Научная статья на тему 'IJODIY-TANQIDIY FIKRLASHNING XORIJIY TILLARNI O’RGANISHGA TA’SIRI'

IJODIY-TANQIDIY FIKRLASHNING XORIJIY TILLARNI O’RGANISHGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1214
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tanqidiy fikrlash / kreativ-ijodiy fikrlash / neyronlar / adaptatsiya / ong va ongosti. / critical thinking / creative thinking / nylon / adaptation / consciousness / bottom consciousness.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muazzam Anvar Qizi Muxtorova, Saida Turgunovna Gaziyeva

Mazkur maqolada ijodiy-tanqidiy fikrlashning xorijiy tillarni o’rganishda tutgan o’rni va unga ta’siri haqida ilmiy izlanishlar yuzasidan tahlil va fikrlar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar va xorijiy tillarni o’rganishda ijodiytanqidiy fikrlashni targ’ib qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF CREATIVE-CRITICAL THINKING TO LEARNING FOREIGN LANGUAGES

In this article considered analyses and opinions concerning scientific searchings about the place and effect of creative-critical thinking at learning foreign languages, developer methods of critical thinking and intended main aims at propagandize the creative-critical thinking.

Текст научной работы на тему «IJODIY-TANQIDIY FIKRLASHNING XORIJIY TILLARNI O’RGANISHGA TA’SIRI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

IJODIY-TANQIDIY FIKRLASHNING XORIJIY TILLARNI O'RGANISHGA

TA'SIRI

Muazzam Anvar qizi Muxtorova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Turim fakulteti 2-bosqich talabasi E-mail: muazzammuhtorova@gmail .com

Ilmiy rahbar: Saida Turgunovna Gaziyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Turizm fakulteti ingliz tili o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ijodiy-tanqidiy fikrlashning xorijiy tillarni o'rganishda tutgan o'rni va unga ta'siri haqida ilmiy izlanishlar yuzasidan tahlil va fikrlar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar va xorijiy tillarni o'rganishda ijodiy-tanqidiy fikrlashni targ'ib qilishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Tanqidiy fikrlash,kreativ-ijodiy fikrlash, neyronlar, adaptatsiya, ong va ongosti.

THE EFFECT OF CREATIVE-CRITICAL THINKING TO LEARNING

FOREIGN LANGUAGES

ABSTRACT

In this article considered analyses and opinions concerning scientific searchings about the place and effect of creative-critical thinking at learning foreign languages, developer methods of critical thinking and intended main aims at propagandize the creative-critical thinking.

Keywords: critical thinking, creative thinking, nylon, adaptation, consciousness, bottom consciousness.

KIRISH

Imom al-Buxoriy aytganidek "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay". Insonning eng katta qudarti bu - ilm. Tafakkur qilish esa uning asosini tashkil etadi. Bugungi kundagi ijodiy -tanqidiy fikrlash ham o'sha tafakkur olamining mahsulidir. Maqolani yozishdan ko'zlangan maqsad mutoala qilayotganlar uchun aniq va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

isbotlangan ma'lumotlarni yetkazib berish va ushbu o'ta muhim hisoblangan jarayonlarga yosh izlanuvchi sifatida tahliliy fikrlarni bildirishdan iborat. Ko'p hollarda guvohi bo'lamiz-ki, yoshlar ta'limi masalasi ko'tarilganda, salmog'i kundan kun oshib, tarozi pallasida og'irlashib borayotgan dunyo bilimlari va ma'lumotlarini yoshlar ongiga qanday qilib singdirish, ularning ta'lim olish sifatini yaxshilash va sifatli ta'limdan aniq bir maqsadlarga yo'naltirilgan natijalarni qanday qilib olish muammolari yuzaga keladi. Xususan yoshlikdanoq berilgan bilimning kelajakdagi o'rni haqida bir qancha baxs-munozaralar bo'lishiga guvoh bo'lamiz. Sababi shundan iborat-ki, insonning bolalik yillarida uning xotirasi o'tkir va o'rganishga bo'lgan immuniteti va ehtiyojlari katta yoshga nisbatan juda yuqori bo'ladi. Ma'lumotlarni qabul qilish darajasi ham shu asosda paydo bo'ladi. Aynan shu vaqtda , ya'ni bolalik yillarini qamrab oluvchi 4-5 yoshdan boshlab yangi bilimlarni hech qanday qarshilik va e'tirozlarsiz qabul qilish sog'lom insonda shakllanadi. Olimlarning fikrlariga ko'ra yoshlik chog'ida miya faoliyati bir muncha yaxshi ishlaydi va qanday ko'nikmalar hosil qilinsa aynan shu ko'nikmalar eng mayda neyronlarda ham shakllanib, "adaptatsiya" jarayonini hosil qiladi va yillar sayin o'z ustida ishlash orqali sayqallanib, rivojlanib boradi. Bilimlarni o'rgatishning eng yaxshi usuli bu xotiradan foydalanish bo'lganligi sababli ko'p maktab o'quvchilarining darsiklarida ifodali o'qish va yodlash uchun maqollar hamda she'rlar berilgan bo'lib. o'quvchilar bu vazifalarni bajarish davomida bosh miyyaning markaziy qismidagi xotira bo'limiga yangi ma'lumotlarni ma'lum bir vaqtga qabul qiladilar. Nima uchun birinchi sinfdanoq yodlashga katta e'tibor beriladi? Ko'proq qaytarilgan ma'lumotni bola eslab qola olgani uchun. Agarda, bu ma'lumotlar aniq tushuntirib berilsa va alohida e'tibor qaratilsa, tafakkur qilish qobilyati ham shakllanadi va bu orqali o'rganuvchilar nafaqat yoshlikda balkim katta yoshda ham fikrlab ma'lumotlarni ko'proq muddatga eslab qola bilish imkoniyatiga ega boladi. Fikrlash orqali inson kreativ-yangicha o'ylaydi, har bir masalaga alohida e'tibor qaratadi va mulohazalarni saralaydi,muhokama qiladi, kerak joyda o'z fikrini himoya ham qiladi, hamda xotiraga o'zining uzoq muddat sarflab chiqargan xulosasini joylaydi. Bu esa yangi kelayotgan ma'lumotlarning tahlili va rivojlanishi uchun asos bo'ladi. Dunyodagi barcha bilimlarni, xususan tillarni o'rganishda ham tanqidiy-ijodiy fikrlashga katta ahamiyat qaratiladi. Barchaga ma'lumki, tillarda asosan yangi so'zlarni yodlash, grammatik jihatdan qoidalarni eslab qolish va ular asosida muloqot qila olish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun tilni o'rganayotgan o'rganuvchi nimani o'qiyotganiga e'tiborini qaratadi. Ma'noni aniq tushungandagina uni to'liq o'rganilgan deb qarash mumkin. Zamonaviy texnalogiyalar davrida tillarni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

o'rganishning juda ko'p usullari mavjud ammo ijodiy-tanqidiy fikrlashi rivojlanmagan insonda bu holat ancha qiyinlashadi. Sababi, fikrlash va masalaga yangicha nazar bilan yechim topish qobilyati tillarni o'rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Xorijiy tillarni o'rganish uchun qoidalarni nima uchun tuzilganligining sababini tushunish shart. Bu esa insondan bir muncha ijodiy va tanqidiy fikrlashni, "nima, nima uchun, qanday qilib va natijasi nima bilan tugaydi?", kabi savollarni yuzaga kelishini talab qiladi. Bir til bilan butun bir mamalakat va xalqning tarixi, madaniyati va bugungi kundagi fan manbaalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud. Tarjima masalasida ham tafakkur bilan tushuna olish masalaga bir muncha oydinlik kiritadi. Shu sababli ham bu mavzuni yoritish va bir nechta qarashlarni o'rganish maqsadida , hamda xorijiy tillarni o'rganishga ijodiy-tanqidiy fikrlashni ta'siri bo'yicha izlanishlarni ommaga taqdim qilishni maqsad qildik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mavzuni yanada isbotlab berish maqsadida maqolani yozishda asos bo'lib xizmat qiluvchi adabiyotlarga alohida to'xtalib o'tamiz. Juda ko'p fan doktori va dotsentlar ushbu mavzu bo'yicha sohalaridan kelib chiqqan holatda ilmiy izlanishlar olib borishgan. Shular jumlasidan, Fizika va matematika fanlari nomzodi, dotsent, Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali direktori Abduqahhor G'aniyevning "Ma'rifat" gazetasining 2020-yil 11-noyabrdagi 43-sonida va Baxtiyor.uz. saytidagi Edu.uz saytidan olingan "Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o'rganish mumkin?" nomli maqolaga o'z qarashlarini bildirgan holda ushbu fikrlarni ta'kidlagan: "2002 yil AQSH da o'tkazilgan XXI asr malakalari va ko'nikmalarini aniqlash bo'yicha hamkorlikda "4 Ss"konsepsiyasi qabul qilingan. Konsepsiya boshidayoq tanqidiy fikrlash (Critical thinking) tilga olingan. AQSH ta'lim tizimida esa allqachon ayni shu ko'nikmalarni o'rgatish asosiy o'ringa chiqqan",- deya ta'kidlaydi izanuvchi mutahasis.Ammo maqola yakunida bu fikrlarning qarama-qarshisi ham namoyon bo'ldi. Albatta, bu fikrlar o'z - o'zidan paydo bo'lgan emas, haqiqatdan ham AQSH dagi ta'lim tizimi juda kuchli rivojlanganligi barchaga ma'lum. Mantiq va tanqidiy fikrlash yangicha dunyoqarashni, ya'ni ijodiy fikrlashni olib kirishini avvaldanoq ko'ra bilgan olimlar bu sohaga jiddiy qarashni boshlashgan va bu o'zining ijobiy natijasini bermoqda.

Amerikalik psixolog, o'qituvchi, bir vaqtning o'zida Amerika psixologlar uyushmasining prezidenti, bir nechta muvaffaqiyatli kitoblarning muallifi, "Tanqidiy fikrlash va aql psixologiyasi", "Bilim va bilmaslik" mavzularidagi ilmiy ishlar muallifi Diane Xolpernning "Tanqidiy fikrlash psixologiyasi" deb nomlangan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

kitobida tanqidiy fikrlashning ta'lim jarayonidagi o'rniga berilgan alohida e'tiborini ko'rish mumkin. Bundan tashqari u o'zining benazir asarlarida tanqidiy fikrlash va ijodiy fikrlash tezroq va samaraliroq ta'lim olishni ta'minlashi haqida fikr yuritadi. Bundan tashqari qiyin holatlar va masalalar vaqtida tanqidiy fikrlash orqali masalaning boshqa tomonlardan yechimini topish mumkinligi va bu boshqa fanlarga targ'ib qilinganda ham o'z tasdig'ini topganligi haqida misollar keltirib o'tadi. Bundan ko'rinadi-ki aynan ijodiy va tanqidiy fikrlash orqali boshqa fanlarni yaxshi o'zlashtirish, kerakli ma'lumotlarni eslab qolish va ma'lum bir ma'lumotlarni to'g'ri tahlil qilib, tushuna olish kabi imkoniyatlarga erishish mumkin ekan. Shu sababli ham xorijiy tillarni aynan tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi qo'llanmalar asosida o'rganish ancha samarali bo'ladi va kutiganidek natija ham beradi deb ayta olamiz. Fizik olim Braunning fikriga ko'ra "Real hayot maqsadlariga bog'lanmagan o'quv ko'nikmalari ta'lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi ishlashga imkoniyat berishi mumkin, lekin ular bu ko'nikmalarni yangi real vaziyatlarda qo'llay olmaydilar", deya ta'kidlaydi.Izohlaydigan bolsak, agarda yosh o'quvchilarga ma'lumotlar ma'nosi va fikrlar mazmuni tushuntirilmasa o'rganilayotgan bilimlar faqatgina qog'ozda qolib ketishining ehtimoli juda yuqori bo'ladi. Agarda ingliz, rus va boshqa tillarda so'zlasha olish uchun ham ijodiy va tanqidiy yondashilsa samarasi tezroq bilinar ekan.

Shu o'rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" O'zbekiston Respublikasida faoliyati yo'lga qo'yilgan "Prezident maktablari"ga o'quvchilarni qabul qilish testlari ingliz tili va mantiqqa, tanqidiy va ijodiy fikrlashga qaratilganida ham biz maqolada ko'targan mavzuning reallikdagi aksi ko'rinadi. Prezident maktablarining you tube, telegram kanallaridagi post va videolarda "Tanqidiy fikrlash - bu bizning ongli tarzda harakat qilishimizni nazarda tutadigan aktiv jarayondir. Tanqidiy fikrlash usullarini qo'llagan holda biz murakkab iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy, qonuniy yoki boshqa turli muammolarni tahlil qilishga, ularning kelib chiqish sabablarini, oqibati yoki boshqa hodisalarga ta'sirini tushunishga va muammoni hal qilish uchun yechim izlashga muvaffaq bo'lamiz", degan fikrlarni ko'rishimiz mumkin.

Tillarga tanqidiy fikrlashni olib kirishning asl sababi shundan iborat-ki, so'zlar va iboralarning ishlatilish jihatidan to'g'ri tushunilganligi bu so'zlarni ma'nosiga ko'ra boshqa bir vaqtda va boshqa gaplarda ham ishlatishdek qimmatli imkoniyatni beradi. Ya'ni muloqot davrida bizning miyyamiz axborotlarni qabul qiladi, sintezlaydi, tahlil qiladi va ushbu jarayonlarga javoban tafakkur qilib,so'z boyligidan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

foydalangan holda o'z tahlilarini taqdim etadi. Ya'ni biz xorijiy mamlakatlar tilida so'zlashish uchun ham tafakkur qilib, tanqidiy va ijodiy fikrlar ekanmiz.Tanqidiy-ijodiy fikrlash deganda inson hayoliga bevosita fikr va til keladi.Fikrlarni to'g'ri tushunib yetish uchun ham til orqali yetkazilayotgan fikrlarni avvalo tahlil qilish kerak va fikr-mulohazalarni doimo to'g'ri ifoda etish kerak. Chunki, insonlar ba'zi vaqtlarda o'z fikrlarini ham tahlil qilolmaydilar.William Hughes va Jonathan Laverylar bu borada "Fikrlarni tushunish uchun fikrlash va til o'rtasidagi munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan e'tibor qaratish kerak, chunki munosabatlar sodda ko'rinadi, ammo, ko'p hollarda odamlar o'z so'zlarining ma'nosini tushunishmaydi. Sababi shundaki, biz fikrlarni ifoda etish uchun emas, balki ularni shakllantirish uchun so'zlarni ishlatamiz . Demak xorijiy tillarda shunchaki gapirish uchun so'zlardan foydalanish emas, avvalo tahlil etib so'ngra o'z fikrlarimizni bayon etishimiz kerak bo'lar ekan. Tanqidiy fikrlashni boshlagan o'rganuvchi xorijiy tillarni o'rganish vaqtida fikrlarni bayon etishning yozma usulidan foydalanadi. Xorijiy tillarda yozilgan, ma'lum bir mavzuga tegishli bo'lgan fikrlarni o'rganilayotgan tilda tafakkur etib, uni yozuvda ifoda etish haqida Jon C. Bean izlanishlarining birida: "Biz o'quvchilarning yozib olish ko'nikmalarini hosil qilishda ularning o'z fikrlari bilan kurashamiz, yozma va tanqidiy fikrlashni ta'kidlaymiz va ko'p hollarda fikrlash tarbiyasi inson intellektual kuchining o'sishi bilan bog'liq bo'lgan yozma kurash odatda o'quvchilar ta'limining haqiqiy xususiyatiga aylanadi ", deya xabar beradi.

MUHOKA VA NATIJALAR

Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar "Demokratik ta'lim uchun" konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan "Tanqidiy fikrlash uchun o'qish va yozish" loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha asosida juda ko'p izlanishlar olib borildi va buning natijasida endilikda Amerika Qo'shma Shtatlarida Critical thinking - tanqidiy fikrlashning darajasi ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Ma'lumotlar shuni ko'rsatadi-ki, tanqidiy va ijodiy fikrlash turli xil sohalarga joriy etilmoqda. Jumladan, Turizm yo'nalishi boyicha ham tanqidiy-ijodiy fikrlovchi kadrlarni tarbiyalash maqsadida I.S.Tuxliyev va B.SH.Safarovlarga tegishli "Turizm asoslari" o'quv qo'llanmasiga tanqidiy fikrlash va tahlil qilishga oid bobning joylashtirilgani ushbu fikrlarimizga yaqqol dalil bo'la oladi. Xorijiy tillarda yozilgan shaxsiy va ma'lum bir mavzuga tegishli bo'lgan fikrlarni o'rganilayotgan tilda tafakkur etish dastlab murakkabroq bo'lganligi sababli ham uni yozish metodidan foydalanib ifoda etish barchaga qulay bo'ladi.Bu borada ko'pgina psixolog va filosof olimlarning o'z

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

qarashlari mavjud bo'lib. bir nechta jiddiy izlanish ishlari olib borilgan.

Chet tillarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun bir nechta metodlar mavjud bo'lib, ulardan eng samaralisi boshqotirma va interaktiv o'yinlardan foydalanishdir. Ulardan eng mashhuri klaster usuli bo'lib, unda berilgan yagona masalaning har tomonama aloqador jihatlari ko'rib chiqiladi. Olingan ma'lumotlarni tizimlashtirishda va hodisalar o'rtasidagi aloqani o'rnatishda ushbu texnikadan foydalanish o'rinlidir.Yoki bo'lmasa o'sha biz yoshlikdanoq bilgan "Baliq suyagi" usulida o'quvchi mavjud muammoni baliqning boshiga qiyos qilib, har bir qarama-qarshi tarafdagi suyaklarga "vaziyat va yechim" tarzda baho berib keta oladi, hamda bu vaziyatdan chiqilganlik baliqning dum suzgichlari hisobida ko'riladi.Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning eng samarali usuli bu "6 ta shlyapa" bo'lib, unda ranglar jarayonlarga qiyoslanadi va har bir rangdagi jarayonga va xususiyatga xos tarzda vaziyat beriladi. Vaziyatni turli ko'rinishda, ham salbiy, ham ijobiy tomonlama yaqqol ko'rishning yana bir yo'li aynan shu usulda ko'rinadi.

Har doim manbaani tekshirishni olimlar tavsiya etishadi. Hatto-ki, hozirda o'qiyotgan maqolangizdagi manbaalarni ham tekshirib ko'rishingiz sizni bekorchiligingizni emas, balkim , o'z fikringizga ega ekanligingizni va tanqidiy-ijodiy fikrlash qobilyatingiz mavjud ekanligini bildiradi. Tahlilar shuni ko'rsatdi-ki, tanqidiy fikrlashdan foydalanish uchun inson quyidagi 7 xususiyatni o'zlashtirishi kerak boladi: 1) Aks ettirmoqchi bo'lgan jarayonlarni aniqlash uchun vazyatdan xabardor bo'lish, 2)Ma'lumotlarni tartibga solish, 3)Vaziyatlarni anglay olish uchun yetarlicha ma'lumot to'plash, 4)To'plangan ma'lumotlarni yashirin ma'nosigacha tushuna olish, 5)Haqiqiy va haqiqiy bo'lmagan ma'lumotlarni ajratib olish, 6)Ma'lumotlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibli va izchil izohli holda topish, 7)Vaqt o'tishi bilan olingan tajriba va ma'lumotlar asosida o'z fikrlarini o'zgartira olish.

Olib borilgan izlanishlar davomida ma'lum bo'ldi-ki tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ustida bosh qotirgan o'quvchi va talabalar o'rtasida o'tkazilgan kuzatuv natijasida ixtiyoriy tanlab olingan guruhdagi jami 30 nafar o'quvchilardan faqatgina 6-8 nafari xorijiy tillarda muloqot qila oladi. Nima uchun qolgan o'quvchilar buni uddasidan chiqa olmaydi? Grammatik jihatdan bilimlar deyarli bir xil bo'lsada gapirishda turli xil muammolar mavjud: xotira - eslab qolish masalasi, mavzuni tushunmaslik, vaziyatlarni yetarlicha baholay olmaslik va boshqalar. Bu muammolarning asosida esa ong va ong osti tizmlari bilan muntazam ravishda ishlanmaganlik, tafakkur qilish va fikrlay olish qobilyatiga e'tibor qaratilmaganligi turibdi. Aksincha, doimiy tarzda juda uzoq vaqtdan buyon o'z ustida va o'z fikrlari tahlili ustida ishlab, turli xil mavzudagi asarlarni tahlil qilgan o'quvchilarda esa

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

o'zlashtirish tushunish va ifoda etib bera olish qobilyati, hamda masalaga tanqidiy baho bera olish ko'nikmasi shakllanganligi ma'lum bo'ldi. Ushbu tajriba ixtiyoriga ko'ra tanlangan guruhdagi talabalar o'rtasida o'tkazildi, kuzatish va tahlil jarayonlari amalga oshirildi.

XULOSA

Maqolani qisqacha yakunlash o'rnida ayta olamizki maqolada ko'tarilgan : "Ijodiy-tanqidiy fikrlashning xorijiy tillarni o'rganishga ta'siri" mavzusi asossiz emas va ushbu jihatlar XXI asr 20-yillarining eng global yangiliklariga aylanib ulgurdi. Xorijiy tillarni o'rganishda hech qanday muammoga duch kelmaslik va har qanday vaziyatlardan ham oqilona chiqib keta olish uchun tanqidiy va ijodiy fikrlash qobilyatini shakllantirish yosh izlanuvchilarga ham shaxsiy tomonlama, ham ilm tomonlama ko'makchi bo'la oladigan omil ekanligini ta'kidlay olamiz. Demak, xorijiy tillar orqali nafaqat bir tilni balkim o'sha til qabul qilingan mamlakatning madaniyati va tarixi, ma'naviyati va urf-odatlari, imkoniyatlari va xalqiga xos surf-odatlarini o'rganish mumkin. O'rganish jarayonida fikrlarni tahlilini to'g'ri qo'ya bilish maqsadni to'g'ri qo'yishni yuzaga keltiradi. Aynan yuqorida ko'tarilgan argumentlarga ko'ra ijodiy-tanqidiy fikrlashning xorijiy tillarni o'rganishdagi o'rni yuqori deb baholasak adashmagan bo'lamiz.

REFERENCES

1. Abduqahhor G'aniyevning "Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o'rganish mumkin?", Ma'rifat gazetasi,2020.11.11, 43-soni. Baxtiyor.uz. sayti.

2. Amerikalik psixolog - Diane Xolper, "Tanqidiy fikrlash psixologiyasi" kitobi.

3. Sh.M.Mirziyoyev, Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza. 2017-yil 14-yanvar.

4. Otabek Rahmonberganov, "Tanqidiy fikrlash nima?", "Prezident Maktablari" telegram va you tube ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy manzillari-kanallari: @prmakuz - telegram kanali, UstozUZ - youtube kanali,

5. William Hughes va Jonathan Lavery, Tanqidiy fikrlash: asosiy ko'nikmalarga kirish, 4-nashr Broadview, 2004.

6. Jon C. Bean, "Fikrlarni jalb qilish : Professorning yozma, tanqidiy fikrlash va sinab ko'rishda faol o'rganish bo'yicha qo'llanma, 2-son, Wiley, 2011."

7. Iskandar Tuxliyev va Bahodirxon Safarov "Turizm asoslari",Toshkent "YANGI

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194

NASHR" 2012.

9. "Tanqidiy fikrlashning 7 xususiyatlari" RN Central. 2018-yil 10-aprel, rncentral.com

10. Umidjon Ishmukhamedov, "Tanqidiy fikrlash nima beradi?" PDP ACADEMY , noyabr oyi, You Tube rasmiy kanali, (32 mingdan ziyod kuzatishlarga ega.)

11. Aganov I.G. "K вопросу о формирование критического образование" 2001.N_2

12. "Kundalik hayotda tanqidiy fikrlash", Thinker academy : thinkeracademy.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.