlash, xususiy mulkni ximoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ba'zi ma'muriy to'siqlarni bartaraf etish, respublikamizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini sifat jixatidan yangi bosqichga ko'tarish orqali xalqaro me'yorlarga to'liq javob berishini ta'minlashda o'z aksini topadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda jamiyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dolzarbligicha qolmoqda. Ushbu insho davomida muhokama qilinganidek, kichik biznes innovatsiyalarni qo'llabquvvatlash, ish o'rinlarini yaratish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish orqali iqtisodiyotda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ular jismoniy shaxslarga tadbirkorlik orzularini ro'yobga chiqarish va mamlakatning umumiy farovonligiga hissa qo'shish imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoev Sh. Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. T.: O'zbekiston. 2018 y. 32 b.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha
Xarakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni. http://lex.uz/
3. Mirziyoev Sh. M. 2020 yil — ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili. //Xalq so'zi. 1- 5b. 25.01.20y.
4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining 2010- 2018 yillar bo'yicha ma'lumotlari. https://stat.uz/.
5. Aminov F. B. O'ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA XORIJ TAJRIDASI //Экономика и социум. -2024. - №. 4-2 (119). - С. 45-51.
6. Aminov F. B. Living Standard of Population in Uzbekistan //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 40-46.
7. Aminov F. B. STATE REGULATION OF BUSINESS ACTIVITIES //Экономика и социум. - 2023. - №. 10 (113)-2. - С. 34-40.
8. Khamraeva S. N. Strategy for Development of Electronic Business. - 2023.
9. Xamrayeva S. О 'ZBEKISTONDA ELEKTRON SAVDO VA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHNING О 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //The Innovation Economy. -2023. - Т. 1. - №. 01. - С. 35-40.
10. Khamraeva S., Ochilova N. Analysis of factors to increase the efficiency of the use of peasant farms and the land of the field //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 392. - С. 01048.
11. Ochilova N. A. Use of the Advanced Experience of Foreign Countries in the Development of Peasant and Homestead Farms //International Journal of Formal Education. - 2023. - Т. 2. -№. 11. - С. 267-274.
12. Ochilova N. A. et al. Improving the Use of Agricultural Land in Kashkadarya Region //International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development. - 2022. - Т. 4. - №. 3. - С. 49-54.
13. Shodmonovna F. S., Negmatovich Y. N. THE ROLE OF LIVESTOCK REFORM IN THE DEVELOPMENT OF THE COUNTRY'S ECONOMY. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal [Электронный ресурс].
14. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. -С. 544-554.
15. Samiyeva G. T., Yuldashev S. E. Ways to Effectively Organize Employment of the Population in Ensuring Social and Economic Security of the Region. - 2023.