УДК 42
INGLIZ TILINI O'QITISH VA O'RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
М.И. Абсамадова1
Annotatsiya
Ushbu maqola ingliz tilini o'rganish va o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan o'rinli foydalanish va o'qituvchning o'z ustida izlanishi, ma'suliyatni his etishi, darslarga yangiliklar kiritishi, darsning qiziqarli va jonli bo'lishini ta'minlashi haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, texnologiya, samaradorlik, ixtisoslashtirish, axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya.
Yangi davr hozirgi kun o'qituvchilariga yangi vazifa va bir qancha ma'suliyatlarni yuklaydi. Zamonaviy texnologiyani kirib kelishi bilan ingliz tilini o'qitish an'anasi sezilarli darajada o'zgardi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov tomonidan chet tillarni yanada takomillashtirib o'qitish yuzasidan 2012-yil 10-dekabrda PQ-1875 ya'ni "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Bu qarorga ko'ra chet-tili o'qituvchilariga zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning ilg'or uslublarini joriy etish va o'sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarda erkin so'zlasha oladigan qilib tayyorlash ma'suliyati yuklatildi. Qaror bir necha banddan iborat bo'lib, aynan qarorning to'qqizinch bandida innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida batafsil aytib o'tilgan.
Qarorning to'qqizinchi bandiga ko'ra, " O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo'mitasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O'zbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda quyidagilarni ta'minlasin:
Televideniya, shu jumladan, mahalliy telekanallar orqali bolalar va o'smirlarni xorijiy tillarga o'rgatish bo'yicha ko'rsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jaxon ilmi va texnikasiga bag'ishlangan ilmiy-ommobop, xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni o'zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko'rsatib borishni amalga oshirish; "ZiyoNet" tarmog'i orqali ta'lim muassalarining xalqaro ta'lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimedia resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek ingliz tilida o'quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va jurnallarni chop etish, ularga maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilish "[1, 2b] deb keltirilganligi sababli ayni damda barcha ingliz tili o'qituvchilari o'z darslarini yanada jonlantirish maqsadida texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini his eta boshladilar.
Hozirgi kunda ingliz tilini o'rganishning ahamiyati O'zbekistonda avvalgiga qaraganda ancha yuqori bo'lib bormoqda. Bir qancha ingliz tili mutaxassislari ingliz tilini o'rganishni yangi metod va yo'llarini hayotga tadbiq qilishmoqda. Bu albatta chet tillarni o'qitish samaradorligini yanada oshiradi.
Texnologiyalardan foydalanib, o'qitishning bir qancha o'ziga xos afzalliklari mavjud. Bundan tashqari, u o'qitish tizimini ancha samaradorligini oshiradi va o'z navbatida til o'rganiyotgan o'quvchini zamon bilan hamnafas bo'lib, olg'a intilishiga ko'maklashadi.
Texnologiya asta sekinlik bilan an'anaviy o'qitishning o'rnini egallamoqda. Bugungi kunda televizion dasturlarda bir qancha ingliz tilini o'rgatishga ko'maklashuvchi yangi dastur va ko'rsatuvlar muntazam ravishda uzatilib kelinmoqda.
Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kunda o'qitishning samaradorligini oshirish uchun O'zbekistonda yangi zamonaviy innovatsion
1Абсамадова Мунира Исроиловна - преподаватель, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Узбекистан.
Педагогические науки
texnologiyalardan foydalanishning yangi metodlari joriy qilindi. Misol uchun, multimediya asosida chet tili o'rgatilayotgan o'quvchida to'rt ko'nikmani rivojlantirish, qiziqarli materiallar orqali ham ko'rib, ham eshitib o'rganish imkoniyati paydo bo'ldi. Bundan tashqari o'quvchi jonli harakatlarni ko'rib ba'zi so'zlarning ma'nosini taxmin qila oladi va uni tushinishga harakat qiladi.
Albatta har qanday chet tili darslarida zamonaviy texnologiyalar komputer, radio, CD, DVD qo'llash ta'lim jarayonini yanada olg'a siljib, o'sib kelayotgan yosh avlodga chet tillarni tezroq o'rganish imkonini beradi.
Ingliz tili darslari davomida ba'zi o'qituvchilarning texnologiyalarni qo'llashni bilmasliklari va foydalanmasliklari, o'quvchilarning bir muncha zerikishlariga olib keladi. Aynan shu sababli ya'ni o'rganuvchining ishtiyoqini so'ndirmaslik uchun dars davomida texnologiyalardan va kamida komputerdan foydalanish o'rganuvchining qiziqishini ortib borishini yanada ta'minlaydi. Zero, o'rganuvchining yoshiga, qiziqishiga, qobiliyatiga, darslarni o'zlashtirishiga qarab tayyorlangan o'quv materiallari albatta samara beradi. Aksincha, biz o'qituvchilar ushbu talablar asosida o'quv materiallarini tanlamasak, boshlang'ich sinf o'quvchilariga murakkab so'zlardan iborat bo'lgan video-filmlar, qo'shiqlar yoki matnlarni eshittirsak yoki multimedia, komputerlar orqali namoyish etsak, o'rta va yuqori sinf yoki guruh o'rganuvchilariga juda ham sodda matnlardan iborat o'quv materiallarini namoyish etganimizda o'rganuvchilarning tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishlari asta-sekin so'na boshlaydi va darslarni o'zlashtirmay qo'yishadi. Bu esa o'z navbatida baholarning pasayib ketishi, o'qituvchining o'quvchilar oldida o'z hurmatini yo'qotib qo'yishga olib kelishi mumkin. Demak, bundan kelib chiqadiki dars davomida texnologiyalardan shunchaki foydalish emas, balki ularni o'z o'rnida qo'llay bilish va texnologiyalardan foydalanish o'quvchi bilimini oshirishga xizmat qilishini ta'minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Hozirgi CEFR ya'ni Xalqaro Yevropa ta'lim standartlarining talablari bo'yicha to'rtta: (writing, reading, listening, speaking) ingliz tilida yozib, o'qib, tinglab, so'zlashib o'rganish kompitensiyalari bo'yicha olib borilayotgan darslar davomida texnologiyalardan unumli va o'rinli foydalanish ahamiatlidir. Masalan, tinglab -tushunish darslarida audio matnlarni qo'yib eshittirishning ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari mavjud. Unda asosiy maqsad o'rganuvchi eshitayotgan audio materialni tushunib olishi va uni qiynalmasdan tahlil qila olishi muhimdir. Buning uchun esa eng avvalo, muhitni audio materailni qo'yib eshittirish uchun hozirlash, bunda tinglovchilar osoyishta muhitni ta'minlashlari, o'qituvchi esa qo'yilayotgan audioning sifatiga hamda ovoz kuchaytirgichlarning yaxshi ishlayotganligiga e'tibor qaratishi va audioni eshittirishdan oldin va keyin bajariladigan mashqlarning tayyor ekanligi va o'rganuvchilar tarqatma materiallar bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Qo'yilgan barcha talablar amalga oshirilgach, o'qituvchi audio materialni o'rganuvchilarga qo'yib eshittirishni boshlashi mumkin. Eshittiruv kamida ikki marta amalga oshiriladi aks holda til o'rganuvchilar mavzuni tushunmasliklari va audio material eshit bo'lingach bajariladigan mashqlarni to'g'ri bajara olmasliklari mumkin.
Shuningdek, so'zlashib va yozib o'rganishda ham texnologiyadan foydalangan holda dars o'tish jarayonida multimedialardan foydalanib, o'rganuvchilarga video -filmlar, roliklar namoyish qilish va uni muhokama qilish juda samarali usul hisoblanadi. Bunda o'rganuvchilarga tanish bo'lgan lug'at ishlatilishi, yangi va murakkab so'zlar ishtirok etgan bo'lsa so'zlarga izoh berish, yangi so'zlar bilan bog'liq bo'lgan mashqlar bajarib olingach, video materialni namoyish etish mumkin. Bu jarayonni amalga oshirish uchun ham albatta tinch, shovqin bo'lmagan muhit, qulay va toza sinfxona, barchaga tamosha qilish imkonining mavjud bo'lishi, ovoz kuchaytirgichlarning ishlayotganini tekshirib chiqish muhimdir. Videoni qo'yib berishdan oldin, o'rganuvchilarning namoyish etilishi kerak bo'lgan video mavzusi haqida suhbatlashish, savol-javoblar o'tkazish, haqiqatdan ham o'rganuvchilar ushbu mavzuga qiziqishayotganliklariga amin bo'lgach video materialni qo'yib berishi kerak. Video tugagach o'qituvchi o'quvchilarning video-film haqidagi fikrlari bilan qiziqishi, mashqlar bajarishi kerak bo'ladi. Ushbu etaplar to'gri amalga oshirilgach, bu darslar albatta o'rganuvchilarning qiziqishlari va bilimlarining ortib borishiga katta hissa qo'shadi. Bundan kelib chiqadiki, darslarimizni yanada boyitish, o'rganuvchilarni qiziqtira olish, ularning bilimlarini boyitishda zamonaviy texnologiyalarning o'rni beqiyosdir. Ularni to'g'ri va o'rinli qo'llay olish esa yutuqlarimizning asosiy garovi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. PQ 1875 "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tovgvrisida" gi qaror. " Xalq so'zi" gazetasi, 2-bet. 2012 yil,10-dekabr
2. Boswood, T. (1997). New Ways of Using Computers in Language Teaching (New Ways in Tesol Series II), California: Teachers of English to Speakers of Other Languages.
3. Harmer, J. (2007). How to teach English, Harlow, Essex: Pearson-Longman
4. Johnson, D., & Eisenberg, M. (2006). Learning and Teaching Information Technology-Computer Skills in Context, East Lansing, Mi, Eric document ED465377, Retrieved June 7, 2007, from http: // www.ericdigests.org/2003-1/skills.htm.
5. Warschauer, M., & Kern, K. (2000). Network-based Language Teaching: Concepts and Practice, Cambridge: Cambridge University Press.
© M.H. A6caMagoBa, 2016
УДК 42
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ И ИЗУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
М.И. Абсамадова
Аннотация: Эта статья об использовании инновационных технологий в процессе обучения и преподавания английского и творчества преподавателей, ответственности, внедрение новых методов, делая урок интересным и живым.
Ключевые слова: инновации, технологии, эффективность, специализирующихся, СМИ, телекоммуникации.
© М.И. Абсамадова, 2016
UDC 42
USING INNOVATION TECHNOLOGIES IN TEACHING AND LEARNING ENGLISH
M.I. Absamadova
Abstract. This article is about using innovation technologies in learning and teaching English and teachers" creativity, responsibilities, implementing new methods, making the lesson interesting and lively.
Keywords: innovation, technology, effectiveness, specializing, Mass Media, telecommunication.
© M.I. Absamadova, 2016