F61
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
JADID DRAMALARIDAGI OBRAZLAR O'ZIGA XOSLIGI
Nurullayeva Gulshan Sunnatullayevna
Navoiy shahar 12-maktab ona tili va adabiyot o'qituvchisi
Annotatsiya: Jadidlar tom ma'nodagi ma'rifat va ma'naviyat targ'ibotchilari sifatida bu maqsadning xalq orasida tezroq yoyilishida teatr san'atidan foydalanih lozimligini eng maqbul tanlov deb bildilar va ular bu borada adashmagan edilar. Xonliklar davridagi og'ir va qoloq hayot iskanjasidan, qolaversa, chor hukumati istibdodidan qutulishning yagona najot yo'li faqatgina ilm-ma'rifat yo'li ekanligini to'g'ri anglab yetgan ajdodlarimiz shu yo'lda mardonavor harakat qildilar va shu yo'lda qurbon bo'ldilar. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, G'ulom Zafariy, Ibrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi ma'rifatparvar millat fidoyilarini xotirlash, ular qoldirgan boy merosni o'rganish, ularni kelajak avlodga yetkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Shu o'rinda, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning jadidlar haqidagi fikrlarini aytib o'tmoqchiman: "Umuman, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi".
Har davrning o'z qahramonlari va davrga xos tipdagi kishilari bo'lgani singari jadid dramalarining ham o'z zamonasiga to'la mos keluvchi obrazlari bor edi. Bu davr sahna asarlari personajlarini bevosita ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh toifasi jadidlar harakatiga zid turmush tarzidagi johil insonlar obrazlari bo'lsa, ikkinchi toifa qahramonlari esa jadidlar yo'lidagi, ularga hamohang harakatlanuvchi, aniqrog'i jadidlar orzusidagi obrazlar siymolari edi.
Kalit so'zlar: jadid, jadidlar, dramaturgiyasi, obrazlarning guuruhlanishi, davriy personajlar.
KIRISH. Jadid dramaturglari o'z asarlarida insoniyat tomonidan asrlar bo'yi qoralanib kelingan bangichilik, qimorbozlik, ichkilikbozlik kabi ayanchli illatlarning tubanlikka olib kelishi, ilmsizlik, dabdababozlikka ruju qo'yish ortidan kelib chiqadigan fojiaviy holatlarni keng yoritib berganlar. Bilamizki, tarbiya masalasi har qaysi davrda dolzarb bo'lgan. Jadid ma'rifatparvarlari kishilarning ma'naviy axloqiy tarbiyasiga asosiy e'tiborni qaratib, ularni har xil chet madaniyatlardan, axloqlardan
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
saqlanishga chaqirganlar. Bu borada A.Cho'lponning bu sohadagi fikrlari g'oyat ibratlidir. "... Ey qarindoshlar! Katta iltimosim shuldirki, Ovruponing mo'dosidan, shishasidan, buzuq axloqidan namuna olmasdan va bunlarga bul jihatdan taqlid qilmasdan balki, ilm, fan, hunar, sanoatga o'xshashlik madaniyatlaridan namuna olub bul jihatdan taqlid qilmohimiz lozimdur. Ovruponing mo'dosi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!! Ovruponing maktab, madrasa, ilmfan, sanoat, hunarga o'xshash madaniyatlari sizlarni obod, ma'mur, olim qilub, johillikdan asorat qulligidan qutuldurodur. Birodarlar ko'zlaringizni ochub yaxshi o'ylanglarM!"23
ASOSIY QISM. Aytib o'tish joizki, Turkistonda dramaturgiyaning rivojlanishi, dramalarning keng omma e'tiboriga havola etilishi, xalqning drama haqidagi tasavvurga ega bo'lishida rus, ayniqsa Ozarbayjon dramaturglarining o'rni beqiyos. Ozarbayjon aktyorlaridan tuzilgan truppa 1911-yilda ilk bor Turkistonga kirib keldi va o'zlarining sara asarlari, repertuarlarini Samarqand, Qo'qon, Chorjo'yda rus adabiyotining eng sara asarlariga ishlangan dramalarni namoyish etdilar. I.Turgenevning "Pulsizlik", N.Narimonovning "Nodirshoh", M.F.Ohundovning "Hoji qora", N.Vezirovning "Yomg'irdan qutulib selga...", "Musibati Fahriddin", A.Haqberdiyevning "O'g'a Muhammad shoh Hojar" dramalari shular jumlasidandir.
Jadidlar davrida yaratilgan sahna asarlari zamonaga mos bo'lib, asosiy qahramonlar va asarning tub g'oyasini tashuvchi obrazlar, asosan, muallifning o'zi bo'lib ko'ringan. Fitratning "Abulfayzxon" dramasida Fitrat go'yo Ibrohimbiy bo'lib gapiradi, fikrlaydi. "Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi uchun kuyingan kishilar Ibrohimbiy obrazi orqali tasvirlanadi. Ibrohimbiy haqiqat tarafida, u xalq manfaatini ko'zlaydigan odam. Shuning uchun elga yomonlik qilgan, hukumat ishlariga qaramagan, «kecha-kunduz chog'ir ichib» yotgan Abulfayzxon siyosatini ham, ish boshiga kelgan Rahimbiyni ham qo'llab-quvvatlamaydi. Fitrat o'z orzu-istaklarini uning tilidan bergandek taassurot qoldiradi. Ko'zi ojiz bo'lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o'n besh yoshli Abdulmo'minni xon qilib ko'targanida esa "Men bo'lg'onda, Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig'ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim"24, deydi"
Behbudiyning "Padarkush" fojiasida Behbudiy xuddi Ziyoli bo'lib so'zlaydi, ya'ni Ziyoli tilidan aytilayotgan o'z da'valari bilan johil olomonni ilmsizlikdan qutqarmoqchi, ma'rifat yo'liga boshlamoqchi bo'ladi. "Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o'qutsa edi, bu jinoyat va
23 Rizayev Sh. Jadid dramasi. - Toshkent: Sharq, 1997
24 Fitrat. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2003
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
padarkushlik alardan sodir bo'lmas va bular ichkilikni bo'yla ichmasdi, xun beg'ayri haqqin qilmas edi. Umri boricha Sibir va bandg'a va qiyomatg'a jahannamg'a qolmas edi. Agarda bular ichkilik ichmasa edi, dunyo va oxiratda ilalabad azob va mehnatda qolmas edi. Oh, haqiqatda boyni o'ldirgan va bu yigitlarni azobi abadiyg'a giriftor qilgan beilmlikdur. Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqru zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidur. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo'lganlar-da beilmlikdan. Modomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni o'qutmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukm-farmo bo'lsa kerak. Bu ishlarni yo'q bo'lmog'iga o'qumoq va o'qutmoqdan boshqa iloj yo'qdur. Ollohu taolo boshqalarga hamisha ibrat va sizlarga sabr bergay."25
Bundan tashqari. Abdulla Avloniy qalamiga mansub "Advokatlik osonmi" dramasining bosh qahramoni Davronbek ham shu tip obrazlaridandir. Avloniy misli Davronbek bo'lib, ilmsiz, omi xalqqa ko'p qayg'uradi. U boshqa mamlakatga borib, yetti yil deganda advokatlikni o'rganib, xalqqa ma'rifat ulashmoq, huquqiy ko'mak bermoq uchun harakat qilgan bir davrda johil olomon uni butunlay tezkasi qabul qiladi. "Man bu dunyodan xabarsiz musulmonlarning ahvolig'a juda hayronman. Man bu yerdan o'qumoqg'a ketg'onimg'a yetti yil bo'ldi. Man Ovrupoda o'qub yurg'onimda Turkistondan chiqg'on gazitalarni ko'rub yaxshigina xursand
bo'lur edim. Bizning xalqlarning ham ko 'zlari ochilub, dunyodan xabardor bolg'onlardur deb o'ylar edim. Lekin kelub ko'ramanki, yana eski hammom, eski tos, turgan yeridan zig'ircha ham qimirlamag'on, ilgari bosmag on, ilm va maorifdan asar yo'q. El butun toshdek qotg'on, taraqqiyot, madaniyatdan nishon ham yo'q. Xalq taassub chuquriga qarab yuz tuban ketg on. Oh... Koshki men qaytub kelmog'on bo'lsam edi. Bu qayg'ulik hollarni ko'rmag on bo'lar edim."26
XULOSA. Jadidlar davri dramalari va ulardagi obrazlar ular yashagan davr va zamonaga xos yo'sinda yaratilgan. Umuman, adabiyot har qachon ham o'z davrini, o'z vaqtining asosiy voqeyliklarini hikoya qilib kelgan. Shu ma'noda, jadida dramalari obrazlari ham bundan xoli emas, albatta. Ammo jadidlar johil olomonning ongini, shuurini uyg'otmoqqa, ularni "tiriltirmoqqa" bel bog'lar ekan, asosiy g'oya tashuvchi qahramaonlar faqat mullafiflarning o'zlari bo'la olishlari fahmlagan holatda shunday yo'l tutganalar.
25 Behbudiy. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2009, 50-bet
26 Avloniy. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2009. 130-bet
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. A.Avloniy. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. T:. Ma'naviyat, 1998.
2. Jadidlar. Avloniy.A. T:. Yoshlar nashriyot uyi. 2022.
3. Qosimov B. Uyg'ongan millat ma'rifati. - Toshkent: Ma'naviyat, 2011.
4. Rizayev Sh. Jadid dramasi. - Toshkent: Sharq, 1997.
5. Fitrat. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2003.
6. Behbudiy. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2009.