Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ASOSLARI'

ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
48
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Modernizatsiya / diversifikatsiya / raqobatbardosh / tarmoq / jarayon / islohot / iqtisod. / Modernization / diversification / competitiveness / network / process / reform / economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Juraboyeva Sh.N.

Diversifikatsiya da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ushbu maqolada diversifikatsiyalash masalalari hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish asoslari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASICS OF PRODUCTION DIVERSIFICATION

Diversification is carried out to achieve higher efficiency, obtain economic benefits, avoid bankruptcy and other purposes. This article discusses the issues of diversification and the basics of diversification of production.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ASOSLARI»

Juraboyeva Sh.N.

TMC institute

"Amaliy matematika va informatika" kefedrasi oqituvchisi ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ASOSLARI

Annotatsiya. Diversifikatsiya da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ushbu maqolada diversifikatsiyalash masalalari hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish asoslari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar. Modernizatsiya, diversifikatsiya, raqobatbardosh, tarmoq, jarayon, islohot, iqtisod.

Juraboyeva Sh.N.

teacher

of the department of "Applied Mathematics and Informatics"

of the TMC Institute

BASICS OF PRODUCTION DIVERSIFICATION

Abstract. Diversification is carried out to achieve higher efficiency, obtain economic benefits, avoid bankruptcy and other purposes. This article discusses the issues of diversification and the basics of diversification ofproduction.

Key words. Modernization, diversification, competitiveness, network, process, reform, economy.

Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o'rni katta ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "bugungi kunda ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin".

Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni modernizatsiyalash bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llabquvvatlash bo'yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqobatbardosh

mahsulot ishlab chiqarish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkan hamkorlikni yo'lga qo'yish, mamlakatimizda ishlab chiqarigan mahsulotlarga ichki talabni rag'batlantirish masalalari alohida o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi keyingi 28 yil davomida iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tarkibiy o'zgartirish bo'yicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadlari boshida yalpi milliy mahsulotni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotni modernizatsiyalashdan iborat.

Mamlakatimizda o'z vaqtida tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o'ylangan iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish va modernizatsiyalash bo'yicha ishlar amalga oshirilishi natijasida 2019-yil yakunlariga ko'ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti - 8,0 foizga, qishloq xo'jaligi - 6,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi - 8,8 foizga, chakana savdo aylanmasi - 14,8 foizga oshdi.

Respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo'l keladigan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish va uni amalga qo'llay olish hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek, "tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ularni zamonga mos holda diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ularning imkoniyatlardan to'la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi va shunda biz qurayotgan jamiyat o'z-o'zidan rivojlanish yo'liga qadam qo'yadi"

Bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tish davrida tashkilotlar o'rtasidagi raqobatning kuchayishi raqobatbardoshlikni oshirish va tanlangan bozor segmentida tashkilotning mavqeini mustahkamlash uchun biznesni rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini izlash zarurligiga olib keldi. Shu munosabat bilan, so'nggi yillarda, ko'pincha, ko'plab tashkilotlar biznes samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash kabi iqtisodiy vositalardan foydalanishni boshladilar, bu esa tadqiqotning dolzarbligini belgilab beradi. Biznesni diversifikatsiya qilish - bu moliyaviy yoki ishlab chiqarish resurslarini turli sohalar va tarmoqlarda taqsimlash bilan bog'liq ishlab chiqarish yoki savdo jarayonida yuzaga keladigan xavflarni minimallashtirishga qaratilgan usul.Turli xil diversifikatsiya dasturlari orqali biznesni modernizatsiya qilish tendentsiyasi 1950-yillarning o'rtalarida butun dunyo bo'ylab ishbilarmonlar tomonidan tan olingan.

Diversifikatsiya (lotinchadan diversus - har xil va facere - qilmoq, bajarmoq) - bu ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko„paytirish demakdir. Diversifikatsiya strategiyasi - korxona faoliyatini mavjud

mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish strategiyasidir. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yetakchi zamonaviy tendensiyalardan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo„lgan raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi - korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo„shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli uslublarda amalga oshirishi mumkin (1-rasm). Korxonalarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo„li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo„yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo„naltirilgan bo„ladi.

Ijtimoiy jihatdan biznesni diversifikatsiya qilish samaradorligi tashkilot faoliyatining kengayishi, maqsadli auditoriya va yangi jalb qilingan iste'molchilarning ehtiyojlarini to'liq qondiradigan yaxshilangan sifatli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish natijasida yangi ish o'rinlari sonining ko'payishida namoyon bo'ladi. Biznesni diversifikatsiya qilishning asosiy yo'nalishi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo'lganligi sababli, strategik tahlil va rejalashtirish alohida ahamiyatga ega bo'lib, tanlangan diversifikatsiya strategiyasini amalga oshirishdan tashkilot qanday foyda olishini real baholash imkonini beradi. masalan:

yangi mahsulotlarni chiqarish doimiy va shartli belgilangan xarajatlarni o'tkazish orqali ko'proq daromad olishga hissa qo'shishi mumkin (ya'ni, ishlab chiqarish hajmi ko'proq mahsulotga o'sishiga qaraganda kamroq darajada o'sadigan xarajatlar);

tashkilot ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi mahsulotlarni ilgari surish uchun mavjud infratuzilmadan foydalanishi mumkin; qo'shimcha kadrlarni jalb qilish zarurati, ayniqsa, xodimlar ishlab chiqarish jarayonini saqlash va boshqarish bilan shug'ullanadigan hollarda kamayadi;

- yangi mahsulotlar ishlab chiqarilgandan so'ng daromadning o'sishi, asosan, qo'shimcha xarajatlarni tejash hisobiga, shuningdek, yangi bozorlarni o'zlashtirish va daromadning ko'payishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Mumkin bo'lgan imtiyozlarni tahlil qilish faqat tegishli tarmoqlarga diversifikatsiya qilingan taqdirda, tashkilot yangi mahsulotlarni chiqarish uchun mavjud texnologiyalar va uskunalardan foydalanganda qabul qilinadi. Adekvat prognozlash turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyaning maksimal mumkin bo'lgan diapazonini aniqlash imkonini beradi.

Zamonaviy adabiyotda diversifikatsiya, birinchi navbatda, kengroq assortimentga ega bo'lgan ko'p tarmoqli ishlab chiqarishga o'tish yo'li sifatida ko'rib chiqiladi va uning mohiyatining ikkita asosiy jihati ajratiladi.

Diversifikatsiya - bu kompaniyaning strategik sohalari va mahsulot assortimentini to'liq o'zgartirish bilan bog'liq strategiya. Tashkilotning rivojlanish strategiyasining bir qismi sifatida diversifikatsiya strategiyalaridan foydalanish joriy biznes jarayonlarini optimallashtirish va rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, biznesni diversifikatsiya qilish tashkilotga o'z faoliyatining barqarorlashuvi va ijobiy dinamikasini ta'minlashga, shuningdek, moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni yaxshilash va iqtisodiy o'sishni ta'minlashga imkon beradi, bu esa tashkilotning bozor qiymatining oshishiga va aktsiyadorlarning daromadini o'sishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida»gi Qonuni.-T., Qonunlar to'plami, Adolat, 2002-y. Ulashev.O.I., Atamuradov.A.Sh. "Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti". Darslik .-T.: "Tafakkur bo'stoni", 2013.- B.232.

2. Gulyamov S., Qosimov G'. va boshqalar. "Zamonaviy ishlab chiqarish menejmenti". Darslik.-T.: "Tafakkur bo'stoni", 2013.- B.456

3. Hojiahmedov G'. H., Yaxyayeva I. K., Yo'ldoshev N. Q. "Mahsulot sifatini boshqarish" o'quv qo'llanma. T.: "Iqtisodchi", 2018. -B.150

4. Peregudov L., Fayziyev R. va boshqalar. "Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish". Toshkent -" Moliya" - 2018. 67-69-betlar.

5. Орлова И.В. Экономико-математические методы и модели: компьютерное моделирование: Учебное пособие. -М.: Вузовский учебник, 2017. - 344 с.

6. Хуснутдинов, Р.Ш. Экономико-математические методы и модели: Учебное пособие. -М.: Инфра-М, 2017. - 320 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.