CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
ARTICLE INFO
IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISH VA IJTIMOIY TAKOMILLASHTIRISH
G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston,e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X Boboraximov Abror Baxromovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, Kenesbaev Maxsetbay Rustem o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quv
kursi 313-guruh kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.14242450
ABSTRACT
Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:29th November 2024
KEYWORDS Huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslar, reabilitatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish, viktimologik profilaktika, reabilitatsiya markazlari, ijtimoiy
profilaktika va boshq.
Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profllaktikasida ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlari mazmuni, ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishining bugungi kundagi holati, shuningdek, huquqbuzarliklar profllaktikasida ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha xorijiy davlatlarning tajribasi va ularning milliy qonunchiligimizdan farqli va o'xshash tomonlari tahlili yoritilgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng dastlabki navbatda xavfsizlik va tinchlikni saqlash, xalq osoyishtaligini ta'minlash asosiy ustuvor vazifa hisoblanib kelmoqda. Respublikamizda istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab fuqarolarni jinoyatchilik, uning eng qabih va xavfli turi bo'lgan uyushgan shakllari, diniy ekstremizm, terrorizm,odam savdosi kabi ofatlar tajovuzidan himoya qilish barcha huquqni muhofaza qilish idoralari, shu jumladan, ichki ishlar organlarining eng dolzarb va murakkab vazifalaridan biri bo'lib qelmoqda.
O'tgan davr ichida ichki ishlar organlarini inson huquqlari va erkinliklarini, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini himoya qilishning ishonchli garoviga aylantirishni ko'zlab amalga oshirilgan islohotlar ichki ishlar organlarining mamlakat ichki va tashqi xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan faoliyatini takomillashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda bevosita aholi turar joylari, mahalla, qishloq va ovullarda davlatimiz xavfsizligiga tahdid solayotgan turli ko'rinishdagi tajovuzlarning oldini olish, ko'maklashuvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish orqali ularga qarshi kurashishda, fuqorolarimizning huquqbuzarlik va jinoyatlardan jabrlanuvchi bulib qolishining oldini olishda ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan va davom etayotgan islohotlar natijasida vujudga kelgan profilaktika tizimining faoliyati ahamiyatga molikdir. Ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan hamda davom etayotgan islohotlar natijasida profilaktika xizmatlarining faoliyatini belgilash va tartibga solish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda profilaktika xizmatlari, shu jumladan IIO tayanch punktlari va profilaktika (katta) inspektorlarining faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etishga
Volume 1, Issue 16, November 2024
Page 87
alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Ichki ishlar idoralari profilaktika xizmatlarining faoliyatini rejalashtirish muhim masalalardan biri ekanligi aniq belgilanib, bu borada bir qator talablar o'rnatilgan.
Huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish faoliyati tushunchasiga to'xtalishdan oldin huquqbuzarliklardan jabrlanuvchi tushunchasini yoritib o'tishni joiz deb bildim.
O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi Qonuni qabul qilingan bo'lib, ushbu qonun 7 ta bob va 51 moddadan iborat, qonunning 3-moddasi "Asosiy tushunchalar" deb nomlanib unda huquqbuzarlik, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi tushunchalariga ta'rif berilgan.
Unga ko'ra huquqbuzarlik - sodir etilganligi uchun ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli, g'ayrihuquqiy qilmish (harakatyoki harakatsizlik).
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi - jismoniy, ma'naviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs.
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish — huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga, g'ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko'rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan choratadbirlar majmui. Reabilitatsiya va moslashtirish tushunchasini biz ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish ta'limoti orqali o'rganamiz. Reabilitatsiya lotin tilidan "rehabilitation" tiklash; huquqbuzar va jabrlanganlarni himoya qilish to'g'risida ta'limot hisoblanadi.
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish aloxida, mustaqil yo'nalishda bo'lgan, ya'ni huquqbuzarlikdan jabrlanganlar va jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxslarni o'rganuvchi ta'limot sifatida o'rganiladi. Chunki bu ta'limot asosan huquqbuzarlikdan jabrlanganlar va jazont ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxslarni o'rganuvchi va ularga psixologik, biologik, pedagogik, ijtimoiy hususiyatlari, munosabatlari, jinoyat sodir etilishidan oldin va undan keyingi jarayonda tutgan o'rnini o'rganib chiqadi va ilmiy jixatdan asoslangan xulosalarni ishlab chiqib, jinoyatlarni profilaktika qilish faoliyatida keng ko'lamda qo'llanilishi uchun tadbiq etiladi. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish nafaqat huquqbuzarlikdan jabrlanganlar va jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxslarni o'rganadi, balki, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, urush, genotsid va boshqa xolatlar oqibatida yuzaga kelgan jabrlanishlarni o'z ichiga oladi.
Jinoyatlardan odam o'ldirgan jinoyatchining oila a'zolari jabrlanishi, masalan, jinoiy qilmishni to'xtatishda ishtirok etish vaqtida yoki jinoyat jarayonida huquqni muhofaza qilish organlariga ko'maklashish chog'ida ularga muayyan zarar yetkazilishi mumkin. Boz ustiga, ba'zan jinoyatchining o'zi jabrlanishi mumkin (masalan, ommaviy tartibsizliklarda, bir guruh shaxs bo'lib bezorilik qilishda, mushtlashuvlarda). Shu sababli kimni amalda va muayyan tarzda jinoyatdan jabrlanuvchi deb hisoblash mumkin, degan savol kriminalizatsiya va dekriminalizatsiya jarayoni, jinoiy tajovuz ob'ektining chegaralarini belgilash bilan bog'liq. Jinoyat sodir etishning sabablar zanjirida huquqbuzarlikdan jabrlanganlar va jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxslarni jiddiy rol o'ynaydi, degan g'oya yangi emas, u ko'p sonli adabiy manbalarda va huquq ijodkorligi yodgorliklarida o'z aksini topgan. Lekin uning muayyan darajada ifodali talqiniga XVIII asr mutafakkirlarining asarlarida duch kelish mumkin.
Huquq fanining mumtoz davri namoyondalaridan biri Ieremiya Bentam (1748-1832) kriminologiyaga huquqbuzarlikdan jabrlanganlar va jazont ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirishni nazarda tutuvchi normalarni kiritishni taklif qilgan. Bu huquqbuzarlikdan jabrlanganlar va jazont ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxslarni yanada tezroq hayotga qaytarish imkonini beradi, deb hisoblagan.
Volume 1, Issue 16, November 2024
Page 88
Ijobiy huquq yo'nalishining vakili Raffael Garofalo (1852-1934) ham jabrlanuvchilarva huquqbuzarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish orqali ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish vositasi sifatida qaragan (turinlik bu sudya «kriminologiya» atamasini birinchi bo'lib ilmiy muomalaga kiritgan).
Nemis kriminologi Sara Marjora Fray (1894-1958) tadqiqotlarining diqqat markazida jinoyatchini undan jabrlangan shaxs bilan yarashtirish, ya'ni jamiyatda tartib va totuvlikni barqaror etish muammolari turgan.
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish muammosi va jinoyatlarning oldini olishda uning ahamiyati masalalari Sharq, O'rta Osiyo va ayniqsa, O'zbekiston xalqlarining tarixiy huquqiy yodgorliklarida va feodal tuzumi sud organlarining qarorlarida muhim o'rin egallaydi.
O'zbekiston Respublikasida huquqbuzarlikdan jabrlangan shahslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish asosiy e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan choralardan ekanligi belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunining 5-moddasida "ishontirish usulining ustuvorligi" maxsus prinsip sifatida ushbu yo'nalishdagi ishlarni tashkil etish jarayonida qat'iy amal qilinishini talab etadi. Aynan, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralari esa mazkur prinsipni amalga tatbiq etilishini va ustuvorligini ta'minlaydi.
Shuni alohida takidlab o'tish joizki, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralari huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi. Demak, bu choratadbir yo'nalitirilgan asosiy ob'ekt g'ayriijtimoiy hulq atvorli, huquqbuzarlikka moyil yoki huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxs hisoblanadi. "Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish" jumlasining o'zi ham bir nechta so'zlar birikmasidan tashkil topgan bo'lib keng ma'noda kompleks tadbirlar va vazifalarni o'z ichiga qamrab oladi.
"Ijtimoiy" - so'zi esa aholining barcha qatlamlariga taalluqli masalalar hisoblanadi. "Ijtimoiy" so'zi bilan bog'liq juda ko'plab tushunchalarni misol keltirib o'tish mumkin, yuridik ensiklopediyalarda, "ijtimoiy tenglik - ijtimoiy holatidan qat'i nazar, insonning inson bilan teng huquqliligi", "ijtimoiy holat - fuqaroning o'z kelib chiqishi, jinsi, mulkiy holati va mansab mavqeiga ko'ra muayyan ijtimoiy tabaqaga mansubligi", "ijtimoiy tuzilish -hokimiyat va davlatning mohiyati, uning siyosiy va iqtisodiy negizlari, xo'jalik hayotining xususiyati hamda shaxsning davlatdagi mavqei asoslari", "ijtimoiy ta'minot - davlatning, fuqarolarning ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlarni ularning asosiy moddiy ehtiyojlarini qondirish, ularga nafaqa va boshqa ko'rinishdagi moddiy yordam ko'rsatish uchun olib boradigan maxsus faoliyatidir" degan tushunchalari berilgan.
Reabilitatsiya - so'zi esa turli sohalarda har xil talqin qilinadi, masalan, tibbiyot sohasida reabilitatsiya kasalni tuzatish yoki avvalgi holatiga qaytarish degan tushunchani beradi. Yuridik sohada reabilitatsiya - yuridik tushuncha bo'lib, noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki mulkiy hamda boshqa qonuniy manfaatlari cheklangan shaxsning oqlanishi va unga keltirilgan moddiy va ma'naviy zararning qoplanishini ko'zda tutadi.
O'zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonunida ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish - "huquqbuzarlikdan jabrlanganga, g'ayriijtimoiy xulqatvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko'rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui",- deb tushunchasi berib o'tilgan. Demak, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralari huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan yoki huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslarni ruhiy jihatdan hayotga moslashtirish, bu jarayonda ularga turli ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko'rsatishga yo'naltirilgan tadbirlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi va alohida toifadagi shaxslarning
huquqbuzarliklar sodir etishini yohud huquqbuzarliklardan jabrlanishini oldini olishga qaratiladi.
E'tibor qaratsak, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish insonga nisbatan mehr ko'rsatish, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishida yaqindan yordam berishdan iborat tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu esa, har qanday shaxsni jamiyatga bo'lgan ishonchini oshiradi, unda kelajagiga ishonch paydo bo'ladi. Hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham aholini kuchli ijtimoiy himoyalashdir. Aholini ijtimoiy himoyalash eng avvalo ular uchun qulay va munosib turmush sharoitini ta'minlab berish, bozor munosabatlariga o'tish davrida ob'ektiv ravishda mavjud bo'ladigan turli qiyinchilik hamda kutilmagan iqtisodiy, ijtimoiy xatarlardan muhofaza qilinishini anglatadi.Shuning bilan birga ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning berayotgan samarasi huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, davlat va jamoat tartibini saqlashda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
2. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi
3. O'zbekiston Respublikasining 2014 - yil 14-maydagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonuni
4. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonuni
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10
apreldagi «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5005-son Farmoni
6. O'zbekiston Respublikasi IlVning 2017 yil 12 iyuldagi «Ichki ishlar organlarining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bulinmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiklash xakida»gi 151-son buyrug'i
7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi «Ichki ishlar organlari tomonidan Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida»gi 191-son buyrug'i
8. «Profilaktika inspektorlarini faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan» -N.M.Mansurov ilmiy ishi.
9. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024. - T. 3. - №. 3. - C. 84-90.
10. G'aniev, F. T. (2024). TURKIYA RESPUBLIKASI: TABIYATI, MADANIYATI VA AN'ANALARI. Results of National Scientific Research International Journal, 3(3), 101-116.
11. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024. - T. 3. - №. 3. - C. 84-90.