of plant-plant interactions along environmental gradients //Functional Ecology. - 2011. - Т. 25. - №. 4. - С. 932-942.
8. Herrera F. et al. Replacement of a peat-lite medium with municipal solid waste compost for growing melon (Cucumis melo L.) transplant seedlings //Compost science & utilization. - 2009. - Т. 17. - №. 1. - С. 31-39.
9. Bakijonovich I. Q. i dr. Construction of a machine stacker for burying pomegranate bushes // Mechanics and technology. - 2022. - T. 3. - no. 8. - S. 98-102.
10. Abdunazarov E. А Анор тупларини кумадиган машина таянч текислигидан пастки осиш нукталаригача булган тик масофани асослаш //Uzbekistan Journal of Engineering and Technology. - 2021.
11. Qutbiddin I. et al. BURYING MAChINE TO POMEGRANATE BUShES //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 13. - С. 1377-1381.
12. Абдуназаров Э., Ортиков Н. Такомиллаштирилган анор тупларини кумадиган машина //Инвестицияларни диверсификациялаш асосида саноат корхоналари самарадорлигини ошириш: Республика илмий-амалий конференцияси туплами. - 2019. -С. 284-287.
13. Каримжонович К. С., Абдуназаров Э. Э., Ортиков Н. Б. У. Кумилган анор тупларини тули; очадиган курилма текислагичининг очилиш бурчагини тадкик этиш //Механика и технология. - 2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 127-132.
UDK 62-144.3
ICHKI YONUV DVIGATELLARNING SIQISH VA KENGAYISH JARAYONLARI PARAMETRLARI TAHLILI
Urazov Bekzod Abdukarimovich Jizzax politexnika instituti, assistent, +998933032860, [email protected]
Annotatsiya. Ichki yonuv dvigatellarning siqish va kengayish jarayonlari parametrlarini tahlil qilishda talabalar uchun bu parametrlar yetarli emas degan xulosaga kelindi.Ushbu masalani yechishda ichki yonuv dvigatelining siqish va kengayish jarayonlarining asosiy ko'rsatkichlari qatorida turadigan, porshenga tushadigan yuklanishning kilogrammlarda ifodalanishini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish talab etiladi va masalaga bunday yondoshish talabalarda porshenga tushadigan yuklanishning naqadar ulkanligini to'liq tasavvur qilishlariga erishiladi.
Аннотация. При анализе параметров процессов сжатия и расширения двигателей внутреннего сгорания был сделан вывод, что этих параметров недостаточно для студентов. Для решения этой задачи необходимо с научной точки зрения проанализировать выражение нагрузки на поршень, являющейся одним из основных показателей процессов сжатия и расширения двигателя внутреннего сгорания, в килограммах.
Annotation. When analyzing the parameters of the processes of compression and expansion of internal combustion engines, it was concluded that these parameters are not enough for students. To solve this problem, it is necessary from a scientific point of view to analyze the expression of the load on the piston, which is one of the main indicators of the processes of compression and expansion of an internal combustion engine, in kilograms.
Kalit so'zlar: Dvigatel, yuklanish, siqish, kengayish, dizel, tsilindr, porshen.
Ключевые слова: двигател, поршен, цилиндр, дизел, расширение, загрузка,
сжатие.
Key words: engine, to load, compression, expansion,diesel engine, cylinder, piston.
Hozirgi zamon transport vositalariga (avtomobil, traktor, yo'l qurilish mashinlari) kuch agregati sifatida ichki yonuv dvigatellari o'rnatiladi. Bunday dvigatellarda ish aralashmasi yonganda hosil bo'lgan issiqlik mexanik ishga aylanadi. Ichki yonuv dvigatellarida suyuq va gaz holatidagi yonilg'ilarni ishlatish mumkin. Ichki yonuv dvigatellari (IYoD) ixchamligi, ishonchliligi va yonilg'ini kam sarflashi bilan dvigatellarda ustun turadi.
Avtomobil transport mashinalarida ichki yonuv dvigatellarning turli quvvat bilan ishlash rejimlarining qisqacha tahlili yoki ichki yonuv dvigatellarning siqish va kengayish jarayonlari parametrlari tahlili
Siqish jarayonida -"nadduv"li va "nadduv"siz to'rt taktli dvigatellarda kiritish klapanlari berkitilgandan keyin, ikki taktli dvigatellarda esa gaz almashinuv jarayoni tugagandan so'ng porshen silindr yuqori chekka nuqtaga tomon harakat qilganda siqish jarayoni sodir bo'ladi. Silindrga kirgan yangi zaryadning harorati va bosimi siqish natijasida ortadi. Siqish darajasi karbyuratorli dvigatellarda detonatsiyali yonishning paydo bo'lishi bilan, dizellarda esa dizel yonilg'isining o'z-o'zidan alangalanish harorati bilan cheklangan bo'ladi. Shu sababli siqish jarayoni oxirida zaryadning harorati va bosimi ma'lum chegarada bo'ladi. Dizellarda siqish jarayoni oxirida harorat va bosimning oshishi bilan siklning unumdorligi oshadi hamda issiqlikdan foydalanish yaxshilanadi.
Vh
1- rasm. Siqish jarayonining diagrammasi
Haqiqiy siklda siqish jarayonining sodir bo'lish xususiyati 1-rasmda ko'rsatilgan. Siqish jarayonining birinchi davrida zaryadning harorati tsilindr devorlari kallagi va porshen tubining haroratidan past bo'lgani uchun zaryad qiziydi. Porshenning yuqori chekka nuqtaga tomon harakati davomida zaryad tobora ko'proq siqiladi va uning harorati T3 hamda silindr devorlarining o'rtacha harorati Td orasidagi farq kamayib boradi. Siqish jarayonining ma'lum bir
nuqtasida zaryad va silindr devorlarining harorati tenglashadi.
Kengayish jarayonida-ichki yonuv dvigatellarida yongan ish aralashmasining kengayishi natijasida issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylanib, foydali ish bajariladi. Haqiqiy siklda yonish mahsulotlari yuqori haroratda kengaygani uchun issiqlikning bir qismi tashqi muhitga tsilindrning kallagi, devorlari va porshenning tubi orqali uzatiladi. Natijada yonish mahsulotlarining harorati pasayadi. Yonish jarayonini z nuqtada tugallashning iloji bo'lmagani uchun kengayish jarayonida ham issiqlik ajralishi davom etadi.
ь Z ■ Z
с, 1 \. pV~"= const
ь
г
i i а
V
2 -rasm. Kengayish jarayonining diagrammasi
Kengayish jarayonida silindrlarning ichida issiqlik almashinuvi murakkab ahamiyat kasb etadi. Kengayish jarayonidan so'ng chiqarish jarayoni sodir bo'ladi. Chiqarish klapani ochilishi bilan ishlatilgan gazlar dvigatel silindridan katta tezlikda chiqa boshlaydi va natijada qattiq shovqin hosil bo'ladi. Shovqinni kamaytirish uchun chiqarish quvurlariga shovqin so'ndirgich o'rnatiladi. Ishlatilgan gazlar so'ndirgichdan o'tayotganda kengayib o'z tezligini ancha yo'qotadi va tashqi muhitga shovqinsiz chiqaradi. Chiqarish tizimiga shovqin so'ndirgich o'rnatilganda uning qarshiligi bir oz ortib, chiqarish davrida silindr ichidagi bosim (rr) ko'tariladi. Natijada silindrdagi qoldiq gazlarning miqdori ortib,to'ldirish koeffitsenti kamayadi. Bu esa dvigatel quvvatining bir oz pasayishiga olib keladi. Chiqarish quvurlariga shovqin so'ndirgich o'rnatilganda dvigatel ortiqcha quvvat sarflamaydi.
Siqish va kengayish jarayonlari parmetrlarini tahlil qilish natijasida dvigatellarda uning tsilindrlarida ish jarayoni turlicha kechadi. Ushbu aksariyat transport vositalari (tortib yuruvchi mashinalar, o'zi ag'daruvchi mashinalar, bortli yuk avtomobillari) ko'p hollarda to'liq quvvat bilan ishlamaydi. Bu faqat mashinaning turi va vazifasiga bog'liq bo'lmasdan boshqariladigan ishlarning turiga hamda ularni boshqarish sharoitlariga ham bog'liqdir. Masalan shahar sharoitida yuk tashishda harakatlanishning eng katta tezligiga doir cheklashlarini hisobga olib dvigatel 50 % gacha yuklanish bilan ishlatiladi, aylanishlar chastotasi esa salt ishlash chastotasidan tortib to nominal chastotaning 50-60 % iga qadar o'zgartiriladi.
Transport mashinalari, ochiq konlarda, qurilish ishlarida vaqtning ko'p qismida nominal quvvatni qisman sarflab ishlaydi.(masalan yuk ortishda, ortish-tushirish ishlarida va h.k). Shu bois ishning o'ziga xos xususiyati ana shunday bo'lgan mashinalarning yonilg'i tejamkorligi zaharli moddalar chiqarilish yeyilish buzilishmasdan ishlash va boshqalar bo'yicha o'rtacha ish ko'rsatkichlari ko'p jihatdan dvigatellarning qisman va o'tish rejimlaridagi xarakteristikalari bilan aniqlanadi. Dvigatel yuklanishining ish ko'rsatkichlariga tahsiri qabul qilingan rostlash usuliga bog'liqdir. Har bir dvigatelning quvvati z(.) nuqdagi eng katta bosim bilan xarakterlanadi. Ushbu holatdan kelib chiqib nominal rejimda ishlaydigan dvigatellar silindrida yonilg'ining yonishi natijasida porshenga tushadigan yuklanish avtomobil yoki traktorni yurgizib yuborishda qanchalik darajada ahamiyatliligi laboratoriya ishlarini olib borishda va ma'ruza vaqtida talabalar uchun muxim bo'lgan ko'rsatkich dvigatelning siqish va kengayish jarayonlarining asosiy ko'rsatkichlari qatorida turagan porshenga tushadigan yuklanishning kilogrammlarda ifodalanishini ilmiy nuqtai nazaridan tahlil etish talab etiladi. Shu nuqtai nazardan quyidagicha nazariy jihatdan ichki yonuv dvigatellarning stendidan olingan ma'lumotlar asosida va matematik hisob kitoblarga asosan me'yoriy ko'rsatkichlar bir biriga
mosligiga asoslanadi. Matematik hisob kitoblar olib borilganda natijalar quyidagicha bo'ladi. Misol uchun ma'lum ma'nodagi dizel dvigateli porsheniga tushadigan yuklanishining tahlilini ko'rib chiqamiz.
3-rasm
Ma'lumki dizel dvigatellarining z(.) nuqtadagi bosimi 8 MPa ga teng.[l] . R=8 M'a=8*l06 'a
R=F/S F=P*S bu yerda S-porshen yuzasi. R-porshenga ta'sir etuvchi bosim. S=;t*îî~/4. R=8*106Pa.
F=P*S=8*lt^N/m2 *(7r*d2)/4=8* 10S*(3,14* 110:* 10"S)/4=75988N == 76kN. F=m*gm=F/g=(76*103)N/10m/s:=(7,6*103kg*m/s:)/m/r:=7,6*l03=7,6 t. 1 N=1 kg* m/s:. A=F*S =76 kN*120 mm= 76*l03*120*l0_3m = 9120 J=9kJ.
Dvigatel turlari V2 k ■m JUcJ
Dizel 1.18 1.23 800 1300 0.25 0.6 Dizel agar7-6t 8 9
Karbyuraterli dvigatel 1.23 1.30 1400 1700 0,4 0.6 karbyurator4.5-5t 5 6
Yuqorida keltirilgan hisob kitob natijalaridan ko'rinib turibdiki ichki yonuv dvigateli laboratoriyalarini olib borishda talabalarga ishning mohiyatini tushuntirishda turli shakldagi dvigatellarda ish qismida, hisob-kitob ishlarini olib borishda kurs loyiha ishlarini olib borishda dvigatelning silindri ichida bitta porshenga tushadigan bosimini aniqlash bilan birgalikda necha kilogramm yuk ta'sirida porshen xarakatlanishi aniqrog'i avtomobil dvigatelni butun mexanizmlarini ishlatish uchun qolaversa butun avtomobilni (traktorni) yurgizib yuborish uchun kerak bo'ladigan og'irlik kuchining salmog'ini aniqlashdir.
Bu bilan talabalarda dvigatel silindri ichida yonish kamerasi atrofidagi detallarning juda katta yuklanish ostida va juda katta haroratda ishlashligini hamda porshenga tushadigan yuklanishning naqadar ulkanligini talabalarda to'liq tasavvur qilinishiga erishildi. Ichki yonuv dvigateliarining siqish va kengayish parametrlari masalan kengayish va siqishdagi parametrlar rç , PeTc lar qatoriga -mva A larni qo'shib qo'yilsa va kengayish parametrlari qatoriga n-2, P T.
lar qatoriga m_ va А_ qo'shib qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi [2-3].
ADABIYOTLAR
1. Qodirov S. M. Ichki yonuv dvigatellari. Toshkent 2006 y.
2. ApTaMaTOB М.Д. Панкратов Г.П. Теория конструкция и расчет автотранспортных двигателей. MocKBa 1963 г. 69-96 стр.
3. Мамаtov Х.М. va boshqalar "Avtomobillar", Т, "O'qituvchi", 1982 yil.
4. Вишняков Н.Г. и др. «Автомобиллар» (Основ конструкции). Москва, «Машиностроение» 1986 й.
5. Вахламов В.К. Техника автомобильного транспорта. М «Транспорт» 2004 г.
6. Литвинов А.С., Фаробин Я.Е. Автомобиль. Теория эксплуатационных свойств. Москва. «Машиностроение» 1989г.
UDK 656.1
AVTOTRANSPORT KORXONA USTAXONALARIDA EKOLOGIK MUHITNI
BAHOLASh USLUBIYaTI
Umirov Ilhom Iskandar o'g'li JizPI, p.f.f.d. (PhD), dots. v.b., +99897326 4747, [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosan avtotransport vositalaridan ekspluatatsiya davrida ekologik xavfsizligini ta'minlashdagi va korxonadagi ustaxonalar ekologik muhit faoliyatini oshirishga hamda texnologik jarayonni amalga oshrishga xizmat qiladi. Shuningdek, avtotransport korxona ustaxonalarida ish jarayoni davrida ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdorini hisoblash usullari keltirilgan.
Аннотация. В этой стате приведена разработка методических рекомендаций и применения их результатов в производство в целях усовершенствования экологического безопасности движения автомобилного транспорта, обеспечение технологического процесса и экологического условия участки. Существуют также методы расчета количества вредных веществ, выбрасываемых в процессе работы в цехах автотранспортных предприятий.
Abstract. This article describes the development of guidelines and the application of their results in production in order to improve the environmental safety of road traffic, ensuring the technological process and the environmental conditions of the plots. There are also methods for calculating the amount of harmful substances emitted during work in the shops of motor transport enterprises.
Tayanch so'zlar: transport, transport masalasi, ekologik matematik masala, zarali moddalar, ustaxona, muhit, uglerod oksidi, oltingugurt, azot oksidi, lak va bo'yoq materiallari.
Ключевые слова: транспорт, транспортные задачи, экологические математические задачи, вредные вещество, участкы, условия, окись углерода, сера, оксиды азота, лаки и лакокрасочные материалы.
Key words: transport, transport problems, the ecological mathematical problems, harmful substance, carbon monoxide, sulfur, nitrogen oxides, varnishes and paints and varnishes.
Muammo: Hozirgi kunda Respublikamiz avtotransport korxonalari transport vositalari harakatlanishi natijasida turli xil zararli moddalar miqdorining oshib ketishi, ustaxonalar