Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
"HAYRAT UL-ABROR" DOSTONINING O'RGANILISH TARIXI
Behzod Rustamov
Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada "Xamsa" va uning birinchi kitobi "Hayrat ul-abror" dostonining o'rganilish tarixi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Bundan tashqari maqolada tarixiy, tahliliy va qiyosiy metodlardan samarali foydalaniladi.
Kalit so'zlar: xamsa, tasavvuf,doston, qo 'lyozma
АННОТАЦИЯ
В этой статье представлена информация об истории изучения Хамсы и его первой книге Хайрат улъ-Аброр. Кроме того, в статье эффективно используются исторический, аналитический и сравнительный методы.
Ключевые слова: xамса, мистика, эпос, рукопись
ABSTRACT
This article provides information on the history of the study of Hamsa and his first book, Hayrat ul-Abror. In addition, the article makes effective use of historical, analytical and comparative methods.
Keywords: hamsa, mysticism, epic, manuscript
KIRISH
Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta'limotini yaxshi bilmay turib, Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranlig'i bilan to'liq holda to'g'ri, haqqoniy yoritib berish mushkul. Nazarimda, bu masala hamon hal bo'lmasdan dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hozir ham ulug' shoir asarlarini "kerakli" va "keraksiz" qismlarga ajratish, orifona mazmundagi she'rlarini nashrlardan soqit qilib, el ko'zidan yashirish, "payqamasdan" tadqiqotlarga kiritmaslikka moyillik davom etmoqda. Ba'zan esa, so'fiyona ma'nolarni anglab yetmaganimiz sababli, Bu hol Navoiy dahosini, olamining bepoyonligi va ulug'vorligini muazzam salohiyati ham ko'rkamligi bilan idrok etishga xalaqit beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida tarixiy, tahliliy va qiyosiy metodlardan samarali foydalaniladi. Tadqiqot jarayonida Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan to'liq holda to'g'ri yetkazib berish
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
asosiy vazifalardan qilib belgilangan. Mavzuning dolzarbligini bayon qilishda "Hayrat ul-abror"1989-yilda chop etilgan nashri metodolik manba sifatida olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki, Alisher Navoiy o'zining buyuk "Xamsa"si bilan o'zbek tili va adabiyoti tarixida o'ziga mangu muhr qo'ydi.
"Xamsa"ning birinchi kitobi "Hayrat ul-abror" dostoni to'g'risida ancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ularni qiyosiy o'rganib, tahlillar darajasini, ular o'rtasidagi tafovutlarni aniqlash masalasiga e'tibor berilmagan.
Ma'lumki, buyuk mutafakkir "Xamsa"ni 1483 yilda yoza boshlab, uni uch yil deganda tamomlagan[1: 2].. Birinchi kitob "Hayrat ul-abror" qachon yozib bitirilgani to'g'risida shoir bunday xabar beradi:
Hayroti abror ko'rib zotini, "Hayrat ul-abror " dedim otini.
Nuqtai tarixiki, ahson edi, Sakkizu sakkiz yuzu sekson edi. Demak, "Hayrat ul-abror" hijriy 888-yil, milodiy hisobda esa 1483-yilda yozilgan.
Hirotlik Abdujamil ismli kotib Navoiy tomonidan yozilgan "Xamsa"ning bitgan qismlarini birin-ketin qog'ozga ko'chirib borgan. Ana shu qo'lyozma hozir Toshkentdagi O'zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida 5018 raqamli kortatekada saqlanadi.
Navoiy "Xamsa"sining yana bir nodir qo'lyozmasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasida saqlanadi. U Hirotning mashhur xattoti Sultonali Mashhadiy tomonidan 1492-yili ko'chirilgan.
Navoiy hayot paytida ko'chirilgan "Xamsa"ning to'rt qo'lyozmasi bizgacha etib kelgan.
Keyingi asrlarda "Xamsa" ko'p marotaba ko'chirib yozilgan, litografik va
tipografik usulda nashr qilingan.
Hozir faqat O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli
Sharqshunoslik institutining o'zida Navoiy "Xamsa"sining 75 qo'lyozma nusxasi bor.
Bular XV asrdan to XIX asrgacha bo'lgan davrda ko'chirilgan qo'lyozmalardir.
Ulardan eng muhimlari Abdujamil kotib qalamiga mansub bo'lgan qo'lyozma, XV
asr oxiri va XVI asr boshlarida Hirotda ko'chirilgan № 1679 II qo'lyozmalardir.
"Xamsa" qo'lyozmalarining geografiyasi ham keng. Uning O'rta Osiyo va umuman,
Sharqning deyarli barcha shaharlarida ko'chirilgani va tarqalgani ma'lum. "Xamsa"
qo'lyozmasini ko'chirtirish oson bo'lmagan. Bu ish ancha diqqat e'tibor va mablag'ni
71
Scientific Journal Impact Factor
О
talab etar edi. "Xamsa" qo'lyozmasining tayyorlagan shaharlarda ana shunday imkoniyatga ega adabiy muhit mavjud bo'lganidan dalolat beradi. [2: 56] Yana bu adabiy muhitda Navoiy ijodi, uning "Xamsa" asariga qanchalar ahamiyat berilganini ham ko'rsatadi. Navoiy "Xamsa"sining toshbosma nashri 1878-88 yillari Xorazmda amalga oshirilgan. "Xamsa" 1894, 1895 yillari toshbosma usulida Toshkentda ham nashr qilindi.
Navoiy "Xamsa"sining nasriy bayonlari ham Toshkentda bir necha bor bosib chiqarilgan. 1960 yili "Xamsa"ning Porso Shamsiev tayyorlagan to'la tanqidiy matnini O'zFA nashriyoti chop etgan.
O'zFA Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida Navoiy "Xamsa"sining birinchi kitobi "Hayrat ul-abror"ning alohida o'n uch qo'lyozmasi bor. Ular asosan XIX asrga oid bo'lib, ettitasi Xorazmda, qolganlari Buxoro, Samarqand, Qo'qon, Sariko'l shaharlarida ko'chirib yozilgan. Mavjud ishonchli qo'lyozmalar asosida "Hayrat ul-abror"ning ilmiy tanqidiy tekstini birinchi marta tilshunos olim Solih Mutallibov tayyorlagan.
"Hayrat ul-abror" o'n besh jildli Navoiy asarlari to'plamining oltinchi jildidan o'rin oldi ("Toshkent" badiiy adabiyot va san'at nashriyoti, 1995). Bu kitobni Porso Shamsiev nashrga tayyorlagan, mas'ul muharriri Abduqodir Hayitmetov.
"Hayrat ul-abror"ning rus tiliga qilingan badiiy tarjimasini Abduqodir Hayitmetovning so'zma so'z tarjimasi asosida shoir V.V.Derjavin amalga oshirdi. Bu asar Navoiyning rus tilida bosib chiqarilgan o'n jildli asarlar to'plamining III jildida joylashgan (T.,1968).
1974 yili Toshkentda "Hayrat ul-abror"ning hozirgi o'zbek tilidagi sharhi e'lon qilindi. Bu sharhni ham Abduqodir Hayitmetov tuzgan.
Navoiy asarlarining 20 jilddan iborat to'plamida "Hayrat ul-abror" 7-chi jildni tashkil etadi.
A.Hayitmetovning "Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari", "Navoiyning ijodiy metodi" va boshqa qator asarlarida "Hayrat ul-abror"ning g'oyaviy va badiiy xususiyatlari to'g'risida muhim mulohazalar bayon etilgan. [3: 43]
"Hayrat ul-abror" to'g'risidagi ilmiy tadqiqotlar orasida O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi V.Y.Zohidovning "Мир идей и образов Навои (t., 1967) va "Улуг шоир ижодининг калби" (T., 1997) kitoblari alohida o'rin tutadi. Unda Navoiy ijtimoiy fikrlarining "Hayrat ul-abror"dagi bayoni shoirning boshqa asarlaridagi qator misollar bilan birgalikdagi Navoiy tafakkurining mohiyatini ko'rsatishda muvaffaqiyat bilan istifoda etilgan.
Scientific Journal Impact Factor
О
Akademik I.Sultovning "Навоийнинг калб дафтарининг" (Т., 1969) "Xamsa"ning yaratilishi to'g'risidagi bobda "Hayrat ul-abror" haqida ham so'z boradi. Filologiya fanlari doktori A.Abdug'afurovning "Навоий сатираси" (Т., 1966) va "Навоий ижодида сатира" (Т., 1972) asarlarida "Hayrat ul-abror"dagi satirik obrazlar to'g'risida qimmatli mulohazalar bor.
Oybek o'zining "Навоий гулшани" китобида" kitobida (Т., 1967) "Xamsa"ning boshqa dostonlari qatori "Hayrat ul-abror" tahliliga qisqa, ammo juda mazmundor bir bob bag'ishlagan "Навоий гулшани" китобида" Oybek asarlarining 9 jildida qayta nashr qilindi (Т., 1974). Adabiyotshunos T.Jalolov "Xamsa" talqinlari kitobida (Т., 1996) "Xamsa" dostonlari to'g'risida bayon etgan. Unda "Hayrat ul-abror"ga alohida bo'lim ajratgan. Bu asar ^aMov^ng "Нафосат оламида" kitobiga ham kiritilgan (T., 1974).
Navoiy "Hayrat ul-abror"i va uning Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiylar "Xamsa"sining birinchi kitoblari bilan qiyosiy tahlili professor N.M.Mallaevning oliy maktablar yozilgan "Узбек адабиёти тарихи" darsligida alohida o'rin tutgan. Unda muhtaram olim o'quv dasturi doirasida "Hayrat ul-abror" asarining mazmuni-mohiyati va g'oyalarini talqin etgan. Bu doston M.Muhitdinov tomonidan Xusrav Dehlaviy asari bilan qiyosiy tahlil etilgan. [4: 76]
Rus tilida "Hayrat ul-abror" to'g'risidagi muhim fikrlar professor E.E.Bertelsning "Навои" monografiyasida (M., 1948) mavjuddir. Bu asar E.E.Bertels Tanlangan asarlar to'plamining "Навои и Джами" jildida qayta nashr etilgan (M., 1965) yana Oybek va Al. Deych tomonidan yozilgan "Алишер Навоий" kitobida (Т., 1968) "Xamsa" to'g'risidagi bobda "Hayrat ul-abror"ga alohida o'rin ajratilgan.
Insonning asrlar davomida abadiy hayot, ruhning o'lmasligi haqida o'ylab kelgan armonlari, rivoyat-asotirlar bu behudud romantik olam ufqini kengaytirishi bevosita tasavvuf ta'limoti bilan bog'liqdir.
Ko'rinib turibdiki, Navoiy "Xamsa"sining birinchi kitobi "Hayrat ul-abror" to'g'risida anchagina ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo ularning hammasi, umuman, Navoiy ijodiga yoki unda "Xamsa"ning tutgan o'rniga oid ishlarga tegishlidir. "Hayrat ul-abror"ning mazmuni, uning g'oyaviy yo'nalishi, obraz va personajlar tahliliga maxsus bag'ishlangan tadqiqot yaratilgan emas. Doston haqidagi maxsus ishlar hozirgacha faqat "Hayrat ul-abror"ning ayrim nashrlariga yozilgan so'z boshi yoki so'nggi so'zdan iborat bo'lib keldi.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. Alisher Navoiy. "Hayrat ul-abror" dostoni. G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot, 2006.
2. Alisher Navoimy. "Hayrat ul-abror" dostoni. G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot, 1989.
3. Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. 15 tomlik. 13-tom. -Toshkent: Fan, 1997.