Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
JINOYAT ISHINI KO'RIB CHIQISHDA KASSATSIYA INSTANSIYASI
SUDINING VAKOLATLARI
Bermaxanova Aykerim Koldasbaevna
Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va
amaliyoti" yo'nalishi magistranti, +998(90)-825-96-86 Ilmiy rahbar: D.J.Suyunova "Jinoyat- protsessual huquqi" kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Ushbu maqolada jinoyat protsessida kassatsiya sudlarining vakolatlari va qayta kassatsiya instituti masalalari shuningdek, kassatsiya sudlov faoliyatining xorijiy davlatlar tajribasi, huquqiy asoslari, tartibi, kamchiliklari, uning jinoyat-protsessual qonunchilik rivojida tutgan o 'rni va dunyo mamlakatlarida uning rivojlanish darajasi to'g'risida hamda ushbu institutni mamlakatimiz qonunchiligiga tadbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari haqida so 'z yuritiladi.
Tayanch so'z va iboralar: jinoyat, jinoyat-protsessi, kassatsiya, kassatsiya instansiya sudi, qayta kassatsiya instansiya instituti, kassatsiya instansiya sudining vakolatlari.
В статье рассматривается опыт зарубежных стран, касающийся института кассационного производства в уголовном процессе, его правовая база, процедуры, недостатки, роль кассационной инстанции в развитии уголовно-процессуального законодательства и уровень его развития в мире, а также применение этого института в законодательстве нашей страны.
Ключевые слова и фразы: преступление, уголовный процесс, кассация, суд кассационной инстанции, институт повторной кассационной инстанции, полномочия суда кассационной инстанции.
POWERS OF THE COURT OF CASSATION IN CRIMINAL PROCEEDINGS
ABSTRACT
The article discusses the experience of foreign countries regarding the cassation instance in criminal proceedings, the legal framework, procedures, shortcomings, its role in the development of criminal procedure legislation and the level of its
ANNOTATSIYA
ПОЛНОМОЧИЯ СУДА КАССАЦИОННОЙ ИНСТАНЦИИ В УГОЛОВНОМ СУДОПРОИЗВОДСТВЕ
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
development in the world, as well as the application of this institution in the legislation of our country, socio-economic aspects.
Keywords and phrases: crime, criminal procedure, cassation, court of cassation instance, institute of re-cassation instance, powers of the court of cassation.
KIRISH
Har bir huquqiy davlatning asosiy hal qiluvchi poydevorlaridan biri mustaqil, shaffof va samarali odil sudlov bo'ladi. U fuqarolar va yuridik shaxslarga o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi hamda mamlakatda hukukiy barqarorlikni ta'minlaydi.
Davlat rivojining istiqboli amalga oshirilayotgan tadrijiy rivojlanib boradigan va chuqur o'ylangan islohotlarga bog'liqdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo'zlab amalga oshirilishi lozim. Bu -demokratik huquqiy davlatning asoslaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda keyingi yillarda aynan sud sohasida ko'pgina islohotlar amalga oshirilmoqda.
Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi1 tasdiqlanishi mamlakatimiz taraqqiyotining sifat jihatidan yangi davrini boshlab berdi. Mazkur tarixiy hujjat mohiyatan jaxonda turli o'zgarishlar va voqea-hodisalar sodir bo'layotgan bir pallada davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishda amalga oshirish mexanizmi aniq belgilangan davlatimizning haqiqiy strategiyasiga aylandi. Mazkur farmonda sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada yaxshilash, sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar chiqarish bo'yicha mas'uliyatini yanada oshirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarda Yangi O'zbekistonning tarraqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan yangi strategiyada ham aynan huquq sohasi, ushbu sohaning asosiy tarmog'i hisoblanuvchi sud sohasiga alohida to'htalib o'tilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn npe3HgeHTHHHHr n®-4947-coH^H "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHH aHaga pHBO^^aHTHpnm 6ynHHa X,apaKaraap cipaTeraacH TyrpHCHga"rH OapMOHH. // Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn ^OHyH xy^^araapn Tyn^aMH, 2017 h., 6-COH, 70-Mogga.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Shu boisdan jinoyat ishlari bo'yicha sudlar tomonidan chiqariladigan hukm, qaror, ajrimlarini to'g'ri rasmiylashtirish, hukmda ish holatlarini to'liq ifoda etish, dalillarga to'g'ri huquqiy baho berish va aniqlangan holatlarni huquqiy mushohada qilish, nizo bo'yicha sudning xulosalari ishning haqiqiy holatlariga mos bo'lishi, moddiy va protsessual huquq normalari to'g'ri bayon etilishi eng asosiy vazifalardan biridir. Biroq, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan ajrimlar chiqarishda moddiy huquq normalarini noto'g'ri tatbiq qilish bilan bog'liq holatlar sud amaliyotida haligacha davom etib kelmoqda. Buning yaqqol ko'rinish sifatida hozirgi kunda apellyatsiya va kassatsiya sudlarida ish hajmining qo'pligidan va birinchi instansiyada ko'rilgan ko'pchilik ishlar albatta apellyatsiya va kassatsiyada ko'rishligini misol qilishimiz mumkin.
Shuningdek, kassatsiya instansiyasi sudlari ajrimlarining asoslantiruvchi qismida kassatsiya shikoyati o'zgarishsiz, ayniqsa, shikoyat qisman qanoatlantirilganlik asoslari har doim ham keltirilmaydi.
Shu sababli, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida jinoyat ishlari bo'yicha kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan chiqarilgan ajrimlar muhokama qilinib, yangitdan ko'rishlik uchun qo'yi turuvchi sudlarga yuborilmoqda. Ushbu jarayonlarda qilinayotgan shunga o'qshash xatolar tufayli ishlar xuddi aylana shaklga o'xshab, qonuniy o'z yechimini topishda bir qancha qiyinchilikka uchramoqda.
Shuningdek keyingi masalaga to'xtalib utadigan bo'lsak, qayta kassatsiya instituti haqida so'z yuritamiz. Xo'sh adolatni qaror toptirishda qayta kassatsiya yoki takroriy kassatsiya qanchalik foyda beryapti? ushbu savolga javob berishda quyidagi ma'lumotlarga yuzlanamiz.
Kassatsiya tartibida (Oliy sud) birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari kassatsiya tartibida qayta ko'rilishi, kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi, sudning hukmida bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi, JPK normalarining jiddiy ravishda buzilganligi, Jinoyat kodeksi normalarining noto'g'ri qo'llanilganligi, jazoning adolatsizligi to'g'risdagi asoslar mavjud bo'lganda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o'rinbosarlari protestiga ko'ra takroran kassatsiya tartibida qayta ko'rilishi belgilandi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Lekin hozirgi kunda takroriy kassatsiya avvalgi kassatsiyada ko'rilgan ishlarning o'zini ko'rib chikayapti (dublikat ishlar), avvalgisi bilan bir-xil ishni kurishyapti. Ushbu masala ham o'z qonuniy yechimiga muhtoj bizningcha.
Yana bir o'z yechimini kutayotgan masala zararni qoplash bilan bog'liq masaladir. Sababi, Apellyatsiya instansiya sudida jinoyat ishi ko'rilmagan taqdirda hamda qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan so'ng zarar to'lik qoplangan bo'lsa, shaxs avvalgi ozoldikdan mahrum qilish jazosi bilan qolib ketishi mumkin, chunki ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko'rish mumkin emas. Ushbu muammo qonuniy yechimini topishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iborat. Buning uchun sud har bir ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda sud sohasida islohotlarning mazmuni quyidagilar bilan izohlanadi: sudning mustaqilligi va beg'arazligi, sud protsessida tomonlarning tortishuvi va teng huquqlilik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish, odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, jinoyat ishlarini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Lekin ushbu joyda savol tug'iladi ushbu amalga oshirilayotgan islohotlar qanchalik samarali bulyapti yoki qabul qilinayotgan qarorlar qanchaliq amaliyotga tadbiq qilinayapti. Barchamizga ma'lumki hozirgi kunda ko'pgina islohotlar sud sohasida amalga oshirilyapti va masalar qisman yoki to'liq o'z yechimini topmoqda. Lekin muxtaram Prezidentimiz ta'kidlab o'tganidek "Sud idoralari hali-hamon har qanday holatda adolat qaror topadigan maskanga aylangani yo'q".
O'z navbatida jinoyat ishlari bo'yicha sudlarda ishlarni kassatsiya tartibida ko'rishni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan odil sudlovni sifatli amalga oshirilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash maqsadida xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasini chuqur tahlil qilgan holda asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bu esa o'z navbatida jinoyat hamda jinoyat-protsessual qonunchiligini isloh qilish yuzasidan asosli takliflarni ishlab chiqish va uni amaliyotga keng joriy etish zaruratini taqazo etadi.
Jinoyat-protsessual faoliyatning bir turi o'laroq, kassatsiya tartibida ish yuritish tegishli vazifalarni bajarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan maqsadlarga
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
erishishga da'vat etilgan2. Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan davlatlarda (Belgiya, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Gresiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Ispaniya, Portugaliya)da jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rishning turi mavjuddir. Lekin ushbu davlatlarda kassatsiya instansiyasi turli qo'rinishda ifodalanadi.
Ammo, ba'zi bir davlatlar (Daniya, Finlyandiya, Shvesiya, Avstriya) jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rishni istisno qilishadi. Misol uchun, Yepropa mamlakatlaridan Fransiya davlatini oladigan bo'lsak, ushbu davlatda jinoiy ishlar kassatsiya tartibida ko'rib chiqiladi, ammo faqatgina yuqori turuvchi sud organi, ya'ni Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi. E'tiborli jihati shundaki, Fransiya davlatida sud qarorlari ustidan shikoyat qilishning eng so'nggi bosqichi bu kassatsiya tartibida berilgan shikoyat hisoblandi. Shuningdek, ushbu instansiya sudi qo'yi turuvchi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorni Fransiya davlatining qonunchiligiga zid yoki zid emasligi to'g'rsidagi masalani ko'rib chiqib, sud qaroriga baho berish bilan cheklanadi, ya'ni, jinoyat ishi materiallaridagi holatlarni to'lik tekshirib chiqmaydi. Misol uchun, shaxsning jinoyat sodir etishda aybli yoki aybsiz ekanligini hamda jinoyat ishi bo'yicha taqdim qilingan dalilarni qaytadan tekshirib ko'rmaydi. Qolaversa, kassatsiya sudi qo'yi turuvchi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorni o'zgartish vakolatiga ega emas. Qabul qilingan qarorlarni bekor qilish yoki kassatsiya shikoyatini rad qilish bilan cheklanadi. Birinchi instansiya tomonidan chiqarilgan hukm bekor qilingan taqdirga yangitdan ko'rish uchun qo'yi turuvchi sudlarga yuboriladi. Umuman olganda, ushbu davlatda jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rib chiqishning ikki xil turi mavjuddir. Birinchisi, tomonlarning shikoyati asosida, ikkinchisi, qonunchilikka zid ravishda chiqargan sud qarorlari asosida ko'rib chiqadi. Bundan ko'zlangan yagona vazifa, tomonlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va sud amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf qilish hisoblanadi.
Fransiya davlatida jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rish Rossiya davlatidan farqli o'laroq, ushbu davlatda kassatsiya shikoyatini faqatgina jinoyat ishining ishtirokchilari hisoblanuvchi tomonlargina berishi mumkin. Rossiya Federatsiyasining jinoyat-protsessual kodeksi 4012-moddasiga ko'ra, nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar balki huquq va qonuniy manfaatlariga ta'sir ko'rsatuvchi shaxs ham shikoyat berishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. Fransiya davlatining jinoyat-protsessual kodeksi 567-moddasiga ko'ra, kassatsiya tartibida shikoyat qilish uchun shikoyat beruvchi shaxsga zarar yetkazilgan bo'lishi talab etiladi. Bunda, kelib
2 Мартынчик Е.Г. Кассационное производство в российском уголовном процессе некоторые особенности и черты.//Российский судья, № 12, 2002. - С. 11.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
chiqgan zarar haqiqatdan ham katta miqdorda bo'lishi kerak. Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida ko'rishni Fransiya va Rossiya davlatlari o'rtasidagi farqlarni qiyosiy tahlil qilsak, Fransiya davlatida kassatsiya shikoyatini bergan shaxs shikoyat bergan kundan boshlab uch kun muddat ichida yozma shaklda prokuratura organlariga xabardor qilish kerak. Navbatdagi farqi shundaki, Fransiya davlatida kassatsiya shikoyatinig ikki xil turi mavjud. Rossiya davlatida esa xar qanday berilgan kassatsiya shikoyati umumiy ko'rinishda qabul qilinib ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksiga ko'ra, amalda sud qarorlarining ustidan shikoyat qilishning apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi turlari mavjud edi, lekin keyingi yillarda qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlarga qo'ra, nazorat intituti tugatildi, hozirda faqatgina apellyatsiya va kassatsiya tartibi va shuningdek qayta kassatsiya mavjud. Bizning fikrimizcha, O'zbekiston Respublikasida sudlov ishlarini yuritish Rossiya davlatining amaldagi qonunichiligi bilan deyarli o'xshash xarakaterga egadir. Birgina, Qozog'iston Respublikasining qonunchiligiga nazar tashlaydigan bo'lsak, har qanday jinoyat ishi kassatsiya tartibida ko'rib chiqilmaydi. Ya'ni, Qozog'iston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi 484-moddasida, kassatsiya tartibida ko'rilishi mumkin bo'lmagan holatlar ko'rsatib o'tilgan. Mazkur tajriba, nafaqat O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida, shuningdek Rossiya davlatining qonunchiligida ham mavjud emas. Qozog'iston Respublikasida kassatsiya tartibidagi jinoyat ishlar faqatgina Oliy sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda kassatsiya instansiya sudlari ko'pgina davlatlarning sud sistemasida mavjud, lekin ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, ularning xar-biri bir-birini takrorlamaydi. Ulardan eng optimal variantlarini qonunchiligimizga tadbiq qilsak maqsadga muvofiq buladi deb hisoblaymiz.
Shuningdek, yuqoridagi masalalar yuzasidan quyidagi takliflarni berib o'tmoqchiman:
Birinchidan, avvalgi ishni takrorlovchi qayta kassatsiya instituti bekor qilinishi kerak deb hisoblaymiz yoki ish buyicha yangi ochilgan holatlar yuzasidangina ushbu kassatsiya faoliyatiga yo'l qo'yilishi lozim;
Ikkinchidan zararni qoplash bilan bog'liq muammo buyicha esa ish buyicha apellyatsiyada zarar qoplanmagan bo'lsa lekin kassatsiya kelib zarar qoplangan
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
hozirda kassatsiya apellyatsiyaga ishni qaytarashini hisobga olib ushbu ishni qaytarmasdan kassatsiya o'zi qo'rib chiqishi lozim deb hisoblaymiz;
Uchunchidan esa, davlatimizning jahon hamjamiyatiga chuqur integratsiyalashuvini inobatga olib, ilg'or mamlakatlar yuridik tajribasidan foydalanib, o'z milliy qadriyatlarimizga mos ravishda qonunchilikni rivojlantirib, huquq tartibotni mustahkamlanib borishi ilmiy metodologik asoslarini jinoyat protsessida kassatsiya institutiga nisbatan qo'llash va o'rganishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1. 2021 yil 12 yanvardagi "Jinoyat ishlari bo'yicha sud qarorlarini qayta ko'rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 664-son O'zbekiston Respublikasi qonuni;
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni;
3. 2021 yil 27-noyabrdagi "Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida kurish buyicha sud amaliyoti tugrisida" 37-son Oliy sud plenum qarori;
4. Ilyutchenko N. V. The impact of judicial reform on the accessibility of justice //Materials of the International Scientific and Practical Conference dedicated to the 100th anniversary of the Kuban State University. Judicial reform in Modern Russia: results, problems and prospects. Krasnodar, 2020.
5. The Law of the Russian Federation on the amendment to the Constitution of the Russian Federation of 14.03.2020 No. 1-FKZ "On improving the regulation of certain issues of the organization and functioning of public power". 2020. No. St. 1416.