PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
INVESTITSIYA FAOLIYATIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ikramova Mehribon Abdushukurovna
O'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston
([email protected]) https://doi.org/10.5281/zenodo.13335234 Annotatsiya: Mazkur maqola investitsiya va investitsiya faoliyati tushunchasining mazmun-mohiyati, uning subyektlari hamda investistiya va investitsiya faoliyati turlari bilan bog'liq masalalar hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishning afzalliklari hamda investitsiyalarni kiritishda investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar atroflicha yoritilgan. Investitsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlariga qaratilgan tadqiqotlar va analizlar investitsiya sohasidagi qo'shimcha ma'lumotlarni o'rganishda asosiy bo'lishi mumkin. Bu omillar o'z ichiga sarmoya qilishning o'ziga xos qiyinchiliklari va foydalanuvchilarga o'z xususiyatlarini taqdim etadi. Investitsiya faoliyati va sarmoya qilishda kritik omillarni tushuntiradi va ularga e'tibor qaratadi. Bu omillar investitsiyalarni shakllantirishda, o'sish potentsialini aniqlashda va risklarni boshqarishda muhimdir..
Kalit so'zlar: Invsestitsiya, investitsiya faoliyati, investitsiya faoliyati ishtirokchilari, investitsiya siyosati, investitsiya majburiyati, investitsiya shartnomasi, reinvestitsiyalar, kapital investitsiya, moliyaviy investitsiya, real investitsiya.
KIRISH
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida modernizatsiyalash va sanoatni jadal rivojlantirish, viloyat, shahar va tumanlarda kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yo'lga qo'yish, mamlakatning barqaror iqtisodiy o'sishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvida investitsion faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi mazkur faoliyat mamlakatda ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishga, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, kichik biznes va xusussiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlashga, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga, korxonalarning moddiy texnik bazasini yangilashga hamda iqtisodiyotning barqaror o'sishiga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham investitsion faoliyatni qo'llab-quvvatlovchi har bir davlat o'zining bu boradagi aniq maqsadlarini ifodalovchi o'z dasturlarini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni turli sohalarga jalb etish, ularning ko'lamini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag'batlantirish bo'yicha turli ishlar olib borilmoqda. Bu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi
O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-son Farmonini ta'kidlab o'tish joiz. Mazkur farmonda mamalakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishni nazarda tutuvchi aniq rejalar o'z ifodasini topgan. Bular qatorida investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo'yicha, "pastdan-yuqoriga" tamoyili asosida, yangi tizimni yo'lga qo'yish, 2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish, hamda har yili Toshkent shahrida "Toshkent xalqaro investitsiya forumi"ni o'tkazishni yo'lga qo'yish
alohida e'tirofga ega [O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022—2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-son Farmoni.// https://lex.uz/uz/docs/-5841063#-5844198].
Forum miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshib bormoqda. Taqqoslash uchun TXIF-2022 (birinchi forum) forumiga 56 davlatdan 2 mingdan ortiq yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurgan. TXIF-2023 esa 70 ta mamlakatdan 2500 nafar ishtirokchi jamlangan. Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumini o'tkazish jarayonida 164 ta investitsiya bitimi va shartnomalari imzolandi. Shartnomalarning umumiy miqdori 11 milliard dollarni tashkil etdi [Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2023 yakunlari//
https://invest.gov.uz/oz/mediacenter/news/results-of-the-second-tashkent-international-investment-forum-2023/].
1 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez usullaridan, tizimli va majmuaviy yondashuv usullardan foydalanilgan.
2 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Investitsion faoliyat tushunchasiga turli iqtisodiy va yuridik adabiyotlardaxilm-xil fikrlar keltirib o'tilgan. Xususan, investitsion faoliyat tushunchasi investitsiya hamda investor kabi tushunchalarga asoslangan bo'lib, bu bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun dastlab mazkur tushunchalar haqida so'z yuritish lozim. "Investitsiya" atamasi lotincha so'zdan olingan bo'lib, "invest", ya'ni "qo'yilma" degan ma'noni anglatadi. Umuman olganda, investitsiya deganda foyda olish yoki boshqa foydali maqsadga erishish uchun tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatga jalb qilinadigan pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, moddiy va nomoddiy boyliklar, shu jumladan, mol-mulkka bo'lgan huquqlar nazarda tutiladi.
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Muayyan sohaga investitsiya kiritish bevosita investitsion faoliyat natijasidaamalga oshiriladi. Investitsion faoliyat investitsiyaga nisbatan keng tushuncha bo'lib hisoblanadi. Jumladan, A.N.Alekseyev investitsion faoliyatni investornining daromad olish yoki boshqa foydali natijaga erishish maqsadida investitsiya qo'yilmalari bilan bog'liq harakatlari sifatida tavsiflaydi [Мелкумов Я. С. Экономическая оценка эффективности инвестиций и финансирование инвестиционных проектов. - М.: ДИС, 2016. - 344 с.]. N.I.Kleyn esa investistion faoliyat bu avvalo, foyda olish maqsadida pul vositalarini hamda boshqa mol-mulklarni joylashtirishni amalga oshirish ekanligini ko'rsatadi [Предпринимательское право: курс лекций / Под ред. Н.И. Клейн. М. 1993. С. 143.]. D.S.Ratnikova o'z ilmiy ishlarida investitsiya faoliyatiga ta'rif berar ekan, mazkur faoliyat foyda olish yoki boshqa foydali natijaga erishish uchun mol-mulkni yoki mol-mulkka bo'lgan huquqni qonunda nazarda tutilgan faoliyat turiga tavakkalchilik asosida jalb etish va uni amalga oshirish bosqichlari majmui hisoblanishini keltirib o'tadi [См.: Ратникова Д.С. Правовое регулирование инвестиционной деятельности в Российской Федерации: дис. канд. юрид. наук. М., 2011. 214 с.].
"Investitsiya va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko'ra, investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmuidir ["Investitsiyalarva investitsiya faoliyati
to'g'risida"qonun//https://lex.uz/docs/-4664142].
3 TAHLIL VA NATIJALAR Investitsion faoliyat foyda olish maqsadida sarmoyalarni investitsiya obyektiga joylashtirish bilan bog'liq harakatlar yig'indisini ifodaydi. Amaliyotda, investitsion faoliyat kompaniyalar, fondlar, shaxslar va boshqa tashkilotlar tomonidan olib boriladi va uning maqsadi moliyaviy daromad olish, kapitalni o'zgartirish va uning samaradorligini oshirishdir.
Investitsion faoliyatga ta'sir etuvchi bir nechta omillarni keltirish mumkin:
Davlat siyosati va qonunchilik: Davlat siyosati va qonunchilik investitsiyalar uchun muhimdir. Sababi investitsiyalar uchun mos qonunlar investitsiyalarni jalb qilishga va ularning iqtisodiy ko'lamini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Iqtisodiy muhit: Narxlarning barqarorligi, inflatsiya darajasining pastligi va iqtisodiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar investitsiyalar uchun katta ahamiyatga ega.
Infrastruktura: Yaxshi rivojlangan infrastrukturaga ega bo'lgan hududlarda investitsiyalarni jalb qilish osonroq bo'ladi. Boisi, infrastruktura, tarmoq, transport, energiya taminoti va boshqa muhim sohalar investitsion faoliyatni boshlashning asosiy elementlari hisoblanadi.
Xalqaro xavfsizlik va moliyaviy barqarorlik: Xalqaro xavfsizlik holati va moliyaviy barqarorlik xalqaro investitsiyalar uchun katta ahamiyatga ega.
www.in-academy.uz
Xavfsizlik va barqarorlik arzon va ishonchli investitsiyalarni jalb qilishda muhim omillar bo'lib hisoblanadi.
Bu omillar investitsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash, ularga yo'l ochish va ularni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu o'rinda investitsion faoliyatning bir nechta ijobiy jihatlarini keltirish mumkin:
Iqtisodiy rivojlanish: Investitsiyalar iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratadi. Kapital va moliyaviy resurslar investitsiyalar orqali qayta ishlangan va yangi loyihalarga yo'l ochadi, shuningdek, yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Ish joylarining yaratilishi: Investitsiyalar yangi ish joylarining yaratilishiga olib keladi. Yangi loyihalar va korxonalar, investitsiyalarning o'sishiga olib keladi va shu bilan birga ish o'rinlari ham o'sadi.
Teknologik rivojlanish: Investitsiyalar texnologik rivojlanishni oshiradi. Kompaniyalar yangi texnologiyalar va innovatsiyalarga moliyaviy resurslarni investitsiya qilish orqali yondashishadi, shuningdek, yangi texnologiyalar rivojlanishini va qo'llab-quvvatlashini ta'minlashadi.
Daromad oshirish: Investitsiyalar moliyaviy daromadni oshirishga yordam beradi. Kompaniyalar va mamlakatlar investitsiyalar orqali yangi daromad manbalari va moliyalashuvlar topishadi.
Infrastruktur rivojlanishi: Investitsiyalar infrastruktur rivojlanishiga yordam beradi. Transport, kommunikatsiya, energiya taminoti va boshqa sohalar investitsiyalar orqali rivojlanadi, shuningdek, yangi loyihalar va proyektlar tashkil etiladi.
Xalqaro hamkorlikni oshirish: Investitsiyalar xalqaro hamkorlikni oshirishga imkoniyat yaratadi. Chet el kompaniyalari va mamlakatlar investitsiyalar orqali bir-biriga yordam beryapti va o'zaro munosabatlarni rivojlantiradi.
2023 yilda mamlakatda investitsiyaviy faollik keskin oshdi va 2022 yildagi 0,2 foizga nisbatan 22,1 foizga o'sdi. Bu natijaga markazlashmagan investitsiyalarning o'sishi hisobiga erishildi. Xususan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 58,9 foizga o'sdi (bunda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar deyarli 2 baravarga), tijorat banklari va qarz hisobiga amalga oshirilgan investitsiyalar 17,9 foizga, aholi mablag'lari hisobiga kiritilgan investitsiyalar 8,9 foizga o'sdi. Biroq, korxonalar tomonidan o'z mablag'lari hisobiga kiritiladigan investitsiyalarning pasayishi kuzatilmoqda.
2023 yilda markazlashtirilgan investitsiyalar 0,7 foizga qisqardi. Xususan, byudjetdan investitsiyalarning kamayishi 11,4 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, hukumat kafolati asosida jalb etilayotgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmlari 30 foizga oshdi.
Yil yakunlari bo'yicha asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmida markazlashtirilgan investitsiyalarning ulushi pasayishda davom etdi hamda 2022 yildagi 15,7 foizdan 12,7 foizgacha kamaydi. Markazlashtirilmagan
investitsiyalarning ulushi esa mos ravishda 84,3 foizdan 87,3 foizga oshdi [O'zbekiston iqtisodiyotining 2023
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
www.in-academy.uz
yilda rivojlanishi// https://review.uz/uz/post/razvitie-ekonomiki-uzbekistana-v-2023-g].
2023-yil yakuniga ko'ra, O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmi avvalgi ikki yildagidan kamroq bo'ldi, bu Markaziy bank tomonidan e'lon qilingan to'lov balansi bo'yicha ma'lumotlardan kelib chiqadi.
Undan keyingi o'rinlardan korxonalar soni mos ravishda 1 823 ta hamda 1 771 ta bo'lgan Xitoy va Turkiya joy oldi.
3.0 2i 2,0 15 1.0 Oi 0.0
3.8%
.0% .5% ,0% .5% .0% .5« .0%
0* 2.3 1.7 2.3 2.6 2.2
2018 2019 2020 2021 2022 2023 To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar —■To'g'ndjn-to'g'ri investitsryalarning YAlMga nisbatan ulushi
O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmi (2023-yil)
2021-yilda mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning sof oqimi 2,3 mlrd dollarni tashkil etgan va 2022-yilda ko'rsatkich 2,6 mlrd dollargacha o'sgan bo'lsa, 2023-yil oxirida u 425 mln dollarga — 2,2 mlrd dollargacha (-16 foiz) kamaygan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekistonda asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 139,1 trln so'mni tashkil etgan.
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, shundan asosiy kapitalga o'zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 59 trln so'm miqdorida qayd etilgan.
O'zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo'lgan investor -mamlakatlar orasida Xitoy birinchi o'rinni egallab turibdi - 20,5 foiz [https://stat.uz/uz/].
Ushbu ko'rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko'rinishga ega: 1. 2.
3.
4.
5.
6. 7.
Rossiya - 18,8 foiz; Turkiya - 6,2 foiz; Saudiya Arabistoni - 8,5 foiz; Kipr - 4,3 foiz; Germaniya - 2,7 foiz; Shveytsariya - 2,5 foiz; Buyuk Britaniya - 2 foiz;
8. AQSh - 1,9 foiz;
9. Italiya 0,5 foiz.'
2023-yil 1-iyun holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 807 tani tashkil etgan.
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, xorijiy kapital ishtirokida eng ko'p faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni bo'yicha Rossiya yetakchilik qilyapti — 2 884 ta.
200
130
207
O'zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni (2023-yil 1-iyun )
■ Qozog'iston
Janubiy Koreya AQSh Tojikiston Qirg'iziston Ozarbayjon Germaniya Turkmaniston
Ushbu ko'rsatkich qolgan davlatlar kesimida yuqoridagi ko'rinishga ega. [https://stat.uz/uz/].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, investitsion faoliyat mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Davlat siyosati, iqtisodiy muhit, infrastruktura, xalqaro xavfsizlik va moliyaviy barqarorlik investitsiyalar uchun muhim omillardir. Bu omillar investitsiyalar yordamida ish o'rinlari yaratish, texnologik rivojlanishni oshirish, va moliyaviy daromadni oshirishda katta rol o'ynaydi. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarni investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan hamda jalb etilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar samaradorligini oshirish bo'yicha tizimili ishlar tashkil etilgan. Amalga oshirilgan bu chora-tadbirlar investitsiyalarni hududlarni va mamlakat iqtisodiyotiga yanada ko'proq xissa qo'shishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda investitsion faoliyatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishning samaradorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni ko'rsatish mumkin:
Tashkil etuvchilar uchun ta'lim va maslahatlar: Investitsion faoliyatni rivojlantirish uchun, tashkil etuvchilar uchun ta'lim va maslahatlar tashkil etish juda muhimdir. Bu maslahatlar, investitsiya strategiyalarini, moliyaviy mulkni boshqarishni va risklarni bosh+qarishni o'rganishga yordam berishi mumkin.
Sifatli statistik ma'lumotlar: Investitsion faoliyatni o'rganish va takomillashtirish uchun sifatli statistik ma'lumotlarga ega bo'lish juda muhimdir. Tashkil etuvchilar, investitsiya obyektlarini aniqlash, to'g'ri qarorlar qabul qilish va investitsiya strategiyalarini rivojlantirish uchun to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishlari kerak.
Ishlab chiqarish va tijorat infratuzilmasini rivojlantirish: Ishlab chiqarish va tijorat infratuzilmasini rivojlantirish uchun takliflar kiritish kerak. Bu, tashqi investitsiyalar jalb qilish, mahalliy tijoratni rivojlantirish
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
va mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash uchun muhimdir.
Investitsiya shartnomalarini yaxshilash: Investitsiya shartnomalarini yaxshilash ham muhimdir. Bu, investitsiya shartnomalarining yuqori va sifatli bo'lishini ta'minlashga, investorlarning huquqlarini himoya qilishga va investitsiya faoliyatini barqaror bo'lishiga yordam beradi.
Ko'p tomondan integratsiya va hamkorliklar: Investitsion faoliyatni rivojlantirishda, ko'p tomondan integratsiya va hamkorliklar muhim ahamiyatga ega. Tashqi investitsiyalar jalb qilish, innovatsiyalarni rivojlantirish va yangi bozorlarga kirish uchun, mamlakatlar o'rtasida integratsiya va hamkorliklar muhimdir.
Investitsion muhitni yaxshilash: Investitsion muhitni yaxshilash investitsiya oqimini kengaytirish, byurokratik barqarorlikni pasaytirish va investorlarni qo'llab-quvvatlash uchun muhimdir.
ADABIYOTLAR:
[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-son Farmoni.// https://lex.uz/uz/docs/-5841063#-5844198
[2] Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2023 yakunlari// https://invest.gov.uz/oz/mediacenter/news/results-of-the-second-tashkent-international-investment-forum-2023/
[3] "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"qonun//https://lex.uz/docs/-4664142
[4] Мелкумов Я. С. Экономическая оценка эффективности инвестиций и финансирование инвестиционных проектов. - М.: ДИС, 2016. - 344 с.
[5] Предпринимательское право: курс лекций / Под ред. Н.И. Клейн. М. 1993. С. 143.
[6] См.: Ратникова Д.С. Правовое регулирование инвестиционной деятельности в Российской Федерации: дис. канд. юрид. наук. М., 2011. 214 с.
[7] O'zbekiston iqtisodiyotining 2023 yilda rivojlanishi// https://review.uz/uz/post/razvitie-ekonomiki-uzbekistana-v-2023-g
[8] https://stat.uz/uz/
[9] https://ru.linkedin.com/pulse/good-know-investments-uzbekistan-results-2023-vosoe?trk=public_post
[10] https://oz.sputniknews.uz/20230904/ozbekistonga-eng-kop-sarmoya-kiritayotgan-top-10-ta-davlat-38554383.html