JURNALISTIKA TA'LIMIDA MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI
Zarina Ma'murjon qizi Madrahimova
Andijon davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada media axborot savodxonligi jurnalistika ta'limida qanday usullar bilan ifodalanishi hamda aholi mediasavodxonligini yanada oshirish maqsadida qilingan ishlar hamda usullar to'g'rida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Media, axborot savodxonligi, manipulyatsiya, mediata'lim, ommaviy kommunikatsiya
MEDIA AND INFORMATION LITERACY IN JOURNALISM EDUCATION
Zarina Mamurjon kizi Madrahimova
Andijon State University
ABSTRACT
This article discusses how media literacy is expressed in journalism education and the work done to further increase media literacy.
Keywords: Media, information literacy, manipulation, media education, mass communication
KIRISH
Raqamli ma'lumotlar va texnologiyalar chatlardagi yengil syo'rfingdan o'tib astalik bilan jamiyatni manipulyatsiya qilish va jamiyatni izdan chiqarish instrumentiga aylana boshladi. Yangi texnologiyalar va mediasohasida bunday o'zgarishlar ommaviy kommunikatsiya va umuman axborot makonini tanqidiy qabul qilishga yo'naltirilgan ta'limga bo'lgan ehtiyojning o'sib borayotganidan dalolat beradi. Bunday ta'lim bizga nafaqat media tushunchasining o'zini, balki uning siyosiy va axloqiy asoslarini qayta izlashga yordam berishi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mediata'lim raqamli texnologiyalarning o'sib borayotgan ta'siri bilan uzviy bog'liq va dolzarb ahamiyatga ega. Agar ilgari internetdan foydalanish oddiy syo'rfing va chatlardagi muloqot bilan chegaralangan bo'lsa, hozirgi vaqtda raqamli tashuvchilar bilan birga axborot almashinuvi shunchalik keng tarqalgan va faolki, tarmoqdan mobil foydalanish smartfonning dunyoga o'ziga xos oyna bo'lishini ta'minlaydi, uning
foydalanuvchisini esa faol foydalanuvchiga, axborot tarqatuvchiga, uni yaratuvchiga aylantiradi. Fuqorolarning mediasavodxonligi haqida so'z ketar ekan, ba'zan o'ylanib qolasan, bu xar bir alohida kishining mediarealligini anglatadimi yoki bunda mass-medianing roli o'zining birinchi darajali ahamiyatini saqlab qoladimi? Boshqacha aytganda MASga ega bo'lish orqali odamlar ommaviy axborot vositalaridan himoyalanadimi yoki axborotni olish, tayyorlash va tarqatishda jurnalistlarning hamkoriga aylanadimi?
MUHOKAMA
Haqiqat shundaki, sifatsiz axborot uzatayotgan jurnalistika ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar orqali manipulatsiya, insonlar ongini boshqarishga sabab bo'lishi mumkinligi senzura o'rnatish uchun asosiy dalil va dastak hisoblanadi. Buni inkor etib bo'lmaydi, fuqarolarni ommaviy axborot vositalaridagi zararli xabarlardan himoya qilishning eng samarali va barqaror usuli-barcha manfaatdor tomonlar shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, ularga ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi orqali o'zlarini himoya qilishlariga imkoniyat berishdir. Shunga qaramay, jurnalistik ta'lim jurnalistlarning fuqarolik ongini oshirishi kerak. Buni amalga oshirish usullaridan biri jurnalistlarni odamlarning ma'lum bir habarlarga bo'lgan munosabatini anglashga o'rgatish, buni boshqarish uchun axloqiy jihatdan zarur choralarni ko'rish kerak. Media va axborot savodxonligi bugungi kunga kelib har bir fuqaroga kerak bo'lgan eng muhim ko'nikmalardan biriga aylandi. Axborot qabul qiluvchilar (ota-onalar, yoshlar, talabalar va barcha omma) soxta yangiliklar, propaganda, mish-mishlar, shov-shuvlar, satira va turli xil reklama xabarlarining doimiy hujumi ta'sirida bo'lgan xozirgi vaziyatda, aniq dalillarga asoslangan ishonchli axborotni uydurmadan ajratish borgan sari murakkablashib o'quvchilarda ishonchli axborot manbaalarini aniqlash, tahlil qilish va tanlash ko'nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy mediata'limning mazmuni va mohiyati, asosiy jihatlari, media va an'anaviymatnlarni o'qish, media matnlarni yaratish hamda kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ularni uzatish metodlari batafsil o'rganilishi zarur. Shuningdek, global axborot maydoni orqali uzatilayotgan axborotlarni tushunish, tahlil etish, tandiqiy nuqtai nazardan baholash,milliy axborot xavfsizligini ta'minlash kabi qator dolzarb masalalar o'z ifodasini topishi kerak.
NATIJA
Media va texnologiyalardan foydalanish bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirish orqali ommaviy axborot savodxonligi bo'yicha ta'lim bolalar va yoshlarga ommaviy axborot vositalarini iste'mol qilish odatlari va ulardan foydalanish uslublari bo'yicha yaxshi tanlov qilishga yordam berish orqali himoya qilishning bir turini ta'minlashi mumkin.Media-savodxonlik ta'limi tarafdorlari ta'kidlashlaricha, maktab
o'quv dasturlariga media-savodxonlikning kiritilishi fuqarolarning faolligini oshiradi, ommabop ommaviy axborot vositalariga xos bo'lgan kuch tuzilmalari to'g'risida xabardorlikni oshiradi va talabalarga kerakli tanqidiy va so'roviy ko'nikmalarni olishga yordam beradi. Ommaviy axborot vositalari jamiyatga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, ammo ommaviy axborot savodxonligi talabalarga muqarrar xavf-xatarlarni tushunishga imkon beradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Media savodxonligi aholiga jamoatchilik muhokamasini tushunishga va o'z hissasini qo'shishga va oxir-oqibat o'z rahbarlarini saylashda to'g'ri qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
REFERENCES
1. Jurnalistlar va media soxasida ta'lim beruvchilar uchun o'quv qo'llanma
2. www.uwed.uz news