Научная статья на тему 'IMOM AL BUXORIY ASARLARINI PEDAGOGIK AHAMIYATI'

IMOM AL BUXORIY ASARLARINI PEDAGOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Imom al-Buxoriy / taʼlim / pedagog / tizim / yosh avlod / taʼlimtarbiya / hadis / odob-axloq / ma`naviyat / madaniyat / pedagogika. / Imam al-Bukhari / education / teacher / system / young generation / education / hadith / morals / spirituality / culture / pedagogy

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shabdullayeva L.O.

Har bir mamlakatning poydevori yosh avlod hisoblanadi. Yoshlar yurt kelajagidir. Yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalash muhim vazifadir. Yosh avlodga kerakli bilimlarni berish orqali biz kelajagimiz poydevorini mustahkam qurishimiz mumkin. Yosh avlodaga ilgʻor bilim berishda ajdodlarimizning asarlaridan keng foydalanilmoqda. Ushbu maqolada muhaddis olim Imom al-Buxoriy asarlarining pedagogik ahamiyati keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL SIGNIFICANCE OF THE WORKS OF IMAM AL-BUKHARI

The foundation of each country is the young generation. Youth is the future of the country. An important task is to educate young people so that they become mature and comprehensively developed individuals. By passing on the necessary knowledge to the younger generation, we can lay a solid foundation for our future. The works of our ancestors are widely used to pass on advanced knowledge to the younger generation. This article widely covers the pedagogical significance of the works of the muhaddi scholar Imam al-Bukhari.

Текст научной работы на тему «IMOM AL BUXORIY ASARLARINI PEDAGOGIK AHAMIYATI»

Shabdullayeva L. O. Andijon davlat tibbiyot instituti "O\bek tili va adabiyoti, tillar" kafedrasi o^qituvchisi

IMOM AL BUXORIY ASARLARINI PEDAGOGIK AHAMIYATI

Annotatsiya. Har bir mamlakatning poydevori yosh avlod hisoblanadi. Yoshlar yurt kelajagidir. Yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalash muhim vazifadir. Yosh avlodga kerakli bilimlarni berish orqali biz kelajagimiz poydevorini mustahkam qurishimiz mumkin. Yosh avlodaga ilg'or bilim berishda ajdodlarimizning asarlaridan keng foydalanilmoqda. Ushbu maqolada muhaddis olim Imom al-Buxoriy asarlarining pedagogik ahamiyati keng yoritilgan.

Kalitso'zlar: Imom al-Buxoriy, ta'lim, pedagog, tizim, yosh avlod, ta'lim-tarbiya, hadis, odob-axloq, ma^naviyat, madaniyat, pedagogika.

Shabdullaeva L. O.

Lecturer

of the Department of " Uzbek Language and Literature, Languages "

Andijan State Medical Institute

PEDAGOGICAL SIGNIFICANCE OF THE WORKS OF IMAM

AL-BUKHARI

Abstract. The foundation of each country is the young generation. Youth is the future of the country. An important task is to educate young people so that they become mature and comprehensively developed individuals. By passing on the necessary knowledge to the younger generation, we can lay a solid foundation for our future. The works of our ancestors are widely used to pass on advanced knowledge to the younger generation. This article widely covers the pedagogical significance of the works of the muhaddi scholar Imam al-Bukhari.

Keywords: Imam al-Bukhari, education, teacher, system, young generation, education, hadith, morals, spirituality, culture, pedagogy

Kirish qism:

Yangilanayotgan O'zbekistonimiz Renessans davrining 3-bosqichini boshidan kechirmoqda. Bugungi kunda islohotlar soni ko'paymoqda. Bu islohotlarning juda katta qismi ta'lim sohasiga qaratilmoqda. Bunga asosiy sabab yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ta'lim tizimi muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni ongiga o'zbek milliy madaniyatini va milliy tuyg'usini singdirish muhim vazifalardan biridir. Har bir yosh avlodni odobli va andishali qilib tarbiyalashda ta'lim tizimining o'rni beqiyosdir. Ta'lim tizimida buyuk mutafakkirlarimizning asarlarini o'rganish va ular amalda ko'rsatib o'tgan

metodlardan keng ko'lamda foydalanish orqali samarali yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan muhadis olim Imom al-Buxoriy bobomizning asarlarini o'rganish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatib kelinmoqda.

Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy qamariy taqvim bo'yicha 1225-yilligini nishonlash to'g'risida»gi qarori (1997-yil. 29 aprel.) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o'rganish va targ'ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. (1998-yil 23 oktabrda). Samarqandda yubiley to'ytantanalari bo'lib o'tdi.Buxoriyning boy ma'naviy merosini chuqur o'rganish va keng targ'ib qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasi tuzildi (1998-yil . 4-noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg'armaning asosiy vazifasi Qur'oni karim va Buxoriyning «al Jomi' as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o'tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an'analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag'ishlab bir necha tillarda kitob, albom, 2 qismli film (1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.

Mavzuning metodologik asosi: Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g'oyat shuhrat qozongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan. Imom al-Buxoriyning hadislari ta'lim tizimizda qo'llanilib kelinayotgan darsliklardan joy olgan. Har bir o'quvchini keng mushohadaga solib qo'yadigan bu hadislar o'quvchini hayot davomida o'zgarib borayotgan xulq-atvoriga va odob-axloqiga ijobiy ta'sir qiladi. Ayniqsa, o'smir yoshdagi yosh o'g'il-qizlarga Imom al-Buxoriy bobomizning hadislari to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi vosita hisoblanadi. Imom al-Buxoriy asarlarining pedagogik ahamiyati ham mana shunda. Muhadis olimning hadislari har qanday o'quvchini qalbini zabt eta oladi hamda odobli bolib voyaga yetishida xizmat qiladi. Bilim olishning qanchalik savobli ekanligini, bilimli kishi hech qachon xor bo'lmasligini o'quvchilar anglab yetadi. Alloma ibn Salohning ta'kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo'lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Jumladan, taniqli adib va tarixchi an-Nuvayriy (1332 yilda vafot etgan) al-Buxoriyning ushbu asaridan sakkiz nusxa ko'chirib, har birini ming dirhamdan sotgan. 1325 yilda ko'chirilgan sakkiz jilddan iborat go'zal bir nusxasi hozir Istanbulda saqlanmoqda. «Al-Jome' as-sahih»ga ko'pdan-ko'p sharhlar bitilgan bo'lib, muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr ham qilingan. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo'lgani "Al-jome' as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni

chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo'lgan ilmlarga oid bir qator o'ta ahamiyatli kitoblar yozdi.

Natijalar va muhokamalar: Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid" („Foydali ashyolar haqida kitob"), „Al Jomi' al-kabiyr" („Katta tayanch"), „Xalq afol alibod", („Alloh bandalari ishlarining tabiati"), „Al Musnad al-kabiyr" („Katta tayanch"), „Attafsir alkabiyr" („Katta tafsir"), „Kitob alxiba" („Xayrehson haqida kitob") va boshqa asarlarning ba'zilari bizgacha yetib kelmagan. Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo'lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan «Al-jome' as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-ta'rix as-sag'ir», «At-ta'rix al-avsot», «At-ta'rixal-kabir», «Kitob al-ilal», «Barr ul-volidayn», «Asomi us-sahoba», «Kitob al-kuna» va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, «Al-jome' as-sahih»dir. Imom al-Buxoriy asarlarining ko'p qismi nafaqat bizning yurtda boshqa mamlakatlarda ham ta'lim tizmining beqiyos namunasi hisoblanadi. Qohira, Quvayt, Abu-Dabi, BAA va bir nechta arab davlatlarida ham Imom al-Buxoriy asarlari ta'lim sohasida keng qollanilib kelinmoqda.

Xulosa: Imom al-Buxoriy to'plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta'limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq ko'ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da'vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o'zini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo'l-yo'riqlar, pand-nasihat va o'gitlar aks ettirilgan. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg'ambar (as) sunnatlari bo'yicha asosiy darslik, qo'llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati

1. Abu Abdulloh idn Ismoil Al-Buxoriy. "Al-adab al-mufrad" - T.: O'zbekiston, 1999

2. Hoshimov K. Nishonova S Pedagogika tarixi. Darslik -T: O'qituvchi, 2005 yil.

3. Mansurov A., Jo'rayev., Lafasov., M Hadis ilmi saboqlari.-T.:1999, Gofur Gulom nashriyoti.

4. Usmonxon Hoji Temurxon o'g'li va Baxtiyor Nabixon O'gli., Imom Al-Buxoriy Muhaddislar Sultoni. -T.:1999.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.