Научная статья на тему 'KATTALARDAGI ONKOLOGIK KASALLIKLARNI PSIXOLOGIK TAHLILI'

KATTALARDAGI ONKOLOGIK KASALLIKLARNI PSIXOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2870
225
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Onkologiya / gematologiya / kasallik / bemor / baho / munosabat / tajriba / maqsad / ishonch / reabilitatsiya / patologiya / patogenez / Oncology / Hematology / Disease / Patient / Evaluation / Attitude / Experience / Purpose / Confidence / Rehabilitation / Pathology / Pathogenesis

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ismoilova Muazzamxon Isroilovna, Ibragimov Obidjon Baxtiyor O’g’li

Ushbu maqolada kattalarda onkologik kasalliklar kechishi, uning psixik-ruhiy holati, patologik xususiyatlari, patologiyaning patogenezi haqida ilmiy fikrlar keltiriladi. Kattalarni davolashda, avvalambor, ularning psixik holatini o‘rganish lozimligi maqolada asosiy o‘rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF ADULT ONCOLOGICAL DISEASES

This article provides scientific views on the course of oncological diseases in adults, its psycho-emotional state, pathological features, the pathogenesis of the pathology. The article focuses on the need to study the mental state of adults in the treatment of adults.

Текст научной работы на тему «KATTALARDAGI ONKOLOGIK KASALLIKLARNI PSIXOLOGIK TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

KATTALARDAGI ONKOLOGIK KASALLIKLARNI PSIXOLOGIK

TAHLILI

Ismoilova Muazzamxon Isroilovna Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti, "Ichki kasalliklarpropedevtikasi" kafedrasi assistenti Ibragimov Obidjon Baxtiyor o'g'li, Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti, Davolash ishi 38-guruh talabasi [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada kattalarda onkologik kasalliklar kechishi, uning psixik-ruhiy holati, patologik xususiyatlari, patologiyaning patogenezi haqida ilmiy fikrlar keltiriladi. Kattalarni davolashda, avvalambor, ularning psixik holatini o 'rganish lozimligi maqolada asosiy o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: Onkologiya, gematologiya, kasallik, bemor, baho, munosabat, tajriba, maqsad, ishonch, reabilitatsiya, patologiya, patogenez.

Аннотация: В статье представлены научные взгляды на течение онкологического заболевания у взрослых, его психоэмоциональное состояние, патологические особенности, патогенез патологии. В статье акцентируется внимание на необходимости изучения психического состояния взрослых при лечении взрослых.

Ключевые слова: онкология, гематология, заболевание, пациент, оценка, отношение, опыт, цель, уверенность, реабилитация, патология, патогенез.

Abstract: This article provides scientific views on the course of oncological diseases in adults, its psycho-emotional state, pathological features, the pathogenesis of the pathology. The article focuses on the need to study the mental state of adults in the treatment of adults.

Keywords: Oncology, Hematology, Disease, Patient, Evaluation, Attitude, Experience, Purpose, Confidence, Rehabilitation, Pathology, Pathogenesis.

Barchaga ma'lumki, katta yoshdagi onkologik va gematologik kasallikka chalingan bemorlarda o'ziga bo'lgan bahosi, unga atrofdagilarning hurmat bilan munosabat qilish tajribasi asosida tiklanadi. Bemor atrofdagilar tomonidan hurmatli munosabat ko'rsa, shu qatori o'ziga ham ayab hurmat bilan munosabatda bo'lishga qodir. Bemorga «O'zingga ishon, seni hamma yaxshi ko'radi, senga g'amxo'rlik

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

qilayotganlarga ishonch bildir», degan gaplarni aytib atrofdagilarga nisbatan bemorni ishonchini orttirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Nаfаqаt mаvjud simptоmlаrni kuzаtish, bаlki mijоzning shikоyatlаri vа hаrаkаtlаri zаminidа nimа yashiringanini ham tushunish kerak. Kuzatuv o'tkazish va o'z-o'ziga parvarish qilish qobiliyatini baholashni bajariladi.

Yosh qaytgach o'ziga xos psixogigiyenik muammolar vujudga keladi. Keksalik hayotning nihoyasi bo'lishi kerak emas, balki u hayotning ochilgan gulidir, - degan edi Andre Renon. Shunday ekan, qarilik chog'idagi psixogigiyenik tadbirlar sistemasi gulni so'litmaslikka, barglari, yaproqlarining tushmasligiga qaratilmog'I kerak. Qarilik chog'ida ko'rish qobiliyati susayadi, quloq og'irlashib qoladi, asta-sekin oyoqlardan mador ketadi, harakatlarni bajarish qiyinlashib boradi. Bu esa ruhiyatning pasayishiga olib keladi.

Qariyalarning ko'ngliga tez ozor yetadi, ular nozik bo'lib qoladilar, salbiy kechinmalardan ko'p tashvishga tushadilar, ularni xavotirlik, qo'rquv egallaydi. Yolg'izlik ularni og'ir xayollarga cho'mdiradi. Ba'zida yoshlar oiladan uzoqlashib, o'zlari yangi oila quradilar. Natijada keksalar yolg'iz qoladilar. Yolg'izlik ularni qiynaydi. Bunday vaqtda qo'shnilar, o'g'il-qizlari, nevara-chevaralari qariyadan xabardor bo'lib turishlari lozim. Mahalla faollari yolg'iz qolgan qariyalarga mos keladigan ishlar topib berishlari kerak. Ularning doimo nima bilandir mashg'ul bo'lishlari ruhiy sog'lomlikka olib keladi. Kezi kelganda, qariyalarning tibbiy parvarishi haqida ham to'xtalib o'tmoqchimiz. Abu Ali ibn Sino qariyalarga badanni yog' bilan uqalash, yengil harakatlar qilish, piyoda va otda yurish, ko'katli taomlar yeyish, sut-qatiqni ko'proq ichish, asabiylashmaslik, yetarlicha uxlash va ichni surib turish kerakligi haqida uqtirgan edi. Darhaqiqat, keksa odamning ovqati oz-ozdan, sifatli, darmondorilarga boy va mazali bo'lishi darkor. Shovla, shirguruch, atala, holvaytar, shirchoy, limonli choy kabi ichimliklar me'da-ichak yo'llarida tez hazm bo'ladi. Sabzavot (sabzi, sholg'om, karam) va ko'katlar qo'shib tayyorlangan suyuq taomlar qariyalarga foydali, shifobaxsh ta'sir qiladi va huzur bag'ishlaydi.

Bugungi kunda onkologik kasalliklar o'lim va nogironlikning uchrashi bo'yicha dunyoda birinchi, ba'zi davlatlarda ikkinchi o'rinni egallaydi. Tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha yo'nalish mutaxassislari o'z amaliyotida xavfli o'smalar bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Chunki onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a'zolarida uchraydi. Xususan, 6 mingdan ortiq odamning qon tahlilini o'rgangan tadqiqot bir guruh amerikalik va britaniyalik

Scientific Journal Impact Factor

olimlar tomonidan olib borildi va Silikon vodiysidan bo'lgan startap tomonidan homiylik qilingani ma'lum.

Olimlar bunday sinovlar o'simtalarni erta bosqichda aniqlashga va ularni muvaffaqiyatli davolashga yordam beradi deb umid qilishmoqda.

Tadqiqot Onkologiya institutining bir guruh amerikalik olimlari tomonidan olib borildi. Dana Farber va Garvard tibbiyot maktabi, Frensis Krik instituti va London universitet kolleji britaniyaliklar bilan hamkorlikda. Uning natijalari Annals oncology akademik jurnalida chop etilgan, Oksford Universiteti Pressi.

Saratonni aniqlagan testlarning 99% dan ko'prog'i tasdiqlangan bo'lsa ham, olimlar ularning usuli onkologiyani o'tkazib yubormasligiga va yolg'on umid bermasligiga ishonch hosil qilishni xohlashadi. Bu qo'shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.

Bundan tashqari, klinik tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, qon testi kasallikning rivojlanishining boshlanishiga qaraganda progressiv onkologiyani aniqlaydi. "Ushbu qon sinovi barcha saraton kasalligi uchun tahlil sifatida keng qo'llanilishi kerak bo'lgan barcha xususiyatlarga ega", deydi tadqiqot etakchilaridan biri professor Jof Oksnard. Ammo bunday klinik tadqiqotlar natijalari olinganidan keyingina ushbu tahlilning keng qo'llanilishi haqida gapirish mumkin bo'ladi.

"Ushbu tahlil rivojlanishning boshlang'ich bosqichida bo'lsa-da, birinchi natijalar ma'qul", dedi Devid Krosbi, Buyuk Britaniyaning Saraton kasalligi bo'yicha tadqiqotlari uchun mas'ul bo'lgan.

"Saratonni erta aniqlash, u kamroq invaziv va davolanmasa, hayotni saqlab qolish uchun ulkan salohiyatga ega, ammo bu potentsialni ro'yobga chiqarish uchun texnologik yangilik zarur".

"Har kim bunday sinov qachon tayyor bo'lishini so'raydi. Minglab bemorlarning muvaffaqiyatli klinik sinovlaridan kelib chiqqan holda, ushbu test klinik sinovlarda cheklangan foydalanish uchun allaqachon boshlangan ».

Onkologik kasalliklarga qarshi kurashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki biologlar, genetiklar, ximiklar, fiziklar va shu kabi ilmfanning bir qancha yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Olimiarning intilishlari onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash sohasida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi. Masalan, nevrologiya sohasini misol qilib oladigan bo'lsak, kompyuter tomografiya yoki magnitli-rezonans tomografiya bosh miya o'smalarini

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

juda erta aniqlash va samarali davolash imkonini berayapti. XX asming 80-yillarigacha esa miya o'smasi tashxisini aniqlash o'ta mushkul va juda ko'p urinishlarni talab qilardi.

«Bosh miya o'smasi» tashxisi faraz qilingan bemorda chuqur klinik tekshiruvlardan tashqari, bir qancha paraklinik tekshiruvlar, ya'ni rentgenoskopiya, exoensefaloskopiya, elektroensefalografiya, reoensefalografiya, lyumbal punksiya. pnevmoensefalografiya, serebral angiografiya tekshiruvlari o'tkazilardi. Oxirgi 3 ta tekshiruv katta diagnostik ahamiyatga ega edi. Bu tekshiruvlarni o'tkazish uchun bemor shifoxonaga, ya'ni neyroxirurgiya bo'limiga yotqizilardi.

Yuqoridagilardan tashqari, bemorni nevropatolog, otonevrolog, okulist, psixiatrlar ham ko'rishi va o'z xulosasini berishi zarur bo'lardi. Ushbu mutaxassislar xulosalari asosida yoki ularning ishtirokida konsilium o'tkazilardi va ana shundan so'ng bosh miyada o'sma bor yoki yo'qligi haqida bir fikrga kelinardi. Demak, bemorni shifoxonaga yotqizmasdan va shuncha tekshiruvlarni o'tkazmasdan turib miya o'smasini aniqlab bo'lmasdi va bir bemorga aniq tashxis qo'yish uchun deyarli 10 nafar shifokor kamida 10 kun mobaynida mehnat qilishiga to'g'ri kelardi. Vaholanki, tekshiruv larga vo'qotilgan har bir kun erta davolashni boshlash uchun yo'qotilgan har bir kun bilan barobardir.

Mana shu kunlar mobaynida vrachlarning xattiharakatidan aksariyat bemorlar o'zida o'sma kasalligi izlanayotganini bilib olar, bu esa bemor va uning yaqinlari uchun katta xavotir tug'dirar edi. Hozir-chi? Hozir bemorda bosh miya o'smasi bor-yo'qligini aniqlash uchun deyarli bir soat vaqtning o'zi yetarli, xolos, ya'ni KT yoki MRT tekshiruvlariga ketgan vaqt. Albatta, bir Bemorni bir necha mutaxassisning sinchiklab tekshirishi va o'zaro maslahatlashishlari vrachning klinik tafakkuri va mahoratini yanada oshiradi. Biroq u paytlari ham, hozir ham vrachning maqsadi yagona bo'lgan, bundan so'ng ham shunday bo'lib qoladi. Bu ham bo'lsa tashxisni erta aniqlash va davolashni erta boshlash.

Shu yerda aytib o'tish lozimki, «KT va MRT kabi zamonaviy tekshirish usullari bebaho tekshiruvlardir, biroq ularning paydo bo'lishi vrachlarni dangasa qilib qo'ymoqda, ular o'z ustida ishlamay qo'yishmoqda», degan fikrlar mavjud. Bu holat tibbiyotga endi qadam qo'yib kelayotgan vrachlarda klinik tafakkurning shakllanishiga to'sqinlik qilmoqdami? Bu savolga ham «ha», ham «yo'q», deb javob berish mumkin.

Shu muammoni nevrologiya misolida tahlil qilib ko'raylik. Chunki nevrologiyada klinik tashxisni aniqlashda topografik diagnostikaning ahamiyati juda

Scientific Journal Impact Factor

yuqori. Agar nevropatolog bemorning nevrologik statusini tekshirmasdan turib, uni KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, albatta, unda klinik tafakkur rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Agar u bemorni obdan tekshirib, so'ng KT yoki MRT tekshiruviga yuborsa, albatta, uning klinik tafakkuri rivojlanib boradi. Chunki u tashxisni to'g'ri yoki noto'g'ri qo'yganini bilib oladi. Xatosining sabablarini izlaydi, qayerda qanday kamchilikka yo'l qo'yganini anglab yetadi. Bemorni yana tekshirib ko'radi va KT da topilgan o'choq bilan o'zi tekshirib topgan belgilarni solishtirib ko'radi. Demak, zamonaviy tekshirish usullari faqat vrachning mahoratini oshirishi mumkin, bu esa ko'p jihatdan vrachning ushbu tekshiruvlardan qanday tarzda foydalanishiga bog'liq.

Onkologik kasalliklarda katta yoshdagi bemorlar psixologiyasihaqida so'z yuritishni bosh miya o'smasi diagnostikasi bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar bilan boshlashimiz bejiz emas. Chunki organizmning boshqa a'zolarida joylashgan o'smalardan farqli o'laroq, bosh miya o'smalarining o'zi bir qator ruhiy buzilishlarga olib keladi. Bundan tashqari, miyasida o'sma aniqlangan va uni operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor og'ir ruhiy vaziyatga tushadi. Chunki gap bosh miya haqida ketayapti! Demak, bu yerda vrachning vazifasi ushbu muolajalar bilan bog'liq bo'lgan psixologik taranglikni yumshatishdan iborat bo'lmog'i va bu masala bilan psixolog emas, aynan neyroxirurgning o'zi shug'ullanishi lozim.

Operatsiya murakkab bo'lsa-da, undan so'ng bemorga ahvoli ancha yaxshilanishi va uni qiynayotgan dardlardan xalos bo'lishini davolovchi neyroxirurgning o'zi tushuntirishi lozim. Neyroxirugiya markazi yoki bo'limiga taklif qilingan psixolog nafaqat bemorda o'sma sababli paydo bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni operatsiyaga tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida faol ishtirok etishi lozim.

Ma'lumki, xavfli o'sma aniqlangan bemor iloji boricha unda bu kasallik borligidan bexabar bo'lishi lozim. Bunday vaziyatlarda vrach qanday yo'l tutishi kerak? Odatda, «Sizda haqiqatan ham o'sma aniqlandi, biroq u xavfsiz, ya'ni hayotingizga xavf solmaydi, uni davolash mumkin», deyiladi. Biroq bemorda o'smaning xavfli turi borligini vrach uning qarindoshlariga aytishi lozim. Gap shundaki, bemor ertami-kechmi, o'z kasali haqida qarindoshlaridan yoki shifokorlarning xatti-harakati va muloqotlaridan bilib oladi. Bu yerda, ayniqsa, hamshiralar juda ehtiyot bo'lishlari lozim. Chunki bemorlar ba'zan aldov yo'llari bilan hamshiralardan haqiqatni bilib olishga intilishadi va buning uddasidan

Scientific Journal Impact Factor

chiqishadi ham. Buning yuridik javobgarligi borligini har bir tibbiyot xodimi unutmasligi kerak.

Yuridik javobgarlik turli ko'rinishda bo'lishi mumkin: ishdan haydalishidan tortib, ozodlikdan mahrum bo'lishgacha. Chunki o'zida xavfli kasallik borligini bilgan bemor joniga qasd qilishi mumkin.

Ba'zan bemor yaqinlariga xat yozib qoldiradi va u yerda sirni kimdan bilib olganini ko'rsatishi ham mumkin. Ba'zi hollarda bemor o'z kasalligini boshqa katta yoshdagi bemorlardan bilib oladi. Shuning uchun ham shifokorlar boshqa bir bemorning kasalini ikkinchi bir bemorga aytmasligi kerak. Sirni bilgan bemor davolanishga qattiq qarshilik ko'rsatishi, davolanishdan voz kechib shifoxonani tark etishi yoki davolash jarayonlarida katta qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Odatda, sirdan voqif bo'lgan bemorda dastlab ruhiy karaxtlik ro'y beradi, bu xabarni u o'lim haqida chiqarilgan hukmdek qabul qiladi. Nima qilishini bilmay qoladi, xayolan har xil rejalar tuzadi, aniq bir qarorga kela olmaydi, doktorlar xato qilmadimikan, deb o'ylaydi, qayta tekshirishlarini iltimos qiladi. Boshqa mutaxassislar yoki boshqa tibbiy markazlar bilan maslahatlashib ko'rishni yaqinlaridan talab qiladi.

Biz gurkirab rivojlanib kelayotgan axborot texnologiyalari asrida yashamoqdamiz, internetdan foydalanuvchilar soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Deyarli barcha ta'lim muassasalari, shifoxonalar, korxonalar bilan bir qatorda, har bir xonadonga internet kirib kelmoqda. U yerdan juda ko'p ma'lumotlami bemalol olish mumkin. Bemor ham bundan foydalanishi va o'ziga kerakli ma'lumotni topib olishi mumkin. Bu yerda talabalar ham ehtiyot bo'lishi lozim, bemor ulardan ham o'ziga kerakli ma'lumotlarni bilib olishi qiyin emas.

Talabalar bemorlarni ko'rgani kirganda, palatalarda darslik va o'quv qo'llanm larini qoldirmasliklari, ulami so'ragan bemorga bermasliklari kerak. Qo'llanilayotgan diagnostika va davolash usullaridan ham bemor o'z kasalligi turini bilib olishi mumkin. Masalan, ko'pchilik nur bilan davolash usuli xavfli o'smalarda ko'p qo'llanilishi yoki og'riq qoidirish uchun narkotik analgetiklar buyurilishi va ozib ketish rak uchun xos ekanini biladi. Demak, onkologiyada sir saqlash o'ta murakkab masaladir, biroq buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor sirni bilib qolgandan so'ng vrach qanday yo'l tutishni ham o'ylab qo'yishi kerak.

Odatda, sirdan voqif bo'lgan katta yoshdagi bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo'ladi va undan unumli foydalanish kerak.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Umuman olganda, onkologiya, neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiolog; ya, xirurgiya va travmatologiya ilmiy markazlari va harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan bo'lishi kerak. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda shunday. Chunki bu markazlarda kasallik turlari va bemorlar soni ko'p.

1.Abu Ali ibn Sino. Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy o'git. - T., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 1999.

2.В.А. Медик. В.К. Юрьев. Курс лекций по общественному здоровью и здравоохранению. Часть I. - Москва, «Медицина», 2003.

3.В.А. Медик. В.К. Юрьев. Курс лекций по общественному здоровью и здравоохранению. Часть II. - Москва, «Медицина», 2003.

4.С.М. Бортникова. Т.В. Зубахина. Нервные и психические болезни. Ростов-на-Дону, «Феникс», 2004.

5.С.М. Бортникова. Т.В. Зубахина. Нервные и психические болезни. Ростов-на-Дону, «Феникс», 2005.

6.X.Q. Shodmonov, X.Sh. Eshmurodov, O.T. Tursunova. Asab va ruhiy kasalliklar. - T., «Bilim», 2004.

7.М.М. Чеканова. Сестринское дело в психиатрии с курсом наркологии. Ростов-на-Дону, «Феникс», 2006.

8.Y.M. Fayziyev, E.H. Eshboyev. Umumiy va tibbiy psixologiya.

- T., «Ilm ziyo», 2007.

9.Bo'riyev F., Yandashev J., Gematologik kasalliklar patogenezi. Navoiy - 2009.

10.Vasilev A.E. «Morfologiya, anatomiya rasteniy». - M.: izd-vo —Vsshaya

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

shkolai, 1988. - 435 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.