Научная статья на тему 'KASBIY-GNOSTIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARINI AMALGA OSHIRISH METODIKASI'

KASBIY-GNOSTIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARINI AMALGA OSHIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
498
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirish / pedagogik shart-sharoitlarni / gnostik-kompetentli yondashuv / tizimlilik / yaxlitlik / integrallashgan kompetentsiyalarni rivojlantirish

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Erkin Ergashevich Hamdamov

Ushbu maqolada bo’lajak ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirishning pedagogik shartlari va uni amalga oshirish haqida ma’lumot beriladi, shuningdek, integrallashgan kasbiy-gnostik kompetentsi batafsil tahlil qilingan. Shu bilan birga, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-gnostik kompetentsiyani shakllantirish metodikasi haqida ham so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBIY-GNOSTIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARINI AMALGA OSHIRISH METODIKASI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

KASBIY-GNOSTIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARINI AMALGA OSHIRISH METODIKASI

Erkin Ergashevich Hamdamov

GulDU, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak ingliz tili o'qituvchisining kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirishning pedagogik shartlari va uni amalga oshirish haqida ma'lumot beriladi, shuningdek, integrallashgan kasbiy-gnostik kompetentsi batafsil tahlil qilingan. Shu bilan birga, bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy-gnostik kompetentsiyani shakllantirish metodikasi haqida ham so'z boradi.

Kalit so'zlar: kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirish, pedagogik shart-sharoitlarni, gnostik-kompetentli yondashuv, tizimlilik, yaxlitlik, integrallashgan kompetentsiyalarni rivojlantirish

Pedagogik amaliyot shuni ko'rsatdiki, pedagogik OTMlarda talabaning kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirish jarayonida nafaqat kasbiy, balki shaxsiy fazilatlarni ham rivojlantirish kerak ekan.

Ta'lim olayotgan talabaning kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirish shaxsiy fazilatlarning bir qatorini namoyon etishni nazarda tutadi. Gnostik-kompetentli yondashuvga asoslangan kasbiy ta'lim amaliyoti, "bilimdon" mutaxassisni tayyorlash uning kasbiy sohasiga (kompetentsiyalari) va kognitiv-shaxsiy komponentga (xotira, idrok, fikrlash) murojaat qilish bilan bog'liqligini ko'rsatdi. Gnostik-kompetentli o'qituvchini tayyorlash esa qo'shimcha ravishda uning shaxsiy-psixologik sifatlarini (motivatsiya, o'quv va kasbiy faoliyat natijalariga qiziqish, kasbiy o'z-o'zini anglash, tashkiliylik va boshqa sifatlarni) rivojlantirishni talab qiladi.

Kasbiy-gnostik kompetentsiyalarni o'rgatish mumkin emas, uni faqat talabalar tomonidan kompetentsiyalarni egallash va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish asosida shakllantirish mumkin. Gnostik-yo'naltirilgan ta'limga o'tish OTMdan tegishli ta'lim muhitini yaratishni talab qiladi, shu jumladan, avvalombor, o'quv maqsadlari va natijalari, o'qitish, ta'lim berish, baholashning hamda o'qituvchi, talaba va talabalarning o'zlari o'rtasidagi, ularning shaxsga doir rivojlanishini rag'batlantiruvchi o'zaro ta'sirning yangi usullarini yangidan shakllantirishni talab qiladi.

Kasbiy-gnostik kompetentsiyani muvaffaqiyatli shakllantirish doimiy ravishda, ta'lim tayyorgarligining barcha bosqichlarida, jamiyat bilan og'zaki muloqot qilish uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni, maqsadlar, sohalar, vaziyatlar, sharoitlar va aloqa vazifalariga mos keladigan puxta o'ylangan maxsus mashqlar tizimi tufayli yuz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

beradi. O'qituvchi faoliyatida gnostik aspekt muhim o'rin tutishini yana bir bor ta'kidlaymiz, lekin gnostik kompetentsiya nafaqat bo'lajak o'qituvchining muloqotdagi muvaffaqiyati, balki o'quv maqsadlari va vazifalarini amalga oshirishning muvaffaqiyati sifatida gavdalanadi.

Bo'lajak o'qituvchi shaxsining kasbiy rivojlanishi va kasbiy-gnostik fazilatlarini shakllantirishning samarali tizimini qurish ta'limning asosiy tamoyillarini amalga oshirishni ta'minlaydi. Xususan: tizimlilik, yaxlitlik, bo'lajak o'qituvchi bakalavrlarni tayyorlash maqsad va mazmunining birligi, izchillik, uzluksizlik, individuallashtirish, shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar shular sirasiga kiradi.

Kasbiy-gnostik kompetentsiya - bu bevosita insonning o'zaro ta'sir sharoitida shakllangan va faollashgan, odamlar o'rtasidagi muloqotning rivojlanayotgan va, asosan, ongli tajribasi sanaladi. Birgalikda shakllangan va amalga oshirilgan, shaxslararo tajriba, ayni paytda, individual hisoblanadi. Biroq, gnostik kompetentsiyani ushbu ijtimoiy-psixologik fazilatlarning jamiyatdagi xarakterini inobatga olmagan holda, yopiq individual tajriba sifatida tasavvur qilish mutlaqo noto'g'ri.

O'qitishning individual mazmuni, o'ziga xos sharoitlarda bo'lajak o'qituvchining kasbiy-gnostik kompetentsiyasiga yuqori talablar qo'yadi. Bu nafaqat o'quv jarayoniga, balki uni rejalashtirishga ham tegishli. Bo'lajak bakalavr-o'qituvchilarining kasbiy-gnostik kompetentsiyasini takomillashtirish kelajakka yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Kasbiy-gnostik kompetentsiyani baholash, sinash va takomillashtirish ta'lim xizmatlari sifatini oshirishning muhim elementlari sanaladi. Yuqori kasbiy daraja, albatta, gnostik-kompetentli barkamol bo'lajak bakalavr-o'qituvchining eng muhim sifati sanaladi. Bo'lajak o'qituvchilarning malakasini baholashning muhim mezoni esa ularning nazariy va amaliy kompetentsiyalarini o'qitish metodikasiga singdirish qobiliyatidir.

Yuqori malakali, kompetentli o'qituvchilar faqat ma'ruza o'qimasliklari kerak. Ular talabalarni material ustida birgalikda ishlashga jalb qilishlari, ularda mustaqil ta'lim, fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatini uyg'otishlari kerak. Bo'lajak malakali o'qituvchilar iqtisodiyot, siyosat va biznes olamida ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni kuzatib borishlari lozim, bu esa, albatta, kompetentsiyalarning nazariy bazasini jonli, real misollar bilan boyitadi.

Bo'lajak o'qituvchilar o'quvchilarning integrativ ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda kompetentsiyalarga ega bo'lishlari lozim, ya'ni turli fan sohalarining o'zaro ta'sirini ta'minlaydigan shaxsning umummadaniy malakasi, kelajakda talabalar madaniyatining asosini tashkil etadigan kompetentsiya va fundamental tushunchalarning yaxlit jihatini yaratadi, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek, o'qituvchining o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatini, bo'lajak o'qituvchi maktabda o'quvchisining shaxsini muntazam ravishda o'rganish, jamoaning o'qitish va tarbiyasi, qiziqishlari va fanga munosabati natijalariga

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ta'sir ko'rsatuvchi, tilga doir tayyorgarligi va shartlari darajasini aniqlash maqsadida, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishi zarur.

Shuning uchun ham, talabaning kasbiy-gnostik kompetentsiyalarini shakllantirish unumdorligi bir qator shartlarga, xususan, umumiy madaniy rivojlanishning avvalgi darajasiga, o'z-o'zini idrok etishning chuqurligi, shaxsning gnostik yadrosi shakllanganligi, maqsadli o'z-o'zini o'zgartirishning shaxsiy tajribasi va boshqalarga bog'liq. Shunga ko'ra mashg'ulotlarda har bir talabaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va u bilan o'zaro hamkorlikni muvofiqlikda qurish kerak. Binobarin, o'qituvchining asosiy vazifasi har bir talabani ma'lum bir me'yorga "moslash" emas, balki uning shaxsiy xususiyatlarini ro'yobga chiqarishda yordam berish, o'z-o'zini idrok etishi va o'z-o'zini nazorat qilishni rag'batlantirish, individual o'rganish uslubini topishda qo'llab-quvvatlash zarur bo'ladi. Talaba maktab o'quv materiallari, darsliklar, o'quv qo'llanmalarini muayyan sinfda qo'llash nuqtai nazaridan metodik jihatdan t ahlil qilish va tanqidiy baholashni o'rganishi kerak.

Bo'lajak o'qituvchining axborot va ilmiy-tadqiqot texnologiyalarini o'zlashtirishi ta'lim sifatini oshirishning ajralmas asosi sanaladi. O'quv-uslubiy ta'minotni yaratishda axborot-gnostik texnologiyalaridan foydalanish ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. O'qituvchining axborot-tadqiqot texnologiyalaridan malakali foydalanishi talabaning ijodiy salohiyatini shakllantirishga pedagogik ta'sirni oshiradi.

Oliy kasbiy ta'lim tizimini axborotlashtirish hamda axborot va gnostik texnologiyalarning dinamik rivojlanishi sharoitida bo'lajak bakalavr-o'qituvchining o'quv-uslubiy faoliyati ko'plab yangi fazilatlarni yuzaga chiqaradi. O'quv jarayoniga texnologik vositalarni keng joriy etish va OTMlarining o'z axborot makonlarini yaratish axborot va gnostik texnologiyalarni o'zlashtirishni mutaxassisligidan qat'i nazar zamonaviy o'qituvchining zarur sifatiga aylantirdi.

Oliy kasbiy ta'lim tizimini raqamli axborotlashtirish sharoitida o'quv jarayonining samaradorligi o'qituvchining texnologik kompetentligiga ham bog'liq bo'lib, u nafaqat o'quv jarayonida texnologik vositalardan foydalanishni, balki o'quv materiallarini ishlab chiqishni ham o'z ichiga oladi. O'quv-uslubiy materiallar ma'lumotlar bazasini yaratish talabalarning mustaqil ish jarayonlarini intensivlashtirishga imkon beradi, ularning faoliyatini va o'qituvchilarning o'quv faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi.

Kasbiy kompetentsiya tarkibida muhim va nisbatan mustaqil kichik tizim hisoblangan, kasbiy-gnostik kompetentlik o'zini boshqa subyektlar bilan o'zaro aloqa qilish qobiliyati sifatida namoyon etadi. Bo'lajak bakalavr-o'qituvchining kasbiy-gnostik kompetentligiga qo'yiladigan talablar quyidagi integrallashgan kompetentsiyalarni rivojlantirishda aks etadi:

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Talabalarning pedagogik amaliyoti davomida nafaqat nazariy va amaliy kompetentsiyalar sinovdan o'tkaziladi, balki ularning boshqa talabalar bilan mustaqil ta'limga tayyorligi, bo'lajak bakalavr-o'qituvchilarining shaxsiy va kasbiy-gnostik kompetentsiyalarini samarali rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Talabalar o'quvchilar bilan ishlashda dastlabki ish tajribalarini o'zlashtirishi sababli o'quv faoliyatiga moslashadilar. Talabalarning kasbiy-gnostik fazilatlari va kompetentsiyalarini shakllantirish samaradorligida til amaliyoti ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida tajriba olib borish uchun zarur.

O'z o'rnida, amaliy-pedagogik yondashuv bo'lajak bakalavr-o'qituvchilarning kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirish jarayonining samaradorligiga yordam beradigan muhim shart hisoblanadi, zero talabalarni kontekstdan tashqarida, o'quv jarayonini hayot haqiqatlariga yaqinlashtiradigan muayyan tadqiqot holatidan tashqarida kasbiy-pedagogik faoliyatga to'liq tayyorlashni amalga oshirish juda qiyin. Shunday qilib, amaliy-pedagogik yondashuv talabalarni kasbiy-gnostik tayyorlash sifatini oshirishda muhim salohiyatga egaligini ta'kidlash mumkin.

Avvalo, ilmiy faoliyatda natijalarga erisha oladigan mutaxassislar zamonaviy raqobat sharoitida muvaffaqiyatini ta'minlay oladilar. Shunga ko'ra, bunday mutaxassislar muayyan kompetentsiyalar majmuiga ega bo'lishi kerak. Bular: qiyinchiliklarni bartaraf etish, egiluvchanlik, fikrlashning dinamikligi va nostandart, o'ziga xos yechimlarni topish, shuningdek, yuqori bosimga chiday olish qobiliyati shular jumlasidandir. Bu kompetentsiyalarning barchasi intellektual-gnostik rivojlanishning tarkibi sifatida baholanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy-gnostik kompetentsiyasini samarali shakllantirishga yordam beradigan integrallashgan pedagogik shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi: kasbiy-gnostik kompetentsiyani shakllantirish jarayonida o'quv fanlarining o'zaro aloqasini amalga oshirish, o'quv jarayonida faol ta'lim usullaridan foydalanish, bo'lajak bakalavr-o'qituvchining kasbiy-gnostik kompetentsiyasini shakllantirishda variativ kurslardan foydalanish, gnostikaga yo'naltirilgan amaliyot jarayonida faoliyatli yondashuvni amalga oshirish kabi.

Fakultetda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari sifati, ularning samaradorligi va, albatta, har bir o'qituvchining fazilat va kompetentsiyalari haqida muntazam so'rovlar o'tkazish - bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilash, ular o'rtasidagi o'zaro ta'sir mexanizmini yo'lga qo'yish imkonini beradi.

Hulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, pedagogik ish xususiyatlarini aniqlash va asoslash, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-gnostik kompetentsiyasi komponentlari, o'quv jarayonida uni shakllantirish mexanizmlari bir-biriga yaqin bo'lib, pedagogik faoliyatning ajralmas dinamik tizimini shakllantiradi. Bo'lajak mutaxassisning kasbiy-gnostik kompetentsiyasini qondirish kerak bo'lgan pedagogik talab, me'yor, qoidalarning mavjudligini ekspert nuqtai-nazaridan baholash, test, so'rovnomalar va boshqa usullar yordamida uning faoliyat sifatini o'rganish imkonini beradi. Shu bilan birga, kasbiy kompetentlikni o'lchash muammosi uning shakllanish mezon, ko'rsatkich va darajalari muammosi bilan bog'liq. Tadqiqotda biz quyidagilarga asoslandik: kognitiv-shaxsiy komponent; motivatsion-qadriyatli komponent; vaziyatli-nutqga doir komponent; subyektiv-idrokiy komponent. Integrallashgan mezon va ko'rsatkichlarni tanlash asosida aniqlandi va umumlashtirildi, bular esa bo'lajak o'qituvchining kasbiy-gnostik kompetentsiyasini yanada to'liq tavsiflaydi, uning shakllanish darajasini asoslashga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hamdamov. E. E. The content of the language professional-gnostic training of an English teacher. Bulletin of Gulistan State University, 2021

2. Ergashevich, H. E. (2022). Bo'Lajak Ingliz Tili O'Qituvchisining Kasbiy-Gnostik Kompetensiyasi Va Uning Didaktik Ahamiyati. Miasto Przyszlosci, 25, 302-304. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/378

3. Axmedova М. T. Pedagogik kompetentlik. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2016. 84-bet

4. EE Hamdamov - Bulletin of Gulistan State University, 2021 Technology Forming the Gnostic Competence of Future Teachers of Foreign Language https://scholar.google.com/scholar?cluster=10058741619249835739&hl=en&oi=scholarr

5. Равен Дж. Компетентность в современном обществе: выявление, развитие и реализация/Пер. с англ. В.И.Белопольского. - Москва: Когито-Центр, 2002. - 253 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.