Научная статья на тему 'IBN MISKAVAYHNING “TARTIBUS-SAODAT” VA “MANAZILULULUM” ASARI HAQIDA'

IBN MISKAVAYHNING “TARTIBUS-SAODAT” VA “MANAZILULULUM” ASARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

44
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faylasuf / “Tartibus-saodat” va “Manazilul-ulum” / “Tajoribulumam” / “Tahzibul-axloq” / “Kitab at-Tahora” / “Tathirul-A‟roq”. / philosopher / "Tartibus-saodat" and "Manazilul-ulum" / "Tajoribulumam" / "Tahzibul-akhloq" / "Kitab at-Tahora" / "Tathirul-A'raq"

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shahnoza Nodirovna Sulaymonova

Maqola Musulmon Sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn Miskavayhning axloqqa oid noyob asari “Tartibus-saodat” va “Manazilul-ulum” risolasiga bag‟ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IBN MISKAVAYHNING “TARTIBUS-SAODAT” VA “MANAZILULULUM” ASARI HAQIDA»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

IBN MISKAVAYHNING "TARTIBUS-SAODAT" VA "MANAZILUL-

ULUM" ASARIHAQIDA

Shahnoza Nodirovna Sulaymonova

TDShU doktoranti shahnozanodirovna@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqola Musulmon Sharqi ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn Miskavayhning axloqqa oid noyob asari "Tartibus-saodat'' va "Manazilul-ulum" risolasiga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: faylasuf, "Tartibus-saodat" va "Manazilul-ulum", "Tajoribul-umam", "Tahzibul-axloq", "Kitab at-Tahora", "Tathirul-A'roq"

ABSTRACT

The article is dedicated to one of the great thinkers, Abu Ali Ibn Miskawayh, who left a bright mark in the history of the socio-philosophical thinking of the Muslim East, a unique work on ethics "Tartibus-saadat" and the treatise "Manazilul-ulum".

Keywords: philosopher, "Tartibus-saodat" and "Manazilul-ulum", "Tajoribul-umam", "Tahzibul-akhloq", "Kitab at-Tahora", "Tathirul-A'raq".

KIRISH

Taxminan 320/932-421/1030 yillarda yashagan Ibn Miskavayh falsafa, tibbiyot, kimyo, adabiyot va tarix bilan shug'ullangan islom mutafakkiridir. Umrini Ray, Bag'dod va Sherozda o'tkazgan faylasuf Forobiy izdoshi hisoblanadi. U Abu Rayhon Beruniy, Abu Hayyon Tavhidiy kabi mashhur zamondoshlari bilan uchrashib, ma'lumot almashgan. Uning falsafa, tib, adabiyot va tarixga oid o'ttizdan ortiq asari bo'lsada, ularning juda oz qismi bugungi kungacha yetib kelgan. Ilm dunyosidagi har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo'lmaydi, degan hikmat, ayniqsa axloqshunoslikka taalluqlidir. Zero, axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonuniyatlarni o'rganadi, ma'naviy merosning ulkan qismi bo'lishi axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-o'gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish targ'ib qilish yo'llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya ma'lum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining mevasi bo'lsada, u mohiyatan, muayyan tarixiy davr talabidan kelib chiqadi. Ayni

December, 2022

684

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

paytda, turli odob va axloqiy qonun-qoidalarini o'z ichiga oladigan axloqiy targ'ibot muammolari, axloqiy pand-o'gitlar va me'yoriy talablarni bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda "amaliy axloq" deb ataladigan qismini tashkil etadi.

Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan 3 yarim ming yil avval paydo bo'ldi. Falsafiy-axloqiy oqimlar borasida gap ketganda, musulmon Sharqida ikki yo'nalish alohida o'rin tutadi. Bular mashshoyyunlik va tasavvuf axloqshunosligi. O'rta asr musulmon Sharqida mashshoyyunlik yoki, boshqacha qilib aytganda, arastuchilik oqimining vakillari buyuk mutafakkirlar al-Forobiy, at-Turkiy, Abu Ali ibn Miskavayh, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Barakat al - Bag'dodiy, Umar Xayyomlar hisoblanadi.

Ibn Miskavayhning axloq nazariyasiga qadimgi yunon mutafakkirlari sezilarli ta'sir o'tkazganlar. Miskavayh yunon mutafakkirlarining jamiyat va ijtimoiy axloq to'g'risidagi ta'limotlarini islomiy nuqtai nazardan qayta ishlagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Faylasufning tarix, adabiyot, falsafa kabi turli sohalarda turli asarlari bor. Uning tarix sohasidagi eng ko'zga ko'ringan asari "Tajoribul umam" Nuh to'fonidan to 369/979-980 yillargacha bo'lgan voqealarga bag'ishlangan. Ko'p misra, aforizm va hikoyatlardan iborat bo'lgan bu asar bugungi kungacha yetib kelmagan. Uning al -Favzul-asg'ar nomli metafizikaga oid asari, axloqiy hikmatga oid asari - Jovidon Xirad, adolat haqidagi Risoli fi mahiyyatil-'adl risolasi va eng mashhur asari bo'lmish Tahzibul-axlaq faylasufning bugungi kungacha saqlanib qolgan asosiy asarlaridandir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ibn Miskavayhning eng mashhur asari "Tahzibul-axlaq va Tathirul-a'raq" bo'lib, u islom axloqiy tafakkurining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Islom falsafasi tarixchilaridan Majid Faxriy olimning arab tilida yozilgan "Tahzibul-axloq" ("Axloq takomili") asarini Ibn Miskavayhning etikaga qo'shgan ulkan hissasi sifatida baholaydi. Mutafakkirning bu asari uning ilmu axloq va hikmatga doir asarlari ichida asosiy o'rin egallaydi.

"Tahzibul-axloq" asari ilmu nafsga oid falsafiy qarashlar, pand-nasihatlar, hissiyotlar va tuyg'ularning o'zaro aql va nafs bilan aloqasi, munosabati haqida yozilgan.

Darhaqiqat, mutafakkirning islom falsafasiga qo'shgan ulushi, asosan, axloqshunoslikka oid qarashlari bilan belgilanadi.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Yana bir asari "Tartibus-saodat" va "Manazilul-ulum" axloqiy tafakkur jihatidan nihoyatda muhim asar "Tahzibul-axloq" soyasida qolib, ilmiy doiralar nazaridan chetda qoldi. Bu asar ham Ibn Miskavayhning falsafaga kirish asari bo'lib, ham axloq va falsafa o'rtasidagi bog'liqlikni ochib berish nuqtai nazaridan faylasufning axloqiy tafakkurini aks ettiradi.

Ushbu risolani favqulodda topib olib, turkchaga tarjima qilgan turk olimi Humayra O'zturan shunday yozadi: "Ibn Miskavayh asarlarining qo'lyozmalarini skanerlash chog'ida Istanbul Millet kutubxonasida Ibn Miskavayhga tegishli bo'lgan, aqoid mavzusini o'z ichiga olgan "Kitabu Tartibus-saodat" nomli asarning yozuviga duch keldim. Darhol xayolimga Ibn Miskavayh "Tahzibul axloq" asarida eslatib o'tgan "Kitabus-saadat" keldi va bu asarga tegishli ekanligini bilish uchun darrov asarni ko'zdan kechirdim. Qarasam, bu yana bir tosh nusxa bo'lib, unda Tartibus saodatning "Tahzibul-axlaq" izohida yozilgan risolasi bor. Men bu risolaning ilmiy doiralarda qanchalik mashhurligi, boshqa nusxalari qayerda, chop etilganmi yoki yo'qmi, o'rganib chiqdim. Natijada men ko'rgan narsa shu bo'ldiki, risola turk tadqiqotchilari qo'liga hech qachon tushmagan va Ibn Miskavayh haqidagi tadqiqotlarda yo e'tibordan chetda qolgan yoki faqat uning nomini aytib o't ilgan. Risolaning nomi tilga olingan manbalarda risolaning ikki nashri tilga olinganiga guvoh bo'ldim."1

Asar ikki jihatdan juda muhim hisoblanadi: birinchidan, islom axloq falsafasi nuqtai nazaridan, axloqiy asar sifatida, ikkinchidan, axloq falsafasi nuqtai nazaridan. Asarning so'ngi qismida fanlar tasnifi keltirilganligi jihatidan ham uning qiymati yanada ortadi.

Ibn Miskavayh bu asarni Ibn al-Amid xizmatida yozganligini hisobga olsak, shuningdek, uning nomi Tahzibda tilga olingani sababli undan oldin yozilgani ma'lum bo'ladi. Bu risolani faylasufning eng qadimgi asarlaridan biri sifatida baholash mumkin. Risolaning yozilgan sanasi aniq bo'lmasa-da, M.Arkun 358360/969-971 yillar oralig'ida yozilgan deb hisoblaydi. Ibn Miskavayh risolaning boshida undan saodat darajalari haqida so'ralganini va bu asarni shunga javoban yozganligini aytadi.

Ibn Miskavayh bu risolani "Tahzibul-axlaq" asarida to'rt marta zikr qilib, ulardan uchtasida "Tartibul-saadat", birida esa Tartibul-saadat va manozilul-ulum nomini tilga olgan.

Hümeyra Özturan. Ibn Miskeveyh Mutluluk ve Felsefe. Topkapi/Istanbul. 2019.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

"Tartibul-saodat" ikkinchi darajali manbalarda kam tilga olinadigan asar bo'lib, u haqida alohida tadqiqotlar deyarli yo'q. Ibn Miskavayhning axloq falsafasiga oid manbalarga kelsak, Ibn Miskavayh falsafasi Majid Fahriyning "Islomda axloqiy nazariyalar" asarida "Tartibul-saodat"ga murojaat qilish orqali yetkazilgani ko'rish mumkin. Bundan tashqari, islom falsafasi manbalarida, islom axloq falsafasiga oid asarlarda risola unchalik tilga olinmaydi, turkiy adabiyotda esa asar umuman ma'lum emasligini aytish mumkin. Shu sababli, Ibn Miskavayhning axloqiy falsafasi haqida gap ketganda, faylasufning axloqiy qarashlari asosan uning Tahzibul-axloqi bilan chegaralangan bo'lib chiqib, "Tartibul-saodat" esa e'tibordan chetda qolgan deyish mumkin.

REFERENCES

1. Hümeyra Özturan. îbn Miskeveyh Mutluluk ve Felsefe. Topkapi/îstanbul. 2019.

2. Abadiy hikmat. A. Badaviy tahriri ostida. Tehron, universitet nashr. Hijr.1358 y.-B.20.

3. Abd al- Aziz Izzat.»Tahdib ul-akhlaq». Ibn Miskaweyh. - Beyrut. 1963. -R. 15.

4. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. - B.7

5. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.,2001 y. - B. 130

6. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 1966. -R. 14-26.

7. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.

8. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -T.: 2010. -V. 225.

9. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

10. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

11. Sulaymonova, Shahnoza. Farabi ve Miskaway'in etik görü§lerinin kar§ila§tirmali analizi//"Islam'in Altin Chag'inda Ilimlerin Geliçmesine Katki Yapan Bilim Onculeri" Uluslararasi Avrasiya Chalishmalari Simpoziumi. Istanbul. 2020.;

12. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO'NALIShINING SISTEMALASHTIRUVCHISI. Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences,

1(5), 15-20.

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

13. Sulaymonova, S. N. (2021). ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYHNING HAYOTIY FAOLIYATI, ILMIY MEROSI. Sharqshunoslik, 2(214-223).

14. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYH ASARLARIDA HIND AXLOQIGA OID MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 635-641.

16. Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. - Kair. 1951. -S. 102.

17. Yaqut. Irshad al-arib ila ma'rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/ Edited by S.D.Margoliouth. - Montana-Whitefish. 2010. Vol. I. -R. 88-96.

18. Шмид Э. А Рукопись 3 том Всемирной истории Ибн Мискавейха, в книге; " Труды государственной публичной библотеки УзССР" Ташкент 1936.-С. 1.

19. Шмид Э. А Рукопись 3 том Всемирной истории Ибн Мискавейха, в книге; "Труды государственной публичной библотеки УзСССР" Ташкент 1936.;

20. Шустер Б. Я Шестой том Всемирной истории Ибн Мискавейха как источник по социалным отношением в позднем халифате". Краткие сообщения Инс. народов Азии", 1961, Т. 47., Крачковийский И. Ю Новая рукопись пятого тома Ибн Мискавейха ИАН 1916, ст;

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.