Karimov N. I.
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Gumanitar''fanlar kafedrasi assissenti
IJTIMOIY TARMOQLARDA DINIY AXBOROT ISTE'MOLI MADANIYATINI TARBIYALASHNING ZARURATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot iste 'moli madaniyatini tarbiyalashning zarurati haqida, kelayotgan axborotlarni saralab qabul qilish, keraksiz ma 'lumotlarni rad etish haqida so 'z yuritiladi. Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat evolyusiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o 'rni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o 'zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Faqat bu holatdan samarali va kerakli maqsadlar yo 'lida foydalanish, tasdiqlanmagan diniy materiallardan foydalanmaslik va tarqatmaslik haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: internet, globallashuv, diniy-ekstremistik g'oyalar, axborot iste 'moli madaniyati.
Karimov N. I.
Andijan Institute of Agriculture and agrotechnologies Assistant of the Department of Humanities
THE NEED TO EDUCATE THE CULTURE OF RELIGIOUS INFORMATION CONSUMPTION IN SOCIAL NETWORKS
Abstract.This article discusses the need to qualify for religious information on social networks, selecting the incoming information, rejection of unnecessary data. The result of the development of Internet science and technology is the resulting of the anniversary of Culture. It is very difficult to imagine our life without the Internet. In particular, the role of the global network in the life of young people is growing. The Internet has improved the interaction of people living in different parts of the world and the perfect level of information. Only use of this situation on the path of purposes is not discussed and non-issuance of unapproved religious materials.
Key words: Internet, globalization, religious-extremist ideas, culture of information consumption.
Kirish. Yurtimizda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur'atlar bilan kengayib bormoqda. So'nggi o'n yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar o'n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora
ortib borishini ta'minlamoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida:
Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanishni ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo'lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo'lgan doirada yo'l qo'yiladi,7-- deya belgilab qo'yilgan. Mamlakatimizda 2007-yilda internetdan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qo'shib hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan bo'lsa, 2016-yil yakunida bu ko'rsatkich o'n ikki milliondan oshdi. 8
--Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literatura review) Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta'sir ko'rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji yoshlarga g'oyaviy ta'sir o'tkazishning miqyosi va ko'lamining keskin darajada o'sishiga olib keldi.
Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo'lgani kabi, internet tarmog'i ham shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq -ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, ma'lumotlarda keltirilishicha, bugungi kunga kelib, internet tarmog'ida ma'naviy-axloqiy tubanlikni targ'ib etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan.
--Tadqiqot metodologiyasi (Research methodology)
Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda bo'lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda, ayniqsa, yoshlarimizda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Aynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt etishda diniy omilning roli yuqori. Shuning uchun ham turli diniy-ekstremistik va terrorchi uyushmalar o'z g'oyalarini targ'ib qilishda internetni eng samarali vosita sifatida qo'llamoqda.
Bunda diniy-ekstremistik oqimlar o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ'ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar o'z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oralig'ida bo'lgan kishilarni yollamoqda. Bunda psixologik ta'sir samaradorligini
7 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
8 https://daryo.uz/2022/01/10/ozbekistonda-internet-foydalanuvchilari-soni-27-milliondan-oshdi/
yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a'zolarining sahifalari, qo'yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta o'rganadi va shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp kabi keng auditoriyaga ega bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo'natiladi va o'zaro aloqa yo'lga qo'yiladi.
Yoshlar orasida mutaassiblikka yo'g'irilgan bunday forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko'rinishdagi buzg'unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Chunki dunyo aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar katta kuch hisoblanadi. Ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o'sha toshga o'yilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlarni tuzog'iga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuch-g'ayrat, qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qo'l keladi.
Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va ma'rifatdan yiroq, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat» tushunchalarini noto'g'ri talqin etgan holda o'z Vatanlarini tark etishga urinmoqda. SHuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid bo'lgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq bo'lmagan diniy tusdagi xabarlar yoki kishilarni vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targ'ib etilmoqda. Bunda ba'zi yoshlarning axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy qadriyatlarimizga zid bo'lgan xabarlar, aniq manbasi ko'rsatilmagan, asossiz axborot va ma'lumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan ko'r-ko'rona qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugun axborot iste'mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson o'zida uni iste'mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, o'zi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Ana shu maqsadda 2011-yildan boshlab, Toshkent islom universiteti bakalavriat va magistraturaning barcha yo'nalishlarida «Axborot iste'moli madaniyati» nomli maxsus kursning o'qitilishi joriy etildi.
Axborot iste'moli madaniyati, eng umumiy ma'noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.
Inson o'zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo'lmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni o'z-o'ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.
Shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi olinadi. SHakllangan axborot iste'moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo'lgan xabar,
ma'lumotlarga nisbatan o'ziga xos qalqon rolini o'taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo'lishi lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste'moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta'siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
«Kimki axborotga ega bo'lsa, u, dunyoga egalik qiladi», degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e'tirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, islom dini ko'rsatmalarida ham naql qilingan biror xabarga ishonishdan avval uni tekshirib, aniqlab olish talab etiladi. Jumladan, Qur'oni karimda shunday deyiladi: Ey, mo'minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat etkazib qo'yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo'lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko'ringiz! 9(Hujurot, 6).
Bu haqida Qur'oni karimning yana bir oyatida insonlar uchun muhim ko'rsatma kelgan bo'lib, unda ham turli vositalar orqali olinayotgan xabar va ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishdan qaytariladi: (Ey, inson!) O'zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! CHunki quloq, ko'z, dilning har biri to'g'risida (har bir inson) mas'ul bo'lur (javob berur) (Isro, 36). Demak, inson ko'rgan, eshitgan har bir ma'lumotiga ishonishi, unga ergashishi oqibatida Alloh oldida ham so'raladi.
Payg'ambar Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha hadislarda ham shunday deyiladi: «Xabarni tekshirish Allohdan, (unda) shoshqaloqlikqilish shaytondandir», deganlar. SHuningdek, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom): «Kishining yolg 'onchi ekanligiga uning eshitgan har bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to'qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko'rinishdagi tahdidlarga qarshi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir so'z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo'lgan oilamizni din niqobi ostidagi yot g'oyalar ta'siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
9 Z.XAYRULLAEV, YO ASLING KABI KO'RIN, YO KO'RINGANING KABI BO'L! HTTPS://RELIGIONS.UZ/UZ/NEWS/DETAIL?ID=52
2. https://darvo.uz/2022/01/10/ozbekistonda-internet-foydalanuvchilari-soni-27-milliondan-oshdi/
3. Z.Xayrullaev, Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l! https://religions.uz/uz/news/detail?id=52
4. Nasibjon, K., Badalboyeva, I., Muyassar, K., Muhammadraxim, K., Tursunov, B. N., Tursonov, B., ... & Nozima, M. (2023). Axborot xavfsizligini ta'minlashda yoshlar ongiga singdirishda. Science Promotion, 7(1), 67-77.
5. Tursunov, B. N., Tursonov, B., Valixonova, G., Nozima, M., Nasibjon, K., Badalboyeva, I., ... & Muhammadraxim, K. (2023). O'zbekistonda innovatsion faoliyatida fan va ta'limning rivojlanishi. Science Promotion, 1(1), 106-117.
6. Tursunov, B. N., Tursonov, B., Valixonova, G., Nozima, M., Nasibjon, K., Badalboyeva, I., ... & Muhammadraxim, K. (2023). O'zbekiston integratsiya jarayonida yoshlarning innovatsion ta'lim tizimining o 'rni va ahamiyati. Science Promotion, 1(1), 78-91.
7. Nasibjon, K., Badalboyeva, I., Muyassar, K., Muhammadraxim, K., Tursunov, B. N., Tursonov, B., ... & Nozima, M. (2023). Ta'lim va tarbiya sifatini oshirishda oilada manaviy tafakkurni yuksaltirish. Science Promotion, 1(1), 92105.
8. Tursunov, B. N., Tursonov, B., Valixonova, G., Nozima, M., Nasibjon, K., Badalboyeva, I., ... & Muhammadraxim, K. (2023). Globallashuv jarayonida internet tarixi, o 'rni va ahamiyati. HOLDERS OF REASON, 1(1), 238-247.
9. Tursunov, B. N., Tursonov, B., Valixonova, G., Nozima, M., Nasibjon, K., Badalboyeva, I., ... & Muhammadraxim, K. (2023). IJODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA SHAXS, INDIVID VA INDIVUDUALLIKNING MOHIYATI. HOLDERS OF REASON, 1(1), 195-202.
10.Tursunov, B. N., Tursonov, B., Valixonova, G., Nozima, M., Nasibjon, K., Badalboyeva, I., ... & Muhammadraxim, K. (2023). MEHR-MURUVVAT VA MEHRIBONLIK QADRIYATI BU-SAXOVAT. HOLDERS OF REASON, 1(1), 175-184.