Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATIDA MADANIY HORDIQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISH VA MEXANIZMLARI'

JIZZAX VILOYATIDA MADANIY HORDIQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISH VA MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
37
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TURISTIK QISHLOQ OVULLARI / REKREASTIYA / MADANIY-TARIXIY MEROS / VIZA / INFRATUZILMA / ZIYORAT / TURIZM MAHALLASI VA QISHLOG'I / INSTITUTSIONAL

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Aynakulov M.A.

Maqolada mamlakatimizning Jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali madaniy hordiq hududlarini yaratish va rivojlantirish yo‘nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra madaniy hordiq hududlarini yaratish maskanlari viloyat hududining xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, shuningdek, bu borada mamlakatning strategik rejalari tahliliy ma’lumotlar asosida keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS AND MECHANISMS OF DEVELOPMENT OF CULTURAL RECREATION AREAS IN JIZAK REGION

The article describes the directions of creation and development of cultural recreation areas in Jizzakh region of the country through its natural potential, as well as its institutional framework. plans are presented on the basis of analytical data.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATIDA MADANIY HORDIQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISH VA MEXANIZMLARI»

Aynakulov M.A.

Jizzax Politexnika Instituti "Muhandislik va kompyuter grafikasi" kafedrasi mudiri,

iqtisod fanlari nomzodi dotsent

JIZZAX VILOYATIDA MADANIY HORDIQ HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISH VA MEXANIZMLARI

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizning Jizzax viloyatida uning tabiiy potensiali orqali madaniy hordiq hududlarini yaratish va rivojlantirish yo'nalishlari hamda uning institutsional asoslari bayon qilingan bo'lib, unga ko'ra madaniy hordiq hududlarini yaratish maskanlari viloyat hududining xizmat ko'rsatish imkoniyatlari, shuningdek, bu borada mamlakatning strategik rejalari tahliliy ma'lumotlar asosida keltirilgan.

Kalit sozlar: Turistik qishloq ovullari, rekreastiya, madaniy-tarixiy meros, viza, infratuzilma, ziyorat, turizm mahallasi va qishlog'i, institutsional.

Aynakulov M.A., candidate of economic sciences

associate professor

head of the department of engineering and computer graphics

Jizzax Polytechnic Institute

DIRECTIONS AND MECHANISMS OF DEVELOPMENT OF CULTURAL RECREATION AREAS IN JIZAK REGION

Annotation: The article describes the directions of creation and development of cultural recreation areas in Jizzakh region of the country through its natural potential, as well as its institutional framework. plans are presented on the basis of analytical data.

Keywords: tourist villages, recreation, cultural and historical heritage, visas, infrastructure, pilgrimage, tourist makhallas and villages, institutional.

Mamlakatimizda madaniy hordiq chiqarish sohasini rivojlantirishning dolzarbligini, shuningdek, turizm sohasining serdaromad, shuning bilan birgalikda mashaqqati kamroq faoliyat turi ekanligini e'tirof etib, mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirish, takomillashtirish yuzasidan tinimsiz izlanishlarni olib borish maqsadga muvofiq sanaladi. Ana shunday yo'llardan biri-aholi gavjum, shuningdek, iqlim sharoiti mo'tadil bo'lgan hududlarda aholining turistik xizmat ko'rsatishini amalga oshirishi bilan birga aholining o'zi ham mazkur turistik mahsulotdan bahramand bo'ladigan faoliyat turlaridan biri bu turistik qishloq mehmon uylarini tashkil etish hisoblanadi. Turistik qishloq uylarini tashkil qilishning institutsional asosi bo'lib, birinchi

navbatda, 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonuni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5781 son Farmoni xizmat qiladi. Mazkur institusional asoslarga ko'ra 2019 yil 1 noyabrdan boshlab eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo'lgan fuqarolar yig'inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro'yxatini shakllantirish, ushbu fuqarolar yig'inlari hududlarida 20 tadan kam bo'lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va turistlar uchun kamida besh xil xizmat turlari (yashash va/yoki ovqatlanish bo'yicha xizmatlardan tashqari) ko'rsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog'i» yoki «Turizm ovuli» maqomini berish, 2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog'i» yoki «Turizm ovuli» maqomi berilgan fuqarolar yig'inlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritilishi qat'iy belgilab qo'yilgan [1]. "O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonunining 5-moddasiga ko'ra xalqaro va ichki turizm uning shakllari hisoblanadi. Turizm tashkil etilayotgan turning o'ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo'linishi mumkin [2]. O'zbekiston turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli imkoniyatga, shuningdek, juda katta rekreatsiya salohiyatiga ega, unda jami 7,4 ming madaniy meros obyektlari mavjud, ulardan 209 tasi to'rtta muzey shaharlar — "Xiva shahridagi Ichan-qal'a", "Buxoro shahrining tarixiy markazi", "Shahrisabz shahrining tarixiy markazi", "Samarqand shahri" hududida joylashgan bo'lib, YUNESKO butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilga n

[3].

Jizzax viloyati O'zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan bo'lib, shu tufayli har taraflama keng ko'lamli xo'jalik yuritish imkoniyatiga egadir. Uzunligi sharqdan g'arbga, ya'ni Yangiobod tumanidan Forish tumanigacha 180 km, janubdan shimolga, ya'ni Baxmal tumanidan Mirzacho'l tumanigacha 175 km. ni tashkil etadi. Maydoni 21,1 ming kv.km. Shundan 4,8 ming kv.km. (22,7 %) qishloq xo'jaligida foydalanishda bo'lgan yerlardir. O'rmon va o'rmonchilik bilan bog'liq ekinlar ekiladigan maydon 1,8 ming (8,5 %) kv.km dan iboratdir

[4]. Maydonining katta qismini sharqdan g'arbga va qisman shimoli-g'arb tomonga cho'zilgan Chimqortog' va Molguzar, g'arbdan sharqqa, sharqi-janubga va janubga tomon cho'zilgan Nurota tizma tog'lari, shimol tomondan Qozog'istondagi Chordora to'g'onidan viloyatning shimoli-g'arbidan Navoiy viloyati hududiga qadar cho'zilgan Aydarko'l tashkil etadi. Bu qadimiy yurtda ajdodlarimiz zakovati, salohiyatidan darak beruvchi - qadimiy turkiylarning quyosh yili timsoli - "Quyosh taqvimi", ("Saklar taqvimi"), 19 fevraldan 21 martgacha quyosh nuri tushadigan Huttosh, shuningdek, Qantartosh,

Hamaltoshlarning o'zi sirli bir olam. Viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun ham Sa'd ibn Vaqqos, Usmand ota, Novqa ota, Xo'jamushkent ota, Parpi ota, Sayfin ota, Savruk ota, Qulfisar ota kabi ziyoratgohlarlar xizmat qiladi. E'tiborli jihati bu yerdagi tabiiy buloqlardan yiliga o'rtacha 16-20 mln. kubometr suv olish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi viloyatning Baxmal, Zomin, G'allaorol tumanlari hamdaSh. Rashidov va Forish tumanlarining tog'li hududlarida yog'ingarchilik nisbatan mo'l bo'ladi. Shuningdek, haroratning mo'tadilligi tufayli Baxmal, G'allaorol va Forish botiqlarida, Zominsoy, Yettikechuv va Ko'rpasoyda suvning parchalanishi nisbatan kam. Viloyatda turizm va uning zaminidagi rekreatsiya klasterlarini rivojlantirish uchun ham birmuncha sezilarli imkoniyatlar, ya'ni viloyat tabiatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri tog'lar va tog' yon bag'irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termo-minerallar bo'lgan bir qator mavjud shifobaxsh suv manbalari mavjud. Darhaqiqat, ayni paytda viloyatning G'allaorol, Forish, Mirzacho'l tumanlarida ana shunday bal'neologik suvlar bilan davolovchi "Marjonsuv", "Birlashgan", "Gagarin" nomli sanatoriylar va bir nechta profilaktoriylar ishlab turibdi. Shuning bilan birgalikda viloyatning Zomin, Jizzax, Baxmal tumanlarida ham ma'danga boy manbalari bor. Viloyatdagi barcha ma'danli suvlar kimyoviy va balneologik tarkibiga ko'ra eng tabiiy o'ziga xosligi bevosita hududning ancha qismini egallagan tog'liq zona ekanligi bilan bog'liqdir. Mazkur hududlarning tog' yon bag'irlarida bir-biridan go'zal tabiat go'shalari, archazorlar bodomzorlar yong'oqzorlar, shifobaxsh o'tloqlar, soyliklar, zilol suvlar, hatto, musaffo toza havo qatlamining o'zi bir olam. Ulkan daralarda qir-adirlar va soyliklarda kamyob o'simliklar va hayvonlar, parrandalarning turfa xillari mavjud. Baxmal va Zomin tumanlaridagi qir-adirlar, ulkan bog'-rog'lar, shuningdek, Baxmaldagi dengiz sathidan 2600 metr balandlikdagi ma'danli suv, Xalq bog'i va qo'riqxonalar, ajoyib sharsharalar, qirlar bag'ridagi o'nlab chashmalar insoniyatni o'ziga chorlovchi saxiy tabiatning o'ziga xos ne'matidir. Viloyatda turizm klasterlarining asosiy poydevori sanalgan Zomin tumanidagi 1976 yilda tashkil etilgan 48 ming gektarli Xalq bog'ining tabiati o'ta go'zal. Balandligi dengiz sathidan 4 ming metrgacha cho'zilgan tog' yon bag'rida yoz va bahorda havo qatlami kamalak rangida tovlanadi. Qalin archazorlar va bahaybat daralar, soyliklardagi toshqin suvlar go'yo tabiatning haqiqiy tabiiy ko'rgazmasini namoyish etadi. Albatta bu kabi jarayonlarning xususiyati shundaki, inson hamisha ko'pincha o'zlashtirilmagan, inson qo'li tegmagan tabiiy go'shalarga ehtiyoj sezishidadir. Xalq bog'i yonida Zomin qo'riqxonasi tashkil etilgan, Xalq bog'i va qo'riqxonaning umumiy maydoni 78 ming gektarni tashkil etadi.

Viloyat aholisi 2021 yil yanvar oyi holatiga 1443400 kishini tashkil etib, yil boshidan 32900 kishiga yoki 102,3 foizga ko'paydi. Shundan 675300 kishi -shahar joylarida (46,8%) va 768100 kishi qishloq joylarida (53,2 foiz) istiqomat qiladi.

Tarkibiga ko'ra 70 dan ortiq millat vakillari bor. Umumiy aholisining 83 foizini o'zbeklar tashkil qiladi. O'rtacha zichligi bir kv.km. ga 65,5 kishi [5].

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, aholisi 163,6 ming kishi bo'lgan viloyatning Zomin tumanida (viloyat aholisining 11,8 %), aholisi 155,8 ming kishi bo'lgan Baxmal tumanida (viloyat aholisining 11,3 %), aholisi 171,4 ming kishi bo'lgan G'allaorol tumanlarida (viloyat aholisining 12,4 %) negizida rekreastiya mavjud bo'lgan turistik ovullarni, shuningdek, ularning o'zaro kooperastiyasi asosidagi turizm klasterlarini tashkil qilish uchun keng qamrovli imkoniyatlar mavjud [6].

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5781 son Farmoni.

2. "O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risida" gi Qonuni. 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5611 son Farmoni.

4. Айнакулов М.А., Абдухамидов Э.М.Нормативно -правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов // «Молодой ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

5. Айнакулов М.А. Экономическая эффективность управления кластером в реальном секторе экономики. // «Экономика и социум». Международный научно-практический журнал. 2022. № 2 (93)-1 (февраль, 2022) С. 187-193.

6. Rasmiy web sayt: www.jizzaxstat.uz

6.1 Elektron pochta manzili: jizzaxstat@uznet.net

6.2 Elektron ximoyalangan pochta manzili: jiz.stat@exat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.