Научная статья на тему 'IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING YOSHLAR ONGIDA TA’SIRI'

IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING YOSHLAR ONGIDA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1070
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy siyosat / siyosat / yoshlar ongi / muammo / globallashuv / suniy intelek. / social policy / politics / youth consciousness / problem / globalization / artificial intelligence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ruxshona Oktamovna Tadjibayeva

Maqolada ijtimoiy siyosat tushunchasi va mazmuni Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilar ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo‟llab-quvvatlash, himoyalash, to‟g‟ri yo‟naltirish va mehnat qobiliyatini qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The concept and content of social policy in the article The purpose of social policy is to meet the social needs and interests of people, to create conditions for the support, protection, guidance and rehabilitation of individual citizens and social groups.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING YOSHLAR ONGIDA TA’SIRI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-930-933

IJTIMOIY SIYOSAT VA UNING YOSHLAR ONGIDA TA'SIRI

Ruxshona Oktamovna Tadjibayeva

O'zMU, IGFO'M, 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada ijtimoiy siyosat tushunchasi va mazmuni Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilar ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo'llab-quvvatlash, himoyalash, to'g'ri yo'naltirish va mehnat qobiliyatini qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy siyosat, siyosat, yoshlar ongi, muammo, globallashuv, suniy intelek.

The concept and content of social policy in the article The purpose of social policy is to meet the social needs and interests of people, to create conditions for the support, protection, guidance and rehabilitation of individual citizens and social groups.

Keywords: social policy, politics, youth consciousness, problem, globalization, artificial intelligence.

Ijtimoiy siyosat tushunchasi va mazmuni Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilar ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo'llab-quvvatlash, himoyalash, to'g'ri yo'naltirish va mehnat qobiliyatini qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga samarali ma'yoriy-qadriyatlar tizimini yaratish; fuqarolarga ijtimoiy me'yorlarni amalda ta'sir ettirish, ularning xulq-atvorini ijtimoiy tartibga solish vositasi sifatida uning ta'sirini yuqori darajaga ko'tarish, ijtimoiy tug'ilajak ehtiyojlar bilan, manfaatlar bilan ulami qanoatlantirish imkoniyatlari- aniqligi, ob'ektivligi, me'yoriy ko'rsatmalarga zid bo'lmasligi va boshqalar orasidagi o'xshashlik tushuniladi.

Ilmiy asoslangan, barcha qatlamlar va guruhlar manfaatlari hamda ehtiyojlarni hisobga oluvchi ijtimoiy siyosat jamiyatni barqarorlikka olib keladi, jamoaviy birdamlikni, ijtimoiy keskinlik yuzaga kelmasligini, ijtimoiy ahloq gumanitarlashuvini, ijtimoiy-ruhiy maqbul iqlim yuzaga kelishini ta'minlaydi.

ABSTRACT

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-930-933

Ijtimoiy siyosatning asosiy yo'nalishlari Ijtimoiy siyosat ikki xil-yaqin davrga va istiqbolga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Yaqin yillar uchun mo'ljallangan ijtimoiy siyosat aholi turmush tarzining yanada og'irlashuviga yo'l qo'ymaslik, bandlik siyosatini samarali olib borish va ishsizlikning jadal oshishini cheklash; aholi turli qatlamlari va guruhlarining moddiy ahvolini va turmush sharoitlarini tadrijiy ravishda yaxshilash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishni nazarda tutadi.

Uzoq muddatli ijtimoiy siyosat samarali rag'batlantirish vositalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta'minlash yo'li bilan fuqarolar tashabbuskorligi va tadbirkorligini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishni kiritish mumkin. [1]

Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifasi hisoblanadi: jamiyat umumiy farovonligini, gumanitarlashtirish darajasini oshirish va inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, aholining kam ta'mtnlangan qatlamlariga yordam ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash: bolalar, onalar, keksa kishilar, yetimlar, nogironlar, qochoqlar, ishsizlar va boshqa manfaatlar, kishilarni manfaatlari orqali boshqarish ijtimoiy siyosatning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy siyosatning ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyati Aholini ijtimoiy barqarorligini ta'minlashda ijtitmoiy siyosat muhim ahamiyatga ega. Chunki mamlakatda keskin ijtimoiy tabaqalanishni oldini olish ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda muhim hisoblanadi. Ijtimoiy tabaqalanishga ijtimoiy adolatsizlik va ommaviy nizolar manbai sifatida qaraladi. Shuning uchun ham ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash ijtimoiy siyosatning muhim qismi sanaladi. [2]

Ijtimoiy kafolatlar ham ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashdagi muhim omil hisoblanadi. Ijtimoiy kafolatlar sharoitlar, usullar va vositalar, bular fuqarolarning konstitutsiyaviy kafolatlangan huquq va erkinliklarini to'siqsiz amalga oshirishni va har tomonlama himoya qilishni ta'minlaydi. Mamlakat siyosiy-huquqiy tartibi, shuningdek, vaziyat ijtimoiy kafolatni tayinlash shartlaridan hisoblanadi, mana shunda fuqaroning ijtimoiy huquq va erkinliklari amalga oshadi. Minimal iste'mol byudjetini ishlab chiqish, turar joyga bo'lgan minimal maqbul sharoitlarni ta'minlash, ma'lumot olish, sog'liqni saqlash muhim ijtimoiy kafolatlar bo'lib hisoblanadi. Mazkur minimum mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog'liq.

Jamiyatning mehnatga layoqatsiz a'zolari ijtimoiy himoyalanganligining asosiy kafolati davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning muhim shakli bo'lib, iste'mol jamoatchilik fondlari hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat asosi sifatidagi ijtimoiy kafolatlar tizimining qaror topishi mustahkam qonunchilik negizini shakllantirishni taqozo etadi. [3]

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-930-933

"O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar". Konstitutsiyamizning 15-moddasida belgilangan ushbu qoidaning hayotiy ifodasini yurtimizda yashayotgan har bir fuqaro o'z turmush tarzi, ish faoliyatida ko'rishi mumkin. Oilaviy hayotda bo'ladimi, jamiyatdagi munosabatlardami, o'qish va ish faoliyatidami - barchasi Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bolalikdan har bir inson ongiga singdiriladigan qoidalardagi "mumkin" yoki "mumkin emas" degan so'zlar ham shu qonunlardan kelib chiqadi. Aynan shu qoidalarni o'zlashtirish bilan shaxsda huquqiy madaniyat shakllanadi, qonunchilik haqida tushuncha paydo bo'ladi. [4]

- Mamlakatimiz davlat ta'lim standartlariga muvofiq, ta'limning barcha bosqichlarida o'quvchi va talaba yoshlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'yicha dars mashg'ulotlari o'qitiladi, - deydi Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi ijtimoiy fanlar uslubchisi Nurali Ibrohimov. - Bu, avvalo, maktabgacha ta'lim muassasasida boshlanib, tarbiyalanuvchilarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ilk tushunchalar o'rgatiladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida esa Birinchi Prezidentimizning 2001-yil 4-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida"gi farmoyishi asosida 1-4-sinflarda "Konstitutsiya alifbosi" kursi o'qitiladi. Shuningdek, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat mashg'ulotlarida Bosh qomusimizda belgilangan qoidalar haqida ma'lumot beriladi. Bu sa'y-harakatlar o'sib kelayotgan yosh avlodning mamlakatimiz qonunchiligi haqidagi bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va majburiyatlarini anglagan jamiyatning faol a'zolari sifatida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.

Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g'oya va ma'naviy qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga qanday ta'sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bevosita bog'liq. Shunday ekan, yoshlarning milliy g'oyani anglashi, ishonch va e'tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog'liq bo'ladi. Chunki milliy g'oya bir tomondan yoshlarni o„zining ob'ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar miliy g„oyaning ilg'or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga yetkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g'oya bilan qurollangan va uni anglab

olgan bo'lsa jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi[1;617]; Bu

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-930-933

holat milliy g'oya va yoshlarning o'zaro bog'liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo'lsak, milliy g'oya qanchalik mazmunli va millat kelajagi uchun xizmat qiladigan va har bir kishining uzoqqa mo'ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo'lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o'zining ijobiy munosobati shakllanadi.

REFERENCES

1. Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2010 - B.94

2.Agzamova Nilyufar Shuxratovna, Muxamedjanova Lalixon Ashuralievna, Kado'rova Dilbar Salixovna. "Konspirologicheskie teorii proisxojdeniya pandemii COVID-19 Eticheskie problemo' borbo' s pandemiey". 2021G'2G'1 S. 6250-62616250-6261.

3. Lalixon Muxamedjanova. "XIX asrning oxiri XX asr boshlarida jadidchilikni vujudga kelishi va uning milliy uyg'onish harakati sifatidagi mohiyati" VZGLYaD V PROShLOE. 2021. SI-3.

4. O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.