Научная статья на тему 'ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA EKSPERTIZA XULOSALARINI BAHOLASH'

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA EKSPERTIZA XULOSALARINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
257
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sud-ekspertiza muassasalari / ekspertlik faoliyati / xulosalarni baholash / ekspert / tadqiqot / prokuror orderi / ma’lumotlar / ehtimoliy xulosa / sud jarayoni / xulosaning ob’ektivligi. / forensic medical institutions / expert activity / assessment of conclusions / expert / research / prosecutor's order / data / probable conclusion / trial / objectivity of the conclusion.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nurumbetova, Sadoqat Allayarovna

Maqolada davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan beriladigan ekspertiza xulosalarining tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan baholanishi va amaliyotdagi ahamiyatli tomonlari tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda mazkur ekspertiza xulosalarini baholash uchun qo‘yilgan mezonlar bo‘yicha milliy qonunchiligimizdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan muayyan taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF THE EXPERT OPINION AT THE STAGE PRELIMINARY INVESTIGATION

The article analyzes the assessment of expert opinions of state forensic medical institutions and their important aspects in practice. At the same time, specific proposals and recommendations will made to fill the existing gaps in our national legislation in relation to the criteria established for assessing the results of this examination.

Текст научной работы на тему «ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA EKSPERTIZA XULOSALARINI BAHOLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA EKSPERTIZA XULOSALARINI BAHOLASH

Nurumbetova Sadoqat Allayarovna

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi dotsent v.b., podpolkovnik, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan beriladigan ekspertiza xulosalarining tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan baholanishi va amaliyotdagi ahamiyatli tomonlari tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda mazkur ekspertiza xulosalarini baholash uchun qo 'yilgan mezonlar bo 'yicha milliy qonunchiligimizdagi mavjud bo'shliqlarni to 'Idirish yuzasidan muayyan taklif va tavsiyalar berib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: sud-ekspertiza muassasalari, ekspertlik faoliyati, xulosalarni baholash, ekspert, tadqiqot, prokuror orderi, ma'lumotlar, ehtimoliy xulosa, sud jarayoni, xulosaning ob 'ektivligi.

ОЦЕНКА ЗАКЛЮЧЕНИИ ЭКСПЕРТИЗЫ НА ЭТАПЕ ДО СУДЕБНОГО ПРОИЗВОДСТВА

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется оценка экспертных заключений государственных судебно-медицинских учреждений должностным лицом, дознавателем, следователем или судом органа, проводящего предварительное следствие, и анализируются важные аспекты практики. В то же время были внесены конкретные предложения и рекомендации по заполнению существующих пробелов в нашем национальном законодательстве в отношении критериев, установленных для оценки результатов этой экспертизы.

Ключевые слова: судебно-медицинские учреждения, экспертная деятельность, оценка выводов, эксперт, исследование, постановление прокурора, данные, вероятное заключение, судебное разбирательство, объективность заключения .

ASSESSMENT OF THE EXPERT OPINION AT THE STAGE PRELIMINARY INVESTIGATION

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

The article analyzes the assessment of expert opinions of state forensic medical institutions and their important aspects in practice. At the same time, specific proposals and recommendations will made to fill the existing gaps in our national legislation in relation to the criteria established for assessing the results of this examination.

Keywords: forensic medical institutions, expert activity, assessment of conclusions, expert, research, prosecutor's order, data, probable conclusion, trial, objectivity of the conclusion.

Inson, uning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish tizimi, jinoiy ish yuritishning barcha bosqichlarida xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribani joriy etish sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning muhim yo'nalishlarini belgilaydi. Amaldagi qonunchilik tahlili, jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlash bo'yicha mexanizmlar to'liq ishga solinmaganligini va jinoyat ishlarini tergov qilish bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash bilan bog'liq bo'shliqlar mavjudligini ko'rsatmoqda.

Ma'lumki, jinoyatchilikka qarshi kurashda sud ekspertizalarning imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga mamlakatimizda alohida e'tibor qaratiladi. Bu faoliyatni takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish masalalari davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Buning tasdig'i sifatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2017 yil 18 aprel PQ-2898-sonli qarori hamda 2019 yil 17 yanvardagi "Sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4125-sonli qarorlarini keltirish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi tergov amaliyoti ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emasligi va xulosaga qo'shilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozimligiga asoslanadi. Chunki, Jinoyat-protsessual kodeksining 187-moddasida ekspert xulosasini baholash deb nomlangan bo'lib, unga ko'ra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo'yicha to'plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o'tkazish uchun belgilangan barcha protsessual

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanish tartibi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Lekin bundan boshqa normativ-huquqiy hujjatda ekspertiza xulosasini baholashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi belgilanmagan.

Yuridik adabiyotlarni tahlil qilish ekspert kriminalistika faoliyatini va tergov faoliyatini takomillashtirish va ishga oid ma'lumotlaring tekshirilishi yuzasidan turli fikrlar berilganligini ko'rsatadi. Xususan, D.M. Mirazovning fikricha, jinoyatlar to'g'risidagi ma'lumotlar, dalillarning asosliligining tekshirilishi va ular asosida jinoyatlar qo'zg'atish yoki qo'zg'atmaslik, ish yurituvi davomida to'g'ri baholash lozimligi ko'rsatilgan.

Rivojlangan davlatlar tajribasiga, ya'ni AQSh qonunchiligi amaliyotiga ko'ra tergovga qadar tekshiruv surishtiruv bilan tenglashtirilgan bo'lib, jinoyat sodir etilgan deb baholash uchun yetarli ma'lumotlar mavjud bo'lsa, polisiya prokurorga order berish to'g'risida murojaat qilishi mumkinligi, shuningdek prokuror polisiya tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni o'rganib chiqib, ularning qonuniyligi va kelgusi sud jarayonida foydalanishi mumkinligi yuzasidan ko'rib chiqib, order berish yoki bermaslik to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin.

Aynan shu holat biroz boshqacharoq bo'lsada milliy qon unchiligimiz asosida jinoyat ishini qo'zg'atishga ekspertiza xulosasining asos bo'lishiligini amaliyotimizda ko'rish mumkin. Shunday ekan, ekspertiza xulosasining aniq va ilmiy jihatdan asoslangan va qonun talabalariga mos ravishda yozilganligini, ishga qanchalik ahamiyatli ekanini baholash zarurati mavjud.

Nazariy va qonuniy jihatdan ekspertiza tadqiqotlarining to'liqligini aniqlashda quyidagi omillar inobatga olinadi: ekspertiza tayinlagan shaxs yoki organning barcha savollariga ekspertning javob berganligi, savollar taalluqli bo'lgan barcha ob'ektlar tekshirilgani, kerakli tadqiqotlarni o'tkazish va qo'yilgan savollarga javob berish uchun zarur bo'lgan hamda ekspertning ixtiyorida mavjud bo'lgan maxsus metod (usul) va texnik vositalarning qo'llanilishi va h.k.

Ekspertiza tadqiqoti to'liq bo'lishi uchun ekspert oldiga qo'yilgan barcha savollarga javob berilishi va ularning hech biri e'tiborsiz qoldirilmasligi lozim.

Amaliyot xodimlarining ish o'rni tahliliga ko'ra barcha tergovchilarda ham ekspertizalarni mustaqil o'tkazish guvohnomasiga ega bo'lish va tadqiqotlar o'tkazish mumkin emasligini ko'rish mumkin. Bu tabiiy hol, chunki bu guvohnomalar ekspertlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar uchungina beriladi. Shunday ekan, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud o'z ichki ishonchlaridan tashqari ekspertiza xulosasining ilmiy asoslangan holda o'tkazilganligini ham tekshirishlari lozim bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Bu borada tergovchi nimalarga e'tibor qaratishi lozimligi birorta normativ-huquqiy hujjatda belgilab berilmagan.

Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning ekspertiza xulosasiga o'z ichki ishonchiga asoslangan holda baho berishi to'g'ri bo'ladigan bo'lsa, barcha protsessual harakatlar aynan qonunchilikda muayyan bir talabalar asosida amalga oshirilishini hisobga olganda, demak bu harakatni ham aniq bir belgilangan mezonlari bo'lishi maqsadga muvofiq.

Mazkur baholashni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud nimalarga e'tibor qaratishi lozim va bu mezonlarni amalga oshirishida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspert xulosasida nimalarga e'tibor qaratishi lozim bo'ladi?.

Xulosaning ob'ektivligini baholashda, uni bu ishdan manfaatdor bo'lmagan, maxsus bilimlar asosida va tekshirish natijalariga ishongan shaxslar tomonidan berilishi asos bo'ladi. Bu talabning buzilishiga ekspertning isbotlanmagan, rad qilingan va to'liq bo'lmagan dalillar asosida, ekspert vakolati doirasiga kirmaydigan harakatlar doirasida baholashi va xulosa berishi kiradi.

Shuningdek, JPKning 68-moddasiga ko'ra ekspertning majburiyatiga ekspertiza ob'ektini saqlash va to'liqligini ta'minlash kiradi. Agar ob'ekt ekspertiza qilish jarayonida to'laligini yo'qotgan yoki qisman buzilgan yoki shakli o'zgargan bo'lib, buning natijasida qayta ekspertiza o'tkazish imkoniyati qolmaydigan xolatga kelishi mumkin bo'lgan taqdirda, ekspert j inoyat ishini yuritayotgan organdan tegishli ruxsat olishi va bunday natijalarning bo'lishi to'g'risida ogohlantirib qo'yishi shart.

Ekspertiza natijalari va ekspert xulosasini rasmiylashtirish faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilarni taklif qilish mumkin:

birinchidan, ekspertiza uchun taqdim etilgan ob'ektlar bilan ishlashda va ularni qabul qilishda qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinganligini va ularni barchasini fotojadvalda aks ettirilganligiga e'tibor qaratish;

ikkinchidan, ob'ektning umumiy va xususiy (agar mavjud bo'lsa) belgilari bilan ishlanganligiga;

uchinchidan, aynan shu belgilarning mos kelgan yoki kelmaganligini ask ettiruvchi, qo'yilgan talablar asosida rasmda ko'rsatilganligini inobatga olish;

to'rtinchidan, tadqiqotlarni o'tkazishda ilmiy asoslangan adabiyotlardan va aynan shu tadqiqot turiga tegishli bo'lgan adabiyotlardan foydalanganligini tekshirish;

Scientific Journal Impact Factor

beshinchidan, berilgan savollarning har biriga aniq va to'hri javob berilganligiga;

oltinchidan, tadqiqotlarni o'tkazishda tegishli texnik-kriminalistik vositalardan foydalanilganligi;

yettinchidan, agar ekspert tomonidan ehtimoliy ya'ni bo'lishi mumkin degan javoblar berilgan bo'lsa uni asoslantirib berishiga e'tibor qaratishi lozim.

Lekin bu mezonlarni ishlab chiqishdan oldin ayrim jihatlarni, ya'ni tergovchining bilim doirasiga ekspert faoliyatining bilim doirasida belgilangan talablarning barchasini yoki ko'p qismini bilish talabini qo'yish noto'g'ri bo'ladi. Chunki, ekspertiza yo'nalishlarining o'nlab turlarining mavjudligi, kerak bo'lsa har birining o'ziga xos xususiyatlarga egaligi va alohida bilimlarni talab etishi bor. Shuning uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun ekspertiza xulosalarini baholashda soddalashtirilgan holda ishlab chiqarilgan mezonlarni qo'llashi lozim bo'ladi.

Xususan, yuqorida ko'rsatib o'tilgan takliflar to'g'ridan-to'g'ri ananaviy va noananaviy turdagi ekspertizalarni baholash uchun to'g'ri keladi, lekin bir nechta ekspertlar tomonidan o'tkaziladigan kompleks, komissisyaviy yoki ayrim noananaviy turdagi ekspertizalarni baholashda ekspertlar tarkibida berilgan natijalarga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq.

Bu talablar ekspert tomonidan tadqiqotlar jarayonida amalga oshrilishi lozimligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 yanvardagi 5-sonli "Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi qarorida batafsil belgilab qo'yilgan.

Shu o'rinda yana bir narsani ta'kidlash joizki, ekspertiza xulosalarini baholash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Fuqarolik ishlari bo'yicha ekspertiza tayinlash, o'tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida"gi 2008 yil 12 dekabrdagi 24-sonli qarorida ekspertiza xulosalarini baholashda ekspertning ehtimol tutilgan xulosasi sud qaroriga asos qilib olinishi mumkin emasligi shuningdek, qo'shimc ha, qayta, kompleks va komissiyaviy ekspertiza tayinlash asoslari va tartibini qat'iy farqlashlari lozimligi ko'rsatib o'tilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, milliy qonunchiligimizda ko'rsatilgan ekspertiza xulosasini baholash mezonlarining mavjud emasligini ya'ni mavjud bo'shliqni

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

to'ldirish maqsadida JPK 187!-moddasini yangi tahrirda "ekspertiza xulosasini baholash mezonlari" deb nomlash va unda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan ekspertiza xulosalarini baholashda qo'llanishi mumkin bo'lgan mezonlarni kiritish lozim bo'ladi.

Bu mezonlarning qonunchilikda mustahkamlanib qo'yilishi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning ekspertiza xulosalarini baholash harakatlarida aniqlikga, qabul qilingan ekspertiza xulosalarining qay darajada mustahkam dalil ekanligini belgilashlaridagi samaradorlikga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикасининг 2010 йил 2 июндаги "Суд экспертизаси тyg'рисида"ги Qонуни. // https://lex.uz/docs/1633102

2. Узбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси. https://lex.uz/docs/111460 .

3. Суд-экспертлик фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тyg'рисида. ПК-4125-сон qарори. https://lex.uz/docs/4172023

4. Маматкулов Т. Б., Закурлаев ва бошq А. К. Узбекистон Республикасининг «Суд экспертизаси тyg'рисида»ги qонунига шарк - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2017. - 176 б.

5. Об утверждении Концепции развития экспертно-криминалистических подразделений органов внутренних дел Российской Федерации на среднесрочную перспективу (2016-2018 гг.): приказ МВД России от 24 ноября 2016 г. № 758. Доступ из справ.-правовой системi «Консультант Плюс».

6. Ш.Х. Иномжонов. Жиноят процессида далилларни таqдим qилиш ва улардан фойдаланиш муаммолари. Монография. Т-2006. 177 б.

7. http://diss.natlib.uz/ru-RU/Researchwork/OnlineView/34231.

8. https://www.xabar.uz/huquq/firibgarlik-ozi-nima-nega-odamlar-tez-va-kop-aldanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.