Si SHAXSINI TARBIYALASHDA OILA MUHITINI O'RNI
Burxanova Mavjuda Bekbutayevna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi E-mail: [email protected] ORCID: 0000-0002-4697-9694 https://doi.org/10.5281/zenodo.14870194
ABSTRACT
Bugungi davryoshlarni yetuk shaxs sifatida tarbiyalash stixiyali tarzda emas, balki maqsadli va dasturiy tarzda olib borishni taqozo etadi. Ushbu maqolada oila muhitida inson shaxsini tarbiyalab, voyaga yetkazish bilan bir qatorda, shu tarbiya vositasida uning vujudiga ruhiy, aqliy va ahloqiy kuch-qudrat, milliy ruh va diniy e'tiqod tuyg'ularini shakllantirish masalalari tahlil qilingan.
Biror bir xalq yoki millat buyukligi, ma'naviyati yuksakligini belgilovchi omil bu uning insonparvarlik va vatanparvarlik tarbiyasining yuksakligidir. Yoshlarimiz ongida yurt taqdiri va vatan ravnaqi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash, har birimiz shu yurtning egasi sifatida uning ozodligi va obodligi yo'lida hech bir ikkilanishsiz butun kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qila olmog'imiz fuqarolik vazifamiz, farzandlik burchimiz ekanligini ularning vujudiga olib kirmog'imiz yuksak ma'naviyat tarbiyasining mas'uliyatidir. Zero, Vatan mehridan bahramand bo'lib, unga munosib javob berish, uni sajdagoh kabi muqaddas deb bilib, qadrlay olmoq haqiqatda ma'naviy yetuklik belgisidir.
Zamonaviy oilalarda yoshlarning ijtimoiy tarbiyalashni ta'minlashning pedagogik mazmuni borasida quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etishini aniqladik, ya'ni: ijtimoiylashuv jarayoni - kasb egallash va kasbiy yo'naltirish asosidagi barcha mavjud aqidalarni va zamonaviy qarashlarni anglash, ularni qabul qilish, ularga tayanib yashash, ularni o'z hayotida qayta shakllantirish va jonlantirib yashash jarayonlaridan iboratdir. Kasbiy ijtimoiylashuvda individ o'z kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarini shaxsiy va umumjamiyat taraqqiyoti uchun real amaliyotga tatbiq etadi. "Oila tarbiyasida katta mas'uliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shuning uchun, bugungi kunda oilaviy ta'lim-tarbiya jarayoni mazmunini innovatsion pedagogik mazmun bilan takomillashtirmasdan, uni innovatsion shakllar, vosita va usullar bilan boyitmasdan turib ilg'or tafakkurli va raqobatbardosh kasb egalarini shakllantirib bo'lmaydi"[1;18].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ko'p farzandli va yakka farzandli bolalaning inellektual tafovutlari hamda bir oila farzandlaridagi o'xshashlik verbal intellekt sohasida bir qator tadqiqotlar olib borilga. Jumladan, xorijlik olimlardan L. Belmont, F. Marola, T. A. Dumitrashku, T. N. Andreyeva, L.L.Balandina, O'zbekistonlik olimlardan E.G'.G'oziev, V.M. Karimova, Z.M.Maxmudov, D.M. Begmatova va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Bu tadqiqotlarida oilaning, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy statusi, oilalarda tug'ilgan farzandlar, ularning intellekt darajasi kabi maslalarga
INSON
YANGI O'ZBEKtggMI PEDAGOGL
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 04- Fevral 2025 yil Ma'qullandi: 08- Fevral 2025 yil Nashr qilindi: 14-Fevral 2025 yil
KEY WORDS
oila, oila turlari, ota-ona, tarbiya, shaxs, farzand, pedagog,xulq-atvor.
e'tibor qaratilgan.
NATIJALAR
Ko'p farzandli va yakka farzandli oilalar farzandlarining sosial-psixologik xususiyatlari bolalarning shaxslararo munosabatlarni idrok etishda o'z aksini topadi. Ko'p farzandli oilalarda uning a'zolari o'rtasidagi birdamlik, hamjihatlik kuzatiladi. Ular avvalo oila a'zolari bilan muomalada bo'lishni istaydilar, ular eng yaqin muhitidagi insonlar: voyaga yetganlar, qarindoshlar, do'stlar va o'qituvchilarni o'z muomala doirasidan chiqarib tashlashga urinadilar. Yakka farzandlar esa oiladan tashqaridagi insonlar bilan muomala o'rnatishga intiladilar. Dotsent L.L.Balandina fikricha, "...ko'p farzandli oila tarbiyalanuvchilarining quyidagi kognitiv xususiyatlarini aniqlashga muvaffaq bo'lgan. Asosan ko'p farzandli oila farzandlarida quyi intellekt darajasi aniqlangan. Ammo bu qonuniyat faqat kichik maktab yoshiga xos - ko'p farzandli oilalarning ikkinchi sinf o'quvchilari yakka farzandlardar ham verbal, ham noverbal intellektda quyiroq ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Verbal intellektdagi ustunlik maktabning yakunigacha yakka farzandlarda yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Noverbal intellekt esa yuqori sinfga kelib ko'p farzandli oila farzandlarida yuqorilashadi"[2;9].
MUHOKAMA
Tadqiqotimizda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi ikkita o'rta ta'lim maktablarining 85 ta o'quvchisi ishtirok etdi. Shulardan 45 o'quvchi ko'p farzandli oila farzandlari, qolgan 40 tasi yakka farzand sanaladilar. Ko'p farzandli oila nazdida bizningcha uchtadan ko'p farzandlari bor oilalar hisoblanadi. Tadqiqotda 52 ta qiz bola va 33 ta o'g'il bola ishtirok etgan bo'lib, shulardan 30 ta qiz bola va 15 ta o'g'il bola ko'p farzandli oilalardan, 22 ta qiz bola va 18 ta o'g'il bola yakka farzandli oilalardan kelib chiqadilar.
Tadqiqotimiz natijasida ko'p farzandli oilalarning 44,5 % i (20 ta oila) da avtoritar, 44,5 % i (20 ta oila) da demokratik va faqat 11 % i (5 ta oila) da liberal tarbiya uslubiga egaligi aniqlandi. Yakka farzandli oilalarda esa avtoritar tarbiya uslubi (52,5 % yoki 21 ta oila) yetakchilik qilishi, keyingi o'rinda demokratik uslub (45 % yoki 18 ta oila) va oxirgi o'rinda liberal uslub (2,5 % yoki bitta oila) turishi ma'lum bo'ldi. ?! \ #
Yuqorida olingan natijalar asosida har ikkala turdagi oilalar uchun avtoritar tarbiya uslubi yetakchilik qilishini ta'kidlashimiz mumkin, bu faktni milliy-etnik xususiyatlarimiz va an'anaviy tarbiya uslubi bilan izohlashimiz mumkin. Biroq, demokratik tarbiya uslub ham yuqori foizlarga egaligini ko'rishimiz mumkin: ko'p farzandli oilalarda avtoritar va demokratik uslub bir xil foizlarga ega, faqat yakka farzandli oilalardagina bu ko'rsatkich foizi biroz yuqori, lekin kritik emas. Liberal tarbiya uslubi har ikkala oila turi uchun eng kichik foizga ega ekan, bu aksariyat ota-onalar uchun farzandlari befarq emasligini anglatadi.
Tadqiqotimizda ko'p farzandli oila va yakka farzandli oila turlari o'rtasida tarbiya uslubi bo'yicha yaqqol tafovut yo'qligini ta'kidlashimiz mumkin. Bundanda aniq natijalar uchun ko'proq ishtirokchilarni qamrab oluvchi tanlanmadan foydalanish zarur deb hisoblaymiz.
Biz shuningdek, A.Ya.Varga va V.V.Stolinning "Ota-ona munosabati" so'rovnomasini qo'lladik [3]. Metodika 61 ta savoldan iborat bo'lib, "Qabul qilish - rad etish", "Hamkorlik", "Simbioz", "Avtoritar gipersosializasiya" va "Kichik omadsiz" kabi besh shkaladan tashkil topgan.
"Qabul qilish - rad etish" shkalasi bo'yicha yuqori natijalar (24-33 ball) ota-onaning o'z farzandini qabul qilishi, uning hurmatga sazovorligidan dalolat beradi. Ota-ona farzandining qiziqiy va xohish-istaklarini qo'llab-quvvatlaydi, u bilan ko'p vaqtini o'tkazadi, mustaqilligi va
individualligini qabul qiladi. Ushbu shkala bo'yicha quyi natijalar (0-8 bail) ota-onaning o'z farzandiga nisbatan qahr-g'azab, achchiqlanish, o'kinch, pushaymonlik, afsuslanish, nafrat his etadilar. Ular farzandlarini omadsiz deb hisoblaydilar, kobiliyat va imkoniyatlarini quyi baholaydilar, kelajagiga ishonmaydilar.
"Kooperasiya" shkalasi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar (7-8 ball) ota-onaning o'z farzandi bilan qiziqishini, uning qobiliyat va imkoniyatlarini yuqori baholashi, mustaqillik va tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlashidan hamda o'z farzandi bilan teng munosabatda bo'lishidan dalolat beradi. Quyi ballar esa (1-2 ball) yuqoridagilarning aksi ekanligini anglatadi, ota-ona o'z farzandiga pedagog sifatida yondashmaydi.
"Simbioz" shkalasi bo'yicha yuqori ballar (6-7 ball) ota-ona farzandi bilan munosabatda chegara va masofa saqlamasligi, doimo birga bo'lishga harakat qilishdan dalolat beradi. Quyi ballar (1-2 ball) esa ota-onaning o'z farzandi bilan ma'lum masofani saqlashini anglatadi. U haqida kam qayg'urishi va oz vaqt ajratishi kuzatiladi.
"Avtoritar gipersosializasiya" shkala bo'yicha yuqori indeks (6-7 ball) ota-onaning farzandiga nisbatan avtoritar munosabatda bo'lishi, ularning irodasiga so'zsiz bo'ysunishlarini talab qiladilar, ularning fikr va dunyoqarashiga qiziqmaydilar, hurmat qilmaydilar, hammasi faqat ota-ona istaganidek bo'lishini talab qiladilar. Quyi ballar (1-2 ball) esa ota-onaning o'z farzandi bilan mutlaqo ishi yo'qligi to'g'risida dalolat beradi. 3-5 ball esa ota-onaning pedagogik qobiliyatlari borligini anglatadi.
"Kichik omadsiz" shkalasidagi yuqori ko'rsatkichlar (7-8 ball) ota-onaning o'z farzandini omadsiz, qo'lidan hyech narsa kelmaydi deb hisoblaydilar. Quyi ko'rsatkichlar (1-2 ball) esa aksincha farzandining omadsizliklari tasodifiy deb hisoblashlaridan dalolat beradi.
Quyida 1-jadvalda ushbu metodika bo'yicha natijalarni taqdim etamiz.
1-jadval
A.Ya.Varga va V.V.Stolinning "Ota-ona munosabati" so'rovnomasi[3] bo'yicha yakka va ko'p farzandli oila natijalari (o'rtacha arifmetik qiymati)
Shkalalar nomi Yakka farzandli oila Ko'p farzandli oila
"Qabul qilish - rad etish" 23 ball 20 ball
"Kooperasiya" 5 ball 6 ball
"Simbioz" 4 ball 3 ball
"Avtoritar gipersosializasiya" 7 ball 6 ball
"Kichik omadsiz" 3 ball 4 ball
1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, ko'p farzandli va yakka farzandli oila ota-onalarining har besh shkala bo'yicha natijalari normadan og'ishmagan, ya'ni haddan ziyod yuqori yoki juda quyi natijalar qayd etilmagan. Shuning uchun ikkala oila ota-onalari o'z farzandlarini o'rtacha qabul qiluvchi, o'rtacha darajada hamkorlik qiluvchi, farzandlarini haddan ziyod uzoqlashtirmaydigan va yaqinlashtirmaydigan, o'rtacha avtoritarlik ko'rsatuvchi va o'z farzandlarining imkoniyat va qobiliyatlarini obyektiv baholash imkoniyatiga ega deb xulosa qilishimiz mumkin.
Ko'p farzandli va yakka farzandli oila ota-onalarining farzandlariga munosabatida statistik ahamiyatli farq mavjudligini tekshirish uchun t-Styudent mezonini qo'lladik, biroq
ahamiyatli farq aniqlanmadi, demak yakka farzandli va ko'p farzandli oilalarda ota-onaning o'z farzandlariga munosabati bir xil, bir-biridan deyarli farqlanmas ekan.
XULOSA
Oila muhiti inson shaxsini tarbiyalab, voyaga yetkazish bilan bir qatorda, shu tarbiya vositasida uning vujudiga ruhiy, aqliy va ahloqiy kuch-qudrat rishtalarini ulaydi, milliy ruh va diniy e'tiqod tuyg'ularini shakllantiradi. Oilaviy tarbiyada milliy an'analar uyg'unligi yaqqol seziladi. Zotan, ularning har ikkalasida ezgulik va bag'rikenglik, totuvlik va hamkorlik, odamgarchilik, andisha va odob, xushmuomalalik, saxiylik va mehmondo'stlik, insof va diyonat, halollik va sabr-qanoat singari fazilatlar ustuvorlik qiladi.
1. Yakka farzand va ko'p farzandli oilalarda ota-onaning farzandiga munosabati deyarli farqlanmas ekan.
2. Ko'p farzandli oila bolalarida bezovtalik darajasi yakka farzandli oila bolalariga qaraganda yuqoriroqligi aniqlandi.
3. Ko'p farzandli oila bolalarida mas'uliyat yoki internallik yakka farzandli oila bolalariga nisbatan yuqoriroq ekan.
4. Yakka farzand va ko'p farzandli oila bolalarida o'rtacha adaptiv xulq qayd etildi.
5. Ko'p farzandli oila bolalarida o'zini o'zi baholashi yakka farzandli oila bolalariga nisbatan quyiroqligi aniqlandi.
Xulosa qilib aytganda, oilada ota-ona farzandlarini sevishi, sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishi, ularga g'amxo'rlik qilish, munosib ta'lim berish bilan birga ulardagi muomala madaniyatiga, axloqiy xulq-atvoriga javob berish kabi oilaviy qadriyatlarda aks etadi. Sog'lom oila ma'naviy muhitida insonni ezgu maqsadlarga va komillikka yetaklovchi fazilatlar qaror topadi, insoniy munosabatlar shakllanib, pirovardida jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Бегматова, Д. М. (2019). Оилада ёшларнинг касбий ижтимоийлашувини таъминлашнинг педагогик шарт-шароитлари. Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (Phd) диссертацияси автореферати. Самарцандб СамДЧТИ нашр-матбаа маркази.-2019. - Б.8.
2. Баландина, Л. Л. (2003). Особенности индивидуальности ребенка в зависимости от конфигурации семьи: дисс.... канд. психол. наук. Автореф. дис.... канд. психол. наук. -с.8.
3. Методика определения типа родительского отношения (А.Я.Варга, В.В.Столин) // https://dip-psi.ru/psikhologicheskiye-testy/post/metodika-opredeleniya-tipa-roditelskogo-otnosheniya-a-ya-varga-v-v-stolin
4. Методика определения типа родительского отношения (А.Я.Варга, В.В.Столин) // https://dip-psi.ru/psikhologicheskiye-testy/post/metodika-opredeleniya-tipa-roditelskogo-otnosheniya-a-ya-varga-v-v-stolin
5. Абдусаматова, Ш. С., & Бурханова, М. Б. (2020). Куп фарзандли ота-оналарининг оиладаги муносабатларининг хусусиятлари. Oriental Art and Culture, (IV), 56-62.
6. Burxanova, M. B., & Abdullayeva, I. (2022). O 'ZBEK OILALARIDA YOSHLARNING KASBIY IJTIMOIYLASHUVINI TA'MINLASH JARAYONINING PEDAGOGIK MAZMUNI. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 16-19.
7. Turayevich, U. R., & Qahramonovich, H. N. (2024). ZAMONAVIY DUNYONING AXLOQIY MUAMMOLARI-ZO 'RAVONLIK FALSAFASI. Ustozlar uchun, 57(4), 422-425.
8. Burkhanova M. B. Vzglyady abdurauf fitrata o semeynyx otnosheniyax i genshchin
//Mirovaya nauka. -2021. -no. 1 (46). -S. 62-65.6.Burkhanova MB Family education of a child: the past and present //European Scholar Journal (ESJ) Available Online at. -2021. -T. 2. -no. 12. -S. 55-58.
9. Bekbutaevna BM IMPROVEMENT OF INNOVATIVE MECHANISMS OF THE ORGANIZATION OF SOCIAL EDUCATION IN FAMILIES //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. -2022. -T. 7. -S. 36-39.
10. Burkhanova MB Family education of a child: the past and present //European Scholar Journal (ESJ) Available Online at. -2021. -T. 2. -no. 12. -S. 55-58.
11. Burkhanova M. SOCIALNO-PSIKHOLOGIChESKIE KRITERII OBESPECHENIya SOCSIALNOY STABILNOSTI V SEME // Scientific Bulletin of Namangan State University. -2023. -no. 6. -S. 484-492.Yuldasheva, S. (2023). Prognosing the results of students'educational activities. Science and innovation, 2(B5), 274-277.
12. Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG'USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 50-53. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882
13. Жураев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ХДРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97-103. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151
14. Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73-76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717
15. Burieva, K. E., & Kamilova, Z. A. (2022). The psychology of adolescence. Scientific progress, 3(4), 923-929.
16. Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting Them. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 52-63.
17. X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. 2, 9 (Sep. 2024), 38-51.
18. Нурматов, Ф. (2019). Пути преодоления стресса спортсменами в спортивной соревновательной деятельности. ACTA NUUz, 1(2), 36-39.
19. Abduolimovich, N.F. 2024. Modern Model of Scientific Activity of Students in the Field of Physical Culture Education. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. 4, 2 (Feb. 2024), 218-221.
20. Raximova, X. 2025. MEDIA TA'LIM METODLARI ORQALI TALABALARNI KREATIV FIKRLASHGA O'RGATISH MEXANIZMLARINING NAZARIY ASOSLARI. Журнал академических исследований нового Узбекистана. 2, 2 (фев. 2025), 24-28.