Научная статья на тему 'Jadidlar ilmiy ma’naviy merosini o‘rganishning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati'

Jadidlar ilmiy ma’naviy merosini o‘rganishning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
30
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islohot / milliy g'oya / yoshlar / jadidlar / taraqqiyot / reform / national idea / youth / modernity / development

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Izzatbek Ibragimov

Mazkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan Jadidlar ilmiy-ma’naviy merosini o'rganishning bugungi yosh avlodga zarurati haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The scientific spiritual heritage of the jadids learn the young people role in education and importance

This article talks about the need for today's young generation to study the scientific and spiritual heritage of Jadids, who lived and created at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century

Текст научной работы на тему «Jadidlar ilmiy ma’naviy merosini o‘rganishning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati»



ш, ш

Ш5ш шш

- л

Ш

аайШс

I i

ГШ* J

rAlfraganus Universiteti

•'-VT7

¡fcM 5

Izzatbek Ibragimov 1

JADIDLARILMIY-MA'NAVIY MEROSINI O'RGANISHNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

иЖ

Ш

:

1

I

i

m

Чг

IS

К

I

Sk-

шт

ш

щ

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

"Muzey va eksponatlar" ilmiy bo'limi katta ilmiy xodimi. (O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri) e-mail:

[email protected]. ORCID: 0009-0007-6383-3375

FlSl

BRI

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Ш

Alfraganus Universiteti\^Jg

Annotatsiya ^^^azkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan i'naviy merosini o'rganishning bugungi yosh avlodga zarurati haqida so'z boradi.

Jadidlar ilmiy-ma

Аннотация ВВ данной статье говорится о необходимости изучения современным ением научного и духовного наследия джадидов, живших и творивших в але XX века.

молодым покол конце XIX - нач;

-

Abstract This article talks about the need for today's young generation to study the ritual heritage of Jadids, who lived and created at the end of the 19th century and the 20th century.

scientific and spi the beginning of

KIRISH

Turkistonda XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi islohotchilik harakati murakkab, ko'p qirrali rivojlanish yo'lini bosib o'tdi. Jadidlar boshqa davlatlarning taraqqiyotiga erishish va islohotlar bo'yicha to'plangan tajribalariga tayanib bu amaliyotni o'lkaga tatbiq etishga harakat qilishdi. Bu jarayon osonlik bilan kechmadi, binobarin ijtimoiy taraqqiyotga erishish ziddiyatlar manbaiga aylantirgan edi. Mustaqillik uchun kurashning bosh g'oyasi ana shunday murakkab sharoitda shakllandi.

Bugungi kunda yurtimiz keng qamrovli, turli xil o'zgarishlarga boy, tarixiy va yaratuvchanlik davrini boshidan kechirmoqda. Mazkur davr iqtisodiy munosabatlar tizimiga, keng jabhali iqtisodiyotga asoslangan, mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish davri deb haqqoniy baholanmoqda. Bozor munosabatlarini takomillashtirish zaruriyati tamomila yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishni g'oyat dolzarb vazifaga aylantirib qo'ydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerakligi haqida alohida to'xtalib o'tdi. "Biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi". Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g'oyat og'ir sharoitda ilm-ma'rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g'oyalarini dadil ko'tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o'rganishimiz lozim. Ularning ulug' maqsadlar yo'lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O'zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo'lib xizmat qilishi zarur" [2], degan edi davlatimiz rahbari. Yangi tarzdagi iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda o'zbek xalqiga o'rganish uchun arzigulik ilmiy asoslar mavjud. Jumladan, jadidlarning ilmiy-ma'naviy merosidan milliy istiqlolni mustahkamlash, iqtisodiyotimizni ravnaq toptirish, xalqimizning yangi jamiyat qurish yo'lidagi vazifalarni amalga oshirishda dasturulamal sifatida foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar:| Ключевые слова: | Key words: |

islohot, milliy g'oya, yoshlar, jadidlar, taraqqiyot.

реформа, национальная идея, молодежь, современность, развитие.

reform, national idea, youth, modernity, development.

v^jp^Alfraganus Universiteti

METOD

Tadidchilik harakati milliy mafkura, milliy g'oya, milliy iqtisodiyotning shakllanish tarixini

J o'rganishda muhim ilmiy manbalardan biridir. Shu nuqtai nazardan mustaqilligimiz fidoyilari bo'lgan jadidlarning ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish bugungi kunda katta ahamiyatga egadir. Jadidlar davlat, tuzum, boshqaruvni o'sha davr muhitidagi iqtisodiy hayotni isloh etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni o'lkada bozor iqtisodiyotini yaratish hamda jahon mamlakatlari bilan integratsiyalashuvi masalalarini maqsad qilib qo'ygan g'oyalarni ishlab chiqdilar. Bunday inqilobiy o'zgarishlarning aniq amaliy tadbirlarini o'zida mujassamlashtirgan ilmiy konsepsiya yaratdilar [2]. Jadidlar jahon sivilizatsiyasida katta rol o'ynagan Turkiston singari ulkan tarixiy bir makonda, ko'p asrlar davom etib kelgan hayotning Sharqona tarzini saqlagan holda, uni Yevropa sivilizatsiyasi natijalari bilan yanada rivojlantirishni ko'zlagan fikrlarni ilgari surgan edilar. Shuningdek, ular XX asr boshidan yangicha hayot tarzini vujudga keltirish usullarini qidirdilar va istibdod sharoitida o'z taqdirini o'zi belgilash yo'lida kurashga kirishishi kerakligini uqtirgan edilar.

NATIJA

"IV ^"a'rifatparvarlar o'zlarining asosiy e'tiborlarini millatning o'qimishli, bilimdon va

JLVJLkasb-hunarli bo'lishiga qaratib, uni dunyoning ilg'or millati bo'lishiga chaqirdilar, aks holda, abadiy qoloqlik iskanjasida qolishlari mumkinligi haqida qayg'urdilar. Jadidlar o'lkada birinchilardan bo'lib chorizm hukmronligi sharoitida sanoat infratuzilishi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish biryoqlama xarakterga ega bo'lganligini, mustamlakachilik tartiblari og'ir oqibatlarga olib kelganligini ko'rsatib berdilar. Ular "Oyna", "Al-isloh", "Al-izoh" jurnallari, "Turon" "Najot" "Kengash" "Hurriyat" va boshqa gazetalarda e'lon qilingan maqolalarida chorizm hukumronligi davrida mahalliy xalqlarning og'ir ahvolini, ularning milliy manfaatlari e'tiborga olinmaganliklarini ko'rsatishib, davlat mustaqilligi, maorif va madaniyat sohalarida jiddiy ijtimoiy-siyosiy talablar bilan chiqdilar. Jumladan, jadidlar harakatining taniqli arboblari M.Behbudiy, A.Fitrat, F.Xo'jayev, A.Cho'lpon A.Avloniy, S.Mirjalilov, O.Mahmudov va boshqalar o'z maqolalarida chorizm mustabid hokimiyati o'lkaning iqtisodiy ahvolini og'irlashtirib, mahalliyxalqlarning milliy qadr-qimmatlari yerga urilganligini iztirob bilan ko'rsatib o'tdilar. Tabiiyki, jadidlar Turkistonni iqtisodiy rivojlangan, qudratli davlat sifatida ko'rishni istarlar. Ular o'zlarining iqtisodiy g'oyalarini ham ishlab chiqqan edilar. Jadidlar iqtisodiy g'oyalari markazida iqtisod ilmini o'rganish zarurligi, ihroj va a'mol sanoati, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar masalasi, iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni, ilg'or texnika va texnologiyalarni jalb etish, Turkistonda banklar faoliyatining o'rni va ahamiyati, savdo-tijorat ishlarini ilmiy asosga qurish, tadbirkorlik, agrar iqtisodiyot samaradorligini oshirish masalalari muhim o'rin tutadi. Jadidlar, ya'ni yangiliktarafdorlari ma'rifat va ilm tizimida iqtisod ilmining millat ravnaqi uchun ahamiyati alohida ekanligini qayta-qayta ta'kidlaganlar.

MUNOZARA

Tadidlarning yetuk arboblaridan biri Abdulla Avloniy bu haqda shunday degan edi: "Iqtisod

J deb pul va mol kabi ne'matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o'rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o'rni o'mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o'ldig'i kabi iqtisodning ziddi isrofdir..." [3]. Keltirilgan lavhada juda chuqur iqtisodiy ma'no yaishringan: birinchidan, muallif pulni ne'mat, ya'ni mehnat bilan yaratilgan ma'lum qiymat uning ifodasi degan ilmiy fikrni bildiradi; iyusinchidan, pul tadbirkorni, ishbilarmonni yoqtirishi, faqat ana shunday kishilar qo'lida pul, mol-dunyo to'planishini uqtiradi. Har zamonda insonning maqsadi erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa, "... bu zamonda maqsadga yetmak uchun, - deb yozadi Abdulla Avloniy, - o'z millatiga hizmat qilmoq maqbul bo'lmak uchun ilm va mol lozimdur.

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Alfraganus Universitetiv^lp;

Olamdagi millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklardandur. Har yerda boy millatlar og'ir kelub, faqirlarga yengil kelub qul va asir bo'lib qoladur...". Iqtisod ilmidan bohabar bo'lgan kishilar har doim qiladigan sarf-xarajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar. Olim misol keltirib aytadiki, ilmdan yaxshi xabardor bo'lgan AQSh va yevropaliklar iqtisodiy bilimliklari tufayli to'q, farovon yashaydilar. U yozgan edi: "Bobolarimizning bo'lsa bo'lar, bo'lmasa g'ovlab ketar" zamonlari o'tub, o'rniga "bilg'on bitar, bilmagan yitar" zamoni keldi. AQShliklar bir dona bug'doy ekib, yigirma qadoq bug'doy olurlar. Yevropaliklar o'zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o'zimizga 25 tiyinga soturlar" [4]. Abdurauf Fitrat ham iqtisod ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o'qitishimiz lozimligiga da'vat qilgan edi. U vatandoshlariga, millatdoshlariga murojaat qilib shunday deb yozgan edi: "Sizlar o'z farzandlaringizni tijorat maktablariga yuborib, savdo ishiga o'qitingiz, chunki begonalar (xorijiy savdogarlar - muallif) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz"[5].

XULOSA

Yuqoridagi tahlillar shundan dalolat beradiki, jadidlar Vatanimiz ozodligi va mustaqilligining moddiy va ma'naviy asosini yaratish, ana shu asosda millatning o'z mustaqilligi uchun kurashini ilmiy darajaga ko'tarish maqsadini ko'zlaganlar. Shuningdek, mulkdor bo'lmoq, milliy iqtisodiyotni yaratmoq, millat va Vatan ravnaqini ta'minlamoq uchun iqtisod ilmini egallash dolzarb masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabatlarini jadallik bilan shakllantirayotgan davrimizda yaqqol ko'zga tashlanmoqda va jadidlarni mazkur masaladagi ilg'or g'oyalarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan o'rganish uni jamiyat, davlat va millat istiqbolini yaratishdagi o'ziga xos manba sifatida qarashga undaydi. Mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o'tilishi tabiiy ravishda iqtisodiy tafakkurni boyitish, yangicha iqtisodiy fikrlashni taqozo etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Sh.M.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi. - Toshkent. 2020-yil 29-dekabr.

2. Jabrdiyda yozuvchilar adabiy merosi mustaqillik xizmatida. - Toshkent. Fan nashriyoti, 2013-yil, - B.125.

3. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild.Toshkent, 1998. - B.37.

4. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, 1967. - B. 33-34.

5. Fitrat A. Tanlangan asarlar. 1-jild. Hind sayyoqi bayonoti. Toshkent, 2000. -B.167.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.