Научная статья на тему 'KAMBAG’ALLIKNI KAMAYTIRISH DASTURINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI'

KAMBAG’ALLIKNI KAMAYTIRISH DASTURINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
342
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kambag’allikni kamaytirish / tadbirkorlikni rivojlantirish / kambag’allik kamaytirish konsepsiyasi. / poverty reduction / entrepreneurship development / poverty reduction concept.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zokirjon Ergashevich Suyarov

Kambag’allikning yuqori darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishiga sababdir. Bu, eng avvalo, hukumatga ishonchning kamligi va kam daromadli guruhlarning mavjud muammolarini hal qilishga qodir emasligi bilan bog’liq. Mazkur maqolada kambag’allikni kamaytirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL PHILOSOPHICAL FUNDAMENTALS OF THE POOR REDUCTION PROGRAM

High levels of poverty are also a factor in social tensions. This is primarily due to a lack of trust in the government and the inability of low-income groups to address existing problems. This article discusses the socio-philosophical foundations of poverty reduction.

Текст научной работы на тему «KAMBAG’ALLIKNI KAMAYTIRISH DASTURINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI»

KAMBAG'ALLIKNI KAMAYTIRISH DASTURINING IJTIMOIY-FALSAFIY

ASOSLARI

Zokirjon Ergashevich Suyarov

Andijon davlat universiteti Falsafa kafedrasi tayanch doktaranti

ANNOTATSIYA

Kambag'allikning yuqori darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishiga sababdir. Bu, eng avvalo, hukumatga ishonchning kamligi va kam daromadli guruhlarning mavjud muammolarini hal qilishga qodir emasligi bilan bog'liq. Mazkur maqolada kambag'allikni kamaytirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari bayon qilinadi.

Kalit soz'lar: kambag'allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag'allik kamaytirish konsepsiyasi.

SOCIAL PHILOSOPHICAL FUNDAMENTALS OF THE POOR REDUCTION

PROGRAM

Zokirjon Ergashevich Suyarov

Basic doctoral student of the Department of Philosophy, Andijan State University

ABSTRACT

High levels of poverty are also a factor in social tensions. This is primarily due to a lack of trust in the government and the inability of low-income groups to address existing problems. This article discusses the socio-philosophical foundations of poverty reduction.

Keywords: poverty reduction, entrepreneurship development, poverty reduction concept.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 27-fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo'yicha videoselektor yig'ilishida kambag'allik darajasi chuqurlashib ketganligini aytib, "...biz shu paytgacha aksariyat fuqarolarimiz haqiqatan ham kambag'al ekanini ko'rib-ko'rmaslikka, eshitib-eshitmaganlikka oldik. Bu noto'g'ri. Afsuski, dastlabki hisobkitoblarga ko'ra, xalqimizning to'rt-besh foizi kambag'al ekani aniqlandi. Endi yashirish kerak emas, og'ir sharoitlarda yashayotgan odamlarimizning asl muammosi, vaziyatini tushunishimiz, barcha toifadagi rahbarlar dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz lozim bo'ladi" deya ta'kidlab o'tdi.

O'zbekiston uchun bu holat qay darajada dolzarb, qanday ildizlari va sabablari bor. Bugun bu holat bilan kurashish darajasi qanday, qaysi jihatlari bilan kurashish aktual va kun tartibida uni kamaytirish, doirasini toraytirish bo'yicha O'zbekistonda qanday tadbirlar olib borilmoqda. Bu savollarga mamlakatimizdagi turli yo'nalishlardagi mutaxassislar kambag'allik O'zbekiston uchun qay daraja dolzarb ekanligini va buning sabablari haqida ma'lumotlarni taqdim etmoqdalar. Respublikamizda kambag'allik holatini o'rganish aniq chora-tadbirlarni belgilashni talab etadi. Bu holatda rivojlangan davlatlarning tajribasini o'rganish g'oyat muhim masala hisoblanadi. Shu bilan birga, biz uchun muhim tomoni, kambag'allik holatini to'liq tugatib bo'lmaydi, balki uning darajasi va hajmini iloji boricha kamaytirish mumkin. Bu davlat va jamiyatning siyosati va faoliyatiga mutlaqo bog'liq emas. Bu esa jamiyat va davlatga kambag'allikni negativ ta'sirini kamaytirish bo'yicha choralarni doimiy ravishda olib borishni taqozo etadi.

Mamlakatimiz uchun, xususan, absolyut kambag'allik konsepsiyasi asosida kambag'allar soni, holatini aniqlashda turli xil fikrlar, qarama-qarshi yondashuvlar mavjud. Misol uchun, rasmiy manbalarga tayanib, ma'lumot berar ekanmiz, kambag'allar soni umumiy aholining 13-15 %ini tashkil etishi taxmin qilinadi. Lekin aholini o'zini-o'zi baholashidan bilish mumkinki, faktlar aniq va shaffof emas. Ya'ni ayrim aholi toifalari moddiy ta'minlanganlik jihatidan o'zlarini kambag'al hisoblasa, ayrimlari ayni shunday moddiy ta'minlanganlik jihatidan o'zlarini kambag'al hisoblamaydilar. Shuning uchun mamlakatimizdagi kambag'allik holati ko'p qirralik holat va uning tarqalish masshtabi turlicha qabul qilingan. Bu muammoga turli qarashlar tufayli aniq siyosatni belgilash hamda kurashish mexanizmining yo'qligidir.

Shu bilan birga, kambag'allikka qarshi samarali kurashish uchun odamlarning kundalik hayotida duch keladigan va ularning turmush darajasining pastligi yoki qashshoqlik sabablari bo'lgan muammolarni yaxshi bilish kerak hisoblanadi. Insonlar farovonlik bilan bog'liq muammolarni mustaqil hal qilishi uchun qanday manbalarga muhtoj ekanligini tahlil qilish zarurdir. Mavjud aholining ahvolini yaxshilashga yordam beradigan resurslarning asosiy turlarini quyidagicha sanab o'tish mumkin:

Birinchidan, iqtisodiy manba, ya'ni oila hayotiga alohida zarar yetkazmasdan sotilishi va naqd pulga aylantirilishi mumkin bo'lgan mulk, daromadining tabiiy holati, oilada kamida bir yil yashashi uchun yetarli mablag'larning mavjudligi.

Ikkinchidan, ta'lim va malaka ko'rsatkichlari to'plami sifatida hisoblangan malaka manbasi.

Uchinchidan, birlashtiradigan ijtimoiy manba. Ya'ni:

a) kundalik aloqalar va qo'llab-quvvatlashning kundalik norasmiy tarmoqlariga qo'shilish (do'stlar va ular bilan doimiy aloqada bo'lish, ularning ishonchli qo'llab- quvvatlashiga ishonish);

b) ayniqsa, juda kam ma'lumotlarga kirishni ta'minlaydigan yuqori samarali ijtimoiy tarmoqlarga kirish, foyda va manbalar ("aloqalar");

c) rasmiy tarmoqlarga qo'shilish (klublarga, partiyalarga a'zolik va boshqalar).

To'rtinchidan, fuqarolarning butun korxona yoki uning birligi miqyosidagi qarorlarni qabul qilishi, hokimiyatdan foydalanish huquqini belgilash, ularning rasmiy maqomi va ish joyidagi mavqeiga qarab ijtimoiy mavqeini o'z-o'zini anglash qobiliyatini hisobga oladigan vakolatli manba.

Beshinchidan, madaniy manba bu bir tomondan fuqarolarning bo'sh vaqtini o'tkazish xususiyatlari va madaniy ehtiyojlarini, ikkinchi tomondan bolalik va o'smirlik davrida ularning ijtimoiylashishi sharoitlarini (maktab yoshida yashash joyi va ota-onalarning ta'limoti) ko'rsatkichlarini o'z ichiga olishi mumkin.

Bundan tashqari kambag'allar holatining o'ziga xos xususiyati shunchaki ularning ozgina puli borligidan iborat emas, balki ular kambag'al qatlamlardir, ular nafaqat qiyin vaziyatdan chiqishga imkon beradigan iqtisodiy yoki malaka kapitalidan mahrum, balki davlatdan tashqari birovning qo'llab-quvvatlashiga ishonish imkonini beradigan oddiy ijtimoiy kapital hamdirlar.

Agar biz aholining turli qatlamlarini birlashtirilgan resurs ta'minoti ko'rsatkichlarini hisoblab chiqishga harakat qiladigan bo'lsak, kambag'allarda biron-bir resurs yetishmasligi manzarasi yanada ravshanroq bo'ladi va mamlakatning iqtisodiy holatida yaxshilanish bu kambag'allik holatini avtomatik ravishda yaxshilamasligi aniqroq bo'ladi.

Shunday qilib, "daromadlar kambag'alligi" ni emas, balki haqiqiy kambag'allik bilan kurashish muammosi, bir tomondan, ularni sarflash xususiyatlari va boshqa tomondan mavjud resurslarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishdir. Bu esa birxillikdan uzoq bo'lgan hamda ijtimoiy siyosatning tubdan farq qiladigan oqibatlarini keltirib chiqaradigan kambag'allik sabablarini batafsil tushunish zarurligini anglatadi.

Kambag'allikning ikkinchi eng muhim salbiy oqibatlaridan biri bu aholi sog'lig'ining yomonlashishi. Hayotning past darajasi past daromadli guruhlarning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Balanssiz va yetarli darajada ovqatlanmaslik, gigiyena me'yorlarining yo'qligi, kam ta'minlangan fuqarolarga tibbiy xizmatni o'z vaqtida olish yoki samarali dori-darmonlarni olishga imkon bermaydigan moliyaviy resurslarning yetishmasligi, bularning barchasi kam ta'minlanganlar orasida kasalliklarning ko'payishiga olib keladi.

Kambag'allik alkogolizm va giyohvandlikning o'sishiga ham bevosita ta'sir qiladi. Umuman olganda, ish topishni orzu qilgan va yashash imkoniyati bo'lmagan odamlar axloqiy ko'rsatmalarini juda ko'p marta o'zgartiradilar. Bu esa o'z navbatida, turli xil deviant xatti-harakatlarga olib keladi, ularning eng jiddiy shakllaridan biri ichkilikbozlik va giyohvand moddalarni iste'mol qilishdir. Giyohvandlikning ko'payishi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

OITS va turli yuqumli kasalliklarning ko'payishiga yordam beradi, chunki giyohvandlar orasida yuqumli kasalliklarni yuqtirish xavfi juda katta.

Kambag'allikning xavfli oqibatlaridan biri - aholining umumiy ma'lumot darajasi pasayishi. Daromadlari past bo'lgan ota-onalar ko'pincha o'z farzandlarini o'qish uchun zarur bo'lgan narsalar bilan to'liq ta'minlay olmaydilar: o'quv qurollari, kiyim-kechak va oddiy ovqatlanish. Oddiy o'rta maktablarda ko'plab o'qituvchilar malakasining pastligi jiddiy muammo hisoblanadi. Jamiyatimizda kambag'al odamlarning ko'p bo'lishi bir qator ijtimoiy demografik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ular orasida, birinchi navbatda, mehnatga layoqatli aholining qishloq joylardan shaharlarga o'zo'zidan ko'chib ketishi. Hozirda ushbu tendensiya namoyon bo'lmoqda. Bunday ichki migratsiyaning asosiy sabablaridan biri qishloq joylarida ish o'rinlarining yetishmasligi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //Xalq so'zi. 25.01.2020-y.

2. R.Xasanov, B.Usmonov O'zbekistonda kambag'allik va uni qisqartirish yo'llari -https://review.uz/oz/post/ozbekistonda-kambagallik-va-uni-qisqartirish-yollari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.