Научная статья на тему 'KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
223
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / kambag’allikni qisqartirish / iqtisodiy o’sish / tengsizlik darajasi / raqobat. / economy / poverty reduction / economic growth / level of inequality / competition

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akbarova, Sayyora Shuxratovna

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kambagallik darajasini kamaytirishning nazariy asoslari to’g’risida yoritilgan bo’lib, kambag’allikni qisqartirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ORETICAL BASIS OF POVERTY REDUCTION

This article describes the theoretical basis of poverty reduction for the development of the economy of the Republic of Uzbekistan, offers and recommendations for reducing poverty.

Текст научной работы на тему «KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10532801

Akbarova Sayyora Shuxratovna

TDIU, Innovatsion ta'lim kafedrasi kat. o'qt. +998946572861

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kambagallik darajasini kamaytirishning nazariy asoslari to'g'risida yoritilgan bo'lib, kambag'allikni qisqartirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zi: iqtisodiyot, kambag'allikni qisqartirish, iqtisodiy o'sish, tengsizlik darajasi, raqobat.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОКРАЩЕНИЯ БЕДНОСТИ

Акбарова Сайёра Шухратовна

ТДИУ, кафедра инновационного образования преподаватель

+998946572861

Аннотация: В данной статье описаны теоретические основы снижения бедности для развития экономики Республики Узбекистан, предложения и рекомендации по снижению бедности.

Ключевые слова: экономика, сокращение бедности, экономический рост, уровень неравенства, конкуренция.

THE ORETICAL BASIS OF POVERTY REDUCTION

Akbarova Sayyora Shukhratovna

TDIU, Department of Innovative Education teacher +998946572861

Annotation: This article describes the theoretical basis of poverty reduction for the development of the economy of the Republic of Uzbekistan, offers and recommendations for reducing poverty.

Key words: economy, poverty reduction, economic growth, level of inequality, competition

KIRISH

Yangi O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirishga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni o'rganish bilan bog'liq holda jamiyatda kambag'allikni qisqartirish, aholi

daromadlarini oshirishning yangicha yo'llariga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasida kambag'allikni qisqartirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorida belgilangan ijtimoiy himoya tizimining inklyuzivligini oshirish, kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish hamda aholi ehtiyojmand qatlamining tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish imkoniyatlarini kengaytirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita kambag'allikni qisqartirishga alohida e'tibor qaratish vazifalarini belgilanganligi mazkur tadqiqotning dolzarb masalaga qaratilganligidan dalolat beradi.

Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy yondoshuv, qiyosiy tahlil, analiz va sintez, tanlanma, iqtisodiy-statistik tahlil, ekonometrik modellashtirish va aniqlangan model yordamida prognozlash usullardan foydalanilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Iqtisodiy rivojlanish o'z-o'zidan aholi farovonligini bir xilda o'sishiga va tengsizlikning kamayishiga olib kelmaydi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib ta'kidlash joizki, bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lsada, muammolardan faqat bittasini hal qilishga qaratilgan siyosat boshqalarni yomonlashtirishi mumkin. Shunday qilib, kambag'allik, tengsizlik va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liq hamda bir-biriga ta'sir qiladi. Iqtisodiy o'sishning kambag'allik va tengsizlik darajasiga ta'siri ham salbiy, ham ijobiy bo'lishi mumkin.

Xususan, iqtisodiy o'sish iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarining notekis rivojlanishiga, shuningdek, mamlakatning iqtisodiy o'sishning ayrim manbalariga qaramligini chuqurlashtirishga bu esa, o'z navbatida, tengsizlikning kuchayishiga olib keladi. Bundan ko'rinadiki, kambag'allik darajalarini aniqlash uning kelib chiqish sabablari va uni qisqartirishda hozirgi BiGDATA ga suyangan holda ekonometrik modellarni qo'llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Iqtisodiy o'sish manbalariga qaramlikning kuchayishi kapital va malakali mehnat o'rtasidagi bir-birini to'ldirish, texnologik o'zgarishlar bilan bog'liq malakalar va umumiy daromaddagi kapital ulushini oshirish kabi omillar tufayli tengsizlikni oshiradi. Bunda davlat siyosati raqobatni kuchaytirish va korrupsiyani kamaytirishga qaratilishi kerak, bu esa o'z navbatida tengsizlikning kamayishiga olib keladi. Boshqa tomondan, iqtisodiy o'sish aholi bandligini va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirishga, mamlakat ichida qayta taqsimlash uchun resurslarni

ko'paytirishga olib keladi. Bularning barchasi tengsizlik va umuman kambag'allik darajasini pasaytirishga yordam beradi.

Ushbu masalalar bo'yicha Jahon banki tomonidan ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, iqtisodchilar Devid Dollar va Aart Kraay iqtisodiy o'sish va kambag'allik munosabatlarini ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy o'sishning kambag'allikka ta'sirini o'rganib, aholining eng kambag'al qatlamlari daromadlari umumiy o'rtacha daromad bilan bir xil darajada o'sadi degan xulosaga kelishdi1. O'rganishlar shundan dalolat beradi-ki, bu hodisalar turli mintaqalarda va turli davrlarda kuzatiladi hamda mamlakat darajasida ko'plab omillar bilan belgilanadi, bu esa, o'z navbatida, kambag'allikni bartaraf etishda iqtisodiy o'sish muhimligini isbotlaydi. Shunday qilib, so'nggi o'n yilliklarda olib borilgan ekonometrik tahlillar iqtisodiy rivojlanish, aholi o'rtasida tengsizlik va farovonlikning bir xilda o'sishi tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini aniq ko'rsatmoqda. Bu uch masaladan faqat bittasini hal qilishga qaratilgan iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlar qolgan ikkitasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ko'rsatdi.

Bu borada Jahon bankining sobiq bosh iqtisodchisi Francois Bourguignon "Uchburchagi: kambag'allik-iqtisodiy o'sish-tengsizlik" iqtisodiy modelini yaratdi, uning asosi dunyoda kambag'allik darajasining o'zgarishini mamlakatni to'liq daromadlarning o'sishi va daromadlar tengsizligi bilan aniqlash mumkin degan g'oyaga asoslanadi2. Bu modelni o'rganishlarga ko'ra, bir tomondan, daromadlarning umumiy darajasi va iqtisodiy o'sish, ikkinchi tomondan, mamlakatda taqsimlash va qayta taqsimlanishining o'zgarishi bir-biriga ta'sir qilishini ifoda etadi. Har ikkala hodisa ham o'z navbatida mutlaq kambag'allik darajasiga ham, umuman kambag'allikning qisqarishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Agar hukumat o'z sa'y-harakatlarini faqat yuqorida qayd etilgan maqsadlardan biriga erishishga qaratsa, mutlaq kambag'allikni kamaytirishga erishish juda qiyin bo'ladi. Shu bois, hozirgi vaqtda "uchburchak" (Kambag'allik, tengsizlik va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik va ularning o'zaro ta'siri) modeli ko'plab xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlarning rivojlanish strategiyalarini va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qo'llanilib kelinmoqda. Kambag'allikning mamlakatning jismoniy yoki inson kapitalini to'plash qobiliyatiga ta'siri salbiydir.

Kambag'allik tuzog'i bozor samarasizligi (qat'iy narxlar, kreditlash normalari, risklar, sug'urta etishmasligi, kambag'allar odatda xavfli iqtisodiy qarorlar qabul

1 Dollar D., Kraay A. Growth still is good for the poor. The World Bank, WPS6568, Washington D.C. 2013.

2 Bourguignon. F. The poverty-growth-inequality triangle. The World Bank. Washington D.C. 2004.

qilmaydi) va institutsional muvaffaqiyatsizliklar (fuqarolar nizolari, korrupsiya) tufayli yuzaga keladi. Humberto Lopes va Luis Serven o'zlarining "O'sish uchun juda kambag'al" asarlarida kambag'allikning iqtisodiy o'sishga ta'sirini ekonometrik tahlil qilib, kambag'allikning iqtisodiy o'sishga sezilarli salbiy ta'siri bor"3 -degan xulosaga kelishdi va bu orqali kambag'al aholi sonining 10 foizga ko'payishi iqtisodiy o'sishning 1 foiz punktga pasayishiga olib kelshini isbotlashdi (1.-rasm).

1-rasm. O'zbekiston Respublikasida kambag'al aholi ulushi4

1-rasmda keltirilgan ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida kambag'al aholi ulushi 2010 yilda 2001 yilga nisbatan birinchi marta 10,0 foizga yaqin (aniqrog'i 9,8 foiz) kamaygan. Bu esa o'sha davrga nisbatan iqtisodiy o'sish 1,0 foizga oshgan deganidir. 2021 yilda esa 10,5 foizga kamayganini ko'rish mumkin va bu vaqt oralig'ida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy o'sishini 1,05 foizga o'sganligini belgilaydi.

Hozirgi kunda dunyo bo'yicha eng ko'p maosh oladigan ishchilarning 10 foizining daromadi eng kam maosh oladigan ishchilarning 10 foizining daromadidan o'n baravar ko'pdir. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, tengsizlikning iqtisodiy o'sishga ta'siri ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Ijobiy ta'sir daromadlar tengsizligi va boyliklarning tengsizligi aholini raqobat, jamg'arma va investitsiyalarni rag'batlantirishi bilan bog'liq. Tengsizlik innovatsion rivojlanish va kichik biznes rivojlanishini rag'batlantiradi.

Salbiy ta'sir quyidagi omillar bilan bog'liq: imkoniyatlarning tengsizligi ta'lim va ish tanlashga salbiy ta'sir qiladi, davlat institutlari hamda siyosatining samarasizligiga va korrupsiya, fuqarolik nizolarining o'sishiga yordam beradi, shuningdek, aholi tomonidan davlat hokimiyati organlariga bo'lgan ishonch darajasini pasaytiradi.

3 Humberto L., Luis S. Too poor to grow. The World Bank. WPS5012. Washington D.C. 2009.

4 Тадкщот натижаларидан келиб чивдан холда муаллиф ишланмаси

kambag'allikni kamaytirishga moliyaviy islohotlar bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Bu odatda mamlakat iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlariga hamda islohotlar turiga bog'liq. Bilvosita ta'sir ko'p kanallar orqali kuzatiladigan islohotning sof samarasi oxir-oqibat uy xo'jaligi darajasida xatti-harakatlarning o'zgarishiga olib keladigan holatlarda muhim bo'lishi mumkin. Kuchliroq bilvosita ta'sir ko'rsatadigan islohotlar:

- makroiqtisodiy va fiskal islohotlar: pul-kredit islohotlari inflyasiya va foiz stavkalariga, tashqi siyosatdagi islohotlar mamlakatdagi to'lov balansi va zaxiralariga hamda fiskal islohotlar fiskal taqchillikka ta'sir qiladi;

- tashqi savdo va valyuta kursi islohoti bilan bog'liq islohotlar: tariflar va tarifsiz to'siqlarni isloh qilish hamda valyuta kursini moslashtirish;

- qishloq xo'jaligidagi islohotlar: tartibga solinadigan narxlarni tugatish hamda ichki subsidiyalar va soliqlardagi o'zgarishlar;

- moliya sektoridagi islohotlar: foiz stavkalarini liberallashtirish, kredit taqsimoti, kirish to'siqlarini kamaytirish va tartibga solish islohotlari. Shuningdek, turmush darajasini oshirishga kamroq bilvosita ta'sir ko'rsatadigan islohotlar:

- davlat moliyasini isloh qilish: davlat xarajatlarini taqsimlash va darajasidagi o'zgarishlar, davlat daromadlari darajasi hamda tarkibidagi o'zgarishlar, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish;

- er islohoti: ersizlar foydasiga taqsimlash, erga egalik qilish, ayirboshlash va meros qilib olish huquqining qonuniyligi o'zgarganda;

- kommunal iqtisodiyotni isloh qilish: davlat kommunal korxonalarini qayta qurish va xususiy ishtirokni oshirish;

- moliya sektoridagi islohotlar: davlat banklarini xususiylashtirish yoki yopish, kam ta'minlanganlarga xizmat ko'rsatadigan moliyaviy institutlarni qo'llab-quvvatlash;

- xususiylashtirish: aktivlarni ijaraga berish va xususiy boshqaruv shartnomalari va to'liq xususiylashtirish;

- davlat xizmatini qisqartirish: ishdan bo'shatish, ish haqini kamaytirish va davlat xizmatlarini markazsizlashtirish;

- ijtimoiy ta'minot: maqsadli pul va naqd pul o'tkazmalaridagi o'zgarishlar, muhtoj guruhlarga yordam berish hamda ijtimoiy nafaqalar;

- pensiyalar: milliy sxemalarni qisqartirish, nodavlat pensiya ta'minotini oshirish, eng kambag'al pensionerlarga pul yordami kabi ijtimoiy pensiyalarni joriy etish.

Ta'kidlash joizki, fiskal islohotlar aholi turmush darajasiga ta'sir ko'rsatadigan inson kapitalini rivojlantirish, mehnat bozori, investitsiyalar va soliq kabi uchta asosiy kanalni ajratib ko'rsatish mumkin. Moliyaviy siyosatning muhim vazifasi - bu

mamlakat fuqarolariga rivojlanish va ularning to'liq salohiyatiga erishish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlashdan iborat, chunki mehnat resurslari mamlakat barqaror rivojlanishining asosiy tarkibiy qismidir.

Ta'lim darajasining pastligi va tibbiyotdan foydalanishning cheklanganligi aholining yanada qashshoqlashishiga hamda tengsizlikning kuchayishiga olib keladi. Shuning uchun, ayniqsa, aholining kam ta'minlangan qatlamlari uchun ta'lim va tibbiyot mavjudligini ta'minlash soliq-byudjet siyosatining muhim yo'nalishi bo'lishi kerak. Bu boradagi islohotlar ta'limga davlat sarmoyasini ko'paytirish, bepul asosiy tibbiy xizmatlarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bandlik va ishsizlik darajasiga ta'sir aholi daromadlariga bevosita ta'sir qilishning asosiy kanallaridan biridir. Bu borada, mehnatga haq to'lanadigan soliqlarning kamayishi mehnatga haq to'lashning yakuniy miqdorining oshishiga olib keladi va buning natijasida bandlik o'sishini rag'batlantiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, turmush darajasini oshirish, kambag'allikni qisqartirishga, ishsizlik darajasini pasaytirishga, mehnat bozoriga qo'shimcha faol dasturlarni joriy etishga, aholini qo'llab-quvvatlash bo'yicha manzilli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishga, davlatning maqsadli dasturlari loyihasini takomillashtirishga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda ta'kidlash mumkinki, kambag'allikni qisqartirish tadqiqotida ekonometrik modellarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari sifatida omillarning ko'pligi: aholining qarishi va migratsiya o'zgarishlarining bugungi sharoitida yoshlar, ayollar, keksa ishchilar, shuningdek, past malakali ishchilar va ularga mos kuzatuvlar soni: yillik statistik ma'lumotlar, miqdor ko'rsatkichlardan tashqari sifat ko'rsatkichlarining mavjudligi: ishlab chiqilgan dastur hamda farmonlarning ta'sirini keltirish mumkin. Bu esa o'z navbatida kambag'allikni qisqartirish tadqiqotida ekonometrik modellarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlarga egaligini tasdiqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2021 yil 5 mart, 122-son qarori. https://lex.uz/docs/5319768

2. Musayeva Z. A. "Основные понятия бедности, причины и методы измерения бедноси, International journal of research in economics and social sciences (I m p a c t Fa c t o r (2 0 2 1): 8. 0 1 8 |) "IJRESS", 2021 mart, p. 25-43.

3. Musayeva Z. A. "O'zbekiston Reespublikasi iqtisodiyotining rivjlanishi bilan tengsizlikning kuchayishi o'rtasidagi bog'liqlik munosabatlari", "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar», Tom 11, №3, 2023 g. 234-246 betlar.

4. Musayeva Z.A. "O'zbekiston Respublikasida kambag'allikni qisqartirishga ta'sir etuvchi omillar tahlili", "Logistika va iktisodiyot" ilmiy jurnali, 192-201 betlar.

5. Musayeva Z.A. «Kambag'allik, tengsizlik, iqtisodiy rivojlanish va byudjet imkoniyatlarining o'zaro ta'siri», (Tom 23 № Maxsus_son (2022): Ekonomika i obrazovanie) jurnali, 34-40 betlar (08.00.00/2).

6. Official website of World Economic Forum URL: https://www.weforum.org. (Last accessed 2019).

7. Обратить реформы на благо всех и каждого / Бедность и неравенство в странах Европы и Центральной Азии. - Всемирный Банк. - Вашингтон, 2001.495 с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.