Научная статья на тему 'ISIRIQ O’SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDA QO’LLANILISHI'

ISIRIQ O’SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDA QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Falajlik / peganin gidroxlorid / antikolinesteraza / alkaloid moddalar / gidroxlorid tuz / jigar yallig’lanishi / ich ketishi / nafas qisishi / so’gal / o’pka sili / suyak og’rigi. / Paralysis / peganine hydrochloride / anticholinesterase / alkaloid substances / hydrochloride salt / hepatitis / diarrhea / shortness of breath / warts / pulmonary tuberculosis / bone pain.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Maripjonov Jasurbek Ma’mirjon O’gli, Qobilova Gulnoza Boburjon Qizi

Ushbu maqolada isiriq o’simligining dorivorlik xususiyatlari isiriqning kimyoviy tarkibini, holatlarni isiriq va uning mevasidan urug’idan va yer ustkiqismidan tayyorlangan preparatlarni nafaqat ilmiy tibbiyot tomonidan balki xalq tabobati tomonidan qaysi kasalliklarni davolashda qanday usullardan foydalanish kerakligi haqida ushbu maqolada batafsil aytib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES OF THE ISIRIK PLANT AND ITS USE IN FOLK MEDICINE

This article describes in detail the medicinal properties of the yarrow plant, thechemical composition of the yarrow, the conditions in which preparations made from the yarrow and its fruits, seeds, and above-ground parts are used not only by scientificmedicine but also by folk medicine, and what methods should be used to treat which diseases

Текст научной работы на тему «ISIRIQ O’SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDA QO’LLANILISHI»

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 321 www.in-academy.uz

ARTICLE INFO

MEDICINAL PROPERTIES OF THE ISIRIK PLANT AND ITS USE IN FOLK MEDICINE

Maripjonov Jasurbek Ma'mirjon o'gli1 Qobilova Gulnoza Boburjon qizi2

Lecturer, Andijan branch of xKokand University; [email protected]; https://orcid.org/0009-0001-3523-4865 First-year student, Faculty of Medicine, Andijan branch of 2Kokand University. [email protected] https://doi.org/10.528l/zenodo.14875621

ABSTRACT

Received: 08th February 2025 Accepted: 14th February 2025 Online: 15th February 2025 KEYWORDS

pegamne

This article describes in detail the medicinal properties of the yarrow plant, the chemical composition of the yarrow, the conditions in which preparations made from the yarrow and its fruits, seeds, and above-ground parts are used not only by scientific medicine but also by folk medicine, and what methods should be used to treat which diseases.

Paralysis, hydrochloride,

anticholinesterase, alkaloid substances, hydrochloride salt, hepatitis, diarrhea, shortness of breath, warts, pulmonary tuberculosis, bone pain.

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ СИРОПА И ЕГО ПРИМЕНЕНИЕ В

НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ Марипжонов Жасурбек Маъмиржон оглы1 Кабилова Гульноза Бобуржон кызы2 Преподаватель Андижанского филиала 1Кокандского университета; [email protected]; https://orcid.org/0009-0001-3523-4865 Студентка 1 курса медицинского факультета Андижанского филиала 2Кокандского

университета [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14875621

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th February 2025 Accepted: 14th February 2025 Online: 15th February 2025

KEYWORDS Паралич, гидрохлорид

пеганина,

антихолинэстераза, алкалоидные вещества, гидрохлоридная соль,

воспаление печени, диарея, одышка, бородавки,

туберкулез легких, боли в костях.

В статье подробно описываются лечебные свойства растения тысячелистника, его химический состав, применение тысячелистника, его плодов, семян и надземных частей, а также методы лечения каких заболеваний применяются не только в научной медицине, но и в народной медицине.

é

IF = 7.921

www.in-academy.uz

ISIRIQ O'SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDA

QO'LLANILISHI Maripjonov Jasurbek Ma'mirjon o'g'li1 Qobilova Gulnoza Boburjon qizi2

xKokand University Andijon filiali o'qtuvchisi; [email protected]; https://orcid.org/0009-0001-3523-4865 2Kokand University Andijon filiali tibbiyot fakulteti 1-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14875621

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th February 2025 Accepted: 14th February 2025 Online: 15th February 2025

KEYWORDS Falajlik, peganin gidroxlorid, antikolinesteraza, alkaloid moddalar, gidroxlorid tuz, jigar yallig'lanishi, ich ketishi, nafas qisishi, so'gal, o'pka sili, suyak og'rigi.

Ush bu maqolada isiriq o'simligining dorivorlik xususiyatlari isiriqning kimyoviy tarkibini, holatlarni isiriq va uning mevasidan urug'idan va yer ustki qismidan tayyorlangan preparatlarni nafaqat ilmiy tibbiyot tomonidan balki xalq tabobati tomonidan qaysi kasalliklarni davolashda qanday usullardan foydalanish kerakligi haqida ushbu maqolada batafsil aytib o'tilgan.

Kirish. Hozirgi kunda yurtimizda tibbiyot sohasi rivojlanib borayotgan muhim sohalardan biri hisoblanadi. Tibbiyot sohasi yillar davomida turli xil bosqichlardan o'tib o'zining aniq diagnostika usullari, samarali davolash vostilari bilan yetakchi o'rinlarga chiqib kelmoqda. So'ngi yillarda tibbiyot fanining xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Bugungi kunda nafaqat tibbiyot sohasiga balki millatimiz tomonidan xalq tabobati sohasini rivojlantirishga ham juda katta e'tibor berilmoqda. Xozirgi vaqtda ko'pgina zamonaviy tibbiyot mutaxassilari ham turli kasalliklarni davolashda xalq tabobati uslublaridan foydalanib kelmoqda. Tibbiyot xodimlari va xalq tabobati mutaxassislari o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritsa insoniyatni bezovta qilayotgan ko'pgini xastaliklarni oldini olish va davolash mumkin. Ma'lumki kasalikni davolashdan oldin uning oldini olish afzal. Buning uchun avvalo to'gri yashash tarzini yo'lga qo'yish kerak. Mamlakatimizda xalq tabobati ildizi chuqur bo'lib yillar davomida insonlar xalq tabobati uslublaridan foydalanib kelishmoqda. Tibbiyot sohasida dolzarb bo'lgan bir qator kasaliklarni davolashda xalq tabobati bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot o'zaro uyg'unlashsa yanada samarali hisoblanadi. Har qanday kasalikni davolashda tabbiy oziq ovqatlar va dorivor o'simlik mahsulotlaridan foydalanish yanada yuqori samara beradi. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. Bulardan biri Isiriq o'simligi hisoblanadi.

Isiriq (Peganum Harmala) o'simligi O'rta Osiyo va Sharq xalqlari tabobatida ishlatilib kelinayotgan asosiy shifobaxsh o'simlik hisoblanadi. O'zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida, cho'l adirlarda, o'tloqlarida, tog'larning quyi qismlarida, qumloq va toshloq tuproqli joylarida, uncha sho'r bo'lmagan tog' etaklarida uchratishimiz mumkin. Isiriqning 6 turi ma'lum. Undan ltasi O'zbekiston hududida uchraydi (Peganum Harmala). Isiriq Parnalifolidae oilasiga mansub ko'p yillik o't o'simlik. Bo'yi 20-80 sm gacha yetadi. Ildizi

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.921 www.in-academy.uz

ildizpoyalik uzun 3 metrgacha chuqurlikda yer ostida joylashadi qalinligi esa 10 smgacha boradi Bargi oddiy kulrang yoki yashil tusda 4 -5 bo'laklarga ajralgan poyasining pastki qismidagi barglar qisqa bandli yuqoridagilari esa bandsiz ketma-ket joylashgan.[1]

Gullari oq yoki sariq rangda 5 ta gultojibargdan tashkil topgan. Mevasi uch chanoqli ko'sakcha meva bo'lib, diametri 1.0-1.2 sm da bo'ladi. 1000Ta urug'ning vazni 2.5-3.0 g tashkil qiladi aprel-may oylarida gullaydi mevasi kuzgacha pishadi.

Farmakalogik Xossalari. O'simlik tarkibida bir qancha kimyoviy birikmalar xususan alkaloidlar guruhiga mansub bir qancha moddalar o'simlikning barcha qismlarida uchratishimiz mumkin. Alkaloidlar o'simlikning qaysi qismida uchrashiga qarab turli foizlar orqali farqlanadi. Isiriq urug'i tarkibida umumiy alkaloidlarning 3.5-6% ni o'z ichiga oladi Ularning taxminan 60% harmalin 30 % harmin va ozroq miqdorda harmapol, peganin, deoksivasitsinon mavjud. Isiriq o'ti tarkibida esa 1.5%-3 % alkaloidlar bo'lib ulardan taxmiman 60% peganin (vazitsin) va vasitsinondir. Boshqa alkaloidlar ham o'simlikning bu qismida topilgan Ular pegamin, peganidin va deoksipeganinlar uchraydi. O'simlikning ildizida ham 2.15%-2.70% alkaloidlar mavjud. Ildizlardagi asosiy alkaloidlar harmin, harmalin, harmalo va peganol hisoblandi. Urug'larida 14.25% yog'li yog'da rang beruvchi moddala ham mavjud. Harmal Vulgaris xom ashyosi Osiyo, Afrika va Europa mamlakatlarida periferik asab tizimini mononeurit, polinevrit, nevrit, kasaliklarini davolash uchun ishlatiladi[2].

O'simlik tarkibidagi deoksigidroxloriddan qaytariladigon antikolinesteraza xususiyatlarga ega bo'lgan preparat tayyorlanadi va miatseniya, gravis, orqa miyyadagi shoxlarning shikastlanishida buyiriladi. Preparatning ta'siri tufayli nerv mushak o'tkazuvchanligi tiklanadi va silliq mushaklarning tonusi ortadi. Tuproq qismidan gidroxlorid tuzi ko'rinishidagi harmala urug'idan olingan harmin alkaloidi markaziy asab tizimining ayrim kasaliklarini davolashda qo'llaniladi. Silkituvchi falaj miyaning epidemik yallig'lanishi oqibatlari, parkinson kasaligida qo'llaniladi [3].

Xalq tabobatida qo'llanilishi. Isiriq o'simligini xalq tabobatida yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma bod, bezgak, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash va boshqa kasaliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashqari qo'tir va boshqa teri kasaliklarda ham davo sifatida ishlatilinadi. Urug'dan tayyorlangan qaynatma zig'ir urug'ining qaynatmasi bilan birgalikda nafas qisishida, nafas olishning qiyinlashuvixastaliklarida qo'llaniladi. Qalampir urug'i qaynatmasi bilan esa bod, zaxm kasaliklarini davolashda ishlatiladi. Isiriqning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma terlatuvchi va siydik haydovchi ta'sirga ega. Isiriqni kuydirib xidlatilsa bosh og'rig'ini yengilashtiradi. Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta'sirga ega. Gripp avj olgan holatlarda isiriq tutuni bilan bemor yotgan xonani dizinfeksiya qilish yaxshi foyda beradi. IBN SINO isiriq o'simligini bog'imlar og'riganda va nerv shamollaganda og'riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatgan. Buning uchun isiriq o'simligini yer ustki qismini og'riyotgan joyga ezib bo'glashni tavsiya etgan. IBN BAYTAR aytadiki 12 sutka davomida har kechasi maydalanmagan urug'lardan bir misqol davomida qabul qilinsa ular quymich nerv kasaligini davolaydi.

Jiggar yalig'lanishida isiriq urug'idan 10 kun davomida och qoringa 10 donadan yeb turgan bemorni jiggar xastaligiga shifo bo'ladi. Qaynatmasidan nahorga qabul qilinsa Qorin og'riga shifo bo'ladi. So'gal kasalligida isiriq va xinani tuyib elakdan o'tkaziladi va sovuq suvga aralashtiriladi. So'ng 10 kun bir maxaldan bog'lab qoyilsa bemor tuzaldi. Suyak

é

Ш:

og'rig'ida Ibn Sino isiriq o'simligiga suyak kasaliklarini davolashda katta ahmiyat qaratgan. Ayniqsa tizza va suyaklar qaqshab og'riganda og'riq qoldiruvchi dori sifatida qo'llaniladi. Buning uchun 1 hovuch isiriqni 2 stakan suvda qaynatiladi. Har kuni 2 maxal 10 Kun davomida qaynatmani biror paxta yoki matoga to'yintirib og'rigan joyga surtma qilib bog'lansa bemor tuzaladi.

Xulosa. Har qanday o'simlikning foydali tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlar ham yo'q emas. Isiriq o'simligining ko'plab foydali tomonlari bilan birgalikda qarshi ko'rsatmalari ham bor. Har qanday dori vositasinining qo'llanilishida miqdorini oshirib yubormaslik zarur. Isiriq o'simligining haddan ziyod qo'llanilishi bir qancha kasaliklar taxikardiya, uyquchanlik va tana xaroratining pasayishiga olib keladi. O'simlik prepati undan tayyorlangan dori vositalari uzoq muddat qabul qilinsa nafas olish qiyinlashuviga, siydik ko'p ajralishiga, oshqozon-ichak traktining buzilish holatlariga olib kelishi mumkin. Shu bilan birgalikda homilador va emizikli ayollarda dori preparatlari qo'llanilayotganda alohida etibor qaratilish zarur.[3].

References:

1. И.Р.Ас;аров "Табобат ;омуси". Тошкент. "MUMTOZ SO'Z 2019 - 1136 Б

2. Мухамеджанов С.З Азизов Н.Н Мухамеджанова Энциклопедия Лекарственных Растений Узбекистана "Ташкент" "Узбекистан "2017- Б 136

3. https://lektrava.ru/encyclopedia/garmala-obyknovennaya/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.