Scientific Journal Impact Factor
О
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI TO'G'RI HISOBGA OLISH
ZARURIYATI
Rasulova Shaxnoza Xatamovna,
Farg'ona politexnika instituti, magistr, e-mail: rasulovashaxnoza068@gmail.ru,
ANNOTATSIYA
Maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning iqtisodiy ahamiyati va uning boshqaruv usullari tahlil qilinadi, bu muammo zamonaviy moliyaviy tahlil olimlar tomonidan eng kop muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir, bu oZ o 'rnida korxonaning iqtisodiy rivojlanishiga imkon beradi.
Kalit so'zlar: xarajatlarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish, xarajatlarni kamaytirish yo 'llari, xarajatlar tahlili, xarajatlarning nazorat qilish jarayonlari.
В статье анализируются способы управление и экономическое значение снижения издержек в производстве, данная проблема является одной из наиболее обсуждаемых в современными учёными финансового анализа, решения который позволить экономическое развитие предприятия.
Ключевые слова: управление затратами, снижение затрат, пути снижения затрат, анализ затрат, процессы контроля затрат.
The article analyzes the methods of management and the economic importance of reducing costs in production, this problem is one of the most discussed by modern scientists of financial analysis, the solutions of which allow the economic development of the enterprise.
Keywords: cost management, cost reduction, ways to reduce costs, cost analysis, cost control processes.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor yoki korxona yuqori foyda olish va uni ko'paytirishni maqsad qiladi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko'rsatayotgan xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bog'liq bo'ladi. Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berib, foyda olishga bo'lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-harajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma'lum narxga ega bo'ladi.
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
Korxona oladigan foydaning miqdori bir tomondan bozorga taklif qiladigan tovar miqdoriga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan unga qilinadigan iqtisodiy xarajatlar darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog'liq. [1, 2] Shuning uchun ham ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiyotning muhim kategoriyalaridan biri bo'lib, uni o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki uni o'rganish asosida har bir xarajatning ulushini baxolash va kamaytirish imkoniyatlari aniqlanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport salohiyatini yuksaltirish va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ham ko'p jihatdan tejamkorlikka erishish, hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog'liq.[4, 5, 15]. Shunga ko'ra, prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev 2019 yilning 12 martida Nurota tumanidagi "Marmarobod" korxonasida tog' jinslaridan mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishar ekan, quyidagi fikrini alohida ta'kidlab o'tdi: "Mahsulot tannarxini kamaytirish orqali jahon bozoriga chiqish kerak" Buning isboti sifatida quydagi raqamlarti keltrish mumkun joriy yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 4 885 tani tashkil etib, ular tomonidan 5 669,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi (2020- yilning mos davriga nisbatan 36,4 % ga ko'paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta'minlandi. [18]
TAHLIL VA NATIJALAR
Umuman olganda, resurslarni tejash mahsulot birligiga ketayotgan xarajatlarning pasayishi, resurslardan foydalanish darajasining ijobiy tomonga o'sishi sifatida aniqlanadi. [6, 7]. Bundan tashqari, "resurslarni tejash" tushunchasi ularning samarali iste'moli natijasida olinadigan foyda, natijani ham taqozo etadi. Resurslar tejamkorligiga ikki tomonlama, ya'ni mutlaq va nisbiy tejamkorlik nuqtai-nazaridan yondashish mumkin.
Mutlaq tejamkorlik mahsulotni ishlab chiqarish va iste'mol qilish jarayonida uning tarkibiga kiruvchi jonli va buyumlashgan mehnat miqdorining kamayishi darajasini tavsiflaydi. Biroq, bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning naflilik darajasi va qiymati o'zgarmaydi.
Nisbiy tejamkorlik tushunchasi ostida jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari nisbatan barqaror bo'lgan sharoitda ishlab chiqarishning foydali natijalari, ya'ni qiymat hajmining o'sishini ta'minlash jarayonini tushunish zarur. Shuning uchun resurslar tejamkorligi muammosining hal qilinishi iqtisodiyotning samarali rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Tejamkorlik darajasini baholash nisbiy tarzda amalga oshiriladi. Agar jamiyat yagona individdan iborat bo'lsa, uning hatti-harakatini tejamkorlik nuqtai-nazaridan baholash mumkin bo'lmas edi. Shunga ko'ra, tejamkorlik - jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan darajasida barcha resurslardan tejamli foydalanish bo'yicha iqtisodiy munosabat bo'lib, ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashning asosiy omili hisoblanadi.[4, 17] Iqtisodiy samaradorlik ham "xarajatlar - ishlab chiqarish" muammosini o'z ichiga oladi. Aniqroq aytganda, iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan taqchil resurs birliklari yig'indisi va iste'mol tovarlari yig'indisi o'rtasidagi aloqani tavsiflaydi. Sarflangan xarajatlar hajmidan olingan mahsulotning ortiqligi samaradorlikning o'sishini anglatadi.
Shuning uchun har bir korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha o'z strategiyasiga ega bo'lishi zarur. (1-jadval)
1-jadval
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish strategiya tarkibi
Xarajatlarini
kamaytirish
strategisi
Strategi mazmuni
Ishlab
chiqarishning texnik darajasini oshirish
1. Ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
2. Zaxiralardan foydalanishni takomillashtirish, yangi turdagi xom ashyo va materiallardan foydalanish. [8, 9, 14].
3. Mahsulotlarning dizayni va texnik xususiyatlarining o'zgarish.
4. Ilmiy-texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarning mahsulot narxiga ta'sirini tahlil qilish.
Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish
1. Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish
2. Asosiy vositalardan foydalanishni takomillashtirish
3. Moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash
4. Transport xarajatlarini kamaytirish
Mahsulotlar hajmi
belgilashdagi o'zgarishlar
va
1. Belgilangan xarajatlarning (amortizatsiya bundan mustasno) kamayish.
2. Mahsulotlarning nomenklaturasi va assortimentining o'zgarishiga va sifatining oshishiga olib kelish.
3. Ishlab chiqarish o'sishi bilan mahsulot birligiga shartli ravishda belgilangan xarajatlar soni kamaytirish.[11, 12]
Tabiiy
resurslardan
foydalanishni
1. Tabiiy sharoitlarning o'zgaruvchan xarajatlar ta'sirini aniqlash.
2. Tabiiy yaqin xom-ashyo resurslarini aniqlash va tahlil etish
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
takomillashtirish
Sanoat va boshqa omillar 1. Yangi sexlarni, ishlab chiqarish bloklarini ishga tushirish va rivojlantirish. [10, 13] 2. Turdosh tarmoqlarning birlashishi, o'z-o'zidan komponentlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish. 3. Tayyor mahsulot narxini muntazam tahlil etish.
Ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni shakllantirish jarayoniga ta'sir qilishning eng samarali usullaridan yana biri moliyaviy javobgarlik markazlarini tashkil etish asosida korxonaning xarajatlari va daromadlarini boshqarishdir.[3, 16]
Xarajatlarni boshqarish tizimining asosiy funktsiyalari prognozlash va rejalashtirish, buxgalteriya, nazorat qilish (monitoring), muvofiqlashtirish va tartibga solish, shuningdek, xarajatlarni tahlil qilish hisoblanadi.
Moliyaviy javobgarlik markazi (MJM) - bu daromadni optimallashtirish, rentabellikka bevosita ta'sir ko'rsatish yo'llarini topish, belgilangan chegaralar doirasida xarajatlar darajasini nazorat qilish va xarajatlarni kamaytirish yo'llarini topish uchun asosiy vazifalarni bajaradigan tarkibiy bo'linma yoki bo'linmalar guruhi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar maqsadlarni tanlash imkoniyatiga ega bo'lishdi (1-rasm). Maqsadlarni tanlash va shakllantirish korxona strategiyasi va kelgusi davr uchun ularni amalga oshirishning aniq shartlari bilan belgilanadi.
1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatida xarajatlarni boshqarish maqsadlari
716
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
XULOSA
Shunday qilib, xarajatlarni rejalashtirish, xarajatlarni boshqarish tizimining muhim elementi bo'lib, keng qamrovli bo'lishi va korxonaning resurslari qayerda, qachon va qanday hajmda sarflanishini aniqlash imkonini beradi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, tashkilotning o'ziga xos xususiyatlarini va kompleks yondashuvni hisobga olgan holda xarajatlarni boshqarish tizimidan foydalanish korxona faoliyatining yuqori iqtisodiy natijalariga erishishga imkon beradi.
REFERENCES
1. Исманов, И. Н., & Хабижонов, С. К. У. (2019). Организация учета инвестиций в Капитальные вложения. Вестник науки и образования, (12-3 (66)).
2. Кудбиев, Д. К., & Турсунова, Д. Д. (2018). ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЁТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Бухгалтерский учет: достижения и научные перспективы XXI века (pp. 87-93).
3. Муминова, Э. А., Кундузова, К. И., & Умаралиев, З. Б. (2018). МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ И ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА. In НАУЧНО-ТЕХНИЧЕСКИЙ ПРОГРЕСС: СОЦИАЛЬНЫЕ, ТЕХНИЧЕСКИЕ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ФАКТОРЫ (pp. 194-198).
4. Tashpulatov, A. (2020). Modern forms of self-employment under conditions of recession. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 452-455.
5. Tolibjonovich, N. O. (2020). Global Economic Crises: The Global Economic Crisis In The Context Of The Coronavirus Pandemic And Its Elimination In Uzbekistan. Solid State Technology, 63(4), 5131-5145.
6. Фозилов, Х. Р., & Фозилов, И. Р. (2020). ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И ЕГО РОЛЬ В УПРАВЛЕНИИ ПРЕДПРИЯТИЕМ. In ВОПРОСЫ УПРАВЛЕНИЯ И ЭКОНОМИКИ: СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ АКТУАЛЬНЫХ ПРОБЛЕМ (pp. 16-19).
7. Kurbonalievna, I. G. (2021). The ways to improve the internal corporate governance mechanisms in joint-stock companies. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(6), 255-259.
8. Нурматов, О. Т. (2018). Вопросы соответствия международным стандартам национального стандарта бухгалтерского учёта Республики Узбекистан. Вопросы науки и образования, (11 (23)).
9. Kunduzova, K. I. (2020). The problems of accounting of liabilities in insurance organizations and its improvement. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 312-318.
717
Scientific Journal Impact Factor
О
10. Shokiraliyevich, G. I. (2021). Role of information and communication technologies in accounting and digital economy. SOUTH ASIAN JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT RESEARCH, 11(5), 17-20.
11. Temirkulov, A. A. (2020). The correct acceptance of the investment decision is a factor of success of implementation of the process. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 689-692.
12. Шоев, Д. А. (2019). Важные факторы повышения качества образования. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).
13. Ismanov, I. N., & Moydinov, E. D. (2020). Concept of importance in audit planning and execution. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(7), 381-391.
14. Якубов, В. F. (2020). ФИНАНСИРОВАНИЕ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОГРАММ В МОДЕРНИЗАЦИИ ПРОИЗВОДСТВА. In МИНТАКА ЩТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ молиявий-хуКУКИй ВА ИННОВАЦИОН ЖИХАТЛАРИ (pp. 547-551).
15. Tohirovich, Q. N. (2021). International financial accounting standards in Uzbekistan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 328-333.
16. Давлятшаев, А. А. (2020). СОЦИАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ. In МИНТАКА ИКТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-ХУКУКИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИХДТЛАРИ (pp. 516-520).
17. Атабаева, З. А. (2019). Организация учета инвестиций на Капитальные вложения. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).
18. https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/9388-2021#yanvar-iyun