Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATI TUPROQLARI MONITORINGI'

JIZZAX VILOYATI TUPROQLARI MONITORINGI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

53
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATI TUPROQLARI MONITORINGI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

JIZZAX VILOYATI TUPROQLARI MONITORINGI

N.A.Pattaxov

tayanch doktoranti, F.I.Erkabayev t.f.d., laboratoriya mudiri Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti,

D.A.Xadjibayev PhD, Jizzax politexnika instituti dotsenti. O'zbekiston.

Jizzax viloyati O'zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashgan. Viloyat maydoni 21,2 ming km2 bo'lib, Respublika umumiy maydonining 4,7 foizini tashkil etadi. Viloyat shimol va shimoliy sharq tomonidan 216,9 km uzunlikda Qozog'iston Respublikasi bilan, sharq tomondan 91,9 km uzunlikda Sirdaryo viloyati bilan, sharq va janubiy sharq tomondan 326,7 km uzunlikda Tojikiston Respublikasi bilan, janub va janubiy g'arb tomondan 199,8 km uzunlikda Samarqand viloyati va g'arb tomondan 83,7 km uzunlikda Navoiy viloyati bilan chegaradosh. Jizzax viloyati erlari tog'li hududlar, dasht adir va o'zlashtirilgan cho'l hududlaridan iborat. Shu sabali viloyatda tog' qo'ng'ir, tipik bo'z va och tusli bo'z tuproqlar uchraydi. Tog' qo'ng'ir tuproqlar tarkibidagi gumus miqdori bo'yicha ajralib turadi. Ishqorsizlangan tuproqlarda gumus 9-10 %, tipik tuproqlarda 5,5-6,5 % va karbonatli tuproqlarda 3,03,5 % dan iborat. Ishqorsizlangan tuproqlarda umumiy azotning miqdori 0,84-0,93%, fosfor 0,21-0,35% ni tashkil etadi. Tipik va karbonatli tuproqlarda bu ko'rsatgichlar pastroq bo'lib tipik tuproqlarda 0,4-0,5% va 0,19-0,25 %, karbonatli tuproqlarda esa bu ko'rsatgich ancha past bo'ladi. Och tusli bo'z tuproqlar ob- 17 havoning (tabiiy iqlimning) kelishiga qarab, 40-120 sm gacha chuqurlikda namlanishi mumkin. Och tusli bo'z tuproqlarning g'ovakli bo'lishi o'ziga xos xususiyatidir. Kaltsiy karbonat (SaSO3) tuproqning mexanik zarralarini biriktirib, struktura bo'laklari hosil qiladi. Gumus miqdori juda kam bo'lib, yuqori qatlamida 1,0-1,5 % ni tashkil etadi. Yalpi azot 0,05-0,09 %, fosfor 0,14-0,23 % va kaliy miqdori 1,72-2,20 % ga yaqin. Umumiy azot haydalma (0-30 sm) qatlamda 0,12 %, fosfor 0,25 %, kaliy 2,2 % ni tashkil etib, ularning harakatchan shakli esa, N-NO3-8,5, P2O5-22,0, K2O-197 mgG'kg tashkil etadi.

Tadqiqot ob'ekti sifatida Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani sug'oriladigan tuproqlari xizmat qildi. Tumanining barcha massivlarida, sug'oriladigan qishloq

May 15, 2024

384

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

xo'jalik er maydonlari tuproqlarining Agrokimyoviy kartogrammasini tuzish uchun ushbu xududlarda tarqalgan sug'oriladigan tuproqlar tarkibidagi gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori aniqlandi.

Massivlarda tarqalgan sug'oriladigan erlarida o'tkazilgan tuproq agrokimyoviy tadqiqot ishlarining massivlar kesimida yakuniy ma'lumot natijalariga ko'ra, tumanda tarqalgan sug'oriladigan tuproqlar gumus bilan 17,8 ga maydon juda kam darajada, 1174,2 ga maydon kam darajada, 15056,0 ga maydon o'rtacha darajada, 11808,7 ga maydon ko'proq darajada, 2095,2 ga maydon ko'p darajada va 518,2 ga maydon juda ko'p darajada ta'minlangan guruhlarga mansub ekanligi aniqlandi [1-3] (1-rasm).

O'rganilgan hududlarda shakllangan sug'oriladigan tuproqlar harakatchan fosfor bilan 20450,5 ga maydon juda kam darajada, 8242,4 ga maydon kam darajada, 1851,0 ga maydon o'rtacha darajada, 117,5 ga maydon ko'p darajada va 8,6 ga

25000,0 10000,0 15000,0 LOOOO.O 5000,0 0,0

Ij.RasMdov taroani sug'oriladigan maydonlarining harakatchan fosfoi' bilan ta'minlanganlik darajasi

1851,0

415 ■16-30 3143

■ 4M0

■ 5Î0

117,5

2-rasm. Sh.Rashtdov tumani sug'oriladigan tuproqlarining harakatchan fosfor bilan ta'minlanganlik darajasi, gektar hisobida

Sli-Rasliidov tumani sng'oiiladigan umydonliirining almasliiimvchi kaliy bilan ta 'minlanganlik darajasi

>joo

301-401) 201-300 101-200 <100

■■■■ 1935,8 I 4288.7

1863,9

3-rasttt. SluRashidov tumani sug'oriladigan tuproqlarining almashinuvchi kaliy bilan tafminlanganlik darajasi, gektar hisobida

maydon juda ko'p darajada ta'minlangan guruhlarga mansub ekanligi qayd qilindi (2-rasm).

Umuman olganda o'rganilgan xudud sug'oriladigan tuproqlarining 1863,9 gektar maydonlari almashinuvchi kaliy bilan juda kam, 8842,6 gektar maydon kam, 13739,1gektar maydon o'rtacha, 4288,7 gektar maydon yuqori va 1935,8 gektar maydon juda yuqori ta'mingangan guruhga mansubligi qayd qilindi (3-rasm).

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ham ko'rinib turibdiki tumanda tarqalgan sug'oriladigan tuproqlar asosan gumus, harakatchan fosor va almashinuvchi kaliy bilan juda kam, kam va o'rtacha darajada, qisman ko'p, juda ko'p va oz mikdorda

385

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

yuqori darajada ta'mingangan guruhlarga mansub ekanligi. Bu esa mineral va mahalliy o'g'itlarni tabaqalab qo'llashni taqazo etadi.

Xulosa. O'rganilgan maydonlarda shakllangan tuproqlarning gumus va oziqa elementlari bilan ta'minlanganlik darajasi va miqdorlari ularning genetik qatlamlaridagi zaxiralarini bildiradi. Qishloq xo'jaligida dala konturlarining xossa-xususiyatlari bir biridan farq qilishiga qarab, tabaqali o'g'itlanishi zarur. Erlardan unumli va samarali foydalanish uchun sug'oriladigan ekin maydonlari muntazam inventarizatsiya qilinishi, birinchi navbatda sog'lomlashtirishga muhtoj erlar aniqlanib, tuproq meliorativ holatini yaxshilovchi agromeliorativ tadbirlar o'tkazish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Erkabaev F.I, Madrimov R.M., Nurmatova V.B. Status quo analysis of the Aidar-Arnasay Lake System. 5th International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering (ICECAE 2024), E3S Web Conf. Volume 497, 2024, 07 March 2024, https : G'G' doi.orgG' 10.1051 G' e3 sconfG'202449702025.

2. O'zbekiston Respublikasi Er fondi - Toshkent: "Ergedezkadastr" davlat qo'mitasi, 2021-yil.

3. Qo'ziev R.Q., Sektimenko V.E., Ismonov A.J. O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplamlari Atlasi. - "Ergeodezkadastr" Davlat qo'mitasi, Toshkent. -2010.

386

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.