Научная статья на тему 'IQTISODIY BILIMLARNI OSHIRISHDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYОTINI TASHKIL ETISH METODIKASINI LOYIHALASHTIRISH'

IQTISODIY BILIMLARNI OSHIRISHDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYОTINI TASHKIL ETISH METODIKASINI LOYIHALASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻquv amaliyoti / ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv oldi amaliyotlar / innovatsion / eksperimental metod / zamonaviy texnologiyalar / texnologik jarayonlar. / educational practice / production practice and graduation practice / innovative / experimental method / modern technologies / technological processes.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdieva D.Q.

Мақола iqtisodiyot va xoʻjalik yuritish hamda boshqarishning boshqa tarmoqlariga murakkab va doimiy ravishda oʻzgarib turuvchi sharoitda yangi vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan kadrlar talab qilinmoqda. Аyniqsa iqtisodiy mutaxassislikdagi: buxgalterlar, moliyachilar, soliqchilar tarzidagi malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni alohida taʼkidlab oʻtish lozimligi haqida tushuncha beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF A METHODOLOGY FOR ORGANIZING INDUSTRIAL PRACTICE AS A FACTOR IN ENHANCING ECONOMIC KNOWLEDGE

The economy and other sectors of economy and management require personnel capable of solving new problems in complex and constantly changing conditions. It is especially necessary to emphasize the need for qualified specialists in the economic field: accountants, financiers, tax officers.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY BILIMLARNI OSHIRISHDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYОTINI TASHKIL ETISH METODIKASINI LOYIHALASHTIRISH»

Abdieva D.Q. katta o qituvchi Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti

O'zbekiston

IQTISODIY BILIMLARNI OSHIRISHDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI TASHKIL ETISH METODIKASINI LOYIHALASHTIRISH

Аннотация. Мацола iqtisodiyot va xo'jalik yuritish hamda boshqarishning boshqa tarmoqlariga murakkab va doimiy ravishda o 'zgarib turuvchi sharoitda yangi vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan kadrlar talab qilinmoqda. Ayniqsa iqtisodiy mutaxassislikdagi: buxgalterlar, moliyachilar, soliqchilar tarzidagi malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni alohida ta'kidlab o'tish lozimligi haqida tushuncha beradi.

Kalit soízlar: o 'quv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv oldi amaliyotlar, innovatsion, eksperimental metod, zamonaviy texnologiyalar, texnologikjarayonlar.

Abdieva D.K. senior lecturer

Karshi University of Economics and Pedagogy

Uzbekistan

DEVELOPMENT OF A METHODOLOGY FOR ORGANIZING INDUSTRIAL PRACTICE AS A FACTOR IN ENHANCING ECONOMIC

KNOWLEDGE

Annotation. The economy and other sectors of economy and management require personnel capable of solving new problems in complex and constantly changing conditions. It is especially necessary to emphasize the need for qualified specialists in the economic field: accountants, financiers, tax officers.

Keywords: educational practice, production practice and graduation practice, innovative, experimental method, modern technologies, technological processes.

Kirish. Bugungi kunda Respublikamizda bozor munosabatlarining shakllanishi ishlab chiqarish jarayonida raqobatning kuchayishi, malakali mutaxassislarga bo'lgan talabning tobora ortib borishi, mehnat faoliyatini to'g'ri tashkil etish ko'nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

Real iqtisodiyot va xo'jalik yuritish hamda boshqarishning boshqa tarmoqlariga murakkab va doimiy ravishda o'zgarib turuvchi sharoitda yangi vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan kadrlar talab qilinmoqda. Ayniqsa iqtisodiy mutaxassislikdagi: buxgalterlar, moliyachilar, soliqchilar tarzidagi malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni alohida ta'kidlab o'tish lozim. Har bir shaxsning

ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, uning faolligini oshirishga, yangi sharoitlarga moslanuvchanlik qobiliyatini oshirishga yo'naltirilgan o'qitishning innovatsion va eksperimental metodlarining ahamiyati ortib bormoqda.

Axborot jamiyati shakllanayotganligi munosabati bilan o'qitish jarayonida o'quvchilarga ma'lum iqtisodiy axborotlarni berish muhim emas, balki ularda iqtisodiy bilim va ko'nikmalarini mustaqil oshirish malakasini shakllantirishda, butun umri davomida bilim olishga o'rgatish muhim sanaladi. Ana shundan kelib chiqqan holda ta'lim jarayonida ishlab chiqarish amaliyoti joriy etish uchun katta imkoniyatlar ochiladi.

Ishlab chiqarish amaliyoti - nazariy ta'lim jarayonida o'rganilgan umumkasbiy, maxsus bilimlar asosida ish usullari va operatsiyalarini amaliy bajarish bo'yicha ko'nikma hamda malakalarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish ta'limi o'quv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv oldi amaliyotlarini o'z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish amaliyoti malakali ishchi kadrlar tayyorlash bo'yicha kasb tayyorgarligining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ishlab chiqarish amaliyotining vazifasi - hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalariga malakali kadrlarni tayyorlash, o'quvchilarning o'rganayotgan kasblari bo'yicha bilim, ko'nikmalarini mustahkamlash va takomillashtirishdan iboratdir.

Ishlab chiqarish amaliyoti boshlanishidan bir oy oldin universitet va ishlab chiqarish amaliyoti o'tkazilishi mo'ljallangan korxona (tashkilot, xo'jalik) bilan o'quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o'tkazishlari to'g'risida shartnoma tuzishi lozim. Shartnomada kasblar bo'yicha ishlab chiqarish amaliyotiga yuborilayotgan o'quvchilar soni, uni o'tkazish muddati, sharoit va tartiblari, ishlab chiqarish texnologiyasi, sanitar-texnik tozalik va mehnat sharoiti va tomonlarning o'zaro majburiyatlari ko'rsatiladi.

Korxonaning mulkchilik shaklidan va yuborilayotgan talabalar sonidan qat'iy nazar, o'quvchilarni ishlab chiqarish amaliyotiga yuborayotgan o'quv muassasasi har bir korxona (tashkilot, xo'jalik) bilan alohida shartnoma tuzadi.

Ta'lim jarayonida ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning kasbiy tayyorgarlik, mahorati, iqtisodiy bilimi, ko'nikma va malakalarini hamda aqliy qobiliyatini rivojlantirishda juda muhim sanaladi.

Mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha amaliyot davrida har bir talaba yakka tartibdagi topshiriqlarni bajaradilar. Odatda, bunday topshiriqlar ikkita qismdan iborat bo'ladi:

- birinchi qismning mazmuniga korxona to'g'risida umumiy ma'lumotlarni olish kiradi;

- ikkinchi qismi esa alohida texnologik jarayonlarni tahlil qilishni o'z ichiga oladi.

Buxgalterlar uchun 3,4 halaga mo'ljallangan mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha talabalar amaliyotida korxona buxgalterlik hisobini tashkil etishda umumiy ma'lumotlarni to'plash va korxonaning keyingi yillar mobaynidagi moliyaviy faoliyati tahlilini o'tkazish kiradi. Bu amaliyotni tashkil etishda

buxgalterlik hujjatlari, amaliyot korxonasining hisobotlari bilan ishlash ko'nikmalarini tashkil etish nazarda tutiladi.

Ko'rsatilgan bilim va ko'nikmalarni amalga oshirish uchun amaliyotga beriladigan topshiriqlar o'quvchilarni izlanuvchan va diagnostik faoliyatni bajarishga yo'naltiriladi. Ularning qo'llash faoliyatning turli sharoitlarida, keng doiradagi masalalarni yechishda amalga oshirishga imkon beradi. Talabalarni amaliyotda izlanish, muammolarida hal etishga jalb qilish uning ishlab chiqarishdagi faoliyati mantiqini tubdan o'zgartiradi.

Bular hisobot mazmunida aks etadi, bu yerda u ma'lumotlar to'plami bayon qilinadi, ishlab chiqarish vaziyatining asosli tahlilini keltiradi va uni yechish yo'llarini taklif etishga majbur bo'ladi.

Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

- nazariy tayyorgarlik jarayonida va avvalgi amaliyotlarda olingan bilimlar va ko'nikmalarni umumlashtirish va chuqurlashtirish;

- zamonaviy texnologiyalar, iqtisodiyot, mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarish tuzilmasi bilan tanishish;

- tashkilotchilik ko'nikmalarini egallash;

- hisobot uchun materiallar to'plash va tayyorlash.

Talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan ta'lim metodikasi ma'lum talablarga javob berishi keraK:

- ta'lim maqsadini, ya'ni nimaga va nima uchun o'qitish lozimligini aniq ta'riflash;

- ta'lim mazmunini tanlash, ya'ni nimaga o'rgatish lozimligini aniqlash;

- o'quv jarayonini tashkil etishga yordam berish, ya'ni qanday o'qitish kerakligini belgilab olish;

- o'qituvchilarning kasbiy malakasi darajasini hisobga olish, ya'ni kim o'qitishi kerakligini aniqlash;

- ta'limda erishilgan natijalarni baholash, ya'ni haqiqatdan ham ko'zlangan maqsadga erishilganligini aniqlash.

Yuqorida keltirib o'tilgan talablarni kompleks tarzda amalda qo'llash o'quv jarayoni va uning metodikasi mohiyatini belgilab beradi.

Pedagogik masalani qo'yish o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

- amaliy ta'lim maqsadlarini taxlili etish va ular asosida amaliyot mazmunini aniqlash;

- amaliyot mazmunini tuzilmalarga ajratish va uni o'quv elementlari tizimi ko'rinishida taqdim etish;

- o'quv elementlarini o'zlashtirish bo'yicha topshiriqlar;

- o'quvchilarning o'quv materialini qay darajada o'zlashtirganligini xarakterlovchi dastlabki bilimlarini cheklashlarni hisobga olish.

Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida o'quvchilarning nazariy bilimlari yanada mustahkamlanib, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirilishi lozim.

Bu ishlarning real sharoitda maksimal darajada yaqinlashtirilgan holda tashkil etilishini e'tiborga olib, amaliyotchilar ish o'rinlariga joylashtiriladi.

Bunday amaliyotlar natijasida talabalar o'z mutaxassiliklari bo'yicha kasblarini mukammal o'zlashtiradilar.

ADABIYOTLAR

1.Абдиева Д. К., Шодиев Б. Т. НЕОБХОДИМОСТЬ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА И ЭФФЕКТИВНОСТИ СИСТЕМЫ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ // Вестник науки. 2020. №11 (32). URL:https://cyberleninka.ru/article/n/neobhodimost-distantsionnogo-obucheniya-v-povyshenii-kachestva-i-effektivnosti-sistemy-vysshego-obrazovaniya (дата обращения: 08.11.2024).

2.Шодиев Б. Т., Абдиева Д. К. УВЕЛИЧЕНИЕ ОБЪЕМОВ ПРОИЗВОДСТВА ПРОДУКЦИИ КАРАКУЛЕВОДСТВА // Экономика и социум. 2023. №12 (115)-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/uvelichenie-obemov-proizvodstva-produktsii-karakulevodstva (дата обращения: 08.11.2024).

3. Дустова М. САМОСТОЯТЕЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ: КАК УЛУЧШИТЬ СВОИ НАВЫКИ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ //Экономика и социум. - 2023. - №. 10 (113)-2. - С. 583-588.

4. Дустова М. Х. ЭВОЛЮЦИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ УЧЕНИЙ В ГОСУДАРСТВАХ ШЁЛКОВОГО ПУТИ: ОТ ДРЕВНИХ ФОРМ ТОРГОВЛИ ДО ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ПОЛИТИКИ ИМПЕРИЙ //Science and innovation. -2024. - Т. 3. - №. Special Issue 46. - С. 68-71.

5. Khamraeva S. N. The role of infrastructure in the socio-economic development of agriculture in the context of anti-crisis measures //Regional features of mitigating the effects of the global financial and economic crisis in Uzbekistan. Proceedings of the Republican scientific-practical conference.-Termez. - 2014. - С. 182-184.

6. Хамраева С. Н. ^ишло; инфратузилмасини инновацион ривожлантириш. -2017.

7. Khamraeva S. N. Strategy for Development of Electronic Business. - 2023.

8. Nomazov B. B. ADVANTAGES OF MODERNIZATION OF THE TAX SYSTEM //Экономика и социум. - 2024. - №. 4-2 (119). - С. 358-362.

9. Номазов Б. Б. РОЛЬ СТАТИСТИЧЕСКОЙ ИНФОРМАЦИИ В УЛУЧШЕНИИ НАЛОГОВОГО КОНТРОЛЯ //Экономика и социум. - 2024. -№. 2-1 (117). - С. 1237-1241.

10. Nomazov B. B. On the issues of improving the conceptual basis of the modernization of the tax system //Экономика и социум. - 2023. - №. 5-1 (108). -С. 238-243

11. Ochilova N. A. Farming Management and their Economic Efficiency //Innovation in the Modern Education System. - 2023. - Т. 3. - №. 28. - С. 177184.

12. Ochilova N. A. Economic performance of dehkan farms in kashkadarya region //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. - 2022. - Т. 117.

13. Akramovna O. N. SCIENTIFIC ON INCREASING THE EFFICIENCY OF CROP PRODUCTION ON FARMS AND PEOPLE'S HOMESTEADS RECOMMENDATION ANALYSIS //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2022. - С. 300-303.

14. Samiyeva G. Ijtimoiy sohada maqsadli jamg 'armalar va ijtimoiy fondlar faoliyatini takomillashtirishning xorij tajribasi //THE INNOVATION ECONOMY. - 2024. - T. 2. - №. 02.

15. CaMHeBa r. AXP-HH OAPOBOHHHFHHH OmHPHm^A H^THMOHH HHOPATY3HHMAHH PHBO^^AHTHPHmHHHr AXAMHflTH //Nashrlar. -2023. - C. 509-511.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.