Научная статья на тему 'IBN SINO AQLIY BILISH MANBALARI VA ULARNING MAQOMI XUSUSIDA'

IBN SINO AQLIY BILISH MANBALARI VA ULARNING MAQOMI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
48
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Komil inson / Ruh / Materiya va shakl / Metafizika / Korben / Dastlabki ong / Muqaddas Ruh / "Shifo" va "Najot" / Inson / mohiyat va borliq. / Perfect Man / Spirit / Matter and Form / Metaphysics / Korben / rimordial Consciousness / Holy Spirit / "Healing" and "Salvation" / Man / Essence and Being.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Bo‘riyev, Isroil Ismoilovich

Maqola buyuk mutafakkirlardan biri Ibn Sinoning ilmiy ijodi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tasavvuf ta’limoti tarixida o‘zining munosib o‘rnini egallagan komil inson tahlili asosida olimning so‘fiyona qarashlari yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IBN SINO ON THE SOURCES OF INTELLECTUAL KNOWLEDGE AND THEIR STATUS

The article is devoted to the study of the scientific work of Ibn Sina, one of the great thinkers from. Based on the analysis of the perfect human being, who has taken his rightful place in the history of Sufism, the scientist's Sufi views were illuminated.

Текст научной работы на тему «IBN SINO AQLIY BILISH MANBALARI VA ULARNING MAQOMI XUSUSIDA»

IBN SINO AQLIY BILISH MANBALARI VA ULARNING MAQOMI

XUSUSIDA

BO'RIYEV Isroil Ismoilovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o 'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqola buyuk mutafakkirlardan biri Ibn Sinoning ilmiy ijodi tadqiqiga bag'ishlangan. Tasavvuf ta'limoti tarixida o'zining munosib o'rnini egallagan komil inson tahlili asosida olimning sofyona qarashlari yoritildi.

Tayanch so'zlar: Komil inson, Ruh, Materiya va shakl, Metafizika, Korben, Dastlabki ong, Muqaddas Ruh, "Shifo" va "Najot", Inson, mohiyat va borliq.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена исследованию научного творчства одного из великих мыслителей Ибн Сино. На основе анализа известных произведений ученого, занимающих особое место в истории суфийского учения освещены взгляды ученого на мусульманскую мистику.

Ключевые слова: Совершенный Человек, Дух, Материя и Форма, Метафизика, Корбен, Изначальное Сознание, Святой Дух, «Исцеление» и «Спасение», Человек, Сущность и Бытие.

ABSTRACT

The article is devoted to the study of the scientific work of Ibn Sina, one of the great thinkers from. Based on the analysis of the perfect human being, who has taken his rightful place in the history of Sufism, the scientist's Sufi views were illuminated.

Keywords: Perfect Man, Spirit, Matter and Form, Metaphysics, Korben, rimordial Consciousness, Holy Spirit, "Healing" and "Salvation", Man, Essence and Being.

KIRISH

Markaziy Osiyolik mutafakkirlarning asarlarida va faoliyatida bahsga doir ko'pgina o'ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin. Bu borada mashhur allomalar Abu Rayxon Beruniy bilan Ibn Sino o'rtasidagi bahsni misol keltirish mumkin. Bahslashuvchi tomonlarning o'zaro hurmati, masalaning mohiyatini to'g'ri anglagani, haqiqatga ershish uchun harakatning hokisorligi ushbu bahs jarayonining yuksak g'oyalarga hizmat qilgani bilan nihoyatda ibratlidir.

Bilish muammosi Abu Ali ibn Sinoning diqqat markazida turgan. Olim asarlarining jami 450 ta katta qismi falsafa muammolariga bag'ishlab yozilgan bo'lsa-da, afsuski, ularning ko'pchiligi (masalan, "Adolat" nomli falsafiy

17

www.birunijournal .uz

ensiklopediyasi, "Shar falsafasi", "Yaxshi ish va gunoh" asarlari bizgacha yetib kelmagan. Bilish masalalari ibn Sinoning "Qushlar tili", "Donishnoma", "Tib qonunlari" kabi ( 100ga yaqin ) asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Uning nazarida, o'z ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni o'rab turuvchi abadiy makonidir. Shu jihatdan uni bilishdagi ahamiyati, qadri beqiyos, inson esa hamma ilmlarni tabiatdan oladi, undan o'ziga davo izlaydi va topadi.

Ibn Sino ijodida ham Beruniy kabi naturfalsafa yo'nalishi ustuvordir. Masalan, "Tib qonunlari"da 1300 dan ortiqroq kasallikni davolash uchun zarur bo'lgan dori -darmonlardan tashqari, tabiat va inson, odam zotining tanasi, miya faoliyati, ruhiy jarayonlar haqida chuqur ilmiy qarashlar bayon qilingan. "Shifo kitobi"da esa tabiatshunoslikning boshqa sohalari, xususan, geologiya, kimyo, matematika, astronomiya, biologiya, minerologiya kabi yo'nalishlarda muhim fikrlar bildirilgan. Olim o'zining bilish sohasidagi falsafiy qarashlarini metafizika, fizika, logika kabi uch asosiy qismga bo'lib ifodalagan. Umumiy bilish masalalari alloma tomonidan nazariy va amaliy sohalarga ajratib tavsiflangan. Ibn Sino bilishda hissiy bilish, sezgilar va sezgi a'zolarining ahamiyatini ta'kidlagan. Uningcha, tashqi va ishki sezgilar mavjud, tashqi sezgilar odamni olam bilan bog'laydi, ular besh xilga bo'linadi: ko'rish, eshitish, ta'm-maza bilish, hid va teri sezgisi. Ichki sezgilar qabul etish, xotirada saqlash va tasavvur etish uchun xizmat qilib, tashqi sezgilar asosida shakllanadi. Ibn Sino sezgi va hissiy qabullashdan tashqari aql, tafakkur va tajribaning bilishdagi ahamiyatiga o'z diqqatini qaratgan. Mantiqiy bilish, uning mohiyati va xususiyatlari to'g'risida qimmatli fikrlarni bayon qilgan.

Ibn Sinoning O'rta asr ilmining barcha sohalarini qamrab olgan 18 tomlik "Kitob osh-Shifo", 5 tomlik "Tib qonulari" asarlari o'z davri bilimlarining qomusidir. Ibn Sino inson, uning o'z-o'zini idora qilishi haqidagi fanlar (insonshunoslik) ahamiyatini alohida ta'kidlaydi1. Afsuski, Sharq falsafasida asosiy tadqiqot ob'ekti bo'lgan bu yo'nalishdagi fanlarga sobiq ittifoq davrida etarli e'tibor berilmadi. Holbuki, bu borada "Insonshunoslik" fanini rivojlantirish zaruriyati allaqachon yetilgan edi. Ibn Sino ma'naviy-axloqiy bilimlarning ahamiyatiga ham katta e'tibor bergan. Uningcha, odamzot bilimi boshqalar bilan o'zaro munosabati, hamkorligi, yaxshi axloqiy fazilatlarga ega bo'lish uchun intilishi, donoligi, boshqalarga yaxshilik qila olishida namoyon bo'ladi. Bilim, faylasuf nazarida, rohat-farog'atga va lazzatlanishga olib kelishi, bilimsizlik esa, azoblanish va uqubatga olib borishi bilan tavsiflanadi. Ibn Sino "Axloq ilmi haqida risola"sida "iffat", "shijoat", "hikmat", "adolat", "sahiylik" kabi ijtimoiy-ma'naviy xislatlarni ta'riflaydi.

Ibn Sinoning falsafiy qarashlari metafizika, fizika, logika-mantiqda bo'lib, metafizika-ilohiyot, vujud va mavjudot, dunyoning boshlanishi, tuzilishi, tarkibi

18

www.birunijournal .uz

haqidagi masalalarni talqin etadi; fizika-tabiatshunoslik masalalari, jism, moddani o'rganish bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalarni o'z ichiga oladi; mantiq-to'g'ri fikrlash san'ati, aqliy bilish shakllarini o'rganadi.

Umumiy falsafiy masalalar nazariy va amaliyga bo'linib, o'z navbatida, ularning har biri qator ilmlarni o'z ichiga oladi.

Vujud, mavjudot tarkibi, ilmlar tasnifi Ibn Sinoning borliq, majudot haqidagi ontologik ta'limotini Forobiy ta'limotining davomi, rivoji deb ta'riflash mumkin.

U vujudli ikkiga: zaruriy vujud-vojib ul-vujud va mumkin ul-vujud-vujudi mumkinga ajratadi. Zaruriy vujud hamma mavjud narsalarning boshlang'ich-birinchi sababi-ya'ni Allohdir, undan kelib chiquvchi boshqa borliq narsalar vujudi mumkindir. Birinchi yagona vujuddan so'nggi kelib chiquvchi vujudlar, mavjud borliqning turli-tuman shakllari boshlang'ich yagoona vujudning ifodalanishidir. Asta-sekin kelib chiquvchi borliq shakllari, ya'ni so'nggi vujudlar sabab-oqibat munosabati shaklida o'zaro bog'liqdir.

Birinchi vujudning xislatlari undan kelib chiquvchi barcha vujudlarga o'tib boradi. Vujud haqidagi fikrlar, mavjudot shakllarining o'zaro bog'lanishi, emanatsiya Ibn Sinoning "Kitob ash-shifo", "Kitob an-najot", "Donishnoma" kabi asarlarining metafizika bo'limida har tomonlama bayon etilgan.

Ibn Sino vujudi mumkinni javhar (substantsiya) va oraz (aktsidentsiya) ga ajratadi. Javhar turli ko'rinishlarga ega bo'lib, u soda va murakkabdir. Sodda javhar boshlang'ich unsurlar-olov, havo, suv, yerdan iborat, shuningdek, modda va shaklning birligidan tashkil topib tabiat, o'simlik, hayvonot, inson shaklida mavjuddir.2 Falsafa fanini Ibn Sino ikki katta bo'limga ajratadi:

1) nazariy falsafa - metafizika (oily fan), matematika (o'rta fan) hamda tabiat haqidagi fan - tabiatshunoslik ( pastki fan )dan iboratdir.

2)Amaliy falsafa - siyosat, huquq, uy ishlarini o'rganish - iqtisod va axloqshunoslik, ya'ni etikadan tashkil topadi.

Metafizika oliy ilm sifatida mutloq vujudni o'rganish, yaratuvchini bilishni o'z ichiga oladi. Falsafa fanini ifodalashda Ibn Sino Arastuga asoslanadi.

Matematika miqdoriy munosabatlarni - o'lchov va sonlarni o'rganadi. U turli tarmoqlarga, chunonchi, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, optika, mexanika, osmon jismlari harakatini ilmiy-asbob-uskunalarni o'rganuvchi fan kabi tarmoqlarga ega.

Tibbiyot, astrologiya, fiziognomika, kimyo kabi ilmlar ham tabiatshunoslikka kiradi.

Logika - mantik ham falsafiy ilm bo'lib, u bilimning asosiy vositasi, asbobidir. Ibn Sinoning ilmlar tasnifi, ta'rifi va tarkibi haqidagi fikrlari o'rta asrda falsafaning

19

www.birunijournal .uz

rivoji, uning tabiatshunoslik va boshqa ilmlar bilan uzviy aloqasini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Zahr ad-Din Bayhaqiy "Sivan al-hikma" va uning takmili "Tatimma"da dunyo e'tirof etgan <<... to'rt faylasuf bo'lgan - ikkitasi islomgacha. Bu - Aristotolis va Iskandar G'afrudisiyg'. Ikkitasi esa islom paydo bo'lgandan so'ng. Bu - Abu Nasr al-Forobiy, Alloh, uning ruhini shod qilsin va Abu Ali ibn Sino, Alloh unga o'z rahmatini yog'dirsin ... ", deb yozgan edi.

Ibn Sino Sharq aristotelizmi, ya'ni mashshoiyun falsafasining Forobiy bilan birgalikda quruvchisidir. U Forobiyning "Vojib ul-vujud" va "Mumkin-ul-vujud" ta'limotini yanada rivojlantirib, Alloh va olam shu darajada mohiyatan bog'liqki, ma'lum ma'noda moddiy olamning o'zi "o'zga tufayli bo'lsa ham, faqat mumkin-ul-vujud" emas, balki "vojib-ul-vujud" bo'la oladi debon, chuqur falsafiy g'oyani ilgari surgan.

Ba'zi falsafa tarixi tadqiqotchilari olimning borliq haqidagi ta'limotining tashqi, sunniy islom aqidaviy ta'limotiga formal-mantiqiy mos kelishini ta'minlash maqsadida Abu Nasr Forobiy tomonidan kiritilgan "Vojib-ul-vujud" va "Mumkin-ul-vujud", deb Borliq (Vujud)ni go'yoki ikki qismdan iborat bir butunlik deb talqin etilishiga asoslanib, ibn Sinoning Borliq haqidagi ta'limotini panteizm - "So'l panteizm" deb talqin etganlar (Akad. M.Hayrullayev).

Aslida esa, o'sha davrning aqidaviy-mafkuraviy taqozosi, zaruriyati sifatida Forobiy tomonidan sun'iy uyg'unlashtirish maqsadida kiritilgan "Vojib-ul-vujud" va "Mumkin-ul-vujud" kontseptsiyasi Ibn Sino merosi va dunyoqarashida, tadqiqotchilarning kuzatish va xulosalariga ko'ra, bir tomondan to'la va izchil ma'nodagi kreatsion ta'limot deb, boshqa tomondan esa kreatsion kontseptsiyaning cheklangan shakli, aniqrog'i izchil deistic borliq kontseptsiyasi deb baholanmoqda.

Zero, "Vojib-ul-vujud" va "Mumkin-ul-vujud" kontseptsiyasida, professor E.Ahmedov ilk bor asosli, falsafiy-mantiqiy aniqlaganidek, Borliqning Forobiy, Ibn Sino ko'rsatgan ikki qism o'rtasida faqat funktsional aloqa, bog'liqlik, sabab-oqibat mavjud, xolos. Birinchidan, Borliqning "Yo'qlik"dan Alloh tomonidan "Birinchi turtki" sifatida "yaratilganligi", "ijod qilinganligi"; ikkinchidan, Alloh birlamchi, hal qiluvchi sabab, olam "Mumkin-ul-vujud" esa oqibat ekanligi; uchinchidan, "Vojib-ul-vujud" va "Mumkin-ul-vujud" Forobiy, Ibn Sino ta'limotida o'nta kosmik doira -kosmik Aql (Intellekt) vositasida bir-biridan qat'iy uzib, ajratilgan. Demak, falsafiy jihatdan olganda bu borliq haqidagi eng izchil deistik kontseptsiyadir, deb xulosa chiqarish mumkin.

Ayni paytda, Ibn Sino va Forobiyning borliq-materiya, makon, zamon harakati mavjudligi haqidagi relyatsion kontseptsiyasi (V.V.Sokolova, B.Rojanskaya,

20

www.birunijournal .uz

B.G.Kuznetsov, B.O.To'rayev) hozirgi zamondagi borliqning kontinium kontseptsiya vujudga kelishi uchun ilk ibtido, gnoseologik manbaa bo'lganligini ko'rsatadi.

Ibn Sino ta'limotining aosiy qismi bilish nazariyasi, fanlar klassifikatsiyasiga bag'ishlangan. Relyatsion kontseptsiyaga asoslangan holda, donishmand bilish muammolarini hal qilishda sensualizm va ratsionalizmga bir xilda qat'iy va ijobiy munosabatda bo'lgan bo'lsa-da, oxor-oqibatda u ratsionalizm tamoyiliga yetakchi o'rin ajratganligini ko'rish mumkin. Lekin Arastu formal mantig'i, xususan sillogizm nazariyasini izchil, fundamental qo'llash, oxir-oqibatda Ibn Sinoning haqiqatning ob'ektiv ilmiy qimmatini relyativistik talqin etishga,sensualizm, ratsionalizmga o'rin ajratishiga olib kelgan edi. Bunga hayotining so'nggi yillarida "Payg'ambarlik falsafasi"ni asoslashda Arastu mantiq ilmidagi "O'rta termin - M" funksiyasini mantiqiy-gnoseologik talqinini chuqurlashtirish yo'li bilan erishgan.

"Hujjat-ul-Islom" Abu Homid G'azzoliy o'zining "Muniqiz min az-zalol", "Xatolardan qutqarguvchi" asarida ko'rsatganidek, Forobiy va Ibn Sino ta'limoti -olamni qadim deyish; Alloh, Olamni umuman kulli bilgani holda, undagi juz'iylik, ya'ni inson yashaydigan "Taxti Qamar", "Oy doirasi tushub turuvchi Yer yuzi" dunyosi, undagi qonunlarni bilmaydi deyish; vafot etgandan so'ng insonning narigi dunyoda jazo va savob olishi jismonan emas, ruhan, ma'naviy-majoziy deb, xulosa chiqarishga olib kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. T. Meros. 1993. 5-bet.

2. Буриев И. И. Вопросы национального воспитания студенческой молодёжи //Молодой ученый. - 2018. - №. 9. - С. 146-147.

3. Буриев И. И., Мамасалиев М. М. Патриотическое воспитание молодого поколения //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 22-2 (100). - С. 37-39.

4. Буриев И. И. УРТА ОСИЁДА СУНГИ УЙГОНИШ ДАВРИ ВА ГАРБ РЕНЕССАНСИ //Вестник науки. - 2020. - Т. 3. - №. 11 (32). - С. 12-17.

5. Osman Chanine. Ontologie et théologie chez Avicenne. P. 132.

6. Kattakulovna T. S. et al. Increasing protection of the rights and interests of youth in Uzbekistan.[Electronic Resource] //URL: https://philosophicalreadings. org/2021-13-4/(date of access: 15.06. 2022).

7. Бахтиёр Ж. Н. У. Состояние и перспективы развития социологии в Узбекистане //International Scientific and Practical Conference World science. -ROST, 2017. - Т. 4. - №. 4. - С. 9.

8. Norqulovich J. B. Globallashuv Davrida Migratsion Inqiroz //Miasto Przyszlosci. -2023. - Т. 41. - С. 107-109.

21

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.