Научная статья на тему 'INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI'

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion yondashuv / intellektual kompetentlik / pedagogik texnologiya / tanqidiy fikrlash / kreativlik / ta’lim jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saydullayeva Gulasal Umidjon Qizi

Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning intellektual kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari yoritilgan. Pedagogik ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning ijodkorlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun innovatsion metodlarning ahamiyati o‘rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI»

YANGI OZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI IF: 5.141

www.in-academy.uz

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI

Saydullayeva Gulasal Umidjon qizi

Farg'ona davlat universiteti, 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14771658

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20- Yanvar 2025 yil Ma'qullandi: 25- Yanvar 2025 yil Nashr qilindi: 30- Yanvar 2025 yil

KEY WORDS

innovatsion yondashuv, intellektual kompetentlik, pedagogik

texnologiya, tanqidiy fikrlash, kreativlik, ta'lim jarayoni.

Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarning intellektual kompetentligini rivojlantirish texnologiyalariyoritilgan. Pedagogik ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan

foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, o'qituvchilarning ijodkorlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun innovatsion metodlarning ahamiyati o'rganilgan.

Zamonaviy ta'lim tizimi yangi avlod pedagoglarini tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Innovatsion yondashuv nafaqat bilimlarni uzatish, balki shaxsning ijodkorlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Malakali pedagoglarni tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyati sifatida ma'naviy-axloqiy sifatlarga ham e'tibor qaratish muhim sanaladi.

Chunki yosh avlodni har jihatdan kamol toptirishda bu sifatlarning o'rni beqiyosdir. Bo'lajak pedagog, asosan, nutq madaniyatiga etibor qaratishi lozim. Uning nutq texnikasi mukammal, fikrlari teran va nutqi ravon, aniq va tushunarli bo'lishi muhum. Chunki nutq va unda ifodalangan so'z kishiga ta'sir etuvchi qudratli psihologik kuchga ega.

U mazmuni bilan, so'zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta'sir darajasi va qudratini yanada orttirish mumkin. Bolaga nutq orqali tasir o'tkaza olish kabiy faoliyat jarayonida yaxshi natija beradi. Har bir ta'lim oluvchining, shaxsiy qobiliyatlariga tayangan holda, intellektual salohiyatini hisobga olgan holda yondashiladigan bo'sagina ta'limiy faoliyat o'z maqsadiga erishadi. Ta'limiy faoliyat, kasbiy faoliyat muvaffaqiyati kaliti bu nutq madaniyati desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Ingliz dramaturgi B.Shou aytganidek, "na" so'zini aytishning 50 dan ortiq uslubi bor, "yo'q" so'zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so'zni yozishni faqat bir uslubi bor" deydi. Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik ko'chirim ma'no yashiringan.

Bundan tashqari, pedagog tashkilotchilik qobilyatiga ham ega bo'lishi, to'g'ri qaror qabul qilishni bilishi, diqqatni teng taqsimlash qobiliyatiga ega bo'lishi, ta'limni bolaga moslashtira olishi, har bir bolaga uning menligini inobatga olgan holda individual yondasha olishi muhum sanaladi. Pedagog mahoratli bo'lsagina ta'lim oluvchiga ijtimoiy ta'limiy muhitni yarata oladi, ta'limni aynan bolaga moslashtira oladi, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonlarini tashkil eta oladi.

YANGI O'ZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI IF: 5.141

www.in-academy.uz

Bola shaxsini hurmat qilish, ta'lim jarayonida holislilik, izchillik va tizimlilik, noan'anaviylik va kreativlik pedagogik jrayonni yaxshilashga xizmat qiladi. Bo'lajak pedagog ham shaxsiy, kasbiy va maxsus kompetensiyalarga ega bo'lmog'i lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari uning ta'lim berish va tarbiyalay olish mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.

"Shaxsiy kompetentsiya - o'quv jarayonida o'quvchilarning o'zini o'zi anglash asosidir". Shaxsiy fazilatlarga, ya'ni shaxsiy kompetensiyalariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, adolatlilik, bag'rikenglik, halollik, yetakchilik, xayrixohlik, insonparvarlik, kirishimlilik, mehribonlik va boshqalar. Kasbiy kompetensiya pedagogning kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan bilim, mahorat, ko'nikmalar majmuyidir.

Kasbiy kompetensiya: o'z sohasini mukammal bilish, pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo'lish, o'z ustida ishlash, ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash, ta'limiy muhitni yarata olish, ehtiyojini anglay olishi, ta'limda yangicha yondashuv, zamonaviy pedagogik tehnologilardan o'rinli foydalanish, perseptiv qobiliyatga ega bo'lish va hokazolar.

Maxsus kompetensiya: talabalar ehtiyojini bilishi, turli yosh xususiyatlarini bilishi, ta'limni tabaqalashtirish, ta'limni individuallashtirish.

Innovatsion yondashuv pedagogik ta'lim jarayonida samaradorlikni oshiradi va bo'lajak o'qituvchilarning intellektual kompetentligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo'llash pedagoglarni ijodiy va tanqidiy fikrlashga o'rgatib, ularni zamonaviy talablar darajasiga olib chiqadi. Innovatsion yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarning intellektual kompetentligini rivojlantirish zamonaviy ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu yondashuv:

Bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga o'rgatadi. Ularning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Mustaqil o'rganish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, innovatsion texnologiyalar qo'llanilgan ta'lim jarayonida talabalar o'quv materiallarini o'zlashtirishda faolroq bo'ladi va ularda yangi pedagogik g'oyalarni ishlab chiqish motivatsiyasi kuchayadi. Shu bilan birga, interaktiv metodlar, raqamli platformalar va muammoli ta'lim usullari samaradorligini isbotladi.

Kelajakda ushbu texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish va o'qituvchilarni doimiy ravishda yangicha yondashuvlarga o'rgatish orqali ta'lim sifatini yanada yaxshilash mumkin.

Innovatsion pedagogik yondashuvlar ta'lim tizimini rivojlantirish va xalqaro talablar darajasiga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Hasanov Sh. "Ta'limda innovatsion texnologiyalar". Toshkent: O'zMU nashriyoti, 2022.

2. Ivanova E. "Innovatsion ta'lim metodlari":. Moskva: Prosveshchenie, 2020.

3. Johnson L. "Modern Teaching Strategies". New York: Springer, 2021.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilgi qarori: "Ta'lim tizimini rivojlantirish strategiyasi".

5. T. Azizov (2023). "Zamonaviy texnologiyalar va maktabgacha ta'limda milliy qadriyatlar". Bolalar ta'limi, 8(3), 55-61.

6. A. Shukurov (2021). "Milliy qadriyatlarni texnologiyalar yordamida bolalar tarbiyasiga singdirish". O'zbekiston pedagogika jurnali, 6(2), 22-29.

7. S. Toshpo'latov (2024). "Texnologiyalar va tarbiya: Milliy qadriyatlar va an'analarni saqlash". Ta'limda innovatsiyalar, 9(1), 67-73.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.