Научная статья на тему 'Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish tamoyillari'

Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish tamoyillari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
193
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / trayektoriya / individual / inklyuziv / kompetensiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Orzigul Normamadovna Fattoyeva

Ta’lim tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishda haqqoniylik va hallolikni ta’minlash, unga yanada inklyuziv, individual xususiyat berish va talabalar bilan samarali hamkorlikni, ta’lim trayektoriyalarini tashkil etish bularning barchasi bilim, ko’nikma va jarayonda ishtirok etishga imkon beradigan xos xususiyatlarga ega insonlar zimmasidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish tamoyillari»

Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida individual ta'lim trayektoriyalarini shakllantirish tamoyillari

Orzigul Normamadovna Fattoyeva [email protected]

Annotatsiya: Ta'lim tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishda haqqoniylik va hallolikni ta'minlash, unga yanada inklyuziv, individual xususiyat berish va talabalar bilan samarali hamkorlikni, ta'lim trayektoriyalarini tashkil etish - bularning barchasi bilim, ko'nikma va jarayonda ishtirok etishga imkon beradigan xos xususiyatlarga ega insonlar zimmasidadir.

Kalit so'zlar: ta'lim, trayektoriya, individual, inklyuziv, kompetensiya

Principles of formation of individual educational trajectories in the system of social and humanitarian sciences

Orzigul Normamadovna Fattoyeva [email protected]

Abstract: Ensuring authenticity and integrity in the development and implementation of the educational system, giving it a more inclusive, individual character and effective cooperation with students, organizing educational trajectories -all this is a characteristic that allows knowledge, skills and participation in the process. is the responsibility of people with characteristics.

Keywords: education, trajectory, individual, inclusive, competence

Milliy uyg'onishga olib boradigan yagona yo'l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o'tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir ta'lim tizimi bilan qilinishi mumkin. Ammo, ta'lim tizimini mustahkam poydevor asosida qura olmaydigan jamiyatlarning taqdiri halokatli bo'ladi. O'zbekistonda ta'lim sohasidagi siyosat, bir tomondan, jahon ta'lim standartlari darajasiga erishishga qaratilgan, ikkinchi tomondan esa - xalqimizning ma'naviy-madaniy qadriyatlari va o'ziga xosligini hisobga oladi. Jahon ta'limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti shu jarayonda joriy etilgan ta'lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan chambarchas bog'liqdir. Zamonaviy ta'lim tizimida pedagog o'zida kompetentlik modelini ham shakllantira olishi lozim. Bunga esa - kasbiy, umummadaniy va gumanistik (insonparvarlik), kommunikativ va ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar bilan bir qatorda, kreativ, innovasion, nostandart fikrlashning

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 246 [Ml^^^H

shakllanganligi, innovatsion pedagogik strategiyalarni ishlab chiqa olishi, pedagogik faoliyat mazmuni, metod va vositalari, shart-sharoitlari o'zgarishlariga moslashuvchanligini ham bildiradi. Bu pedagogning standart va nostandart pedagogik vaziyatlarda muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlab beradi.

Pedagogik faoliyat bo'yicha izlanishlar olib borgan I.V.Morxovaning fikricha zamonaviy pedagogik ta'limning strategik maqsadlari quyidagilardan iborat bo'lishi kerak: "Mutaxassis tayyorlash sifatini takomillashtirish; kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan kasbiy ta'lim tizimini yaxshilash; ijodiy qobiliyatlarni individual tarzda rivojlantirish asosida ta'lim shakllarini tanlash (o'z-o'ziga ta'lim, o'zini-o'zi rivojlantirish, o'zini-o'zi takomillashtirish); ta'limning insonparvarlikka yo'nalganligi; kreativ va innovatsion pedagogikani joriy qilish" Demak, bundan ko'rinib turibdiki individual ta'limiy yo'nalishlar ta'lim oluvchining pedagogik ixtisoslik bo'yicha umumiy ta'limiy trayektoriya bo'yicha harakatlari xususiyatlarini aks ettiradi va bu sub'ektlarning individual o'ziga xosligi va ta'lim muhiti sifati bilan belgilanadi. Agar har bir bolaga individual tarzda e'tibor berilsa, o'quvchilardan biri yetarli darajada o'qimayotgan bo'lsa, pedagoglar buni darhol sezishlari va o'z dasturlarini shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirishlari lozim. Xuddi mana shu narsa o'quv muassasasida kirishib keta olmaydigan, zerikkan yoki o'rganish tezligi muddatidan ilgari bo'lgan talabalar uchun ayni muddao. Pedagoglarning individual ta'limni tatbiq etishda yuqori darajadagi bilimlari - ularning o'quvchilar rivojlanishining barcha turlarini kuzatishi va moslashuvchan yechimlarni berishi uchun eng muhim vosita. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'rtacha 30% o'quvchilar ta'lim olishi hayotlarining dastlabki to'qqiz yillikda maxsus dasturlar tomonidan qo'llab-quvvatlansa, individual ta'lim trayektoriyasi kutilgan natijani beradi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida individual ta'lim trayektoriyalarini shakllantirish o'quvchilarda ijtimoiy hayot qonuniyatlari, qadriyatlar, sub'ektlarning motivlarini tadqiq eta olish qobiliyatini shakllantiradi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bu tafakkur dunyosi - insonning turli shakllardagi faoliyat sohalarini o'rganishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy-gumanitar fanlar - ijtimoiy reallik bo'lib, u (tabiiy borliqdan farqli ravishda) inson faoliyatidan tashqarida amal qila olmaydi. I.E.Inoyatovaning ta'kidlashicha: "Ijtimoiy-gumanitar fanlar predmeti insoniyat olami, umumiy ijtimoiy qonunlar, jamiyat tuzilmasi va uning qonunlaridan iborat. Ijtimoiy-gumanitar ta'limda ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazishda mobillik, ixchamlik, texnologik qulaylik, didaktik rang-baranglik, kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi kabi tamoyillar yetakchi o'rinni egallaydi. Ushbu didaktik tamoyillar barcha fanlarni o'qitishda birdek asos - negiz hisoblanadi".

Mashhur psixolog olimlardan V.D.Shadrikov o'qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjudligini ta'kidlagan. Ular quyidagilar:

- individuallashtirish o'qitish jarayoning strategiyasidir;

- mdividuallashtirish - individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;

- barcha o'rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o'qitishdan foydalanishning mumkinligi;

- individual ishlarni o'quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integrasiyalash;

- darslarni individual suratda, uslubda o'rganish.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni individual texnologiyasining umumiy xususiyatlariga esa quyidagilar kirishini ta'kidlab o'tgan:

> o'zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;

> fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko'nikmalarni egallash asnosida individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;

> oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo'linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;

> qobiliyatli va iste'dodli o'quvchilarga nisbatan o'quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);

> o'qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;

> umumiy o'quv malakalari va ko'nikmalarini shakllantirish;

> o'quvchilarning o'z-o'ziga mos baho bera olishini shakllantirish;

> o'qitishning texnik vositalaridan foydalanish.

Demak, tijtimoiy-gumanitar fanlarni ta'lim-tarbiyada individual trayektoriya orqali o'rganish yondashuvi, shaxsni boshqalardan ajratib individual o'qitishni bildirmaydi, balki o'quvchining u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olib, har bir o'quvchining individual-psixologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy asosda tushunishni anglatadi. Psixologiyada ham shaxsning individual xususiyatlari deyilganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Ta'lim va tarbiyada, gumanitar fanlarni o'qitishda individual yondashuvning vazifasi - rivojlanishning individual usullarini aniqlash, o'quvchining imkoniyatlarini, har bir shaxsning faolligini ta'minlash, ta'lim-tarbiyaga jalb qilgan holda o'z mas'uliyatini anglatishdan iborat.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni loyihalash va modellashtirish tizimini tuzishimiz uchun ham ijtimoiy-gumanitar fanlar tarkibi bo'yicha tavsiflashimiz lozim. Izlanishlarimiz bo'yicha esa quyidagicha tasniflashimiz mumkin:

- tarixiy fanlar;

- iqtisodiy fanlar;

- falsafiy fanlar;

- filologik fanlar;

- yuridik fanlar;

- pedagogik fanlar;

- psixologik fanlar;

- ijtimoiy fanlar;

- siyosiy fanlar;

- madaniyatshunoslik.

Olimlardan A.Ibragimov individual ta'lim trayektoriyasini loyihalashda pedagog bilan maslahatchi ham hamkorlikda ishlashlari hamda quyidagilarni inobatga olishlari lozim bo'ladi degan nuqta'i nazarni bayon etgan:

- pedagogning umumiy kasbiy tayyorgarligi, ish tajribasi, kasbiy qiyinchiliklari va ehtiyojlari;

- kasbiy va ijtimoiy faoliyati holati;

- psixologik xususiyatlari (temperamenti, xarakteri, emotsionalligi va b.), kommunikativ xususiyatlari;

- kasbiy, ijtimoiy, bilish motivlarining shakllanganligi va turg'unligi;

- optimal qarorlar qabul qila olishi, o'zi uchun yeng qulay hamda samarali shakl va usullarni tanlay olishi-refleksiyasi, faoliyati mazmuni, ehtiyojlarini anglashi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda pedagogning kasbiy rivojlanishi individual ta'lim trayektoriyasini tuzishida quyidagigi bosqichlarga e'tibor qaratishi zarur:

- dastlabki kasbiy qiyinchiliklar va ehtiyojlar tashxisi;

- malaka oshirishdan qilingan maqsadi va kutiladigan natijalarni inobatga olish;

- malaka oshirish mazmunini anglash va shakllantirish;

- malaka oshirish ta'limi pedagoglari bilan o'zaro ta'sir mexanizmi va harakat yo'nalishlarini belgilab olish;

- belgilangan yo'nalish bo'yicha oldinga harakat qilish;

- natijalar tahlilini tuzish va baholab borish.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda pedagogning kasbiy rivojlanishi individual ta'lim trayektoriyasini tuzishida quyidagigi bosqichlarga e'tibor qaratishi zarur:

- dastlabki kasbiy qiyinchiliklar va ehtiyojlar tashxisi;

- malaka oshirishdan qilingan maqsadi va kutiladigan natijalarni inobatga olish;

- malaka oshirish mazmunini anglash va shakllantirish;

- malaka oshirish ta'limi pedagoglari bilan o'zaro ta'sir mexanizmi va harakat yo'nalishlarini belgilab olish;

- belgilangan yo'nalish bo'yicha oldinga harakat qilish;

- natijalar tahlilini tuzish va baholab borish.

Pedagog uchun individual ta'lim trayektoriyasini tuzish va uni amalga oshirish uchun motivatsiya muhim omildir. Motivatsiya ikki xil bo'ladi.

1. Ichki motivatsiya - pedagog o'z kasbiga mehr qo'ygan, o'z ustida ishdashga ehtiyoji bor, o'quvchilar bilan ishlashda toqati yetadi, davlat va jamiyat rivoji uchun barkamol shaxsni tarbiyalashni burchi deb bilib, shu shaxs o'rniga farzandini qo'yib ko'rgan holda harakat qiladi va maqsadga yetishadi.

2. Tashqi motivatsiya - davlat ham pedagogik faoliya istiqboli uchun islohotlarni amalga oshirib, yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berayapti, moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish ishlari amalga oshirilayapti. Qachonki, shu ikki motivatsiya uyg'unlashsa, yangi g'oyalar, kreativ fikrlar, o'z ustida ishlash uchun ishtiyoqi paydo bo'ladi.

I.V.Morxova bo'lajak pedagogning bugungi kunda ijodiy kompetentligini zamonaviy bosqichda shakllantirish muammosini o'rganishda quyidagilarga ehtiyoj mavjudligini aniqlagan:

❖ bo'lajak o'qituvchi kasbiy tayyorgarligining natijadorligiga (faollik, tadbirkorlik, ijodiy fikrlash va shaxsning zamonaviy jamiyatda faollashishi);

❖ bo'lajak o'qituvchining ijodkor shaxs sifatida faol rivojlanishiga (jamiyat hayotidagi murakkab vaziyatlar va muammolar);

❖ mazmunli pedagogik ta'limga (bo'lajak o'qituvchilarning real va potensial imkoniyatlari); bo'lajak o'qituvchilar ijodiy kompetentligini shakllantirish jarayonining mahsuldorligiga (zamonaviy ta'lim texnologiyalarini saralash va samarali qo'llash);

❖ bo'lajak o'qituvchi ijodiy kompetentligini shakllantirish samaradorligiga (har tomonlama rivojlanish va shaxs psixikasining namoyon bo'lishi).

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Jahon miqyosida mutaxassislarning ijodiy kompetentligini shakllantirish texnologiyalari, kompetensiyalarni baholash metodologiyasi va metodikasi, kasbiy kompetentlikning integrativ modelini takomillashtirish, Yevropa ta'lim darajasida kompetensiyalar va malaka (kvalifikatsiya)larni tan olish, kompetensiyalar indikatorlari darajalarini konseptual jihatdan asoslash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, kasblarning shaffofligini kuchaytirish, bo'lajak pedagogning kasbiy tiklanishi, ijodiy kompetentligini shakllantirish jarayonida pedagogik shart-sharoitlarni takomillashtirish texnologiya va modellarini, individual ta'lim trayektoriyalarini o'rganishga alohida e'tibor berilmoqda. Individual ta'lim trayektoriyasini tatbiq etish zarurati pedagogik faoliyatda loyihalashtirishning nazariy qoidalarini aniqlaydi. Pedagogik loyihalarni yaratish va o'zlashtirish imkonini beradi. Bo'lajak kasbiy ta'lim pedagogining loyihalashtirish faoliyati pedagogik muammolarni aniqlash, pedagogik loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish, mualliflik texnologiyalarini yaratish, natijalarni kuzatish bilan bog'liqdir. Ta'lim trayektoriyalarini ham tuzishda boshqa mamlakat amaliyotidan nusxa ko'chirish emas, balki ular ichidan eng yaxshilarini diqqat va xolislik bilan tadqiq etishni o'rganish, turli kontekstlarda qanday uslublar ishlayotgani haqida bilim to'plash va ularni puxta o'ylagan holda ta'lim jarayonlariga tatbiq etish zarur. Shu sababadan ham Xalqaro PISA tadqiqotchisi asoschisi Andreas Shlyaxer quyidagi jumlalarni aytgan: "O'z hayotini kelajak avlodlar tarbiyasiga bag'ishlaydigan, orzularini ro'yobga chiqarishda ularga yordam beradigan va barcha

qiyinchiliklarga qaramay, ko'pincha o'zlari chinakamiga loyiq bo'lgan e'tiroflarga sazovor bo'lmay, kelajakni belgilab beradigan kishilar - butun dunyo pedagoglaridir".

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Inoyatova M.E. Ijtimoiy-gumanitar ta'limning metologik tavsifi // "Scientific progress" ilmiy-metodik jurnali «Ijtimoiy-gumanitar ta'limning metodologik tavsifi». -T , 2022. - №2. 393-b.

2. MopxoBa И.В. Бyлaжaк укитувчининг ижодий компетентлигини шaкллaнтиpиш технологиясини тaкомиллaштиpиш: Пед. фaн. док. ... дис. aвтоpeф. - Тошкент: ТДПУ, 2020. - 12 б.

3. Ibragimov А. Xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish tizimini ko'p vektorli yondashuv asosida takomillashtirish: Ped. fan. dok. ... dis. avtoref. - Samarqand, 2018.

4. В.Д.Шадриков Понимжие: консeптyaлниe модели. М.: ИП РАН, 2021. ИСБН 978-5-9270-0424-9; дои: 10.38098/мнг.2020.28.39.001.

5. Уpaзовa М.Б., Ходжaeв Б.Х. Интeллeкт-кapти кaк фжтор рвзвития профессионадной компетентности 6удуших yчитeлeй: Мaтepиaли Мeждyнapодной нayчно-пpaктичeской конференсии. - Сaнкт-Пeтepбypг: Сaнкт-Пeтepбypгский госyдapствeнний yнивepситeт, 2015.- С. 137-139.

6. Samarava Sh.R. (2020). Ta'lim jarayоnida individual yоndashuv asоsida O'quvchilarni о'qishga qiziqtirish mashqlari. мScience and Еducatiоn" Scientific Jоurnal, 1(4), 258-259.

7. Уpaзовa М.Б. Моделировжие в висших обpaзовaтeлних yчpeждeниях кaк средство приобретения стyдeнтaми прочних знжий //Молодой yчeний. - Читa, 2013. - №5. - С. 125-129.

8. Аликyловa М.М. Инновaцион пeдaгогикa услу6ий к;yллaнмa. Тошкент: Иктисодиёт унверситети. —ТДИУ нaшpиёти, 2012.

9. Хуторский А.В. Шяхсга ёънaлтиpилгaн тaълим методологагси. ^ндвй килиб хдр кимгa хдр хил тaълим бериш кepaк?: Укитувчи учун к;yллaнмa. - М .: ВЛАДОС-РРЕСС ташриёти, 2017 й. 383 б.

10. Вергун Т.В., Колосовa О.Ю., Гончapов В.Н. Индивидуадние обpaзовaтeлниe тpaeктоpии студентов в висшей школе: к pостaновкe проблеми // Современние таукоемкие технологии. - 2016. -№ 12-2.- С.313-317.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.