Научная статья на тему '“AXLOQI NOSIRIY” ASARIDAGI TA’LIMIY TARBIYAVIY MASALALAR'

“AXLOQI NOSIRIY” ASARIDAGI TA’LIMIY TARBIYAVIY MASALALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
554
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Axloqi Nosiriy” / falsafiy tafakkur / falsafiy katigoriya / demokratizm / so‘fiy axloqi / folklore / ong / tadris usullari va uslublari . / "Ethics of Nasiri" / philosophical thinking / philosophical categories / democracy / Sufi ethics / folklore / consciousness / teaching methods and techniques.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umarov, Muhammadjon Lazzatbek O’g’li

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning ta’lim tarbiyaga oid qarashlari haqida ma’lumot berilgan. Abu Ja’far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida judakatta ahamiyatga ega bo’lgan”Axloqi Nosiriy “ asarida keltirilgan ta’lim tarbiyaga oid ba’zi masalalar va ularga yechimlar muhokama qilingan . Mutafakkirning axloqiy qarashlari mashshoyiyuna yo’nalishi g’oyalarining an’analarini davom ettirganligi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL ISSUES IN THE WORK "AHLAKI NASIRIY"

This article provides information on the views of Nasiruddin Tusi, a prominent figure in Arab-Muslim social thought, on education. Abu Ja'far Muhammad Nasiruddin Tusi discusses some of the issues and solutions related to education mentioned in his book "The Nasirean Ethics", which is of great importance in Islamic philosophy and ethics. It has been reported that the ethical views of the thinker continued the tradition of the ideas of the Mashhaiyya.

Текст научной работы на тему «“AXLOQI NOSIRIY” ASARIDAGI TA’LIMIY TARBIYAVIY MASALALAR»

"AXLOQI NOSIRIY" ASARIDAGI TA'LIMIY TARBIYAVIY MASALALAR

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-849-856

Umarov Muhammadjon Lazzatbek o'g'li

Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti "Ijtimoiy -gumanitar fanlar" kafedrasi

Tayanch doktoranti (PhD) muhammadionumarov344@gmailcom

ANNOTASIYA

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning ta 'lim tarbiyaga oid qarashlari haqida ma 'lumot berilgan. Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida judakatta ahamiyatga ega bo 'lgan "Axloqi Nosiriy " asarida keltirilgan ta 'lim tarbiyaga oid ba 'zi masalalar va ularga yechimlar muhokama qilingan . Mutafakkirning axloqiy qarashlari mashshoyiyuna yo'nalishi g'oyalarining an'analarini davom ettirganligi haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: "Axloqi Nosiriy", falsafiy tafakkur, falsafiy katigoriya, demokratizm, so'fiy axloqi, folklore, ong, tadris usullari va uslublari.

EDUCATIONAL ISSUES IN THE WORK "AHLAKI NASIRIY"

Umarov Muhammadjon Lazzatbek ugli

Tashkent State University of Economics Department of Social Sciences and Humanities Basic Doctorate (PhD) muhammadj onumarov344@gmail .com

ABSTRACT

This article provides information on the views of Nasiruddin Tusi, a prominent figure in Arab-Muslim social thought, on education. Abu Ja'far Muhammad Nasiruddin Tusi discusses some of the issues and solutions related to education mentioned in his book "The Nasirean Ethics", which is of great importance in Islamic philosophy and ethics. It has been reported that the ethical views of the thinker continued the tradition of the ideas of the Mashhaiyya.

Keywords: "Ethics of Nasiri", philosophical thinking, philosophical categories, democracy, Sufi ethics, folklore, consciousness, teaching methods and techniques.

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ В "ЭТИКЕ НАСИРИ"

Умаров Мухаммаджон Лаззатбек ртли Ташкентский государственный экономический университет Департамент социальных и гуманитарных наук Базовая докторская степень (PhD)

АННОТАЦИЯ

В статье представлена информация о взглядах видного деятеля арабо мусульманской общественной мысли Насируддина Туси на образование. Абу Джафар Мухаммад Насируддин Туси обсуждает некоторые вопросы и решения, связанные с образованием, упомянутые в его книге «Ахлаки Насири», которая имеет большое значение в исламской философии и этике. Сообщается, что этические воззрения мыслителя продолжили традицию идей Машхаййа.

Ключевые слова: «Этика Назарета», философское мышление, философские категории, демократия, суфийская этика, фольклор, сознание, методы и приемы обучения.

KIRISH

Sharq Uyg'onishi davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo'lib, insoniylik, insonni ulug'lash g'oyasi ta'lim-tarbiyaga oid asarlarning asosiyda rivoj topdi. Bunday asarlar islom dini ta'sirida yozilgan bo'lib, ularda pand-nasihat, odob-axloq, yaxshlikka yo'naltiruvchi omillar yuqori o'rinda turgan. Sharq Uyg'onish davri falsafasi va pedagogikasida ta'limiy-axloqiy yo'nalish muhim bo'lgan.

"Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo'ldi. Ta'limiy-axloqiy risolalar paydo bo'lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. "Qutadg'u bilig", "Axloqi Nosiriy", "Qobusnoma", "Hibbat ul -haqoyiq", "Guliston", "Bo'ston", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Muhsiniy", "Mahbub ul-qulub" kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta'kidlaganimiz inson shaxsini ma'naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega" [1.335]. Mazkur ta'limiy-axloqiy asarlarda insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari surildi. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o'rgatish "Qur'on" va

850

"Hadis'larni o'rganish va ulardagi ko'rsatmalarni o'zlashtirib olish bilan birga olib borilgan. Shunga ko'ra, "Qur'on" va "Hadis"lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta'sir etgan. Hadislarning ta'siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg'u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehr-u oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o'z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta'limiy-axloqiy asarlarga ta'sir etgan. Ta'limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g'oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta'siri Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asaridan boshlanib, Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibbat ul-haqoyiq", Sa'diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" va boshqa asarlar negizida ko'rinadi. Ham g'oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir.

"Yaqin va O'rta Sharqda Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Tusiy kabi mutafakkirlar ilmiy didaktika asoschilari hisoblanadi. Ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu predmetning mohiyati va o'ziga xosligini tushunish, sodir bo'lishi hamda shakllanishiga e'tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o'rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar" [2.512]

Darhaqiqat, sharq mutafakkirlari uzoq o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va kashfiyotlarida insonni odobli, ma'naviy barkamol mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashga oid yangi g'oya va ta'limotlarni yaratganlar.

Mutafakkir Nasiriddin Tusiy "Axloqi Nosiriy" kitobida yaxshi tarbiya muhimligini ta'kidlaydi. U ota-onalarning huquqlari va burchlari, saxovati, baxt-saodati, insonning olijanob fazilatlari, qadr-qimmati, sadoqati va samimiyligi, sog'lig'i haqida qimmatli tushunchalar bergan va yetti asr o'tgach, ular hali ham o'z ma'nosini yo'qotmagan.

Ilm-fan insonning buyuk fazilatlaridan biridir va ilm-fan madaniyatga erishishning yagona yo'li hisoblanadi. Shu ma'noda taraqqiyotga bilimsiz hech qachon erishib bo'lmaydi. Shu sababli, ilm-fanga e'tibor, ayniqsa, yosh avlodni komillikka, ruhiyatga tarbiyalashda asosiy vosita hisoblanadi. Ilm-fan allomalar tomonidan har doim ulug'langan. Bu ilmda ilohiy va muqaddas kitoblarda yuksak ne'mat sifatida tan olingan qiymatdir. Sharq xalqlarining falsafiy tafakkuri dunyo xalqlarining ma'naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda alohida o'rin tutadi. Xususan, biz Nasiriddin Tusiyning axloqiy masalalarga yondashuvni chuqur tahlil

qilganini, shuningdek, uning bilimga bo'lgan e'tiborini, mukammallik masalasiga yondashganini alohida ta'kidlashimiz zarur. Tusiy ta'rifiga ko'ra axloq - bu yaxshilik va yomonlikning ma'nosini tushuntirib beradigan, odamlarning bir-biriga nisbatan xatti-harakatlarini ifodalaydigan, insonni baxtga etaklaydigan va uni mehnatga tayyorlaydigan fandir. Olimning chuqur axloqiy qarashlari fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy rivojlanishida muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Nasiriddin Tusiyning 12 ta bobdan iborat "Adab ul-mutaallimin" (Talabalar madaniyati) risolasi uning "Axloqi Nosiriy"dan keyin yozilgan asarlaridandir. Ushbu axloqiy asarda muallif endigina fanni o'rganishni boshlagan talabalarni o'rganishning o'ziga xos usullari va uslublarini ko'rsatadi. Olim tadris usullari va uslublarining nozik tomonlariga katta ahamiyat beradi va tadris uslubi talabaning turli ilmiy bilimlarda rivojlanishida muhim rol o'ynashini ta'kidlaydi.

O'rta asr Sharq mutafakkirlarining asarlarida yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishga bo'lgan qarashlari; bu qarashlardagi demokratizm, insonparvarlik va dolzarblik; Abu Nosr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Nasiriddin Tusiylarning shaxs va ta'limni faoliyatning ijtimoiy ahamiyati sifatidagi qarashlari, ayniqsa ahamiyatlidir.

Oldingi mutafakkirlar fikridan farqli ravishda, Tusiy, axloqiy tarbiya sohasiga iqtisod va siyosiy tarbiyani ham kiritadi. Natijada, agar insonning irodasi va qobiliyati bu asosda uyg'un ishlarni amalga oshirsa, bir-birining muvozanatini saqlab tursa, u abadiy baxtga qo'shiladi. Mutafakkir Nasiriddin Tusiy "Axloqi Nosiriy" kitobida yaxshi tarbiya muhimligini ta'kidlaydi. U ota-onalarning huquqlari va burchlari, saxovati, baxt-saodati, insonning olijanob fazilatlari, qadr-qimmati, sadoqati va samimiyligi, sog'lig'i haqida qimmatli tushunchalar bergan va yetti asr o'tgach, ular hali ham o'z ma'nosini yo'qotmagan.

Ilm-fan insonning buyuk fazilatlaridan biridir va ilm-fan madaniyatga erishishning yagona yo'li hisoblanadi. Shu ma'noda taraqqiyotga bilimsiz hech qachon erishib bo'lmaydi. Shu sababli, ilm-fanga e'tibor, ayniqsa, yosh avlodni komillikka, ruhiyatga tarbiyalashda asosiy vosita hisoblanadi. Ilm-fan allomalar tomonidan har doim ulug'langan. Bu ilmda ilohiy va muqaddas kitoblarda yuksak ne'mat sifatida tan olingan qiymatdir. Sharq xalqlarining falsafiy tafakkuri dunyo xalqlarining ma'naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda alohida o'rin tutadi. Xususan, biz Nasiriddin Tusiyning axloqiy masalalarga yondashuvni chuqur tahlil qilganini, shuningdek, uning bilimga bo'lgan e'tiborini, mukammallik masalasiga yondashganini alohida ta'kidlashimiz zarur. Tusiy ta'rifiga ko'ra axloq - bu yaxshilik va yomonlikning ma'nosini tushuntirib beradigan, odamlarning bir-biriga nisbatan

xatti-harakatlarini ifodalaydigan, insonni baxtga etaklaydigan va uni mehnatga tayyorlaydigan fandir.

"Olimning chuqur axloqiy qarashlari fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy rivojlanishida muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Nasiriddin Tusiyning 12 ta bobdan iborat "Adab ul-mutaallimin" (Talabalar madaniyati) risolasi uning "Axloqi Nosiriy"dan keyin yozilgan asarlaridandir. Ushbu axloqiy asarda muallif endigina fanni o'rganishni boshlagan talabalarni o'rganishning o'ziga xos usullari va uslublarini ko'rsatadi. Olim tadris usullari va uslublarining nozik tomonlariga katta ahamiyat beradi va tadris uslubi talabaning turli ilmiy bilimlarda rivojlanishida muhim rol o'ynashini ta'kidlaydi" [3.61]

"Nasiriddin Tusiyning so'zlariga ko'ra, bilim izlayotgan talaba bilimni hurmat va ehtirom bilan egallashi kerak. Ilm-fan sohasini talaba emas, o'qituvchi tanlaydi. Chunki o'qituvchi tadris jarayonida bu boradagi zarur tajribani biladi. O'qituvchi kimda nimaga ehtiyoj borligini va har kimning tabiatiga mos keladigan narsani yaxshiroq biladi. Mutafakkir fanni yaxshi o'rganmoqchi bo'lgan kishi, agar kerak bo'lsa, dars paytida o'qituvchiga yaqin o'tirishi kerak, deb hisoblaydi. Lekin, shuni inobatga olish kerakki, talaba va o'qituvchi o'rtasida kamon masofasi bo'lishi kerak va Tusiy bu masofani hurmat belgisi deb biladi. Mutafakkirning fikriga ko'ra, fan talabani yomon axloqiy fazilatlardan uzoq turishga undaydi, chunki yomon axloq uning nazarida hayvoniy xulq kabidir" [4.62]

U talabani fanni o'rganishda g'ayratli bo'lishga undaydi. Biror narsani xohlagan va uni bor kuchi bilan izlayotgan talaba, oxir-oqibat bu maqsadni topishiga ishonadi. Mutafakkirning fikricha, talaba ilm olish uchun uch kishiga muhtoj: talabaning o'zi, ustozi va otasi. Ilm-fanni o'rganishni maqsad qilgan talaba darsni kechasi-yu kunduzi o'rganishi, qachonki, bo'sh vaqt bo'lsa, uni takrorlashi kerak. Tusiyning fikriga ko'ra, ilm o'rganishni istagan kishi og'ir kunlarini ilm-fan boyliklariga sarflashi kerak. Tusiy, agar talaba o'zi ustida ko'p juda ishlasa va bilimini rivojlantirsa, bu uning uchun baxtdir, deb hisoblaydi. U marhamatni barcha ishlarda katta asos deb biladi. Mutafakkirning aytishicha, fanni o'rganishni istagan talaba ilmda yetarlicha quntga ega bo'lishi kerak. Darhaqiqat, inson o'zining mehnatsevarligi soyasida ikki qanotli qush kabi uchadi. Bu insonning ichki yashirin salohiyatini ochib beradi. Tusiyning so'zlariga ko'ra, sog'lom tanasi va aqli bor odam uchun ilm o'rganishdan bo'yin tablashga hech qanday sabab yo'qligini ko'rsatadi. Shuningdek, u talaba har doim Alloh taologa unga bilim berganligi uchun shukr qilishi kerak, deb hisoblaydi. Shundagina Alloh taolo talabani tavfiq va

hidoyat yo'lini istaganlar yo'liga boshlaydi. Olim fanni o'rganadigan odam mehnatsevar bo'lishi va odamlar boyligiga qaramasligi kerakligini ta'kidlaydi.

Tusiy maktab ta'limiga kengroq e'tibor qaratib, o'qituvchi ilmiy bilimlarni o'quvchilar bilim darajasida mos hajmda oddiydan murakkabga tomon tashkil qilishini aytib: "O'qituvchi doimo darsni takrorlab turishi, kitobning murakkab joylarini o'quvchining bilim darajasiga mos qilib izohlashi lozim. O'quvchiga o'zi tushunmagan narsalarni majburlab yozdirish, o'quvchining bilim olishga qiziqishining susayishiga olib keladi", - deb tushuntiradi. Tusiy o'qituvchining nutq madaniyati va o'qitish qobiliyatiga to'xtalar ekan: "O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin", - deydi. [5.173]. Asarda ilmning fazilati haqida fikr yuritilib shunday deyiladi: "Hech kimga sir emaski, Allohning ne'matlari ichida ilm eng sharaflisidir. Zero, ilm insoniyatga xosdir. Shuning uchun, ilm - abadiy saodatga eltuvchi yo'ldir" Bu vositalar o'quvchilarga bilim berish yo'lidagi o'qituvchining harakatlaridir. Tusiyning ilmiy pedagogik merosining muhim jihatlari o'qituvchi shaxsida ilmlilik va olijanoblikni mujassam holda ko'rgani va ta'lim-tarbiya birligining bola shaxsiga qaratilishi bilan xarakterlanadi.

Nasiriddin Tusiyning fikriga ko'ra, ota-onalarning birinchi muhim vazifasi bolaga yaxshi ism qo'yishdir. Uning fikriga ko'ra, munosib ism uning yanada rivojlanishiga hissa qo'shadigan vosita va aksincha, bolaga mos bo'lmagan ism unga butun umri davomida noqulaylik tug'diradi. Nomaqbul, noo'rin ism bolada kamsuqumlik vujudga keltiradi va uning o'z nafsini his qilishi uning ongida buziladi.

Shu tarzda mutafakkir ta'lim-tarbiyada barcha narsalarga e'tibor qaratgan va ota-onalarga, ustozlar-u shogirdlarga ham shuni tavsiya qilgan.

"Nasiriddin Tusiyning fikriga ko'ra, bu olamda qabih ishlarni qilishdan ko'ra yomon ish yo'q. Va mana shunday qabihliklarning eng yomoni bu - xasaddir. Kindiyning aytishicha, hasad eng qabih kasalliklardan bo'lib, eng razil yovuzliklardandir. Shu sababdan hukamolar aytishganki, kimki o'z dushmaniga biror yomonlikning borib yetishini istasa, yomonlikni sevuvchi bo'lsin. Yomonlik oshig'i yovuz bo'ladi. Undan yovuzroq shunday kishi bo'ladiki, u yomonlikni dushmandan boshqalarga ham ravo ko'radi. Kimki biror xayrli ishni birovga borib yetishini xohlamasa, u o'sha kishiga yomonlikni istaydi" [6.194]. Lekin haqiqatda shijoatli kishi shunday shaxsdirki, uning ehtiyotkorligidan qabih va iflos ishlarni bartaraf qilishdagi jiddu-jahdi ko'proq bo'ladi va hayot xavfidan ham qo'rqmaydi.

XULOSA

Tarixga nazar solsak, Sharq Uyg'onishi davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson muammosi edi. Insoniylik, insonni ulug'lash g'oyasi talim-tarbiyaga oid asarlarning asosiy o'zagi sanalgan. Ta'limiy-axloqiy risolalar paydo bo'lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. "Qutadg'u bilig", "Qobusnoma", "Hibbat ul-haqoyiq", "Guliston", "Bo'ston", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Nosiriy", "Axloqi Muhsiniy", "Mahbub ul-qulub", "Ilm al-Ahlaq"[7] kabi Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa'diy, Nasiriddin Tusiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy Fahriddin Roziylarning [8, 9, 10] ta'limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta'kidlaganimiz inson shaxsini ma'naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. "Axloqi Nosiriy", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Mo'hsiniy" kabi o'rta asr axloq kitoblarida davlatchilik, adolatli jamiyat, odil hukmdor tushunchalari ham so'fiyona qarashlarga bog'lab talqin etiladi. Xo'ja Nasiriddin Tusiyning ijtimoiy-axloqiy masalalarga bag'ishlangan barcha asarlarida bu borada juda muhim va qimmatli maslahatlar berilgan. Ayniqsa, uning "Axloqi Nosiriy" asari tahsinga sazovordir. Mutafakkirning mazkur asari nafaqat ijtimoiy-axloqiy masalalarda, balki tabiiy-ilmiy masalalarda ham ahamiyatli hisoblanadi. Asarda yozuvchi maqsadga yetish uchun avvalo o'zlikni anglash zarurligini ta'kidlaydi. Asarni o'qigan kishi hayotning mohiyatini va mazmunini anglaydi. Uni o'qigan har qanday kishining dunyoqarashi sezilarli darajada yuksaladi. Xulosa qilib aytganda, Nasiriddin Tusiy fanni insonni kamolotga yetaklovchi asosiy mezon sifatida qaraydi. Olimning fikriga ko'ra, nafsni tarbiyalash ilm-fan va ma'rifat jihatdan komillikka erishish uchun asosiy omil sifatida e'tiborga olinadi. Muallif buni ilmiy jihatdan asoslab beradi, ilmli bo'lish komillikka qadam deb aytadi. Buyuk mutafakkirlarimiz amalga oshirgan ishlar va ularning bizga qoldirgan ma'naviy merosi tufayli ular mangu hayotdir, kelasi avlod ular qoldirgan bilimni o'rgangan holda ularni doimo yodga olib yashaydi.

REFERENCES

1. Зунунов А. Педагогика тарихи. Олий укув юртлари учун дарслик. - Т.: «Укитувчи», 2004. - Б.519.

2. Mavlonova R.A. Pedagogika - T.: "O'zbekiston", 2001. - B. 728.

3. Kushshayeva N. The problem of etiquette of receiving knowledge and perfection in works of Nasiruddin Tusi, its significance in the upbringing of youth. Central Asian journal of social sciences and history volume: 02 ISSUE: 02 | FEB 2021 (ISSN: 2660-6836) - P.145.

4. Kushshayeva N. The problem of etiquette of receiving knowledge and perfection in works of Nasiruddin Tusi, its significance in the upbringing of youth. Central Asian journal of social sciences and history volume: 02 ISSUE: 02 | FEB 2021 (ISSN: 2660-6836) - P.145.

5. Чориев А., Чориев Н. Педагогика тарихи методологияси. Узбекистан Республикаси Фанлар академияси. -Т.: «Фан» нашриёти, 2010. - Б.326.

6. ^одиров М. Насриддин Тусийнинг «Ахлоки Носирий» асари ва унинг тахлили. - Т., 2014. - Б.342.

7. M. Saghir Hasan Masumi, "Imam Razi's Ilm al-akhlaq". Kitab Bhavat.: New Delhi, 1992. - p 333

8. Умаржонов, С. С. (2022). Онтологияда субстансия ва аксиденсияга доир таълимотнинг Фахриддин розий томонидан ривожлантирилиши. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 961-968. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-3-961-968

9. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

10. Safarov, M.K., Umarjonov, S.S. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida befoyda o'y surish va ochko'zlik muhokamasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1045-1049.

11. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

12. Saifnazarov, I., Xujayev, M. (2018) Axmad Zaki Validiy islamic culture. Экономика и социум, 2, 55-57.

13. Safarov, M.K. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida insonning o'z kamchilliklarini anglashi va uni bartaraf qilishi muhokamasi Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9),68-72.

14. Adashova, M. (2022) Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosida shaxs ma'naviyatini yuksaltirish masalalari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social science. 2 (1) ISSN 2181-1784.

15. Norov, T., Aliev, B. (2021). Economic issues in philosophical heritage of Alisher Navoi. Uzbekistan on the way to Third Renaissance: Harmony of ethnocultural, historical and economical aspects. (2021 International conference), 102-106.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.