О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023
INGLIZ TILI DARSLARIDA KURSANTLARNING KOMPYUTER
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KOMPETENTLIGINI
OSHIRISH MUAMMOLARI
Jarilkasinova Gulnaz Xojabaevna
Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi gulnozaj arilkasinova@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kursantlarning ingliz tili bo'yicha bilim olishini kompyuter grafikasi asosida o 'qitishdan iborat va kompyuter grafikasi bo 'yicha kompetentligini oshirish masalasiga qaratilgan.
Kalit so'zlar: kompetentsiya, texnologiya, grafika, kommunikatsiya, multimediya, kognitiv, intuyitsya, mexanizm, strategiya, taffakur.
АННОТАЦИЯ
В этой статье рассматривается проблемы по обучению английскому языку на основе компьютерной графики и их компетентности а также развития устной речи у курсантов.
Ключевые слова: компетенция, технология, графика, коммуникация, мултимедиа, когнитив, интуиция, механизм, стратегия, мышление.
ABSTRACT
This article discusses the problems of teaching English based on computer graphics and their competence among cadets and also improving their oral speech.
Key words: competence, technology, graphic, communication, multimedia, cognitive, intuition, mechanism, strategy, thought.
KIRISH
Hozirgi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari respublikamizning deyarli barcha sohalarini keng qamrab olishi natijasida ulardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Yildan-yilga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Hozirgi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilimlariga ega bo'lish zaruriy talabga aylandi. Bunga sabab axborot mahoratiga ega bo'lgan kadrlarga talabning kundan-kunga ortib borayotganligidir. Bu borada Respublikamiz Prezidenti shunday deydi: «Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo'lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog'liq» [3].
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun ilg'or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini o'quv-tarbiya jarayoniga o'z vaqtida joriy etish mexanizmini ro'yobga chiqarish zarur....» deb ko'rsatib o'tilgan [5].
XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash ancha rivojlandi. Bunga kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib borayotgani sababidir. Bu o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborot -kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. Kundalik turmushda turli ko'rinishdagi axborotlar - matnli, grafikli, jadvalli, ovozli, rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Ma'lumki, dastur tuzuvchi jamoalarning deyarli barchasi ommaviy dastur tuzish jarayonida o'z ish faoliyatining 90 %ini kompyuter grafikasidan foydalangan holda amalga oshiradilar. Zamonaviy multimedia dasturlari esa asosan kompyuter grafikasi yordamida yaratiladi va unda ishlay oladi. Nashriyot va bosmaxonalarda ham eng ko'p mehnat sarflanadigan mashaqqatli ishlarni, ya'ni badiiy bezash va grafik tasvirlarni jihozlash kabi yumushlar ham kompyuterlar yordamida bajariladi. Ayniqsa, katta va kichik biznes rivojiga alohida ahamiyat berilayotgan bugungi kunda ularning ish faoliyatini reklama qilishda kompyuter grafikasidan samarali foydalanish juda murim. Boz ustiga, mamlakatimiz bunyodkorlik ishlari bilan jadal shug'ullanayotgan bir davrda bino va inshootlar loyihalarini tayyorlashda, qadimiy yodgorliklarimiz va obidalarimizni ta'mirlashda ham kompyuter grafikasining ahamiyati beqiyos, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan tashqari, to'rtinchi hokimiyat sanalmish ommaviy axborot vositalari (radio-televidenie va gazeta-jurnallar)ni badiiy yuksaltirish borasida ham kompyuter grafikasining xizmati kattadir. Ushbu muammolarni hal qilishda tadbirkor, o'qimishli, ruhan bardam va jismonan sog'lom yoshlargina istiqlol va taraqqiyot yo'lini qiynalmay bosib o'ta oladi.
MUHOKAMA
Biroq bu borada o'qituvchilarning eng dolzarb vazifasi yangi texnologik jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangidan-yangi qirralarini mukammal bilish hamda ochib berish, talabalariga, keng jamoatchilikka sodda va lo'nda qilib tushuntirish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurishning faol va jo'shqin ishtirokchilariga aylantirishdir. Buning uchun, birinchi o'rinda, taraqqiyotimizning har bir yo'nalishida yangi axborot-
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
kommunikatsiya texnologiyalarini, xususan, kompyuter grafikasini tatbiq etish va uni o'zlashtirishning psixolog-pedagogik jihatlarini ochib berish zarur [96].
Oxirgi yillarda kompyuter grafikasida juda katta o'zgarishlar yuz berdi, ya'ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini (ottenok) o'zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish stansiyalari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan dasturlar dunyoga keldi.
Kompyuter grafikasi deganda ob'ektlarning ikki va uch o'lchamli modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va elektron hisoblash mashinalari yordamida ularni tasvirlash tushuniladi [69; 75; 76].
Kompyuter grafikasining keng rivojlanishi ta'lim tizimida yangi imkoniyatlarni yaratmoqdaki, ular tufayli ta'lim oluvchilar tasvirlar tahlili jarayonida eng yaxshi ko'rgazmalilikka erishib, ularning mazmuni, shakli, o'lchamlari va rangini dinamik his eta oladi. Kompyuter grafikasining bu va boshqa qator imkoniyatlari o'qituvchilar, jumladan, ta'limning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiquvchilar tomonidan hali to'liq anglab etilmaganligi kompyuter texnikasining o'quv imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanish imkoniyatini bermayapti.
Kompyuter texnikasini o'quv axborot tizimlarida qo'llash axborot uzatish tezligini va uni o'zlashtirish darajasini oshiribgina qolmasdan, balki istalgan soha mutaxassisi uchun muhim bo'lgan intuitsiya, kasbiy «sezish», obrazli tafakkur qilish kabi sifatlarning rivojlanishiga ham ko'maklashadi. Kompyuter grafikasining intuitiv, obrazli tafakkurga ta'siri sun'iy intellekt muammosida yangi yo'nalish kognitiv (ya'ni bilishga ko'maklashadi) deb nom olgan kompyuter grafikasi fanining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi [41].
NATIJALAR
Endi kompyuter grafikasining psixologik asoslarini ko'rib chiqamiz.
Inson ongi tafakkurning ikki mexanizmidan foydalanadi [41]. Ulardan biri simvollarning mavhum zanjirlari, matnlar va shu kabilar bilan ishlash imkonini beradi. Tafakkurning bu mexanizmini, odatda, simvolik, algebraik yoki logik (mantiqiy) deb yuritishadi. Tafakkurning ikkinchi mexanizmi hissiy obrazlar va shu obrazlar haqidagi tasavvurlar bilan ishlashni ta'minlaydi. Uni obrazli, geometrik, intuitiv va shu kabi nomlar bilan atashadi. Fiziologik nuqtai nazardan mantiqiy fikrlash inson miyasining chap yarim shari, obrazli tasavvur esa o'ng yarim shar bilan bog'liq [96].
O'ng yarim shar «o'chib», chap yarim shar «ishlashda» davom etgan inson nutqiy muloqot qobiliyatini saqlab qolgan, so'zlar, raqamlar va boshqa shartli belgilarga reaksiya qilgan, biroq ko'pincha moddiy olam predmetlari yoki ularning
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
tasvirlari bilan bir ish qilish kerak bo'lganda ojiz qolgan. Faqat «o'ng» yarim shar ishlaganda esa inson bu kabi vazifalarni oson uddalagan, rangtasvir asarlarini, ohang va nutq intonatsiyasini yaxshi farqlagan, makonda mo'ljal ololgan, biroq nutqiy konstruksiyalarni tushunish qobiliyatini yo'qotgan va bog'lanishli so'zlay olmagan
Inson miyasining har ikki yarim shari tashqi olamni idrok etadigan mustaqil sistema sanaladi. Tabiiy - tili nutq, lisoniy fikrlash, axborotni qayta ishlashning ratsional - logik protseduralari aynan chap yarim sharda real kechadi. O'ng yarim sharda hissiy obrazlar darajasida dunyoni, musiqa, rangtasvirni estetik idrok etish, assotsiativ tanib olish, prinsipial yangi g'oyalar, kashfiyotlarning tug'ilishi sodir bo'ladi [33].
Tafakkurning ikki mexanizmi orasidagi farqni axborotning alohida elementlaridan bog'lanishli matn tuzish tamoyillarida ko'rish mumkin: chap yarim sharli tafakkur bu elementlardan bir ma'noli kontekst yaratadi, ya'ni predmet va hodisalar o'rtasidagi cheksiz aloqalardan faqat ayrimlari, konkret vazifa uchun jiddiy bo'lganlarini faol tanlaydi; o'ng yarim sharli tafakkur esa bitta yoki ko'plab predmetlarning amalda hamma belgi va aloqalarini qamrab olgan holda ko'p ma'noli kontekst yaratadi. Inson tafakkuri va inson xulqi miyaning har ikki yarim shari hamkorligidagi ishi bilan belgilangan. Ayrim hollarda tafakkurning logik, boshqalarida intuitiv komponenti ustuvorlik qiladi. Axborotni qayta ishlashning o'ng va chap yarim sharli strategiyasi o'rtasidagi yuqorida tavsiflangan farqlar inson qobiliyatlarining shakllanishiga bevosita ta'sir o'tkazadi. SHunday ijod, ya'ni an'anaviy tasavvurlarni engib o'tish uchun dunyoni uning butun yaxlitligicha idrok etish zarur, bu esa ko'p ma'noli kontekstni tashkil qilish (obrazli fikrlash) qobiliyati rivojlanganligini ko'zda tutadi.
Shunungdek bundan ko'rinadiki, ilk davrlardan boshlab ta'lim va tarbiyani rivojlantirishni fikrlashning inson uchun kerakli bo'lgan har ikkala tipi uyg'unligida obrazli tafakkur bilan cheklanib qolmaydigan, insonning ijodiy potensiali so'nmaydigan qilib tashkil etish juda muhim. Kompyuter grafikasi bilan ishlash malakalari har bir mutaxassisning axborot-kommunikatsiya madaniyatining uzviy qismidir. Shunday qilib, kompyuter grafikasidan foydalanishning psixologik-pedagogik jihatlari va uning o'quv-tarbiyaviy jarayonda talabalarning rivojlanishiga ijobiy ta'siri bizga Kursantlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kompetentligining tarkibiy tuzilishida kompyuter grafikasi bo'yicha kompetentligini ajratib ko'rsatish imkonini berdi. Chunki bu zamonaviy axborot olamida o'sib kelayotgan avlodning axborot-kommunikatsiya madaniyatini
[78].
XULOSA
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
rivojlantirishi mumkin bo'lgan omillardan biridir.KursanÜarning kompyut er grafikasi bo'yicha kompetentligi deganda uning kompyuter grafikasidan maxsus bilim, ko'nikma va malakalar asosida tajribaga egaligi hamda pedagogik faoliyatida kompyuter grafikasi usullaridan foydalanishga tayyorligi va layoqatini ifodalovchi sifatlarini tushunamiz [38; 99; 102].
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, kompyuter grafikasi bo'yicha kompetentlik mazmuniga bir necha o'zaro bog'langan elementlarni kiritamiz: a) kompyuter grafikasi bo'yicha savodxonlik (ya'ni kognitiv jihati); b) kompyuter grafikasini turli xil standart va nostandart holatlarda namoyon qilish tajribasi (ya'ni amaliy jihati);v) kompyuter grafikasi bo'yicha motivatsiyasini namoyon qilishga tayyorlik (ya'ni motivatsion jihati). Kursantlarning kompyuter grafikasidan foydalanib ingliz tili bo'yicha kompetentligining mazmunida quyidagi o'zaro bog'langan elementlar aniqlandi: a) ingliz tili bo'yicha savodxonlik; b) kompyuter grafikasidan foydalanib, ingliz tili bo'yicha turli xil ko'nikmalarda tilni namoyon qilish tajribasi; v) ingliz tili bo'yicha motivatsiyasini namoyon qilishga tayyorlik. Kursantlarning kompyuter grafikasi bo'yicha kompetentligini shakllantirish oliy ta'limda amalga oshiriladi, lekin bu kompetentlik bo'lajak harbiylarning ingliz tili bo'yicha ko'nikma va malakalari uchun etarli emas.Shuningdek, xulosa urnida yuqoridagilardan kelib chiqib kursantlarning ingliz tili bo'yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish zaruriyati aniqlandi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida"gi PF-5789-sonli Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni.
3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. - Toshkent: TDPU, 2003. - 174 b.
4. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. - Toshkent, Fan, 2007. - 160 b.
5. Jalalov J.J. Chet til o'qitish metodikasi. Chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 2-nashri. -Toshkent, O'qituvchi, 2012. - 432 b.