Научная статья на тему 'INVESTITSIYA LOYHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA NARXLARNI SHAKILLANISHI'

INVESTITSIYA LOYHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA NARXLARNI SHAKILLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
163
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / smeta / narx / loyiha. / Investment / estimate / price / project.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Arslanbekov S.M.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qurilish sanoatining yangicha smeta va meyyoriy-huquqiy bazaga o`tishi resurslarning haqiqiy qiymati va ularning narxi o`rtasidagi ziddiyat, investitsiya faoliyati subyektlari o`rtasidagi zamonaviy bozor munosabatlari, zamonaviy yuqori samarali qurilish texnologiyalari, materiallar, mahsulotlar paydo bo`lishi bilan oldindan belgilab qo`yilgan edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRICING IN THE FINANCING OF INVESTMENT PROJECTS

Financing of investment projects The transition of the construction industry to a new estimate and regulatory framework with the emergence of a contradiction between the real value of resources and their prices, modern market relations between investment entities, the emergence of modern high-performance construction technologies, materials, products was predetermined.

Текст научной работы на тему «INVESTITSIYA LOYHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA NARXLARNI SHAKILLANISHI»

TOSHKENT DAVLAT ,n„

TRANSPORT UNIVERSITETI 2022

Tashkent ststs

transport university Tashkent state transport university

INVESTITSIYA LOYHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA NARXLARNI SHAKILLANISHI.

Arslanbekov S.M.

Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O'zbekiston)

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qurilish sanoatining yangicha smeta va meyyoriy-huquqiy bazaga o4ishi resurslarning haqiqiy qiymati va ularning narxi o'rtasidagi ziddiyat, investitsiya faoliyati subyektlari o'rtasidagi zamonaviy bozor munosabatlari, zamonaviy yuqori samarali qurilish texnologiyalari, materiallar, mahsulotlar paydo bo'lishi bilan oldindan belgilab qo'yilgan edi. Investitsiya, smeta, narx, loyiha.

ЦЕНООБРАЗОВАНИЕ ПРИ ФИНАНСИРОВАНИИ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ.

Арсланбеков С.М.

Ташкентский государственный транспортый университет (Ташкент, Узбекистан)

Аннотация: Финансирование инвестиционных проектов Переход строительной

отрасли на новую сметно-нормативную базу с возникновением противоречия между реальной стоимостью ресурсов и их ценами, современные рыночные отношения между субъектами инвестирования, появление современных высокоэффективных строительных технологий, материалов, продуктов было предопределено.

Ключевые слова: Инвестиции, смета, цена, проект.

PRICING IN THE FINANCING OF INVESTMENT PROJECTS.

Annotatsiya:

Kalit so'zlar:

Arslanbekov S.M.

Tashkent state university of transport (Tashkent, Uzbekistan)

Annotation:. Financing of investment projects The transition of the construction industry to a new estimate and regulatory framework with the emergence of a contradiction between the real value of resources and their prices, modern market relations between investment entities, the emergence of modern high-performance construction technologies, materials, products was predetermined.

Keywords: Investment, estimate, price, project.

Ishlab chiqarish sohasidagi bozor munosabatlari muhandislarni iqtisodiy jihatdan tayyorlashda yangi yondashuvlarni talab qiladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini baholash usullarini yanada rivojlantirish va unifikatsiyalash xalqaro amaliyotda keng qo'llaniladigan metodologiyaga asoslangan bo" lib, bozor muhitiga yo'naltirilgan.

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent stste

transport university Tashkent state transport university

Zamonaviy sharoitda investitsiya va qurilish faoliyatini tashkil etish davlat siyosatining yo'l qurilishi faoliyati sohasidagi yangicha yondashuvi bilan bog'liq holda o'ta jiddiy ahamiyat kasb etadi.

Yo'l-qurilish mahsuloti deganda qurilgan va foydalanishga topshirilgan avtomobil yo'llari tushuniladi.

Yo'l qurilishining smeta qiymati uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag'ni ko'rsatadi. Qurilishning smeta qiymati asosida qurilish mahsulotlarining erkin (shartnomaviy) narxi shakllantiriladi. Qurilish mahsuloti tannarxi investor (buyurtmachi) va pudratchi tomonidan teng asosda baholanadi. Buning uchun investor va pudratchi smetalari tuziladi.

Ishlab chiqarishning rentabelligini ta'minlash uchun quruvchilar smeta narxlash masalalarini bilishlari talab etiladi.

Butun investitsiya loyihasi tsikli dastlabki g'oyada, g'oyani loyihalashtirishda, qurilish ishlab chiqarishida va obyektni ishlatishda ifodalangan iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, texnologik vazifalar majmuini o'z ichiga oladi.

Qurilish sanoatining yangicha smeta va meyyoriy-huquqiy bazaga o'tishi resurslarning haqiqiy qiymati va ularning narxi o'rtasidagi ziddiyat, investitsiya faoliyati subyektlari o'rtasidagi zamonaviy bozor munosabatlari, zamonaviy yuqori samarali qurilish texnologiyalari, materiallar, mahsulotlar paydo bo'lishi bilan oldindan belgilab qo'yilgan edi.

Qurilish mahsulotlarining qiymati loyiha, smeta meyyorlari, narxlar va boshqa ma'lumotlar asosida hisob-kitoblar bilan belgilanadi.

Narx shakllanishining (hosil bo'lishining) o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- qurilish mahsuloti narxini shakllantirishda bir vaqtning o'zida loyihachi, buyurtmachi va pudratchi tashkilot ishtirok etadi;

- qurilayotgan yo'llar va inshootlarning individual xarakterga egaligi;

- yo'l qurilishining chiziqliligi;

- qurilish mahsulotining narxi ko'p jihatdan mahalliy qurilish sharoitlariga bog'liq;

- qurilish jarayoni ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi;

- qurilish mahsulotining ko'p material talab qilishi;

- smeta bo'yicha foydani hisobga olish va ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymatini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari;

- qurilish mahsulotlari qiymati loyiha, smeta meyyorlari va boshqa ma'lumotlarga asoslanib tuzilgan smeta asosida aniqlanadi.

Qurilishni moliyalashtirish va kreditlash xususiyatlari birinchi navbatda qurilish jarayonining davomiyligi bilan bog'liq.

TOSHKENT DAVLAT

TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent stste

transport university Tashkent state transport university

Qurilish mahsulotining kelishilgan narxi pudratchiga ishlab chiqarish xarajatlari rentabelliligini va belgilangan stavka miqdorida tegishli foyda bilan ta'minlasa, investorga (buyurtmachiga) - obyektni qurish uchun sarmoyalar hajmini aniqlash imkonini beradi. Bunday holda, shartnomaviy narx ham smeta faoliyati asosida, ham tegishli meyyorlardan foydalangan holda tomonlarning kelishuvi bo'yicha belgilanishi mumkin.

Smeta-meyyoriy va huquqiy baza narxlarni shakllantirish usubi investor va pudratchi tomonidan muzokaralar jarayonida belgilanadi va mehnat (pudrat) shartnomasida qayd etiladi (1-ilova).

Qurilish mahsulotlarining narxi, odatda, moliyalashtirish manbalari va bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblardan qafi nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy bo'lgan kelishilgan va tasdiqlangan uslubiy hujjatlar asosida shakllantiriladi (ShNQ-4.01 16-09).

Yangi smeta-normativ (meyyoriy) baza qurilish mahsulotining shartnomaviy narxlarini shakllantirish, investitsiya joylash siklining turli bosqichlarida uning smeta bmyicha qiymatini aniqlash, haddan tashqari markazlashuvsiz va qaf iy tartibga solmagan holda qurilish mahsulotining smetaga ko'ra qiymatini aniqlashning variantli va moslashuvchan yondashuvni ta'minlab beradi.

Smeta-normativ baza - bu qurilish narxini aniqlash tartibini belgilab beradigan huquqiy, uslubiy, meyyoriy hujjatlar to'plami.

Qurilishdagi narxlar shakllantirish va smeta meyyorlarining amaldagi tizimi o z ichiga qurilishning smeta bo'yicha qiymatini aniqlash uchun zarur bo'lgan davlating smeta bo'yicha joriy normativlarini o'z ichiga oladi.

2009 yilgi yangi me'yoriy-smeta bazasida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o'rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni amalga oshirish va qurilish mahsulotlarining smeta bo'yicha qiymatlarini aniqlash uchun quyidagi shartlar qo'yildi:

qurilish mahsulotlariga shartnomaviy narxlarni shakllantirish imkoniyati;

investitsiya jarayoni subyektlarining investitsiya jarayoni ishtirokchilari tengligi prinsipiga rioya qilgan holda mustaqilligi, tomonlarning qurilish mahsulotlari narxini belgilashdagi o'zaro kelishuvi;

investitsiya siklining turli bosqichlarida qurilish mahsulotlarining qiymatini aniqlash;

xarajatlarni hisoblashda tegishli me'yoriy bazani tanlash uchun kengroq imkoniyatlarga ega bo'lish maqsadida yiriklashtirilgan, shuningdek elementlar bo'yicha hisoblangan smeta normativlarining to'liq to'plamini ta'minlash;

haddan tashqari markazlashtirilmagan va qafiy tartibga solinmagan holda qurilish mahsulotlarining narxlarini aniqlashga variantli va moslashuvchan yondashuv;

TOSHKENT DAVLAT

TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent stste

transport university Tashkent state transport university

qurilishni amalga oshirish uchun tarmoq, hududiy va mahalliy sharoitlarni hisobga olish uchun davlat normativ-smeta bazasining (GOS) tavsiyaviy xususiyati va ushbu xususiyatlarni ana shu smeta normativlarida aks ettirish.

Bunday yondashuv CTzbekiston Respublikasining umumiy narx-navo siyosatiga mos kelish, yo'l-qurilish tarmog'ining o'ziga xos xususiyatlariga rioya qilish, qurilish mahsulotlarining qiymatini mahalliy sharoitlar, tabiiy, geografik va iqtisodiy omillarni hisobga oigan holda aniqlash imkonini beradi.

Qurilish mahsulotlari narxli bir vaqtning o'zida investitsiya faoliyatining bir nechta mustaqil subyektlari - har biri o'z maqsadlari va vazifalariga ega bo'lgan investor, buyurtmachi, loyihachi va pudratchi kabilar ishtirokida shakllantiriladi.

Investor va buyurtmachining asosiy vazifasi eng qisqa muddatlarda minimal xarajat bilan obyektni loyihalashtirish va qurishdan iborat bo"lib, bu tez daromad keltiradi. Loyihachi va buyurtmachining asosiy vazifasi esa qurilish mahsuloti tannarxini ko'tarish yoki qurilishda taraqqiyotga erishish orqali qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining rentabelligiga erishish hisoblanadi. Bu qurilish mahsulotining narxini aniqlashda alohida shartlar qo'yib, ziddiyatlar esa shartnoma tuzish va shartnoma narxini aniqlash jarayonida muayyan stimulyatorlarni qo"llagan holda hal etiladi.

Qurilish mahsulotlari narxi buyurtmachi va pudratchi tomonidan shartnoma tuzish yoki kontrakt imzolash tartibida teng asosda baholanadi. Qurilish narxini texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida va loyiha arafasida baholash bo'yicha investitsion takliflarni tayyorlashda investorning buyurtmasiga ko'ra investor smetalarini (hisob-kitoblar, xarajatlar hisobi) tuzish tavsiya etiladi. Investor tomonidan yuborilgan tender hujjatlari asosida kapital qurilish uchun shartnoma tuzishga tayyorgarlik ko'rishda pudratchi smetasini tuzish tavsiya etiladi (hisob-kitoblar, smetalar, qurilish mahsulotlari tannarxining hisobi).

Investor va pudratchining smetalari muqobil asosda turli usullar bilan tuzilishi mumkin bo" lib, ular shartnoma shartlari va umumiy iqtisodiy vaziyatga bog'liq. Xususan, bular resurs, resurs-indeksli, bazis-indeksli, bazis-kompensatsion va analogli usul (ilgari qurilgan yoki loyihalashtirilgan obyekt- analoglar qiymatiga oid ma'lumotlar bankining qo'llanilishi) bo'lishi mumkin.

Qiymatni aniqlashning resursli usuli - bu loyiha yechimini amalga oshirish uchun zarur resurslarni (xarajat elementlarini) joriy (prognozli) narxlar va tariflarda hisoblashdan iborat. Hisoblash materiallarga, mahsulotlarga, inshootlarga tabiiy hisoblagichlarda i(|)odalangan masofa va ularni qurilish maydonchasiga yetkazish usullari, texnologik maqsadlar uchun energiya tashuvchilar sarfi, qurilish mashinalarining ishlash muddati va ularning tarkibi, ishchilarning mehnat xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu resurslar loyiha materiallari, normativ va boshqa manbalar tarkibidan ajratiladi. Resursli

TOSHKENT DAVLAT ,n„

TRANSPORT UNIVERSITETI 2022

Tashkent state

transport university Tashkent state transport university

usul har qanday vaqtda, shu jumladan qurilish paytida resurslarning qo'shimcha xarajatlarini hisobga olgan holda qurilish mahsulotlarining smeta bo'yicha qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Joriy darajadagi smeta bo'yicha narx (CP te) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Tsr tu. — Nb + Ip

bu yerda: Ip - ma'lum bir resursga narxlar indeksi;

Nb - bazis darajadagi narx,

bashorat darajasidagi hisobiy narx (Npr) quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:

CBxIp

Npr =----------------

Iinf

bu yerda: Iinf. = inflyatsiya indeksi

Iqtisodiy vaziyat barqarorlashib, bozor tuzilmalari va narxlarning shakllanishi tugashiga qadar smeta bo'yicha qiymatni aniqlashning mumkin bo'lgan barcha usullari ichida resursli va resurs-indeksli usullar ustuvor ahamiyatga ega.

Smeta bo'yicha qiymatini aniqlash uchun quyidagilarni bilish va ega bo'lish shart:

- yangi qurilish uchun: yo'llar, inshootlar, ularning qismlari va konstruktiv elementlari parametrlari ular tarkibida qabul qilinadigan loyiha va ish hujjatlari, shu jumladan: chizmalar, qurilish-montaj ishlari hajmining vedomostlari, uskunalarning texnik shartlari (spetsifikatsiyalari) va vedomostlari, qurilish loyihasida qabul qilingan qurilishni tashkil etish va uning navbatliligi bo'yicha asosiy qarorlar, shuningdek ko'rsatilgan materiallarga izoh yozuvlari;

- ta'mirlash ishlarini bajarish uchun: nuqsonlar bayonnomasi;

- amaldagi smena bo'yicha normativlar, uskunalar, konstrukijiyalar va inventalrlarning sotilish narxlari.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. ShNQ-4.01.16-09 "Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narhda aniqlash qoidalari"

2. X.M.Gumba, E.E.Ermolaev. i drugie. IJenoobrazovanie i smetnoe delo v stroitelbstve. Uchebnoe posobie, 3-izdaniya, M.:YUrayt? 2017.- 372 str.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.