Scientific Journal Impact Factor
О
INFORMASION GLOBALLASHUV SHAROITIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING XUSUSIYATLARI
Abduraxmonov Ishaq SamDU magistranti
Annotatsiya: Mazkur maqolada axborotlashgan jamiyatning xususiyatini falsafiy tahlili bayon etiladi. Maqolada raqamli iqtisodiyot axborotlashga jamiyatga xos xususiyat ekanligi hamda uning ijtimoiy turmush tarzidagi ijobiy jihatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Axborot, axborotlashgan jamiyat, axborot texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, ijtimoiy munosabatlar.
Аннотация: В статье дается философский анализ природы информированного общества. В статье подчеркивается тот факт, что цифровая экономика - это специфическая для общества характеристика информации, а также ее положительные аспекты социальной жизни.
Ключевые слова: информация, информационное общество, информационные технологии, цифровая экономика, социальные отношения
Abstract: This article provides a philosophical analysis of the nature of an informed society. The article highlights the fact that the digital economy is a society-specific feature of information, as well as its positive aspects of social life.
Keywords: Information, information society, information technology, digital economy, social relations
Kishilik jamiyati XXI asrda informatsion sivilizatsiya bosqichiga qadam qo'ydi. Jamiyat taraqqiyotining bu bosqichi axborot va kompyuter inqilobi kabi omillar asosida axborotning tovar mahsulotga aylanishi, jamiyatda kompyuter sohasida muhandis-texnik ziyolilar qatlamining vujudga kelishi, kompyuterlashtirish jarayonining ishlab chiqarish kuchiga aylanishi, internet tarmoqlarining ijtimoiy turmush tarziga toboro singib borishi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, mazkur sivilizatsiya bosqichida globallashuv jarayonining imkoniyati tezlashdi va kengayib boradi. Mamlakatimiz ham jahon hamjamiyati singari informatsion sivilizatsiya bosqichiga kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalar va internet tizimi ishlab chiqaruchi kuchga aylanib bormoqda. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi tobora xalq xo'jaligiga kirib bormoqda. Tadqiqotchilar tomonidan raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini falsafiy metodologik jihatdan tadqiqi etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqola ham shu muammolarin tadqiq etishga bag'ishlangan.
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
METODLAR
Informasion globallashuv sharoitida raqamli iqtisodiyotning xususiyatlarini yoritishda tizimli tahlil, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, taqqoslash va qiyosiy tahlil kabi usullardan keng foydalanildi.
NATIJALAR
Axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlari quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
- Ixtiyoriy individ, guruhlar, korxona yoki tashkilotlar o'zlarining hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan shaxsiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan hohlagan informassiya va bilimni pul to'lab yoki bepul ravishda istalgan vaqtda mamlakatning ixtiyoriy burchagida olish imkoniyati mavjud bo'lishi;
- Jamiyatda ixtiyoriy individ, guruhlar yoki tashkilotlar foydalana olishi mumkin bo'lgan zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlab chiqarilishi va undan erkin foydalana olish imkoniyatining mavjud bo'lishi;
- Hozirgi murakkab globallashuv jarayonida informatsion jamiyat talablarini qo'llab quvvatlash va rag'barlantirish maqsadida Milliy informatsion resurs markazlari va ularning infratuzilmasini yaratish;
- Jamiyatda ishlab chiqarish va boshqaruv sohalarining deyarli barcha yo'nalishlarini avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish jarayonining jadallashuvi;
-Ijtimoiy strukturada keskin o'zgarishlarning sodir bo'lishi, informatsion faoliyat va xizmat ko'rsatish sohaining kengayishi. Bu sohada aholining aksariyat qismi band bo'lishi.
Informatsion sivilizatsiya bosqichi va globallashuv jarayoni kishilik jamiyati taraqqiyotiga xos bo'lgan tabiiy-tarixiy jarayon bo'lib, uning ijobiy jihatlari «davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integrasiya va hamkorlik aloqalarini kuchayishi, xorijiy investisiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko'plab yangi ish o'rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kashf etishi, ekologik ofatlar paytida o'zaro yordam ko'rsatish imkoniyatlarining ortishi» bilan belgilanadi(1.112).
Jamiyatning kompyuterlashtirish jarayoni, uni ishlab chiqarish - qishloq xo'jaligi va sanoatda, ta'lim tarbiya tizimida, tibbiyotda, maishiy xizmat ko'rsatish sohalarida shuningndek, kommunikativ aloqa va pochta tizimida ko'llanishi bilan namoyon bo'lmoqda.
Scientific Journal Impact Factor
0
Axborotlashgan jamiyatda ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarda raqamli iqtisodiyot tushunchasi muhim rol uynaydi. Raqamli iqtisodiyotning mohiyati nimadan iborat? Raqamli iqtisodiyot - bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha qo'llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma'ruza e'lon qildi ("Raqamli dividendlar") (2).
Respublikamizda raqamli iqtisodiyotning belgilari bir necha yil avval boshlangan edi. Xususan, savdo-sotiq munosabatlari va ishchi xodimlarning maoshlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirilishi, kommunal xizmatlar bo'yicha to'lovlarning elektron tarzda joriy etilishi va hokazo bu kabi jarayonlar raqamli iqtisodiyotning muhum xususiyatlaridan biridir.
Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini joriy etishni yanada jadallashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligini tashkil etildi. Mazkur vazirlikni tashkil etishdan maqsad xalqimiz hayot darajasi va sifatini yuksaltirishda axborot texnologiyalari imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy kompyuter va internet tarmoqlaridan foydalanishni yanada qulayliklar yaratish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish chora tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo'yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirishdir.
Zamonaviy kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta'minlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil etishdan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligini tashkil etilishi mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat rivojlanishi va raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda yangi istiqbollarga imkoniyat yaratadi.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoevning o'tgan yili Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnimasida ta'kidlanganidek: "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga
Scientific Journal Impact Factor
0
yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi»(3).
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot axborotlashgan jamiyatning hosilasi bo'lib, tabiiy tarixiy jarayondir. Kishilik jamiyattiga xos bo'lgan bu jaryoning turmush tarzimizda ko'plab ijobiy jihatlari mavjuddir. Avvalo raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi ijtimoiy munosabatlarimizdagi eng salbiy illat -korrupsiyaning barham berishga yordam beradi. Shuningdek, «yashirin iqtisodiyot»ga qarshi kurashda ham qulay imkoniyat vujudga keladi. Eng muhumi raqamli iqtisodiyot sharoitida fuqarolarimizning vaqtdan unumli foydalanish imkoniyati paydo bo'ladi, xavfsizlik taminlanadi, masalan to'lovlar uchun xarajatlar kamayadi, ya'ni, bankka borish uchun vaqt va yo'lkira hamda boshqa resurslar tejaladi. Bundan tashqari mijoz tovarlar va xizmatlar haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch.T. "Ma'naviyat",2008, 112-bet.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020yil 24 yanvar
XULOSA