Научная статья на тему 'KASB TA’LIMDA ZAMONAVIY TA’LIMNI SHAKLLARI'

KASB TA’LIMDA ZAMONAVIY TA’LIMNI SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
21
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / kasb / kasbga yo’naltirish / madaniyat / hunar / mutaxassislar / psixologik xizmat / pedogogika / psixologiya / mehnat / burch / jamiyat / vatan / kasbiy maslahat / Youth / profession / career guidance / culture / craft / specialists / psychological services / pedagogy / psychology / labor / duty / society / homeland / professional counseling

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sulliyeva S.X.

Ushbu maqola pedagogik texnologiyaning shakllari va mazmunini o'rganadi, ta'lim muassasalarida qo'llaniladigan turli xil vositalar va strategiyalarni o'rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS OF MODERN EDUCATION IN VOCATIONAL EDUCATION

This article examines the forms and content of pedagogical technology and explores various tools and strategies employed in educational institutions.

Текст научной работы на тему «KASB TA’LIMDA ZAMONAVIY TA’LIMNI SHAKLLARI»

Sulliyeva S.X.

Termiz davlat universiteti

KASB TA'LIMDA ZAMONAVIY TA'LIMNI SHAKLLARI

Annotatsiya: Ushbu maqola pedagogik texnologiyaning shakllari va mazmunini o'rganadi, ta'lim muassasalarida qo'llaniladigan turlixil vositalar va strategiyalarni o'rganadi.

Kalit so'zlar: Yoshlar, kasb, kasbga yo'naltirish, madaniyat, hunar, mutaxassislar, psixologik xizmat, pedogogika, psixologiya, mehnat, burch, jamiyat, vatan, kasbiy maslahat,

Sulliyeva S.X.

Termiz State University Termiz, Uzbekistan

FORMS OF MODERN EDUCATION IN VOCATIONAL

EDUCATION

Annotation: This article examines the forms and content of pedagogical technology and explores various tools and strategies employed in educational institutions.

Keywords: Youth, profession, career guidance, culture, craft, specialists, psychological services, pedagogy, psychology, labor, duty, society, homeland, professional counseling

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.

Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari-interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir.

Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va

talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to'liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni u pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda ta'lim tizimining o'rni beqiyosdir. Dunyoda ta'lim tizimida ro'y berayotgan ta'limning internatsionallashuvi, talabalarning xalqaro mobilligi, ta'lim dasturining tez o'zgaruvchanligi kabi global tendensiyalar qatoriga ta'lim sifatini ta'minlash masalasi alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda bo'lajak mutaxassislarning ma'naviy-ahloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatiga nisbatan qo'yilayotgan yuqori talablar ta'lim muassasalari oldiga xalqaro talablarga javob bera oladigan sifatli kadrlar tayyorlash vazifasini qo'ymoqda. Bu vazifalarni bajarish yo'lida esa ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Ammo ta'lim tizimida zamonaviy tendensiyalarni, ayniqsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta'lim tizimida foydalanayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni isloh qilishning zamonaviy tajribalari nisbatan sekin o'zlashtirilmoqda.

Pedagogik texnologiya - bu o'quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo'lib, u ta'limning zaruriy sifatini ta'minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradigan, ta'lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko'zlagan o'qitish jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil metodidir. Ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo'lib hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNESKO). Ta'lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish, so'nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda mashg'ulotlar o'tkazish, mutaxasislik bo'yicha, masalan kimyo sohasidagi so'nggi innovatsiyalar haqida ma'lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o'tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo'ladi. Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonida avval qiziqish uyg'otib, motivatsiya berib, so'ngra raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg'otiladi va albatta rag'batlantirish amalga oshirilsa ko'zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va innovatsiya yaratishda yutuqlarga erishgan insonlardan misol keltirib, iloji bo'lsa ulardan birini o'rnak bo'luvchi inson sifatida darsga taklif qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni ekskursiyalarga etishni yo'lga qo'yilsa maqsadga tezroq erishilgan bo'lardi [3].

Innovatsion ta'lim (ingl. "innovation"-yangilik kiritish, ixtiro) ta'lim oluvchida yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan

yaratilgan ilg'or g'oyalar, me'yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllanirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim.

Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb yuritiladi [1].

O'qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o'tishi ham mumkin. O'qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko'p bo'lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta'limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e'tirof etish lozim. Har bir o'qituvchi ta'limda individual ravishda yangilik kiritishi mumkin. O'z fanining mazmun-mohiyati, mavzulari, shu sohadagi yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi ma'lumotlarni o'rgangan holda o'qitish jarayonida ularni qo'llab, misollar keltirib, ta'limda yangi metodni yaratishi, hamda shu asosida dars o'tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o'qituvchi o'z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi. "Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya'ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi."-degan edi mashhur pedagog A.Nikolskaya [2]. Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o'qituvchi va o'quvchi mushtarakligiga erishish, o'quvchilarni fanga qiziqtirish, ta'limga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, o'rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lish, axborot kommunikatsion texnologiyalar va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg'unlashtirish kabilarni keltirish mumkin. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog maxoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi [4,5,6].

Innovatsion pedagogik texnologiyalar kelajakda ham mehnat bozorida talab mavjud bo'ladigan zamonaviy mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun ta'lim jarayonida juda muhim ahamiyatga egadir. Zamonaviy kadrlar tayyorlash uchun pedagogning o'zi ham zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda, eng

so'nngi ilm-fan yutuqlaridan, o'zi bilim berayotgan soha yangiliklaridan xabardor bo'lishi va eng yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tishi talab etiladi. Oliy ta'limni 2030-yilgacha rivojlantirish bo'yicha konsepsiyada mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarini xalqaro 1000 talik ta'lim muassasalari safiga kiritish maqsad qilingan. Ammo innovatsion pedagogik texnologiyalarning xalqaro tajribasini o'rganish va unlarni tadbiq etish nisbatan sekin amalga oshirilmoqda. Fikrimizni aniqroq bayon etish uchun turli xildagi abiturient tayyorlash o'quv kurslarini misol qilib keltirsak, bir tayyorlov kursi pedagogining maqsadi eng avvolo nomi eng yaxshilar safiga kirishi emas, mehnati samarasi bo'lgan tahsil oluvchilarning ko'zlangan maqsadiga erishishi bo'lib hisoblanadi. Misol uchun, ingliz tilidan IELTS kusrlarini tahsil oluvchilari ushbu sertifikatni yuqori ballarda egallashi, fanlar bo'yicha abiturientlarning o'zi tanlagan oliy ta'lim muassasasiga yuqori natijalar bilan o'qishga kirishi- o'sha pedagogning birinchi o'rindagi maqsadi bo'lib hisoblanadi va shu maqsadga erishishi o'z-o'zidan uni eng yaxshi kurslar qatoriga kiritib qo'yadi. Chunki har qanday faoliyatning sifatli amalga oshirilganligi uning natijasida aks etadi [4,5].

Ta'lim jarayonining sifatli amalga oshirilishida o'qitishni innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshirishning o'rni beqiyosdir. OTMlardagi muayyan yo'nalishdagi mutaxassisni tayyorlashda shunday sifatli, amaliyot bilan bog'liq bo'lgan holdagi ta'lim berish kerakki bitiruvchilar ishga kirish jarayonida yana qo'shimcha kurslarga borishiga hojat qolmasin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son Qarori.

2. Mirziyoyev Sh.M. "Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, O'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi.// "Xalq so'zi" gazetasi 2018-yil 8-dekabr

3. Asqarova O'. va boshqalar. "Pedagogika va psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi" darslik Navro'z, 2020 y. 456.

4. Sulliyeva S.X., Ravshanova U.B., Boltayeva S.J. Sinf rahbari faoliyati. Monografiya. TerDU NMM . 2022. 99 b.

5. Sulliyeva S.X., Zokirov Q.G'. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. "Complex Print" nashriyoti. Toshkent-2023. - 224 b.

6. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Darslik. "Cho'lpon" T.: 2011 - 128 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.