IBN AL-MUQAFFANING ISLOM TARJIMA SAN'ATIGA QO'SHGAN
HISSASI
Sarvar Saidov
O 'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi E-mail: sarvarsaid@bk.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi tahlil qilingan. Uning yunon va fors madaniyatining bebaho durdonalari borasida qilgan tarjimalari tarixiy manbalar asosida tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar. Arastu, yunon va fors madaniyati, Kalila va Dimna, jamiyat, Organon.
Аннотация. В данной статье анализируется вклад Ибн аль-Мукаффы в искусство исламского перевода. Его переводы бесценных шедевров греческой и персидской культуры были изучены на основе исторических источников.
Ключевые слова. Аристотель, греческая и персидская культура, Калила и Димна, Общество, Органон.
Abstract. This article analyzes Ibn al-Muqaffa's contribution to the art of Islamic translation. His translations of the priceless masterpieces of Greek and Persian culture have been studied on the basis of historical sources.
Keywords. Aristotle, Greek and Persian Culture, Kalila and Dimna, Society, Organon.
KIRISH.
Barchamizga ma'lumki, VIII asr islom ilm-fanida har tomonlama taraqqiyot va yuksalish davri bo'ldi. Ayniqsa tarjima san'ati nihoyat darajada rivojlanib, islom madaniyatining boshqa qavmlar madaniyati bilan tashishuvi va ularning ijobiy tomonlarini qabul qilish jarayoni jadallashdi. Hozirgi kunga kelib islom ilm-fani taraqqiyotini o'rganish jarayonida boshqa xalqlar madaniyatining islom madaniyatiga kirib kelish yo'nalishlarini har tomonlama tadqiq etish muhimdir. Bu jarayonda arablar bilan bir qatorda, ajam xalqlari orasidan chiqqan iqtidorli tarjimonlarning faoliyatini ham alohida qayd etib o'tish maqsadga muvofiq.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
VIII asrda yashab ijod etgan shunday mohir tarjimonlardan biri Abu Muhammad Abdulloh ibn al-Muqaffa (724-759) bo'lib, o'zining qisqa umri davomida yunon, fors tillaridan bir qancha noyob asarlarni arab tiliga tarjima qildi hamda islom madaniyatini Aristotel asarlari, forslarning "Risola Tansar",
"Xudoynoma", "Oyinanoma" kabi donishmandlik durdonalari, hindlarning "Kalila va Dimna" singari noyob namunalari bilan yaqindan tanishtirdi.
Bizga yaxshi ma'lumki, ibn al-Muqaffa arab tilini mukammal darajada bilgan, ushbu tilda bemalol tarjimachilik faoliyatini amalga oshira olgan. SHuningdek, u fors tilining ham mohir bilimdoni bo'lib, ushbu tildan kitoblarni arab tiliga tarjima qilgan.
Ibn an-Nadim afsona va rivoyatlarni o'z ichiga olgan hind kitoblari haqida so'z yuritganda, shunday fikrni ilgari suradi: Kalila va Dimna kitobi 17 bobdan iborat. Ba'zi manbalarda esa uning boblari 18 ta deb keltirilgan. Ushbu kitobni Abdulloh ibn al-Muqaffa va undan boshqalar ham sharhlaganlar. Abon bin Abdulhamid al-Lohiqi va Ali bin Dovud ushbu kitobni she'riy uslubda tarjima qilganlar. "Fihrist"ning 172 -sahifasida keltirilishicha, ibn al-Muqaffa fors tilidan arab tiliga tarjima qilish bo'yicha eng mohir tarjimonlardan biri bo'lgan.
Ibn Abu Usaybianing "Uyunul anba fiy tabaqot atibbo" asarida "Kalila va Dimna" asari borasida fikr bildirilib, mazkur asarni Islom olamida birinchi bo'lib ibn al-Muqaffa fors tilidan arab tiliga tarjima qilganligi ta'kidlangan1. SHuningdek, ibn al-Muqaffaning Aristotel asarlarini tarjima qilganligi to'g'risida ham ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur asarning I jildi 308-sahifasida Burzoe tarjimasi borasida fikr yuritilgan bo'lib, unda muallif shunday yozadi: Burzoe "Kalila va Dimna" kitobini hind diyoridan Anushervon bin Qubod saroyiga olib kelgan va kitobni hind tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Keyinchalik ushbu kitobni Islom olamida Abdulloh ibn al-Muqaffa fors tilidan arab tiliga tarjima qilgan.
Al-Qiftiyning "Ixborul ulamo" asarida ibn al-Muqaffaning faoliyati to'g'risida shunday ma'lumotlar keltirilgan: U fozil, komil shaxs bo'lib, islom ummatlari orasida birinchi bo'lib Abu Ja'far al-Mansur uchun mantiqqa oid kitoblarni arab tiliga tarjima qilgan. Uning kelib chiqishi fors bo'lib, iboralari donishmandlarga xos, orzu-intilishlari sog'lom, Aristotel asarlarini oson iboralar orqali tarjima qilgan. U shuningdek hindlarning "Kalila va Dimna" nomi bilan mashhur bo'lgan asarini ham arab tiliga tarjima qilgan2.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Olim va adiblar jamoasi ibn al-Muqaffaning tarjimonlik iste'dodiga va uning ushbu sohadagi mahoratiga ittifoq qiladilar. Ushbu olimlar orasida eng ko'zga ko'ringan shaxslardan biri Johiz bo'lib, ibn al-Muqaffaning tarjimonlik mahoratini e'tirof etadi.
Abdulloh ibn al-Muqaffa tomonidan "Kalila va Dimna" ni tarjima qilish jarayonida bir bob qo'shilgan bo'lib, unda mutafakkir shunday fikrlarni ilgari suradi:
1 Höh A6y ycanöna. "y^Hyn aHÖa $hh Taöa^OT araööo". Aopyn MaKTaöa a^-^aar. BanpyT. 413-6eT.
2 Ba3up ^aMO^HggHH a^-KH$THH. Hxöopy^ y^aMO 6h-hx6ophïï xyKaMO. BaHpyT.: ^opyn KyTy6 a^-H^MHHHa, 2005.-B.170.
Ushbu "Kalila va Dimna" kitobi hind olimlari tomonidan tuzilgan asar bo'lib, unda o'zlarini ilhomlantirgan so'z va masallarni keltirganlar.
Ibn Hajr al-Asqaloniy "Lisonul mezon" asarida ibn al-Muqaffaning tarjimasi borasida to'xtalib: "Kalila va Dimna" asarini ibn al-Muqaffa arab tiliga tarjima qilgan deydi.
Ba'zi tadqiqotchilarning tasdiqlashicha, ibn al-Muqaffaning "Kalila va Dimna" ni tarjima qilishining asl sababi bu uning jamiyatni isloh qilishga bo'lgan intilishidir. Ibn al-Muqaffa o'z davri jamiyatidagi ko'plab maqtab bo'lmaydigan nuqsonlarning, siyosiy sohadagi erksizlikning shohidi bo'ldi. Tabiiyki, u xalifa va uning atrofidagi a'yonlarni ochiqdan-ochiq tanqid qila olmas edi. Xalifa Mansur davrida uning mana shunday islohotchilik g'oyalari ayni etilgan davr edi. U o'zi va xalifa o'rtasidagi mavqeini Beydebe va Dibshilam o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga qiyosladi. Ibn al -Muqaffa "Kalila va Dimna"ni tarjima qilish jarayonida hind va forslarda bo'lgani kabi mazkur kitobdagi g'oyalarning xalifalar va raiyyat hayotida ijobiy ta'sir qoldirishiga umid qildi.
Ibn al-Muqaffa xalifa Mansurni davlat ishlarida qilichga suyanuvchi, unga qarshi bo'lganlarga nisbatan shafqatsiz bo'lgan hukmdor sifatida tasavvur qilgan. SHu sababli uning "Kalila va Dimna" asarini tarjima qilishdan yana bir maqsadi ushbu kitobdagi g'oyalar bilan xalifani tanishtirish hamda uning nuqsonlarini o'ziga ko'rsatishdan iborat edi.
SHu nuqtai nazardan aytish mumkinki, ibn al-Muqaffaning ushbu asarni tarjima qilishdan asosiy maqsadi o'zining tarjimonlik san'atidagi mahoratini boshqalarga ko'rsatib qo'yishdangina iborat bo'lmay, balki jamiyatni isloh qilish borasida boshqalarga bir saboq berishdan iborat bo'lgan.
Munozara. Ibn al-Muqaffaning Arastu asarlari borasidagi tarjimalariga ishora qiluvchi dastlabki asar Soid Andalusiyning "Tabaqotul umam" asaridir: "Arastuning mantiqqa oid asari Abbosiylar davlatida faoliyat ko'rsatgan fors notig'i, Abu Ja'far al-Mansurning kotibi Abdulloh ibn al-Muqaffaga mashhurlik olib keldi. 3 U Arastuning mantiqqa oid bo'lgan uchta kitobini arab tiliga tarjima qilgan. Bular: "Kategoriyalar", "Organon" va "Analitika" kitoblaridir. U shuningdek Porfiriyning "Isog'uchi" nomi bilan mashhur bo'lgan mantiqqa oid qitobining kirish qismini ham tarjima qilgan. U ushbu kitoblarni oson iboralar orqali hayratlanarli tarzda tarjima qilgan. Ibn al-Muqaffa hindlarning "Kalila va Dimna" nomi bilan mashhur bo'lgan kitobini ham tarjima qilgan. Ibn al-Muqaffa ushbu kitobni fors tilidan arab tiliga tarjima qilgan birinchi tarjimondir. Uning odob-axloq va siyosatga bag'ishlangan
3 "®HxpHCT" ga xaM amHOTaHngeK (118-6eT), Höh a^-My^a$$a A6gy.raox, 6hh A^h xH3Maraga 6y^n6, xa^n^a ^kb$ap a^-MaHcypHHHr cuëcaTHra rçapmn öy^raH. raöpne^HHHHr Março^acnga Ba 6h3 KernnpaguraH Mat^yMoraapga xaM Cong AHga^ycHHHHHr HOTyrpn Mat^yMOT öepraH^Hra ongHH^amagn.
ajoyib asarlari, sultonga itoatli bo'lishni targ'ib qiluvchi "YAtiyma" nomi bilan mashhur bo'lgan risolasi bor".4
Johiz shunday deydi: "Alloh taolo Aristotelni arablarga tanitgan YAhyo Ibn al -Batriq5, Ibn Naima al-Himsiy6, Abu Qurra7 va Ibn al-Muqaffani o'z rahmatiga olsin". Bu erda Johizning fikrlari yuzasidan batafsil bahslashishga jiddiy asos yo'q. Bizga ibn al-Muqaffaning Arastu kitoblari tarjimonlari qatoriga tilga olinganligining o'zi kifoya qiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Hech qanday shak-shubha yo'qki, ibn al-Muqaffa fikr-mulohazalari, ularning ma'nosi va ko'zlagan maqsadlari borasida benazir bo'lgan donishmand tarjimonlardandir. U o'z faoliyatida nafis iboralar va oson uslubdan keng foydalangan. Uning uslubi engil tuzilishi hamda fasohati, aniq ma'no-mohiyati, sun'iylik va yasamalikdan xoli ekanligi bilan ajralib turadi. Uning lafzi ma'nolarga to'la bo'lib, ularda fikrlar o'rtasidagi o'zaro uyg'unlik, faylasuf tafakkuri va adib nazokatining o'zaro hamohangligini his qilish mumkin. Uning tarjima jarayonida qo'llagan iboralari nihoyatda engil va oson tarzda bo'lib, asl manba tiliga juda yaqin turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Ibn an-Nadim. Al-Fihrist. Bayrut.: Dorul ma'rifa. 2009.
2. Vazir Jamoliddin al-Qiftiy. Ixborul ulamo bi-ixboril hukamo. Bayrut.: Dorul kutub al-ilmiyya, 2005.
3. Ibn Hajr al-Asqaloniy "Lisonul mezon". Maktab al-matbuat al-islamiyya. 2002.
4. Ibn Abu Usaybia "Uyunul anba fiy tabaqot atibbo" Bayrut.: Dorul maktaba al -hayat. 1995.
5. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
6. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
7. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
4 Габриелининг маколасида хам Ибн ал-Мукаффанинг форс тилидан килган таржималари ва ёзган асарлари тугрисида муфассал келтирилган.
5 Х,ижрий III асрда яшаган машхур таржимон. Жорж Сартоннинг "Илмлар тарихига кириш" асарининг биринчи кисми 556-сахифасида Ибн ал-Батрик асарларининг номлари келтирилган.
6 Абдулмасих бин Абдуллох бин Наима ал-Х,имсий. Арастуга тегишли деб тахмин килинадиган "Теология" асари таржимаси билан танилган. Броккелманнинг "Араб адабиёти тарихи" китобининг биринчи жилди 203-сахифасида у хакида муфассал фикр билдирилган.
7 Харрон шахри епископи булган христиан ёзувчиси, араб тилида фаолият юритган.