JADID MA'RIFATPARVARLARINING O'LKA IJTIMOIY-MA'NAVIY HAYOTIDA TUTGAN O'RNI (JADIDCHILIK HARAKATI VA UNING
PAYDO BO'LISH TARIXI)
Jaxongir Yorqin o'g'li Temirov
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kefedrasi
o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqning madaniy qadriyatlari, a'naviy merosi ming yillar mobaynida Sha rq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan-avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi[1].
Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o'zlikni anglashni o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalari jadidlar va ularning ildizlariga qaytishda deb bilamiz.
Kalit so'zlar: Jadidchilik harakati, siyosiy-ijtimoiy harakat, qatag'on qurbonlari, usuli savtiya, Ismoil Gaspirenskiy, milliy istiqlol harakati, milliy laylatul qadr, Turkiston muxtoriyati va jadidchilik harakatining shakllanish davrlari.
KIRISH
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo'lida jonini fido qilgan jadid bobolarimizning ilmiy-ma'rifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun beqiyos ahamiyat kasb etishi, bu bebaho boylikni faol targ'ib etish xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning bugungi tinch va erkin hayot qadrini anglab yetishida muhim o'rin egallashi bir necha bor ta'kidlangan [2].
Darhaqiqat, xalqimizni mamlakat ravnaqi yo'lida birlashtirish, qalblarni uyg'otish, dunyo xaritasida har tomonlama rivoj topgan "Yangi O'zbekiston"ni barpo etishni ko'zlagan Uchinchi Renossans g'oyasining ildizi aslida ma'rifatparvar jadidlar faoliyatiga borib taqaladi [2].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
XIX asrning oxiri XX asrning boshi jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida keskin burilishlar davri bo'ldi. Bu
December, 20241
©
© © ©
74
davrda chuqur islohotlar, birinchi va ikkinchi jahon urushi bo'lib, ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o'zgarishlar ro'y berdi. Bir jamiyatning butunlay yod jamiyat ta'sirida qolishi nafaqat hayotda balki kishilarning falsafasida ham inqilob yasadi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Markaziy Osiyoda ham boshqa mintaqalarda bo'lgani kabi o'zgacha fikrlovchi, yangicha qarash vakillari shakllanib bordi.
XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolarning turmush tarzi o'ta past, madaniy-ma'naviy hayotida islom dini peshvolarining ta'siri kuchli edi. Insonlar dunyoqarashida tasavvuf falsafasi an'analarini tiklashga intilish kuchayib borayotgan bir vaziyatda, unga qarshi kuchlar bilan tafovutlar kelib chiqdi.
"XIX asr ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda so'nggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri bo'lib, g'oyaviy-nazariy va mafkuraviy qarashlarning shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar Turkistonda turli ma'naviy-g'oyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohotchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli bo'lgan tafakkurning turli shakllari, ijtimoiy-falsafiy mazmun va yo'nalishga ega bo'lgan ma'rifiy ta'limotlar va nazariyalar mavjud edi" [3:155].
Jadidlar dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar o'rtasida vujudga keldi. Shu o'rinda Ismoil Gasprinski haqida qisqacha so'z yuritish lozim bo'ladi.
Ismoil Gaspirali nomi islom Sharq xalqlarining ma'rifatparvarlik harakati — jadidchilikning (ta'limning (ta'limotning) yangi, dunyoviyroq usuli) asos solishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ko'plab musulmon mamlakatlarida boshlang'ich ta'lim berishda ko'proq dunyoviy qarashlarga utg'u beradi. Odatiy ta'limning mohiyatini va tuzilishini tubdan o'zgartirishga mansub. Ismoil Gaspirali ma'rifatparvar ta'limning kelib chiqishi va maktabda jadidchilik deb nomlangan dunyoviy bilimlarni o'qitish usulining rivojlanishida turdi. U o'zining darslik, qo'llanma va asarlarida musulmon mamlakatlaridagi boshlang'ich maktabning allaqachon tanish bo'lgan qonunlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatdi.
Aynan Ismoil Gasprinskiy milliy-konfessional tizimni o'zgartirish asoslarini ishlab chiqib, ta'lim tizimiga joriy qildi. Ismoil Gasprinskiy o'z tamoyillarini jamiyat taraqqiyotidagi taraqqiyot va konfessional bag'rikenglikka asoslagan.
balki
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Gaspirali Ismoil yangi o'qitish usullarini nafaqat Qrimda, Tatariston, Qozog'iston, Boshqirdiston, Turkmaniston,
December, 20241
©
© © ©
75
Tojikiston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Shimoliy Fors va Sharqiy Xitoyda ham amalga qo'lladi. Milliy rusumdagi yangi usul maktab lari uchun darsliklar, qo'llanmalar yozgan va nashr ettirgan.
Ismoil Gaspirali o'sha davrdagi Rossiya matbaa ishchilari kasaba uyushmasining rivojlaniishida mahkam turdi. Ismoil Gaspirali ko'plab "Kambag'al musulmonlarga yordam berish jamiyatlari", "Kutubxona jamiyatlari"ni tashkil etish taklif va g'oyalarini tarqatgan va ularning ko'pchiligida shaxsan o'zi ishtirok etgan. Ismoil Gaspiralining mafkuraviy tamoyillari va g'oyalari liberal mafkura, jamiyatning ilg'or rivojlanishi, turkiy va slavyan xalqlarning do'stligi, musulmon va xristianlarning diniy bag'rikengligi, sotsialistlarning radikal talablarini rad etish asosida yaratilgan edi. Ismoil Gaspirali jamiyat taraqqiyotining evolyutsion shakllarini yoqladi.
Ismoil Gaspiralining qarashlari ijtimoiy kelib chiqish ahamiyati jihatidan atoqli pedagog va faylasuflar kabilarning g'oyalari qatorida turadi[4].
Jadid so'zi arabcha "jadidun" so'zidan olingan bo'lib, yangi degan ma'noni bildiradi. Ushbu so'zning kelib chiqishi esa, yangi usul maktablariga borib taqaladi. XIX asrning oxirlarigacha Turkiston o'lkasida o'qitish tizimi eski usulda ya'ni harflar va so'zlarning tuzilishini yodlash orqali bo'lgan. Shu monasbat bilan o'quvchilarning savod chiqarishiga bir yil balki undan ham ko'proq vaqt ketib qolgan. Keyinchalik ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Qirim musulmonlarining faollaridan Ismoilbek Gaspirali tomonidan ishlab chiqilgan dastur qo'l kela boshladi. Ushbu dasturga ko'ra, o'quvchilar harflarning qanday tovushni ifoda etishini o'rganishdi. Buning natijasida o'quvchilarning savodi tezda chiqa boshladi.
Turkistonni o'rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma'rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o'rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo'shin tuzish.
Toshkent, Farg'ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma'rifiy yo'nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Jadidchilik harakati harakatchilari o'zlarini vatanparvar, taraqqiyparvarlar, keyinchalik esa jadidlar deb atashgan. O'sha vaqtning ilg'or vatanparvar, taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, xalqni isloh qilishmajburligini tushunib yetgandilar.
Jadidchilik avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish, ifodalanish va mag'lubiyatga uchrash oraliqlari bo'lib, ular to'rt
December, 2024
76
davrga bo'lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar:
1. 1895-1905;
2. 1906-1916;
3. 1917-1920;
4. 1921-1929-yillarni o'z ichiga oladi.
Ilk davrda yani birinchi Turkistonda Rossiyasining podshosi mustahkam o'rnashib olishi kuzatiladi. O'sha vaqtda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qo'yildi, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik xolatlari tobora kuchaydi. Hayotiy, ilmiy va amaliyotga ega bo'lgan saviyasi yuqori bo'lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo'rlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj ola boshladi.
Madrasa va maktablar faoliyatlarini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar bo'yniga xoch taqtirishgacha borildi.
Millatning nurli istiqbolini o'ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga (chorrossiya tizimi) qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg'otish - siyosiy-ma'rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun o'ziga qulay zamin yarata oldi.
Ular orasidan yetuk olimlar, zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va o'z yurtini mustaqil ko'rishni orzu qildilar va shu yo'lda kurashdilar kereak bo'lsa jononi ham qurbon qildilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan yo'nalishlari ustuvor edi:
1. yangi usul maktablari tarmog'ini kengaytirish;
2. qobiliyatli yoshlarni chet elga o'qishga yuborish;
3. turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish;
1. gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish va barpo etish.
Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
Bunday olganda, XX-asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati o'sha xalqlarining milliylikka erishish, mustaqillik yo'lida dastlab chor Rossiyasi, so'ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o'rin tutadi. Bular qatoriga quyidagi jadidlarni ko'rsata olamiz: Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fayzulla Xo'jayev, Said Ahmad Vasliy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Hamza Hakimzoda Niyoziy,
December, 2024
77
Academic^esearch^n^ducational^
Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Badriy va boshqalar o'zlarning hayot va yashash davrida jadidchilik xarakatida juda yorqin iz qoldirdilar.
Jadid ma'rifat parvarlarining maqsad vazaifalari nimalardan iborat edi? Ma'lumki, jadidlarning asl maqsadlari xalqni ma'rifatli qilish bo'lgan bo'lsa, unda nima uchun ular siyosiy jarayonlarga ham aralishib ketdi? Ushbu maqolaga xulosa bo'lishi uchun tarix fanlari nomzodi, dotsent Nodira Rasulovaning O'zbekiston Milliy axborot agentligi sahifasida "Millat vatanparvarlari: jadidlarning ma'rifat parvarlikdan siyosatga qadar yo'li..." nomi ostida chiqarilgan maqoladagi ayrim mulohazalar keltrib o'tamiz.
- XIX asr oxiri - XX asr boshlarida jadidlar harakati Turkistonda ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy qarashlarning shakllanishida alohida ahamiyat kasb etdi.
XX asr boshlarida O'zbekiston xalqining mustaqillikka, milliy davlatchilikni tiklashga, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin egallashga intilishi nihoyatda keskin tus oldi.
Ushbu davrda o'z xalqini chet el bosqinchilariga qarshi kurashga safarbar eta oladigan, ozodlik harakatlariga rahnamolik qiluvchi, xalqning istak va manfaatlariga, his-tuyg'u va e'tiqodiga mos keluvchi davlat va huquq tuzilmalarini yaratishni o'zlarining asosiy maqsadi deb bilgan siyosiy partiyalar vujudga keldi.
Shu tarzda ma'rifatparvarlikdan asta-sekin siyosiy harakatlar yetakchisiga aylangan ziyolilarning yangi bir avlodi shakllandi.
1914-yilda boshlangan birinchi jahon urushi ma'rifatparvarlarning fikrlarini ancha siyosiylashtirdi.
Bu vaqtga kelib ular parlamentar monarxiya tuzumi haqida yozdilar, fuqarolarning davlat organlarini shakllantirishda, qonunchilik jarayonida, davlatni idora qilishda ishtirok etish yo'llari va usullarini ishlab chiqishga urindilar.
Xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudho'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho'lpon va Abdurauf Fitrat kabi jadidlarimizning g'oyalari xalqni o'zligini anglashga tayyorlash 78espub yo'l bilan milliy ozodlikka erishishini ta'minlashdan iborat bo'ldi.
Ularning ijodida, siyosiy faoliyatida milliy mafkura ildiz ota boshladi. Jadidchilik ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida 1915 yildan boshlab ma'rifatchilikdan siyosatga qarab yo'l tutdi.
O'zbek xalqining ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, demokratiya, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar.
XULOSA
December, 2024
AcademjcResearcMnEdUCäiiäääiSiiiBiieeSSNi^
Ayniqsa, 1917 yilgi Oktyabr to'ntarishi Turkiston o'lkasi xalqlarida mustamlakachilik zulmidan qutulish umidini uyg'otdi hamda mahalliy aholi o'lkada mustaqil, demokratik Turkiston respublikasini tuzish maqsadida siyosiy jarayonlarda faol ishtirok eta boshladi.
Biroq bolsheviklar tomonidan milliy ozodlik harakati quvg'in qilinib, siyosiy partiyalar qatag'on etildi va oqibatda millat vatanparvarlariga ozor berildi.
Turkiston, Buxoro va Xivadagi jadidlar yurt mustaqilligi uchun kurash, uni o'rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurashdilar.
Shuningdek, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o'rnatish orqali ozod jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy etish va milliy qo'shin tuzish kabi qator maqsadlarni qo'ygan edi.
REFERENCES
1. Islom Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida "O'zbekiston" Toshkent -
2. Z.Abdirashidov. Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy. Yoshlar nashriyot uyi: Toshkent - 2022.
3. Nazarov. O'zbek falsafasi. -T., 2003.
4. Xamroqulov O'. M. Jadidchilikning paydo bo'lishi va rivojlanishi, jadidchilik harakatining tarixiy shartlari va asosiy shaxslari. "Экономика и социум" №11(126) 2024. www.iupr.ru
1997.
December, 2024