UDK 37.02
Umarova R. U.
Andijon davlat universiteti o'qituvchisi
TA'LIM TIZIMIDA SMART TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta 'lim tizimida o 'quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda smart texnologiyasining ahamiyati to 'g 'risida fikrlar bayon etilgan. Dars jarayonida smart texnologiyani qo 'llash natijasida o 'quvchilarning intellektual salohiyati va ilmiy nazariy bilimi yanada mustahkamlanadi. Shuning bilan birgalikda, ta 'limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish ta 'limni yanada boyitish, takomillashtirishga olib keladi.
Kalit so'zlar: ta'lim, axborot texnologiyalari, smart texnologiyasi, informatika, innovatsiy, pedagogik texnologiya.
Umarova R.U. teacher
of Andijan state university
IMPROVING THE EFFICIENCY OF USING SMART TECHNOLOGIES
IN THE EDUCATION SYSTEM
Annotation: This article discusses the importance of intelligent technologies in the development of the intellectual potential of students in the education system. The use of smart technology in the classroom further enhances the intellectual potential and scientific and theoretical knowledge of the students. At the same time, the introduction of information and communication technologies and modern pedagogical technologies in education will lead to further enrichment and improvement of education.
Keywords: education, information technology, smart technology, informatics, innovation, pedagogical technology.
XX asming 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. XXI asr axborotlashtirish va kommunikatsiya asri, deyish an'anaga aylandi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar jamiyatdagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
Kundalik turmushda turli ko'rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to'g'ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig'ish, saqlash va
h.k.) uchun turli texnik xarakteristikalarga ega bo'lgan axborot qurilmalari kerak bo'ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va zamonaviy protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Hozirgi kunda ta'lim sohasida o'qitishni kompyuterlashtirishga katta e'tibor berilmoqda, chunki zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O'qitishni kompyuterlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
S ta'lim tizimining barcha pog'onalarida axborotlashtirishni yetakchi bo'g'inligini ta'minlash;
S barcha sohalar bo'yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring);
S axborotlashtirish sohalarida me'yoriy bazalarni yaratish (ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.);
S texnik ta'minot - kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko'rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
S telekommunikatsiya tarmoqlari;
S ta'minot resurslari (dasturiy ta'minot, internetdagi axborotlar majmui, ma'lumotnomalar va h. k.).
Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o'z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat ob'ektlari haqida so'z yuritamiz.
Bunday ob'ektlarga sonlar (o'lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va animatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa) va boshqalar kiradi. Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot ob'ektlarini yaratish, zarur axborot ob'ektlarini izlash, axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko'rinishda tasvirlash, axborot ob'ektlarini (matn, suhbat, rasm, o'yin va boshqa ko'rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, ob'ektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.
Ta'lim tizimida yoshlarga zamonaviy bilim berishda innovatsion texnologiyalarning o'rni beqiyos. Dars jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashda hamda zamonaviy uslublar ta'limning sifat va samaradorligini oshiradi, raqobatdardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Har bir dars, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor. O'qituvchi va talabaning maqsadi ijobiy natijaga erishish ekan, darsda qanday texnologiyadan foydalanish ular ixtiyorida. O'qituvchining mahoratiga qarab, kompyuter bilan ishlash, film, tarqatma material, plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar, puxta loyihalangan interfaol usullar qo'llash mumkin.
Mavzu materialini bayon etish paytida o'quvchilarga savollar berish ham yaxshi samara beradi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning materialni qanday
o'zlashtirganliklarini bilib oladi. Shu bilan birga, o'quvchilar o'qituvchining istagan paytda so'rab qolishini bilib, uni diqqat bilan eshitadilar. O'quvchilarni o'qituvchiga savollar berishga odatlantirish o'quv materialining muvaffaqiyatli o'zlashtirilishiga yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi. O'quvchilarni faollashtirish, ularda o'tilayotgan darsga qiziqish uyg'otish ham pedagogga bog'liq.
O'quvchilar savolni butun material yoki uning ayrim qismlari bayon etib bo'linganidan keyin berishlari kerak. Aks holda savollar o'qituvchini asosiy fikrdan chalg'itishi, natijada bu metodik usul foyda o'rniga zarar keltirishi mumkin.
O'quvchilar charchashi oqibatida ko'pincha ularning diqqat-e'tibori va faolligi pasayadi, buni o'quv materialini bayon etishda hisobga olish zarur. Uzoq vaqt e'tiborni jalb etish ham charchatadi, o'quvchi o'qituvchining so'zlarini diqqat bilan eshita olmaydi, chalg'iy boshlaydi. O'quvchilar darsdan charchamasligi, diqqatini darsga jalb qilish usullaridan biri - dars o'tish uslubining xilma-xil bo'lishida. Tajribali o'qituvchilar o'quvchilar o'zlashtirishi qiyin bo'lgan materialni darsning birinchi yarmida, takrorlash, o'quvchilardan so'rash va bilimlarni puxtalashni darsning ikkinchi yarmida o'tkazadilar. Keng ko'lamli islohotlarning muhim bo'g'ini - innovatsiyalar bugun har bir sohada bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham o'zining afzalliklarini namoyish etmoqda. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir.
AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta'lim texnologiyalari, balki yelektron ta'lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan yehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda ye-learning tizimidan Smart (ingl. — aqlli, mushohadali, harakatchan) ye-learning hamda Smart Yeducation (aqlli ta'lim) ga o'tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta'lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo'llaniluvchi barcha usul va texnologiyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta'lim kesimida o'zi bilan birga, «aqlli taxta», «aqlli yekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta'lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo'ladi. Bunda ta'lim jarayonini baholovchi asosiy yelement sifatida faol ta'lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo tushunchalari to'sig'idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.
Smart ta'lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz rivojlanishi, bilimlarni doimiy o'sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta'lim tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun yendi inson kapitalining ta'siri kamlik qila boshlaydi. Bu kabi masalalarni
hal qilishda nafaqat ta'lim muhitining o'zini, balki ta'lim tizimining tarkibi, instrumentai, usullari tubdan o'zgartirilishi shart. Analitik kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g'oyalarni rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o'zaro kommunikatsiya madaniyati kabi bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an'anaviy ta'lim parametrlari asosida bilim berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi (1-rasm). O'z navbatida, Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo'lmaydi. Agar ta'lim shu yo'nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi.
Hozirgi kunda, o'quv darslarida, multimedia vositalaridan foydalangan holda, Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturiy paketlarida tayyorlangan taqdimotlarni qo'llash oddatiy holga aylanib bormoqda, biroq shu bilan birga, ta'lim sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Axborotlarni talabalarga yangi interfaol uskunalar (interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv display — Sympodium) yordamida uzatish, ma'ruzachiga dars jarayonining o'zida taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish, o'quv materiallarini namoyish yetish, yekrandagi tasvir ustidan yozma sharhlar berish mumkin. Shu bilan birga, interfaol Smart Board taxtasiga yozilgan ma'lumotlarni magnit tashuvchilarda saqlanib qolib, ularni bosib chiqarish, darsga kelmagan talabaning yelektron pochtasiga yuborish amalga oshiriladi. Ma'ruza davomida Smart Board taxtasida yaratilgan o'quv materiallini yesa, o'rnatilgan videokoderga yozib olib, ko'p martta qayta qo'llanishi mumkin.
Albatta bugungi kunda interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun maxsus dasturiy ta'minotlar (Smart Notebook, Bridgit, Synhron Yeyes) ishlab chiqilgan. Mazkur dasturiy ta'minotlar har birining o'z imkoniyatlari mavjud. Masalan, Smart Notebook matnlar va obyektlar bilan ishlaydi, axborotlarni saqlaydi, yozma harflarni bosma harflarga aylantiradi. Bridgit dasturi taqdimotlarni tez va osonlik bilan butun dunyoning turli nuqtalaridagi hamkorlarga tarqatadi, o'z hujjatlariga taqrizlar oladi. Buni amalga oshirish uchun o'qituvchi chiqishidagi muhim pozitsiyalarini umumiy «ishchi stol»da ajratib ko'satishi bilan shu onning o'zidayoq, dastur real vaqtda, barcha konferensiya ishtirokchilari oynasida paydo bo'ladi. Synhron Yeyes (sinxron ko'z) dasturiy paket yordamida o'qituvchi barcha o'quvchilarni kuzatib turishi, o'quvchilar ishchi monitorlarini yekranga chiqarishi, blokirovka qilishi, interfaol taxta yordamida o'quv materiallarini, darsliklarni, testlarni yuborishi va jarayonni nazorat qilishi mumkin.
Yangi pedagogik texnologiyalarning afzalligi shundaki, unda mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tishining 80 foizi ta'lim jarayonini to'g'ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog'liq.
Innovatsion ta'lim o'qituvchi faoliyatini yangilash, ta'lim-tarbiya jarayonini maqbul qurish bilan birga, o'quvchi va talaba yoshlarda bilimga
chanqoqlik, hurfikrlilik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg'ularini
shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Щ
f
1-Rasm43.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Узбекистон Республикасининг "Таълим тугрисида"ги ^онуни. // Баркамол авлод -Узбекистон тараккиётининг пойдевори. - Т. Шарк. 1997.
2. Усманова Г.А. Тажриба-тадкикот майдонларида илгор педагогик технологияларидан фойдаланиш. // Журнал Таълим технологиялари №1, - 2G12, - б. 29-32.
3. Umida Aripova Smart ta'lim texnologiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, infoCOM.UZ Jurnali 2G17 yil.
43 Umida Aripova Smart ta 'lim texnologiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, infoCOM.UZ Jurnali 2017 yil.