IJTIMOIY TАRАQQIYOT- FALSAFIY TAHLIL OB'EKTI SIFATIDA
D. Sh. Sagdullayeva
F.f.n., dotsent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Uzbekistan E-mail: sagdullaevadilbar14@gmail .com ORCID: http: orcid.org/ 0000-0003-0847-9901
АЖОТАТ81УА
Mazkur maqolada ijtimoiy taraqqiyot, unga oid qarashlar tahlil etildi. Insoniyat taraqqiyoti jarayonlari, ит^ bosqicЫarini asoslovchi kontseptsiyalar o,rganildi. Xususan, ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli (evolyutsion), siklli, spiralsimon turlari, ularga tegishli Ьо'^ап sivilizatsion kontseptsiya, hamda K.Yaspers, C.Xantington va F.Fukuyama qarashlari o,rganildi. Modernizatsiya paradigmasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizi sifatida tahlil etildi.
КаШ so,zlar: jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy o,zgarish, spiralsimon, siklli, evolyutsion, sivilizatsion, modernizatsiya, demokratlashtirish, liberallashtirish, fuqarolik j amiyati.
АННОТАЦИЯ
В данной статье изучено понятие социальный прогресс и взгляды философов. Рассмотрены концепции, основывающие процессы развития человечества, его этапы. В частности, были проанализированы линейные (эволюционные), циклические виды социального развития, связанная с ними концепция цивилизации, а также взгляды К.Ясперса, СХантингтона и Ф.Фукуямы. Парадигма модернизации была проанализирована как основа осуществляемых реформ в Узбекистане. .
Ключевые слова: общество, социальное развитие, социальная изменение, цикличность, эволюция, цивилизация, модернизация, демократизация, либерализация, гражданское общество.
ABSTRACT
This article examines the concept of social progress and the views of philosophers. The concepts underlying the processes of human development and its stages have been considered. In particular, linear (evolutionary), cyclic types of social development, the related concept of civilization, as well as the views of K. Jaspers, S. Huntington and F. Fukuyama have been analyzed. The paradigm of modernization was analyzed as the basis of the ongoing reforms in Uzbekistan.
December, 2024
206
Key words: society, social development, social change, cyclicality, evolution, civilization, modernization, democratization, liberalization, civil society.
KIRISH
Ijtimoiy falsafa jamiyatni tabiatning bir qismi, doimo o'z o'zini tashkillovchi tizim ekanligini asoslab, eski sifatning yemirilib, yangi sifat darajasi qaror topishi asosida rivojlanishi, unda taraqqiyot sodir bo'lish imkoniyatini tahlil etadi. Tabiatda bo'lgani singari jamiyatda ham uzluksiz ravishda harakat, o'zgarish, taraqqiyot sodir bo'ladi. Jamiyat taraqqiyoti zaruriy tarzda kechgani uchun ham tabiiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti kishilar faoliyati tufayli sodir bo'lgani uchun ham tarixiy jarayondir. Kishilar o'z faoliyatlari bilan tarixni yaratadilar.
Xo'sh, ijtimoiy taraqqiyot nima, u qanday omillar ta'sirida ro'y beradi? Ushbu masalasini tadqiq etishning amaliy ahamiyati kattadir. Zero, O'zbekiston ham o'z taraqqiyot yo'lidan odimlayotgan mamlakat hisoblanadi.
Umuman, taraqqiyot — rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo'nalgan shakli, uning yuksalishidir. Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish ro'y beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulg'ayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi.
Ijtimoiy taraqqiyot, bu jamiyat taraqqiyotidir. Bu - uning o'tmishdan hozir orqali kelajak sari o'zgarib borishidan iborat bo'lgan jarayondir.
MATERILLAR VA METOD
Hozirgi zamon falsafasida ijtimoiy taraqqiyot muammosi bo'yicha qator kontseptsiyalar shakllangan. Ijtimoiy o'zgarishlarning chiziqli(evolyutsion), siklli, spiralsimon turlari farqlanadi.
Ulardan biri "tadrijiy rivojlanish usuli"ni ifodalovchi, ijtimoiy o'zgarishlarning chiziqli turi bo'lib, tor ma'noda evolyutsiya faqat bosqichma-bosqich yuz beradigan miqdor o'zgarishlarini anglatadi. T. Parsons yaratgan "evolyutsion o'zgarishlar"da evolyutsiya jamiyatning strukturaviy-funktsional tabaqalanish jarayoni sifatida qaraladi. Tabiatning tabaqalanishi unda yuz bergan evolyutsiyaning muhim mezoni hisoblanadi. R. Bell fikriga ko'ra, evolyutsiya ijtimoiy tizimda tabaqalanish va murakkablashuvning avj olish jarayoni sifatida tavsiflanishi mumkin.
Evolyutsion nazariyalar tarixni bosqichlarga ajratilgan jarayon sifatida tavsiflasa, ijtimoiy o'zgarishlarning siklikligini e'tirof etuvchi namoyondalar ayrim sivilizatsiyalarning ravnaq topishi va muqarrar tarzda inqirozga uchrashi kontseptsiyasini ilgari
December, 2024
207
suradilar. Ushbu nuqtai nazarning o'ziga xos jihati shundan iboratki, unda jamiyatni chiziqli tarixiy shkalada muayyan tartibda joylashtirishga harakat qilinmaydi, balki jamiyatlar taqqoslanib, ularning o'sish va tanazzul bosqichlaridagi o'xshash jihatlari tahlil etiladi. Evolyutsionistlar insoniyatning rivojlanish jarayoni uzluksiz kechadi deb hisoblasalar, sikliklik nazariyachilari har qanday sivilizatsiyaning halokatini bashorat qiladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsiyali yondoshuv muayyan jamiyatning ijtimoiy-ruhiy qiyofasi, xalqning mentaliteti haqida fikr yuritish, jamiyat taraqqiyotida madaniyatning o'rnini to'g'ri tushunish imkonini beradi. Tarixiy taraqqiyot bu insoniyat sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyotidir [G'arb falsafasi. 2004. 577 b.].
Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali munosabat madaniy taraqqiyotni inson va jamiyat rivojlanishining asosiy omili sifatida olib qarash imkonini beradi. Unda asosan ko'p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g'oya ilgari suriladi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat'iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Ijtimoiy taraqqiyot, tarixning mohiyati muammosi XIX asr oxiri va XX asrda nemis faylasufi Karl Yaspers, amerikalik olimlar Hantington va Frensis Fukuyama qarashlarida, shuningdek, modernizatsiya paradigmasida ham o'z ifodasini topgan.
Nemis faylasufi Karl Yaspers (1883-1969 yillar) 1949 yilda nashr etilgan «Tarixning ma'nosi va vazifasi» asarida jamiyatning ob'ektiv qonunlari mavjudligini inkor etadi. U ijtimoiy taraqqiyot haqida «Jahoniy vaqt o'qi» g'oyasini ilgari suradi va jahon taraqqiyotining bir-biridan farqlanadigan to'rt davrini ko'rsatib o'tadi [K. Yaspers.1991, с. 32-38.].
Hozirgi dunyo rivojlanishining boshqa bir modeli "tsivilizatsiyalar to'qnashuvi" kontseptsiyasini S.Xantington ilgari surdi. U hozirgi davr sivilizatsiyalari xususida fikr yuritadi. S.Xantington fikriga ko'ra, bunday dunyoda mintaqaviy siyosat asosan, etnik xususiyatlarga ega bo'ladi, global siyosat esa sivilizatsiyalar o'rtasidagi munosabat darajasida amalga oshiriladi. Eng yirik va xavfli konfliktlar boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida emas, balki turli madaniyatlarga mansub xalqlar o'rtasida chiqadi. Uningcha, global jarayonlar sivilizatsiyalarni birlashtirmaydi, balki bir-biriga qarama-qarshi qo'yadi. Oqibatda xalq tayanch izlab an'analarga yuz buradilar va bu diniy uyg'onishga, o'z negizlariga qaytishga olib keladi [Хантингтон С. 2003.-с.603]
Amerikalik olim Frensis Fukuyama ijtimoiy taraqqiyot haqida «tarixning intihosi» g'oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, liberal demokratiya insoniyat mafkuraviy evolyutsiyasining yakuniy, oxirgi nuqtasi bo'lishi mumkin. Shu tariqa insoniyat oxir-oqibatda
December, 2024
208
jamiyat boshqaruvining eng ma'qul, yakuniy shaklini topadi. Fukuyama liberal g'oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e'tirof etgan, ularning negizida insonning barcha ehtiyojlari qondirilishi va jamiyatdagi asosiy ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Olim insoniyat tarixining mohiyatini jamiyat a'zolarining barcha manfaatlarini qondira oladigan, barcha asosiy ziddiyatlar yechimini ta'minlay oladigan jamiyat qurish tashkil etadi, degan xulosaga keladi [O.OyKyrna. 2004.Origin: http://www.nietzsche.ru/].
Asosiy qism
Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g'oyasi muhim o'rin egallaydi. Zamini taraqqiyot g'oyasiga borib taqaluvchi modernizatsiya nazariyasi shular jumlasidandir. Ijtimoiy o'zgarishlar qamrovining kengayishi, ayniqsa, XX asr ikkinchi yarmiga xos bo'lgan jarayondir. Xuddi shu davrda Yevropa mustamlakachilik siyosatining tugatilishi davrida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida mustaqil davlatchilikning qaror topishi bilan bog'liq bo'lgan tarixiy jarayonga aks ta'sir sifatida modernizatsiya paradigmasi qaror topdi.
Modernizatsiyalash inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalarini yangilash, an'anaviylikdan zamonaviylikka o'tish, rivojlanishda yuqoriroq bosqichlarga erishishdan iborat bo'lgan murakkab jarayon bo'lib, ilm-fan sohasida paradigmal yangilanishlar sodir bo'lishi bilan birga kechadi. Mamlakatni rivojlantirish, ilg'or munosabatlarga o'tish jamiyat hayotining har bir jabhasida amalga oshiriladigan tub sifat o'zgarishlari orqali sodir bo'ladi.
Mamlakatdagi ijtimoiy o'zgarishlar va iqtisodiy o'sish sur'atlariga g'ov bo'luvchi an'anaviy qadriyatlarni yengish, ularni xo'jalik sub'ektlarining innovatsion faoliyati - yangi texnologiyalarni yaratish, tarqatish, yangi tashkiliy iqtisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yishga undovchi qadriyatlarga almashtirish -modernizatsiya jarayoni orqali kechadi.
Modernizatsiya - (fran. moderisatio, modere - eng yangi; ingl. modernization -yangilanish, zamonaviylashtirish) — industriallashtirish, sanoatlashtirish davrida agrar, tarixiy va zamonaviy jamiyatlar taraqqiyotining yangi bosqichga ko'tarilishini ifoda etuvchi ijtimoiy jarayon bo'lib, zamonaviy talablarga muvofiq o'zgarish va takomillashtirishni anglatadi. U jamiyat hayotining barcha jabhalari: iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohaning modernizatsiya qilinishini taqozo etadi.
. Modernizatsiyalashayotgan mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyoti, yangi axborot texnologiyalari, kommunikatsiya tarmog'i rivojiga asoslangan ijtimoiy mobillik, oqilonalik, plyuralizm, demokratiya hukmron bo'lgan ochiq jamiyatni qaror toptirishga intilish xos ekanligi ta'kidlanadi
[RmroBCKH n. 1997. -c.175]. Modernizatsiya jarayoni tadqiqiga
December, 2024
nisbatan shakllangan liberal yondashuv qator nuqtai-nazarlardan tanqid qilingan. Masalan, radikallar modernizatsiya nazariyasining o'zga sivilizatsiyalar uchun foydasiz bo'lgan g'arb qadriyat va modellari ta'sir doirasini boshqa mamlakatlarga yoyishga qaratilgan yorqin mafkuraviy ustunlik jihati mavjudligiga urg'u bersalar, konservativ yo'nalish vakillari esa modernizatsiya jarayonining siyosiy faollik va instituttsionallashtirish, siyosiy barqarorlik va tartibni saqlash borasida rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy va tarixiy xususiyatlarini inobatga olgan holda rivojlanish jarayonining yo'nalishi va xarakteriga muvofiq ichki ziddiyatlar o'sib borishiga imkon berishiga urg'u beradilar (MDH davlatlari tajribasi asosida). Modernizatsiyaning liberal yondashuviga oid keltirilgan ushbu tanqidlar o'rinli ekanligini ijtimoiy voqelik namoyon etmoqda. Biroq rivojlanayotgan mamlakatlarda davlatning milliy va hududiy o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan puxta o'ylangan islohotlarigina yangilanish, taraqqiyotning nisbatan yuqoriroq bosqichlariga erishishda ichki ziddiyatlarning bartaraf etib borilishiga olib keladi. Demak, modernizatsiyalash - markazlashgan holda boshqariluvchi ijtimoiy tartibdan erkin raqobatli tartibga o'tishni ifodalovchi jarayon sifatida stixiyali kechmaydi. Modernizatsiyalashtirish jarayonlarida davlat muhim (Germaniya, Yaponiya) rol o'ynaydi. Xususan, mamlakatimizda jamiyat har bir sohasini liberallashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan bo'lsa-da, davlat bozor mexanizmlarining amal qilishiga turli vositalar orqali (chunonchi, raqobat muhitini saqlash, iqtisodiyot sub'ektlarining erkin faoliyatini ta'minlash, jamiyat uchun kerakli bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish va h.k.) ko'maklashmoqda.
Jamiyat modernizatsiyalashuv jarayonida sodir bo'luvchi axloqiy va iqtisodiy o'zgarishlarga tayyor turishi lozim. Shuning uchun ham bu jarayonda siyosiy hokimiyatning strategik choralar ishlab chiqishi, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishi va istiqbolli rejalari muhim ahamiyatga egadir.
Umumun olganda, ijtimoiy modernizatsiyalashuv - ochiq jamiyat shakllanishini nazarda tutadi. Ushbu jarayon jamiyatning barqaror muvozanatli tabaqalashuvi, ommaviy istemol ko'rsatkichi, hayot sifatining yuqori darajasi hamda davomiyligining o'sishi, fuqarolik jamiyati institutlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi orqali namoyon bo'ladi. Fuqarolik jamiyati institutlarining roli tobora ortib boradi. Demokratik davlat boshqaruvidagi tizimli o'zgarishlar esa fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishi, ularga boshqaruvning ayrim vakolatlarini uzatish hamda huquqiy maqomini yanada mustahkamlash va takomillashtirish orqali kechadi.
Yuqori differensiallashgan madaniyatning qaror topishi shaxsiy imkoniyatlarning tabiiy ifodalanishida taraqqiyot, mukammallik, samaradorlikning ortishi hamda individualizm rivoji madaniy
modernizatsiyaning namoyon bo'lish usullaridir. Madaniy tizim
December, 2024
asosiy unsurlarining differensiallashuvi, savodxonlik va dunyoviy ta'limning o'sishi, fan va texnologiyalarga ishonchning ortishi, yangi ijtimoiy jarayonlarga moslashuvga xizmat qiluvchi shaxsiy qiziqish, odat tavsiflarning shakllanishi, manfaatlar doirasining ortishi bu soha modernizatsiyalashuvining belgilari hisoblanadi. Bularning barchasi G'arbiy Yevropa ijtimoiy voqeligida qaror topdi. G'arbda amalga oshirilgan islohotlar madaniy modernizatsiyaning muhim bosqichlari sifatida Uyg'onish, gumanizm, Ma'rifatparvarlik davrlariga olib keldi. Madaniy modernizatsiya zamonaviy tabiiy fanlar (XYII-asrdan), gumanitar fanlar (XIX-XX asrlar) rivoji bilan bog'liq, XYIII-XX asrlarda madaniy hayotdagi o'zgarishlar an'anaviy qadriyat (oila, axloq, din)larning roli qisqarib borishi, ommaviy madaniyatning yuzaga kelishi, madaniyatlarning differensiallashuviga olib keldi.
O'zbekiston jamiyati ma'naviy sohasining yangilanishi xalqimizning asrlar osha saqlanib kelayotgan ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlari tiklanishi asosida har bir insonning o'zligini anglashi, ulug' ajdodlarimiz merosini chuqurroq o'zlashtirishida namoyon bo'ladi. Zero, bizning merosimizda insonning ma'naviy, siyosiy va diniy faoliyatlarida bilimning qadri yuqori darajada baholanganligi, IX-XIY asrlarda Markaziy Osiyoda intellektual-ma'rifiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhitda dunyoviy bilimlarning qadrlanishi tabiiy-ilmiy fanlarning yuksak darajada rivojlanishi, taqvodorlik, faoliyatlilik, ijtimoiy qadriyatlardan hech qaysisi "bilim"dek e'tiborga ega emasligi o'sha davr ijtimoiy muhitiga xos muhim sifat belgisi hisoblanadi. Demak, bilim va faoliyatning, intellektual va ma'naviy qadriyatlarning o'zaro birligi jamiyat rivojini ta'minlaganligi tarixiy haqiqatdir. Intellektual va ma'naviy qadriyatlar uyg'unligiga erisha olinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonining taraqqiyot mohiyatiga ega bo'lishining garovidir. Zero, globallashuv davrida bilim asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanadi. Yosh avlodni sharqona qadriyatlar asosida tarbiyalash bugungi globallashuv davri jarayonlariga ongli yondashuvni, mustaqil fikrlashni, mamlakatimizda ro'y berayotgan o'zgarishlarga daxldorlik tuyg'usi bilan faoliyat yuritishni, o'z Vatani uchun fidoiylik bilan kurasha olishni rivojlantiradi.
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, jamiyat tarixining tahlili taraqqiyot o'z mohiyatiga ko'ra ziddiyatli ekanligini namoyon qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot g'oyasiga ba'zi olimlar asarlarida pessimistik kayfiyatda yondoshilsa-da, insoniyat shu kungacha yo'qotishlar evaziga bo'lsa ham taraqqiyot yo'lidan harakatlangan. EyryHra KyHga hhcoh ynyH $ap0B0H x,aëT Tap3HHH TatMHHnarn Ma^cagn demokratik adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish 3apypHOTHHH Ta^030 этацн. ^aMHtfrnn
December, 2024
211
либераллаштириш ва модернизациялаш унинг воситасидир.. Bu jarayonlar tadrijiy tasnifga ega bo'lib, har bir mamlakat uchun uning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Biroq, ijtimoiy hayotda rivojlanishning yuqoriroq bosqichiga erishish maqsadida amalga oshirilgan sifat o'zgarishlarining natijalari va oqibatlari doimo taraqqiyot mohiyatiga ega bo'lavermasligi mumkin. Dunyo va milliy tarixiy tajribaga asoslangan, davlat va fuqaroning uzviy birlikdagi oqilona faoliyati, xalqning bir tanu bir jon bo'lib mehnat qilishigina mamlakatni yuksak taraqqiyot marralariga erishishning asosiy omili hisoblanadi.
1. O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi. T harfi // www.ziyouz.com kutubxonasi. 112 bet.
2. G'arb falsafasi. (2004). (Olimlarning sivilizatsiya muammosiga daxldor qarashlari) - T.: «Sharq». - 575-590 betlar.
3. K. Yaspers. (1991). Истоки истории и её цель / Смысл и назначение истории. М., «Политиздат», -с. 32-38.
4. С. Хантингтон. ( 2003). Столкновение цивилизаций -М.:АСТ, -с.603.
5. Ф.Фукуяма. (2004). Конец истории и последний человек. Пер. с англ. М.Б. Левина. Публикуется по изданию ООО "Издательство АСТ". Origin: http: //www. nietzsche. ru/
6. П. Козловски. ( 1997). Культура постмодерна.-М.,-с.175.
REFERENCES
December, 2024