ILM-FAN SOHASIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ULARNING
AMALIYOTGA TATBIQI Qobiljonova Muslima Odiljon qizi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti "Marketing va logistika" fakulteti, 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10665256
Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif tomonidan O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyotining rivojlanishi, uning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash borasidagi olib borilayotgan chora-tadbirlar, ta'lim sohasidagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo'yicha mulohazalar haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Ilm-fan, ilmiy tashkilotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, ta'lim, innovatsion rivojlanish, tadqiqotlar.
Аннотaция. B данной статье автор представляет информацию о развитии науки в Узбекистане, мерах, принимаемых для поддержки ее роста, существующих проблемах в сфере образования и соображениях по их решению.
Ключевые слова: Наука, научные организации, социально-экономическая сфера, образование, инновационное развитие, исследования.
Abstract. In this state, the author presents information about the development of science and technology in Uzbekistan, and about direction in supporting growth of education, the problems of concern in the sphere of training, and the solution to social problems.
Keywords: Science, scientific organizations, socio-economic, education, innovative development, research
O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan mustaqillik islohotlari iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, mafkuraviy, madaniy islohotlar ta'lim-tarbiya tizimida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakatning yuksalishi, rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi o'sha mamlakatdagi ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga har jihatdan bog'liqdir. Hozirda yangilanayotgan jamiyat uchun hamda erkinlashayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar uchun, avvalo, shu sifatlarga mos tarzda faoliyat ko'rsatishga qodir ta'lim tizimi zarur.
Bizga ma'lumki, oliy ta'lim tizimiga O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yunalish deb yondashilayotgani shubhasizdir.
Shu bois, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi deb ta'kidlab o'tilgan[1].
Ilm-fan — har qanday davlatni rivojlanishga yetaklovchi asosiy kuch hisoblanadi. Davlatning rivojlanishini fan taraqqiyoti orqali baholash juda ham o'rinli, desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu bois O'zbekiston uchun ilm-fan taraqqiyoti farovonlik va barqarorlik yo'lidagi muhim qadamlardan biridir. Konstitutsiyamizda davlat jamiyatning ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qilishi bejiz qayd etilmagan. Tarixdan o'zbek jamiyatida ilmga hurmat va ehtirom an'ana sifatida saqlanib kelgan. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy aytganlaridek, "dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay".
Ilm-fanning hozirgi holati b ugungi kunda O'zbekistonda 30 mingdan ortiq shaxs ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadi, ularning 27 mingdan ortig'i oliy ma'lumotga ega. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomondan qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag'batlantirish to'g'risida"gi[2] farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o'rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag'batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan. Ilm-fan bilan shug'ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap, dedi Prezidentimiz. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag'batga munosib.
Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o'zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga to'la javob beradi, deb bo'lmaydi. Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud ilmiy salohiyat va mablag'larni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yo'naltirish zarur. Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o'zi talab qilmoqda, dedi Prezidentimiz. Xorijning yetakchi o'quv va ilmiy muassasalarida ta'lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag'batlantirish choralarini ko'rish kerak. Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e'tirof etilgan olimlar ko'p. Ular o'z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich - maktab ta'limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta'minlash zarur. Bu yo'lda hech narsani ayamaymiz, dedi davlatimiz rahbari. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo'lgan Innovatsion markaz tashkil etish bo'yicha tashabbusi ilmiy-tadqiqot institutlari, ta'lim muassasalari va sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish imkonini berishi ilm-fan ahli tomonidan alohida ta'kidlandi.
Har yili O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining salmoqli qismi ijtimoiy xarajatlarga, shu jumladan, ta'lim va ilm-fanga sarflanadi. 2021-yilda mamlakat budjetidan faqat innovatsion rivojlanish va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun 239 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratildi. 2022-yilda bu ko'rsatkich 671 milliard so'mdan ortiqni yoki davlat budjeti xarajatlarining 0,39 foizini tashkil etadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag'batlantirish to'g'risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o'rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy
kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag'batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan. Ilm-fan bilan shug'ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap, dedi Prezidentimiz. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag'batga munosib. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o'zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga to'la javob beradi, deb bo'lmaydi. Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovatsiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va litsenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovatsion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud ilmiy salohiyat va mablag'larni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yo'naltirish zarur. Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o'zi talab qilmoqda, dedi Prezidentimiz. Xorijning yetakchi o'quv va ilmiy muassasalarida ta'lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag'batlantirish choralarini ko'rish kerak. Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e'tirof etilgan olimlar ko'p. Ular o'z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich - maktab ta'limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta'minlash zarur. Bu yo'lda hech narsani ayamaymiz, dedi davlatimiz rahbari. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo'lgan Innovatsion markaz tashkil etish bo'yicha tashabbusi ilmiy-tadqiqot institutlari, ta'lim muassasalari va sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish imkonini berishi ilm-fan ahli tomonidan alohida ta'kidlandi. Muammolar Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va uning yangi texnologik rivojlanishga o'tish jarayoni dunyo tovar va moliya bozorlarida, raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida va aholining ijtimoiy-iqtisodiy, o'sib borayotgan muammolarini hal qilish usullarida tobora raqobatning tobora kuchayishiga olib kelmoqda. Ushbu masalalarning asosiy yechimi ilmfan va innovatsiyalar sohasida yetakchi mamlakatlar qatoridan o'rin olish, to'rtinchi sanoat inqilobi davrida xalqaro raqobatbardoshlikka erishish, to'plangan institutsional muammolarning yangi yechimlarini izlab topish, shuningdek globallashuv tufayli yuzaga kelayotgan bahsli masalalarni hal qilishdan iborat bo'lishi lozim. Ushbu raqobat sharoitida iqtisodiyotda ustuvor yo'nalishlar rivojini ta'minlovchi ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshiruvchi ekotizimni shakllantirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Shu sababdan, rivojlanayotgan mamlakatlar raqobatbardoshlikni oshirish va mustahkamlash bo'yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni va global marketingni faol o'zlashtirish, ustuvor yo'nalishlarda o'z ilmiy maktablarini tashkil etish, tajribali va malakali mutaxassislarni jalb etish, innovatsion salohiyatga ega istiqbolli
startaplarni qo'llab-quvvatlash, uzoq muddatli barqaror rivojlanishning moliyaviy va institutsional asoslarini yaratish uchun davlat imtiyozlaridan maqsadli foydalanish kabi choralarni ko'rmoqda.
Mamlakatimizning ilm-fan sektori 100 dan ortiq akademik va tarmoq ilmiy muassasalaridan iborat bo'lib, hozirgi kunda 65 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 31 ta ilmiy markaz (shundan 14 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markaz) va 8 ta boshqa turdagi ilmiy tashkilot faoliyat ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. O'zbekistonni 2030-yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish bo'yicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e'lon qilindi. Mazkur maqsad ilm-fan sohasini zamonaviy iqtisodiyot talablariga moslashtirishdan iborat bo'lib, o'z navbatida, ilm-fandagi tegishli huquqiy baza bilan tartibga solinadigan tub tarkibiy, tashkiliy, moliyaviy hamda kadrlar va infratuzilmaga oid islohot-o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan. So'nggi yillarda ilm-fan sohasini ustuvor rivojlantirish va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 20 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, ular uzluksizlik, ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillariga asoslangan. 2017-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani alohida ahamiyatga ega bo'lib, yangi idora ilmiy va innovatsion faoliyatga oid jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Fanlar akademiyasining barcha ilmiy tashkilotlarini Davlat budjeti hisobiga saqlash va ularga ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirish tizimi yo'lga qo'yildi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 10 ta ilmiy tashkiloti Fanlar akademiyasi tizimiga qaytarilib, uning maqomi va nufuzini yuksaltirish barobarida ilm-fan sohasining jamiyatdagi mavqeyi oshirildi, yoshlarning sohaga bo'lgan fikri-munosabati ijobiy tomonga o'zgardi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni - T.: 2020 yil, 23 sentyabr // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi : www Lex.uz
2. Shavkat Mirziyoev. "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni // https://lex.uz/
3. Shavkat Mirziyoev. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi. 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni. https://lex.uz/
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi 606-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida" Qarori.
5. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-Toshkent:O'zbekiston, 2017.-48 bet.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4907-sonli Farmoni // https://lex.uz/
7. Xakimova M., Musaxanova G. Kasbiy pedagogika // O'quv qo'llanma. - 2007. - T. 193.
8. Musaxanova Gulnora Mavlyanovna. (2022). "Keys-stadi" texnologiyasi talabalarning mustaqil ta'lim jarayonida tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantiruvchi innovatsion metod sifatida. Arxiv nauchnux issledovaniy, 2(1). izvlecheno ot https: //journal. tsue.uz/ index. php/ archive/article/view/1427.
9. Musaxanova Gulnora Mavlyanovna. (2022). Mu staqil ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarning tashkilotchilik qobiliyatlarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish. Архив научных исследований, 2(1). извлечено от https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1503
10. Мусаханова Г.М. (2022). Направления развития навыков самостоятельного обучения студентов в условиях цифровизaции экономики. Международный журнал исследований и обзоров социальных наук, 5(1), 64-67.https://doi.org/10.47814/ij ssrr.v5i1.160