Научная статья на тему 'ILK O‘RTOQ DEHQONCHILIK MANZILGOHLARI VA ULARNING TARQALISH YO‘NALISHLARI'

ILK O‘RTOQ DEHQONCHILIK MANZILGOHLARI VA ULARNING TARQALISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1215
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniy o‘simliklar / mevali daraxtlar / sivilizatsiya / bug’doy / mikromarkazlar / Allium ampeloprasum. / Cultivated plants / fruit trees / civilization / wheat / microcenters / Allium ampeloprasum.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Fayziyev, Abdusamad Abduxoliq O‘g‘li

Maqolada arxeologik va yozma manbalar asosida dehqonchilikning ilk manzilgohlari va ularning tarqalish yo’nalishlari tahlil etilgan. Dastlabki madaniylashtirilgan o’simliklarning ro’yhati ko‘rsatib berilgan bo‘lib, insoniyatning o‘troq hayotga o‘tishdagi, sivilizatsiyalarning tug‘ulishida bosh omil ekanligi asoslangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ilk dehqonchilik markazlarini va ularga asos bo’lgan o’simliklarning rivojlanishidagi o‘rnini ko‘rsatib berishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EARLY COMMON AGRICULTURAL LOCATIONS AND THEIR DISTRIBUTION DIRECTIONS

The article analyzes the first settlements of agriculture and the directions of their spread based on archaeological and written sources. The list of the first cultivated plants is shown, and it is based on the fact that it is the main factor in the transition of mankind to a settled life and the birth of civilizations. The main goal of the research is to show the first agricultural centers and the role of plants in the development of them.

Текст научной работы на тему «ILK O‘RTOQ DEHQONCHILIK MANZILGOHLARI VA ULARNING TARQALISH YO‘NALISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ILK O'RTOQ DEHQONCHILIK MANZILGOHLARI VA ULARNING

Maqolada arxeologik va yozma manbalar asosida dehqonchilikning ilk manzilgohlari va ularning tarqalish yo'nalishlari tahlil etilgan. Dastlabki madaniylashtirilgan o 'simliklarning ro 'yhati ko 'rsatib berilgan bo 'lib, insoniyatning o'troq hayotga o'tishdagi, sivilizatsiyalarning tug'ulishida bosh omil ekanligi asoslangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ilk dehqonchilik markazlarini va ularga asos bo 'lgan o 'simliklarning rivojlanishidagi o 'rnini ko'rsatib berishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Madaniy o'simliklar, mevali daraxtlar, sivilizatsiya, bug'doy, mikromarkazlar, Allium ampeloprasum.

The article analyzes the first settlements of agriculture and the directions of their spread based on archaeological and written sources. The list of the first cultivated plants is shown, and it is based on the fact that it is the main factor in the transition of mankind to a settled life and the birth of civilizations. The main goal of the research is to show the first agricultural centers and the role of plants in the development of them.

Keywords: Cultivated plants, fruit trees, civilization, wheat, microcenters, Allium ampeloprasum.

В статье анализируются первые поселения земледельцев и направления их распространения на основе археологических и письменных источников. Приведен список первых культурных растений, и он основан на том, что это главный фактор перехода человечества к оседлой жизни и зарождения цивилизаций. Основная цель исследования - показать первые земледельческие центры и роль растений в их развитии.

Ключевые слова: культурные растения, плодовые деревья, цивилизация, пшеница, микроцентры.

TARQALISH YO'NALISHLARI

Fayziyev Abdusamad Abduxoliq o'g'li,

Termiz davlat universiteti, "O'zbekisto tarixi va manbashunoslik" kafedrasi o'qituvchisi e-mail: fayziyevabdusamad40@gmail .com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Sovet olimi N. Vavilov va uning shogirdi P. M. Jukovskiy bir vaqtlar o'simlik ekinlarining kelib chiqish markazlarini aniqlash mumkin bo'lgan usulni ishlab chiqdi va asosladi. Vavilov "qoida tariqasida, qishloq xo'jaligi ekinlarining birlamchi kelib chiqish markazlari dominant nuqtalarining mavjudligi bilan ajralib turadigan tog'li hududlarda joylashgan" deb hisoblagan. U o'zining "O'simliklar yetishtirishning fitogeografik asoslari" (Vavilov, 1935) asarida kelib chiqish va xilma-xillik markazlari haqidagi oldingi barcha ishlarini umumlashtiradi va birlashtiradi.

1925—1939 yillarda Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasini eng izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi. N.I.Vavilov o'zi va boshqa botanik olimlar tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda to'plangan jahon o'simlik resurslari (250000 ga yaqin namunalar kolleksiyasi) to'g'risidagi juda katta materiallarga tayangan holda Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlarining 8 ta asosiy geografik markazi yoki o'choqlarini ko'rsatib berdi va unda qayday o'simliklar xonakilashtirilganligi haqida malumotlarni ham berib o'tdi:

1. Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot va mevali ekinlar vatani);

2. Hindiston markazi (madaniy o'simliklar turlarining deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish, baqlajon, bodring , mevali ekinlar vatani);

3. O'rta Osiyo markazi (no'xat, china, kunjut, maxsar, yasmiq, ko'pgina sabzavotlar — piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — o'rik, nok, tok, bodom vatani);

4. G'arbiy Osiyo markazi (bug'doyning ko'pgina turlari, ikki qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari, sabzi, anjir, anor v b.);

5. O'rta dengiz, markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda ko'p ozuqa va sabzavot ekinlari vatani);

6. Efiopiya markazi (bug'doy, arpa, moyli ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe daraxti va boshqa vatani);

7. Markaziy Amerika markazi (90 ga yaqin oziq-ovqat, texnika va dorivor o'simliklar, shu jumladan, makkajo'xori, uzun tolali g'o'za, loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao, mevali o'simliklarning ko'pgina turlari vatani);

8. Janubiy Amerika markazi (ko'pgina ildizmevali o'simliklar, birinchi navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va koka butalari vatani).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tmishda ayrim o'simliklar bu asosiy markazlardan chetda madaniy ekinlarga aylantirilgan. Lekin bunday o'simliklar soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi (eng qadimgi) va ikkilamchi (dehqonchilik mintaqalari o'rtasida tovar ayirboshlash va

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'zaro aloqalarning rivojlanishi bilan bog'liq holda keyinchalik paydo bo'lgan) Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari borligini ko'rsatadi. Agar ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va boshqa yirik daryolar vodiylari qadimgi dehqonchilik markazlari bo'lgan, deb hisoblangan bo'lsa, N. I. Vavilov deyarli barcha madaniy ekinlar tog'li, tropik, subtropik va mo'tadil mintaqalarda paydo bo'lganligini ko'rsatib berdi. Yetishtirilayotgan ko'pchilik madaniy ekinlarning asosiy geografik markazlari faqat o'simlik boyliklaridan tashqari eng qadimgi dehqonchilik madaniyati bilan ham bog'liqdir. Hindiston markazi qadimgi Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan, O'rta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga ega bo'lgan etrus, ellin va Misr madaniyati bilan bog'liq. Shunday qilib, yovvoyi o'simliklardan foydalanishda ularning sifat tarkibi, rivojlangan dehqonchilik madaniyati va tegishli ravishda yirik-yirik aholi manzilgohlarining mavjudligi katta rol o'ynagan.

"Birlamchi qishloq xojaligi markazlarining geografik joylashuvi juda o'ziga xosdir. Barcha yetti o'choq asosan tog'li tropik va subtropik mintaqalar bilan chegaralangan. Yangi dunyo markazlari tropik And tog 'lari, Eski dunyo markazlari -Himoloy, Hindukush, tog'li Afrika, O'rtayer dengizi mamlakatlarining tog'li hududlari va asosan tog' oldi hududlarini egallagan tog'li Xitoy bilan chegaralangan. Darhaqiqat, jahon qishloq xo'jaligi tarixida yer sharidagi tor yer uchastkasigina katta rol o 'ynagan ".1

Har xil bug'doy turlarini global o'rganish natijasida N. Vavilov uchta mustaqil markazni alohida ajratib berdi:

> Suriya va Falastin "yovvoyi" bug'doy va bir tur bug'doyning vatani ekanligi isbotlangan;

> Habashiston (Efiopiya) - qattiq bug'doyning vatani;

> G'arbiy Himoloy tog' etaklari esa yumshoq bug'doy navlarining kelib chiqish markazi hisoblanadi.2

N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy o'simlik genofondlari bo'yicha dunyo miqyosida to'plangan juda katta malumotlarni tahlil qilish asosida madaniy o'simliklar kelib chiqqan va yangi shakllar paydo bo'lgan 12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini ajratdi.3 Bulardan tashqari, madaniy o'simliklarga genetik jihatdan qarindosh endemik yovvoyi turlarning ajralib (alohida bo'lib) qolishi tufayli paydo bo'lgan 12 ta mikromarkaz ham ajratilgan.

1 "N.Vavilov, "Zamonaviy tadqiqotlarda qishloq xo'jaligining kelib chiqishi muammosi". M. 1937.

2 Hasanov U. H., Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari, T., 1989.

3 Jukovskiy P. V., Mirovoy genofond rasteniy dlya seleksii, L., 1970

222

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi talimotning asosiy nazariy mohiyati madaniy o'simliklarda tur hosil bo'lish jarayonining muayyan geografik joyga bog'liqligini ko'rsatishdir. N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy o'zgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar qonuni katta amaliy ahamiyatga ega bo'lib, amaliy seleksiyada qimmatli boshlang'ich material bo'la oladigan, muhim xo'jalik belgilarining nodir genlariga ega o'simliklarning yangi shakllarini yaratishiga imkon beradi. Madaniy ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 5— 8 ming yildan beri ekiladi. O'simliklar madaniylashtirilgan sari o'z markazidan uzoqlashib yangi tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi. Suniy va tabiiy tanlanish natijasida o'simliklarning genotiplari, morfologik va biologik belgilari uzgaradi. Genotip o'zi shakllangan mintaqasidan boshqa mintaqalarga tarqalgan sari uning biologiyaga mos sharoit texnologik tadbirlar orqali yaratiladi. Masalan makkajo'xori yaxshi tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa kunli tropik o'simligidir, ammo yangi navlari va duragaylari 55° shimoliy kenglikda ekiladi; soya issiqsevar o'simlik, 3500—4000° foydali harorat yig'indisini talab etadi, ammo uning shimoliy ekotipi 1750—1800° da pishadi. N. I. Vavilov va boshqa olimlarning mehnati tufayli Yer sharining turli mamlakatlariga o'tkazilgan juda ko'p botanik ekspeditsiyalar natijasida faqat miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan ham boy bo'lgan, jahondagi eng yirik va noyob madaniy o'simliklar hamda ularning yovvoyi ajdodlari kolleksiyalari yaratilgan. Dunyo kolleksiyasi namunalaridan foydalanish asosida turli qishloq xo'jaligi ekinlarining 1200 dan ortiq navlari yaratilgan.

Madaniy o'simliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilish mega markazlari: (P. M. Jukovskiy tadqiqotlariga ko'ra)

I. Xitoy-Yaponiya (soya, yumshoq bug'doy, tariq, marjumak va boshqa vatani).

II. Indoneziya-Hindixitoy (suli, shakarqamish, banan, murch, sabzavot ekinlari).

III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari, avstraliya g'o'zalari, sebarga turlari, tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar turlari).

IV. Hindiston (sholi, hind bug'doyi, shakarqamish, osiyo g'o'za turlari, baqlajon, bodring , mango).

V. O'rta Osiyo (O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston, G'arbiy Tyanshan tog'lari; ko'k no'xat, xashaki dukkaklilar, no'xat, mosh, afg'on javdari, maxsar, yasmiq, o'rik, shaftoli, olma, qovun, g'o'za turlari va boshqalar).4

VI. G'arbiy Osiyo (Tog'li Turkmaniston, Eron, Zakavkazye, Kichik Osiyo, Arabiston ya. o.; bug'doy turlari, arpa, javdar, suli, beda, tok, chirmashib o'sadigan zig'ir, nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot ekinlari).

4 Jukovskiy P. V., Mirovoy genofond rasteniy dlya seleksii, L., 1970

223

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

VII. O'rta dengiz (zaytun, suli, bug'doy turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari, zig'ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg'om, turp, piyoz, sarimsoq, ko'knor, oq xantal).

VIII. Afrika (jo'xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, g'o'za turlari).

IX. Yevropa-Sibir (tolali zig'ir, duragay sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha, meva, sabzavot ekinlari).

X. Markaziy Amerika (makkajo'xori, uzun tolali g'o'za turlari, loviya, kungaboqar, qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka turlari, ko'p yillik o'simliklar).

XI. Janubiy Amerika (madaniy kartoshka, pomidor, tamaki, ananas, ko'p yillik arpa, yer yong'oq, gurchsimon (chatnaydigan) makkajo'xori turlari).

XII. Shimoliy Amerika (arpa turlari, ko'p yillik o'tsimon kungaboqar turlari, meva, sabzavot, rezavor o'simliklar).5

Bug'doy va arpa, yasmiq bilan bir qatorda, Furot va Dajla vodiylarini Iordaniya vodiylari bilan bog'laydigan yer yoyida xonakilashtirilgan birinchi ekinlardan edi. O'simliklarni xonakilashtirish bo'yicha tadqiqotlar endi faqat arxeologik malumotlarga tayanmasligi, balki qishloq xo'jaligining aslida qanday boshlanganligi haqidagi jumboqning barcha qismlarini birlashtirish uchun arxeobotaniklar, arxeozoologlar, antropologlar va ekologlarning kashfiyotlarini birlashtirishi kerakligi tobora qimmatli bo'lib bormoqda. Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi qishloq xo'jaligining kelib chiqishi bilan mutlaqo bir xil emas, garchi ular, albatta, bog'liqdir. Qishloq xo'jaligida uni qo'llab-quvvatlash uchun o'simliklar to'plami yoki uy o'simliklari bo'lishi kerak. Dunyo qishloq xo'jaligining kelib chiqish markazlari yoki geografik nuqtalari borga o'xshaydi. Arxeologiya va tarix nuqtai nazaridan eng ko'p o'rganilgan va batafsil o'rganilgani Yaqin Sharqdir. Bu asosan bug'doy va arpa dehqonchiligi edi, garchi u yasmiq, no'xat, ildiz sabzavotlari va boshqalar kabi boshqa ekinlarni o'z ichiga olgan bo'lsa-da. Bug'doy va arpaning kombinatsiyasi toza edi. Bu qishloq xo'jaligi O'rtayer dengizi atrofida g'arbga, Shimoliy Afrika va janubiy Yevropa orqali, shu tariqa shimolga Bolqon orqali G'arbiy Yevropa, Britaniya orollari, Skandinaviya va Rossiyaga tarqaldi. Sharqda Efiopiya tog'lari va Hindistonga tarqaldi. Hindistonda bug'doy va arpa kombinatsiyasi baland tog'larda munosib joy topdi va qishda ham pasttekisliklarda yetishtirildi. Bu sholi, jo'xori va tariqning bahorgi ekinlarini to'ldirdi. Bug'doy va arpa Xitoy va Yaponiyada muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Shimoliy Xitoyda dehqonchilik miloddan avvalgi 8500-yillarda rivojlangan. Ko'pgina dastlabki joylar Sariq daryo bilan bog'liq bo'lgan lyoss teraslarida

5 Jukovskiy P. V., Mirovoy genofond rasteniy dlya seleksii, L., 1970

224

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

joylashgan. Birinchi ekinlar u yoki bu turdagi tariq edi, ( Panicum spp.) va ( Setaria spp.). Bu qishloq xo'jaligi bargli va ildiz sabzavotlari yetishtiriladigan ko'plab sabzavotlar bilan mashhur. Sholi dehqonchiligi pasttekisliklarda, ehtimol Janzte deltasi hududida rivojlangan. Bu qishloq xo'jaligining keng ko'lamli shakli edi va guruch Sharqiy Xitoydan Hindistongacha va Indoneziyagacha janubgacha muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Yangi dunyoda makkajo'xori qishloq xo'jaligi Meksikaning janubida va uning atrofidagi hududlarda rivojlangan.

Harlan va boshqalar (1976) Yaqin Sharqni - "qishloq xo'jaligi innovatsiyalari markazi" deb atashadi, bu yerda arpa birinchi bo'lib xonakilashtirilgan ekin bo'lgan6, undan keyin bug'doy. Keyinchalik no'xat, yasmiq, vetch, loviya, zig'ir, daraxt va tok kabi boshqa "asosiy ekinlar" xonakilashtirildi va bir qator qishloq xo'jaligi texnologiyalari bilan birga butun tizim yadro zonasidan ko'chirildi. Tizim O'rta yer dengizi qirg'oqlari bo'ylab va Dunay qirg'oqlari bo'ylab yuqoriga va Reyn daryosidan pastga, sharqqa Hind va Shimoliy Hindistonga, janubga esa Arabiston, Yaman va Efiopiya platosi orqali tarqaldi. U tropik Afrikaga bormadi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Xitoyga yetib borgan (Harlan va boshq. 1976).

Allium (Alliaceae oilasi) jinsiga sarimsoq va piyoz kiradi, ular Osiyo va O'rta Yer dengizi taomlarining asosini tashkil qiladi. Allium ampeloprasum yoki shirin pirasa (Levant sarimsoq) Yevropa, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikada uchraydi. Vavilovning fikricha, piyozning asosiy kelib chiqish markazi Markaziy Osiyoda, pirasa esa Yaqin Sharq va O'rta yer dengizida joylashgan. Shuningdek, A. sativum yoki sarimsoqning birlamchi markazi O'rta Osiyoda, ikkinchi darajali markazi esa Janubi-G'arbiy Osiyoda j oylashgan.

Olimlarning xulosalariga qaraganda, Janubiy Turkmaniston qabilalari, balki Hosildor yarim oy mintaqasidan yoki Eron tekisliklarida yashagan aholi sharqiy yo'nalish bo'ylab migratsiya yo'li bilan kirib kelib, qisqa vaqt ichida Murg'ob daryosi havzasi, Amudaryoning o'rta oqimi tarixiy Marg'iyona va Baqtriya yerlarini egallash oqibatida bu hududlarda o'nlab dehqonchilik vohalari tashkil topadi. Shu asosda o'z hajmi jihatidan yirik yodgorliklar, jumladan, Oltintepa (46 ga), Namozgohtepa (70 ga), Ulug'tepa (13 ga), Gonur 1 (20 ga), Jarqo'ton (100 ga), Dashli 3 va boshqalari vujudga keladi. Vohalarning bunday ko'pligiga qaraganda, V. I. Sarianidining xulosalariga ko'ra, Namozgoh VI davri arafasida Janubiy

• 6 Michael Jursa. "Agriculture, Ancient Near East." The Encyclopedia of Ancient History, edited by Bagnall, Roger S. et al. Blackwell Publishing, 2013

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Turkmaniston ananaviy dehqonchilik vohalari Murg'ob daryosi havzasida joylashadi va shu bilan mavsumiy ravishda vohalar bilan birga yirik daryolarning havzalari ham o'zlashtiriladi.

IQTIBOSLAR/ СНОСКИ/REFERENCES

1. Шнирельман В. А. Натуфийская культура (обзор литературы) // Советская археология. — 1973. — № 1. — С. 278-287; Мелларт Дж. Древнейшие цивилизации Ближнего Востока. Пер. с англ. и комментарий Е. В. Антоновой. Предисл. Н. Я. Мерперта. Изд-во «Наука». М., 1982. 149 с.

2. Excavations at Tepe Yahya, Iran 1967-1975. The Third Millenium. C.C. Lamberg-Karlovsky - General Editor and Project Director. D.T. Potts With contributions by Holly Pitman and Philipp L. Kohl. Peabody Museum of Archaeology and Ethnology, Harvard University, Cambridge, Massachusetts, 2001.

3. Hasanov U. H., Madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari, T., 1989.

4. Jukovskiy P. V., Mirovoy genofond rasteniy dlya seleksii, L., 1970

5. Mira Roy. Agriculture in the vedic period. Indian Journal of History of Science, 44.4 (2009) 497-520.

6. Michael Jursa. "Agriculture, Ancient Near East." The Encyclopedia of Ancient History, edited by Bagnall, Roger S. et al. Blackwell Publishing, 2013

7. N.Vavilov, "Zamonaviy tadqiqotlarda qishloq xo'jaligining kelib chiqishi muammosi". M. 1937.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.