KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONIDA TALABALARNI TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
Qo 'ziev Nodir Murodillaevich, Shabarova Umida Normuminovna
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Annotatsiya: Maqolada muallif oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida shaxsning kasbiy rivojlanish usullarini o 'rganish, xususan, bo 'lajak muhandislar uchun kasbiy ahamiyatga ega fikrlash tarzini rivojlantirish imkoniyatlari tobora dolzarb bo 'lganligi sababli o 'rganib tahlil qilingan ma 'lumotlarni keltirgan.
Tayanch so'zlar: kasbiy, muhandis, faoliyat, texnik, tafakkur, intellekt, sifat Аннотация: В статье представлены данные, проанализированные автором в процессе подготовки будущих инженеров к профессиональной деятельности в высших учебных заведениях в связи с возрастающей значимостью возможностей изучения методов личностного развития, в частности, развития профессионально важного мышления у будущих инженеров.
Ключевые слова: профессиональный, инженер, деятельность, технический, мышление, интеллект, качества
Abstract: The article presents the data analyzed by the author in the process of preparing future engineers for professional activity in higher educational institutions in connection with the increasing importance of the possibilities of studying the methods of personal development, in particular, the development of professionally important thinking in future engineers.
Key words: professional, engineer, technical activities, thinking, intelligence,
quality.
Muhandisning kasbiy intellektual fazilatlariga va uning ijodiy qobiliyatlariga va jahonda ishlab chiqarish vositalarining tobora rivojlanib borayotgan bir paytda texnik murakkabligiga katta talablar qo'yadi. Texnik tafakkur yurita olish - muhandis fikrlashining kasbiy muhim sifatidir. Ushbu turdagi tafakkur qilish ko'nikmasining rivojlanishi hamda muhandisning kelajakdagi faoliyatidagi muvaffaqiyati ko'p jihatdan oliy ta'limda kasbiy tayyorgarlik bosqichidagi o'quv jarayonining sifati bilan belgilanadi. Xususan, rivojlangan mamlakatlar nufuzli ilmiy tadqiqot markazlarining
KIRISH
Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2
educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784
P. Debrai-Retzen «Talented Student Teacher Model» (France), US «Merit» (USA) kabi ta'lim tizimlarida bu borada samarali faoliyat olib borilmoqda. SHuning uchun texnika yo'nalish talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorlashda texnik tafakkurini rivojlantirishning nostandart shakllari, metodlari va vositalaridan majmuaviy foydalanish muhim o'rin egallaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida talabalarni texnik tafakkurini rivojlantirish bosqichlari obyektiv ochib berildi. Kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni shakllanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Ismailova Z.K., Khimmataliev D.O., Kuziyev N.M., Shabarova U.N., Almardonov O.M. ning "Formation of a system of methods of technical thinking future engineers" nomli ilmiy maqolasi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tadqiqotning maqsadi. Texnika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida texnik tafakkurni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdir.
Tadqiqot uslubiyati. Tadqiqotni amalga oshirish va ilmiy-pedagogik xulosalarga kelishda nazariy-mantiqiy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, pedagogik tajriba o'tkazish, kuzatish, suhbat, so'rov, matematik-statistik tahlil singari ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning vazifalari:
texnik tafakkurlash haqidagi ilmiy g'oyalarni tahlil qilish va uni muhandisning kasbiy faoliyatidagi o'rni va ahamiyatini aniqlash;
oliy ta'limda qishloq xo'jaligi muhandislarini tayyorlayotgan ixtisosliklarda psixologik-pedagogik nazariya va amaliyotida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish muammosining holatini tahlil qilish;
texnik tafakkurni rivojlantirishning ilmiy asoslangan usullarini tarkibiy tuzilishi va sifat xususiyatlariga muvofiq ravishda umumlashtirish hamda tizimlashtirish;
qishloq xo'jaligi muhandisligi yo'nalishi talabalarining texnik tafakkurini rivojlantirish modelini va uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bo'lajak muhandislarning kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida texnik tafakkurni rivojlantirishga yo'naltirilgan pedagogik shart-sharoitlarning
aniqlanganligi; texnika sohasi ishlab chiqarish amaliyoti nuqtai nazaridan bo'lajak muhandislarni texnik tafakkurini rivojlantirish jarayonini matematik qonuniyatlar asosida amalga oshirish usullari ishlab chiqilganligi va oliy ta'lim tizimida bo'lajak muhandislar uchun kasbiy masalalarni echishga qaratilgan «Texnika yo'nalishlari talabalari uchun transport vositalari tuzilishi va nazariyasi fanidan laboratoriya ishlarini bajarish» bo'yicha mobil ilova dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tadbiq etilgan (№DGU07558 raqamli guvohnoma olingan 21.01.2020 y.) ligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati texnik tafakkurni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasining shakllantiril-ganligi, texnika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida texnik tafakkurni rivojlantirishga imkon beruvchi «Texnika yo'nalishlari talabalarida texnik tafakkurni rivojlantirish» nomli o'quv qo'llanma ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Texnik tafakkurni rivojlantirishda avvalo ishni talaba bilish jarayonlari - sezgi, idrok, xotira, diqqat va tafakkurni faollashtirishga e'tibor qaratish va ta'limning ilg'or metodlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu jarayonda "Piktogramma" metodidan foydalanish, talabada texnik tafakkurni rivojlantirish uchun imkon yaratib beradi.
Piktogramma - (L.V.Zankov tomonidan qo'llangan). Talaba mavzu yuzasidan aniq so'zni rasmdagi tasvir orqali eslab qolishi kerak. Bunda u so'z va tasvir o'rtasidagi aloqani o'ylab topishi kerak, bu esa keyinchalik o'sha figurani qayta esga tushirishga yordam beradi.
Rasm va so'z o'rtasidagi assotsiativ aloqani shakllantirish jarayonida
talaba shunday mazmunli aloqalarni tanlaydiki, uning fikricha, bu rasmlar so'zni eslab qolish uchun yaroqli bo'ladi. SHuning uchun ham bu metod orqali fikrlash faoliyati xarakteri, tafakkurning rivojlanish imkonini beradi.
Texnika sohasidagi yo'nalishlarda muhandislarni o'qitishning an'anaviy jarayonida texnik tafakkurlashni rivojlantirish etarli darajada samarali emas. Uning rivojlanish darajasi dinamikasi talabalarni o'qitishning butun yillari davomida bir xilda bo'lib qolmasligi bilan tavsiflandi
Metodikaning mazmuni: talaba aniq bir texnikani qismlarini (yangi mavzu yuzasidan albatta) eslab qolib, o'zi mustaqil rasm - sxema chizadi. Bu chizilgan rasm yoki sxema keyinchalik so'zni-fígurani esga tushirishga yordam berishi kerak. Alohida harf tavsiya etilmaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Ismailova Z.K., Khimmataliev D.O., Kuziyev N.M., Shabarova U.N., Almardonov O.M. Formation of a system of methods of technical thinking future engineers ISSN-2394-5125 // Scopus- Journal of Critical Reviews Vol 7. Issue 5. 2020 P.787-794
2. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi //
Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
3. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari.
//"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan
xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
5. Qo'ziev N.M. Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fanidan laboratoriya
ishlarini bajarish bo'yicha dastur //№DGU 07558 Guvohnoma 21.01.2020 88.
6. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. //
"Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.
7. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
8. Turdiev Sh.R., Shadiev R.D. Professional direction of the formation in students
ability to innovative engineering. //European Science and Technology: 15th International scientific conference. Munich 2016.
9. Альтшуллер, Г. С. Найти идею: Введение в теорию решения
изобретательских задач [Текст] / Г. С. Альтшуллер. - Изд. 2-е, доп. -Новосибирск: Наука, 1991.-224 с.
10. Давлетшин М. Г. К вопросу о техническом мышлении / М. Г. Давлетшин // Материалы Всесоюзного симпозиума по проблемам мышления и общения. -Алма-Ата, 1973 - С.38-39.
131