Научная статья на тему 'HARBIY OILALARDA AYOL SHAXSINING YANGI IJTIMOY-MUHITGA MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

HARBIY OILALARDA AYOL SHAXSINING YANGI IJTIMOY-MUHITGA MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy oilalar / ayollar moslashuvi / psixologik mexanizmlar / stressni boshqarish / ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash / moslashuvchanlik / ijtimoiy psixologik ro’l / psixologik markazlar / hissiy boshqaruv. / семьи военнослужащих / адаптация женщин / психологические механизмы / управление стрессом / социальная поддержка / гибкость / социально-психологическая роль / психологические центры / эмоциональное управление.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.X. Ibragimova

ushbu maqolada harbiy oilalarda ayollar shaxsining yangi ijtimoiy-muhitga moslashish jarayoni psixologik jihatlari yoritilgan. Ayollarning moslashuviga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, stress va xavotirni boshqarish strategiyalari, ijtimoiy qo‘llabquvvatlash tizimlarining ro‘li va maxsus psixologik dasturlar samaradorligi batafsil tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE ADAPTATION OF A FEMALE PERSONALITY TO A NEW SOCIAL ENVIRONMENT IN MILITARY FAMILIES

в статье описаны психологические аспекты процесса адаптации личности женщины к новой социальной среде в семьях военнослужащих. Подробно анализируются ключевые факторы, влияющие на адаптацию женщин, включая стратегии управления стрессом и тревогой, роль систем социальной поддержки и эффективность специальных психологических программ. В статье подчеркивается важность психологической подготовки, реабилитационных программ и поддержки общества, направленных на содействие адаптации.

Текст научной работы на тему «HARBIY OILALARDA AYOL SHAXSINING YANGI IJTIMOY-MUHITGA MOSLASHISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© X.X. IbragimovaH_

1Andijon davlat universiteti, Andijon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada harbiy oilalarda ayollar shaxsining yangi ijtimoiy-muhitga moslashish jarayoni psixologik jihatlari yoritilgan. Ayollarning moslashuviga ta'sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, stress va xavotirni boshqarish strategiyalari, ijtimoiy qo'llab -quvvatlash tizimlarining ro'li va maxsus psixologik dasturlar samaradorligi batafsil tahlil qilingan.

MAQSAD: Maqolada moslashuvni osonlashtirishga qaratilgan psixologik treninglar, reabilitatsiya dasturlari va jamoatchilik yordamining ahamiyati ko'rsatib berilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: harbiy oilalarda ayol shaxsining yangi ijtimoy-muhitga moslashishining psixologik jihatlari bo'yicha qo'llanmalar, o'quv tadqiqot maqolalari va so'rov ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Usullar so'rovlar, suhbatlar, sinfda kuzatishlar va talabalar faoliyati ma'lumotlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Miqdoriy ma'lumotlar statistik usullar yordamida tahlil qilinadi, sifatli ma'lumotlar esa mavzuli kodlash va hikoya tahlili orqali tahlil qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: psixologik maslahat va reabilitatsiya markazlari tashkil etish natijasida stress va xavotirni kamaytirib, ayollarning hissiy barqarorligini oshiradi va ularning kundalik hayotiga ijobiy ta'sir o'tkazish mumkin. Ayollarni ijtimoiy aloqalar orqali qo'llab-quvvatlash tizimini mustahkamlashga erishiladi.

XULOSA: harbiy oilalarda ayollar shaxsining moslashuv jarayoni kompleks yondashuvni talab qiladi. Treninglar, stressni boshqarish dasturlari va ijtimoiy qo'llab -quvvatlash tizimlarini rivojlantirish orqali bu jarayonni yengillashtirish mumkin. Ushbu tavsiyalarni tizimli amalga oshirish nafaqat ayollarni, balki harbiy oilalarni umumiy barqarorlikka olib keladi. Shu sababli, davlat, jamiyat va mahalliy tashkilotlar ushbu yo'nalishda faol ish olib borishi zarur.

Kalit so'zlar: harbiy oilalar, ayollar moslashuvi, psixologik mexanizmlar, stressni boshqarish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, moslashuvchanlik, ijtimoiy psixologik ro'l, psixologik markazlar, hissiy boshqaruv.

Iqtibos uchun: Ibragimova X.X. Harbiy oilalarda ayol shaxsining yangi ijtimoy-muhitga moslashishining psixologik jihatlari. // Inter education & global study. 2024. №10 B.431-439.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ АДАПТАЦИИ ЖЕНСКОЙ ЛИЧНОСТИ К

НОВОЙ СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЕ В СЕМЬЯХ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ_

© Х.Х. Ибрагимова1®

1Андижанский государственный университет, Андижан, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье описаны психологические аспекты процесса адаптации личности женщины к новой социальной среде в семьях военнослужащих. Подробно анализируются ключевые факторы, влияющие на адаптацию женщин, включая стратегии управления стрессом и тревогой, роль систем социальной поддержки и эффективность специальных психологических программ. В статье подчеркивается важность психологической подготовки, реабилитационных программ и поддержки общества, направленных на содействие адаптации.

ЦЕЛЬ: в статье подчеркивается важность психологических тренингов, реабилитационных программ и общественной помощи, направленных на облегчение адаптации.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: включает пособия, учебные исследовательские статьи и данные опросов по психологическим аспектам адаптации женской личности к новой социальной среде в семьях военнослужащих. Методы включают опросы, интервью, наблюдения в классе и анализ данных об успеваемости учащихся. Количественные данные анализируются с использованием статистических методов, тогда как качественные данные анализируются с помощью тематического кодирования и анализа историй.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: создание центров психологического консультирования и реабилитации может снизить стресс и беспокойство, повысить эмоциональную стабильность женщин и положительно повлиять на их повседневную жизнь. Укрепление системы поддержки женщин достигается за счет социальных связей.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: процесс адаптации женской личности в семьях военнослужащих требует комплексного подхода. Этот процесс можно облегчить, разработав тренинги, программы управления стрессом и системы социальной поддержки. Систематическая реализация этих рекомендаций приведет к общей стабильности не только женщин, но и семей военнослужащих. Поэтому необходимо, чтобы государство, общество и местные организации активно работали в этом направлении.

Ключевые слова: семьи военнослужащих, адаптация женщин, психологические механизмы, управление стрессом, социальная поддержка, гибкость, социально-психологическая роль, психологические центры, эмоциональное управление.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 10

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Ибрагимова Х.Х. Психологические аспекты адаптации женской личности к новой социальной среде в семьях военнослужащих. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 431-439.

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE ADAPTATION OF A FEMALE

PERSONALITY TO A NEW SOCIAL ENVIRONMENT IN MILITARY FAMILIES

© Xurshida X. Ibragimova1®

1Andijan State University, Andijan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article describes the psychological aspects of the process of adaptation of a woman's personality to a new social environment in military families. Key factors affecting women's adjustment are analyzed in detail, including stress and anxiety management strategies, the role of social support systems, and the effectiveness of special psychological programs. The article highlights the importance of psychological training, rehabilitation programs and community support aimed at facilitating adaptation.

AIM: the article emphasizes the importance of psychological trainings, rehabilitation programs and public assistance aimed at facilitating adaptation.

MATERIALS AND METHODS: includes manuals, educational research articles and survey data on the psychological aspects of adapting a female personality to a new social environment in military families. The methods include surveys, interviews, classroom observations, and analysis of student performance data. Quantitative data is analyzed using statistical methods, whereas qualitative data is analyzed using thematic coding and story analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: The establishment of psychological counseling and rehabilitation centers can reduce stress and anxiety, increase women's emotional stability and positively affect their daily lives. Strengthening the support system for women is achieved through social connections.

CONCLUSION: the process of adapting a female personality in military families requires an integrated approach. This process can be facilitated by developing trainings, stress management programs and social support systems. The systematic implementation of these recommendations will lead to the overall stability not only of women, but also of military families. Therefore, it is necessary that the state, society and local organizations actively work in this direction.

Key words: military families, women's adaptation, psychological mechanisms, stress management, social support, flexibility, social psychological role, psychological centers, emotional management.

For citation: Xurshida X. Ibragimova. (2024) 'Psychological aspects of the adaptation of a female personality to a new social environment in military families', Inter education

& global study, (10), pp. 431-439. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Harbiy oilalarda yashash ko'pincha oilaning boshqa turlaridan keskin farqlanadi. Bu farq harbiy xizmatning o'ziga xos sharoitlari va talablari bilan izohlanadi. Ayollar uchun bunday sharoitlar ko'proq ijtimoiy va psixologik moslashuvni talab qiladi. Ushbu jarayon turli xil omillarga bog'liq bo'lib, ularni chuqur tahlil qilish masalaning muhimligini ochib beradi. Harbiy oilalar jamiyatdagi boshqa oilalarga nisbatan o'ziga xos tuzilma va sharoitlarga ega bo'lib, bular ko'chishlar va joylashuvdagi o'zgarishlar va muhit o'zgarishlaridir. Harbiy xizmat xususiyatlari sababli, bunday oilalar doimiy ravishda yashash joyini o'zgartirishi mumkin. Bu oila a'zolarining ijtimoiy muhitga moslashuvini talab qiladi. Mazkur maqolada harbiy oilalarda ayol shaxsining moslashuv jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, ularni yengish usullari va psixologik mexanizmlar batafsil tahlil qilinadi. Ayollar shaxsining ijtimoiy va psixologik rolini o'rganish ularning yangi sharoitlarda muvaffaqiyatli moslashuvi uchun zaruriy nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhimdir.

Harbiy oilalarda ayol shaxsining moslashuv jarayoni o'rganib borar ekanmiz, biz hozirgi kunda bu mavzu naqadar dolzarb va ko'p qirrali ekanligini ko'rsatadi. Unda shaxsning moslashuv omillari, harbiy xizmat sharoitlari va psixologik yondashuvning ahamiyati aniq belgilangan. Ushbu kirish bo'limi maqola muammosining umumiy ko'rinishini berib, asosiy tahlil va xulosalarga zamin yaratadi. Oilaviy vaqt cheklovlari, harbiy xizmatchilarning uzoq muddat xizmatda bo'lishi ayollarning oila boshqaruvinini yakka o'zi amalga oshirishiga olib keladi. Ijtimoiy izolyatsiya bu yangi hududlarda yashash ijtimoiy aloqalarni qurishni qiyinlashtiradi, bu esa ayollar uchun stress va moslashuvdagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Moslashuv jarayonining psixologik asoslari bu shaxsning moslashuv jarayoni uning psixologik holati, ijtimoiy rolni qabul qilish qobiliyati va yangi sharoitlarga integratsiyalashuv tezligiga bog'liq. Harbiy oilalarda ayol shaxsining moslashuv jarayoni harbiy xizmatning o'ziga xos qiyinchiliklari va s haroitlari bilan uzviy bog'liqdir. Bu jarayon shaxsning psixologik holati, ijtimoiy muhitga integratsiyalashuv qobiliyati va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimining mavjudligiga bog'liq [1].

Harbiy oilalardagi ayollar uchun quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi:

- Hissiy barqarorlik. Stress va xavotirga chidamlilik moslashuvning asosiy omilidir.

- Kommunikatsiya ko'nikmalari: Yangi muhitda ijtimoiy aloqalarni o'rnatish ayollarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi.

- Shaxsiy moslashuvchanlik: Ayolning moslashuvchanligi uning turmush tarziga yangi sharoitlarni kiritishiga yordam beradi.

Ayol shaxsining psixologik moslashuv qobiliyati, avvalo, uning individual xususiyatlariga bog'liq. Harbiy xizmat sharoitlaridagi vaqtinchalik cheklovlar, ko'chishlar yoki uzoq vaqt davomida er-xotinning bir joyda bo'lmasligi ayollardan sabr va chidamlilik talab qiladi. Shaxsning bu xususiyati stressni yengish va murakkab sharoitlarda ijobiy kayfiyatni saqlash imkonini beradi. Hayotiy sharoitlar tez-tez o'zgarishi bilan bog'liq harbiy xizmatda yashash moslashuvchan bo'lishni talab qiladi. Moslashuvchanlik ya ngi muhitni tezroq qabul qilish, uni konstruktiv qabul qilishda muhim rol o'ynaydi. Stress va xavotirni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yengish qobiliyati hissiy barqarorlik bilan bog'liq. Hissiy holatini boshqarishni bilgan ayollar moslashuv jarayonida muhim yutuqlarga erishadi.

Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash moslashuv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, u quyidagi jihatlarda namoyon bo'ladi, doimiy aloqa va hissiy qo'llab-quvvatlash ayollarni ruhlantiradi va ularga yangi muhitga o'rganishda yordam beradi. Oila a'zolari bilan kuchli aloqalar ayolning stress darajasini kamaytiradi. Yangi joyga ko'chib kelganda, ayollar mahalliy jamoa bilan aloqalarni o'rnatish orqali ijtimoiy moslashuv jarayonini yengillashtiradi. Ushbu aloqa faqat psixologik yordam emas, balki amaliy yordam sifatida ham muhimdir. Harbiy xizmat xodimlari uchun maxsus tashkilotlar (psixologik yordam markazlari, ayollar klublari va boshqa ijtimoiy xizmatlar) ayollarni yangi muhitga moslashuvini qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi [2].

Hissiy boshqaruv moslashuv jarayonida asosiy o'rin tutadi. U stress, xavotir va depressiyani kamaytirish uchun samarali usullarni qamrab oladi, bunda meditatsiya, nafas olish mashqlari va jismoniy faoliyat ayollar uchun stressni kamaytirishning samarali usullari hisoblanadi. O'z hissiyotlarini tushunish va boshqarishni o'rganish, juml adan, yozuvlar orqali yoki ijtimoiy yordam guruhlarida bo'lishish stressni yengillashtiradi. Mutaxassis bilan muloqot qilish, masalan, psixologik maslahat olish, ayollarning moslashuv jarayonini yengillashtiradi va hissiy salomatlikni tiklashga yordam beradi.

Harbiy oilalarda ayollarning moslashuv jarayoni murakkab bo'lishiga qaramay, uni samarali boshqarish imkoniyati mavjud. Shaxsiy xususiyatlar, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va hissiy boshqaruvni yaxshilash orqali ayollar yangi ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli integratsiyalashishi mumkin. Moslashuv jarayonida ayollarni qo'llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish va maxsus psixologik dasturlarni amalga oshirish dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Harbiy oilalarda ayollar yangi ijtimoiy-muhitga moslashishi bir necha bosqichni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichlar shaxsning turli psixologik reaktsiyalari va yangi sharoitlarga moslashuv jarayonini qamrab oladi. Bu bosqichlarni tahlil qilish moslashuv mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi va ularni qo'llab-quvvatlash usullarini ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qiladi. Yangi sharoitlar bilan yuzlashganda, shaxs birinchi navbatda stressga hissiy va fiziologik javob qaytaradi [3].

Qiyinchiliklar yoki yangi talablar ayollarda xavotir, noaniqlik hissi, hatto qo'rquv uyg'otishi mumkin. Bu stressga tabiiy javobdir va moslashuvning dastlabki bosqichida paydo bo'ladi. Stress holati tufayli yurak urishi tezlashishi, uyquning buzilishi yok i qattiq charchoq kabi belgilar kuzatiladi [4]. Ba'zi hollarda ayollar yangi sharoitlarni qabul qilmaslikka moyil bo'lishi mumkin, bu esa stress darajasini oshiradi. Ushbu bosqichda ayollarga hissiy boshqaruv usullarini o'rgatish, masalan, nafas olish mash qlari, meditatsiya va ijobiy fikrlash usullari yordam beradi.

Harbiylar oilasida adaptatsiya jarayoni judayam muhim bo'lib, shaxs bu bosqichda yangi muhitga o'rganishni boshlaydi. Bu jarayon odatda bir necha hafta yoki oy davom etadi va bir qancha omillarni o'z ichiga oladi. Bu omillarning biri ayollar yangi muhit talablarini anglab, ularga moslashish yo'llarini izlashidir. Harbiy oilalarda yashovchi ayollar uchun yangi muhitda o'ziga mos ijtimoiy rolni topish muhim ahamiyatga ega. Bu, masalan,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

mahalla tadbirlarida faol ishtirok etish yoki bolalarni tarbiyalashga ko'proq vaqt ajratishni o'z ichiga oladi. Ayollar yangi sharoitlarga moslashgan sari xavotir darajasi pasayadi va stress darajasi kamayadi. Bu bosqichda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimining mavjudligi juda muhim. Psixolog, ijtimoiy hodim yoki maslahatchilar bilan ishlash ayollarga moslashuv jarayonida ko'maklashadi. Ayollarning yangi rollarga moslashuvini osonlashtirish uchun treninglar va maslahat xizmatlari tashkil etilishi lozim.

Integratsiya bosqichi shaxsning yangi muhitga to'liq moslashuvi bilan yakunlanadi. Ayollar yangi ijtimoiy muhitda o'z o'rnini topadi va faol ishtirok etishni boshlaydi [5]. Masalan, mahalla hayotiga qo'shilish, bolalar ta'limida qatnashish yoki jamoa tadbirlarida ishtirok etish. Ayollar yangi sharoitda yaqin do'stlik aloqalarini o'rnatadi, bu ularga hissiy va amaliy yordam olish imkonini beradi. Integratsiya bosqichida ayolla r o'zlarini yangi muhitning bir qismi sifatida his qilishadi va bu ularga ichki qoniqish hissini beradi. Bu bosqichni mustahkamlash uchun psixologik maslahatlar davom ettirilishi va ijtimoiy qo'llab -quvvatlash tizimi faol ishlashi kerak. Moslashuv jarayonining ushbu uch bosqichi ayollar uchun murakkab, ammo boshqariladigan jarayondir. Har bir bosqichda individual va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash vositalarini qo'llash orqali moslashuvni yengillashtirish mumkin. Ushbu bosqichlarning har biri harbiy oilalarda yashash sharoitlarini qabul qilish va yangi ijtimoiy rollarni muvaffaqiyatli bajarishda muhim rol o'ynaydi. Mazkur bosqichlarni hisobga olish psixologik yordam dasturlarini ishlab chiqishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Harbiy oilalarda ayollar stressni boshqarish uchun turli psixologik strategiyalardan foydalanadi. Yangi ijtimoiy-muhitga moslashuv jarayonida stress tabiiy hodisa bo'lib, u shaxsiy va ijtimoiy omillarga bog'liq holda rivojlanadi [6]. Kognitiv qayta ishlash stress holatida shaxsning fikrlarini ijobiy tomonga yo'naltirish va qiyinchiliklarni boshqarishda konstruktiv yondashuvni qo'llashni nazarda tutadi. Shaxs o'z qiyinchiliklarini imkoniyat sifatida qabul qilishga o'rgatiladi. Masalan, yangi muhitda qiyinchiliklarni muammo emas, balki o'zini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida ko'rish. Haddan tashqari tashvish va xavotir o'rniga muammolarni real tahlil qilish va hal etish yo'llarini topish stressni kamaytiradi. O'z-o'ziga dald "Men bunga qodirman", "Bu vaqtinchalik qiyinchilik" kabi ijobiy tasdiqlar ayollarning o'ziga ishonchini oshiradi va stressni kamaytiradi. Ayollarga kognitiv qayta ishlash mashqlari o'rgatilishi mumkin. Masalan, qiyin holatlarga qarashni o'zgartirishga qaratilgan savollar va ijobiy fikrlash kartalarini ishlab chiqish.

Hissiy boshqaruv shaxsning ichki hissiy holatini nazorat qilish orqali stressni kamaytirish mimkin. Tinchlanishga qaratilgan meditatsion texnikalar stressni kamaytirish va hissiy barqarorlikni oshirishda samarali. Ayollarga oson meditatsiya texnikalari, masalan, nafas olishga diqqatni jamlash o'rgatilishi mumkin. Tinch va chuqur nafas olish stress paytida organizmni tinchlantiradi. Nafas olish texnikalari tanadagi fiziologik stress belgilarini kamaytiradi. Hissiy holatni barqarorlashtirish uchun yoqimli musiqa tinglash samarali bo'lishi mumkin. Musiqa ongni tinchlantirib, ijobiy kayfiyatni shakllantiradi.

Yaqinlar bilan muloqot qilish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash stressni boshqarishda eng samarali usullardan biridir. Ijtimoiy aloqalar ayollarga nafaqat hissiy, balki amaliy yordamni ham taqdim etadi. Yaqinlar bilan his-tuyg'ularni bo'lishish va yordam so'rash stressni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

kamaytiradi. Ayollarning stressni yengishda eng katta yordamchilari oila a'zolari va yaqin do'stlaridir. Harbiy xizmat bilan bog'liq oilalarning bir-birlari bilan muloqoti, oilaviy marosimlardi birga o'tkazish, bayramlarni birga nishonlash qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytiradi. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash harbiy muhitdagi ayollarning yangi ijtimoiy-muhitga moslashuvini yengillashtiruvchi muhim omillardan biridir. Moslashuv jarayonida ayollarning hissiy barqarorligini saqlash va stressni kamaytirish uchun yaqin atrofdagi insonlar va jamoalar tomonidan ko'rsatiladigan yordam katta ahamiyatga ega. Quyida bu jarayonda ijtimoiy yordamning turli shakllari va ularning ta'siri to'liq yoritiladi. Oila a'zolari va yaqin do'stlar ayollar uchun eng yaqin ijtimoiy yordam manbasi hisoblanadi. Yaqinlar bilan his-tuyg'ularni bo'lishish ayollarning xavotirini kamaytiradi va ularda himoyalanganlik hissini kuchaytiradi. Oila a'zolari tomonidan uy-ro'zg'or ishlarida yoki farzandlarni tarbiyalashda yordam berilishi moslashuv jarayonini osonlashtiradi. Oila bilan muloqotda "Biz birgamiz" kabi his-tuyg'ular moslashuvni yengillashtiradi va hissiy barqarorlikni ta'minlaydi. Harbiy oilalarda oila a'zolari o'rtasida o'zaro aloqa va qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish uchun oilaviy maslahat xizmatlari tashkil etilishi mumkin.

Ijtimoiy yordam ayollarning harbiy sharoitlarga moslashuv jarayonida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Yaqinlar, mahalla va rasmiy tashkilotlarning qo'llab-quvvatlash vositalarini birgalikda ishlatish moslashuvni yengillashtiradi. Shaxsiy va ijtimoiy yordamni uyg'unlashtirish orqali ayollarning stress darajasini kamaytirish va yangi sharoitlarda muvaffaqiyatli integratsiya qilishga erishish mumkin. Moslashuvni samarali ta'minlash uchun davlat va jamiyat harbiy oilalar uchun maxsus yordam dasturlari yaratish va ularni amalda qo'llashni ta'minlashi lozim. Ijtimoiy yordam tizimining rivojlanishi ayollarning psixologik salomatligi va ijtimoiy faolligini oshirishga hissa qo'shadi.

Harbiy oilalarda ayollarning yangi ijtimoiy-muhitga moslashuv jarayoni murakkab bo'lsa-da, uni to'g'ri boshqarish va samarali yordam vositalarini qo'llash orqali yengillashtirish mumkin. Mazkur jarayon ayollarning hissiy, psixologik va ijtimoiy jihatlari bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun moslashuvni qo'llab-quvvatlash uchun bir qator tavsiyalarni amalga oshirish zarur.

Harbiy oilalardagi ayollarning moslashuvi ko'p qirrali jarayon bo'lib, yangi muhit talablariga javob berish uchun shaxsiy va ijtimoiy resurslarni safarbar qilishni talab qiladi. Bu jarayonning asosiy qiyinchiliklari stress, xavotir, doimiy o'zgarishlar va ijtimoiy izolyatsiya bilan bog'liq. Biroq, tegishli psixologik va ijtimoiy yordam vositalari orqali bu qiyinchiliklarni samarali yengish mumkin. Ayollar moslashuv jarayonida hissiy barqarorlikni saqlash va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashdan samarali foydalanish orqali yangi sharoitlarga o'rganadi. Bu omillar nafaqat individual shaxsga, balki oilaning umumiy ahvoliga ham ta'sir qiladi. Moslashuv jarayonida ijodiy yondashuvlar, masalan, psixologik treninglar, stressni boshqarish bo'yicha maxsus dasturlar va qo'llab-quvvatlovchi guruhlar tashkil qilish muhim o'rin tutadi. Ushbu yondashuvlar ayollarning yangi sharoitlarga moslashuvini osonlashtiradi va ularning ijtimoiy faolligini oshiradi.

Moslashuv jarayonini yengillashtirish va samarali boshqarish uchun birqancha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurdir. Psixologik dasturlar ayollarga yangi muhitda

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'ziga ishonchni oshirish va hissiy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Bulardan biri ayollarni moslashuvchanligini oshiruvchi treninglardir. Ushbu treninglar ayollarga yangi muhitda o'zini qulay his qilish ko'nikmalarini shakillantirish va ijtimoiy aloqalarni o'rnatishga ko'maklashishdir. Treninglarda shaxsiy o'sish, kommunikatsiya ko'nikmalari va hissiy barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashg'ulotlar o'tkazilishi lozimdir. Individual va guruhli psixologik maslahatlar tashkil etish, ayollarga stress holatlarini yengishda, yangi sharoitga moslashishda va ijtimoiy o'zini anglashni kuchaytirishda yordam beradi.

Keyingi tavsiya stressni boshqarish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqishdir. Stressni kamaytirish va xavotirni boshqarishga qaratilgan amaliy usullarni joriy qilish lozimdir. Ayollarga stressni kamaytirish uchun 5-10 daqiqalik qisqa meditatsion va nafas olish mashqlari tavsiya etilishi mumkin. Bundan tashqari, musiqiy seanslar tashkil etish ijobiy natija beradi.

Psixologik maslahat va reabilitatsiya markazlari tashkil etish natijasida stress va xavotirni kamaytirib, ayollarning hissiy barqarorligini oshiradi va ularning kundalik hayotiga ijobiy ta'sir o'tkazish mumkin. Ayollarni ijtimoiy aloqalar orqali qo'llab-quvvatlash tizimini mustahkamlashga erishiladi. Qo'llab-quvvatlash guruhlari va klublarini tashkil etish, harbiy oilalar uchun maxsus ijtimoiy dasturlar yaratish, harbiylar oilasidagi ayollarni jamoat bilan muloqotini rivojlantirish va yaqinlari o'rtasida yordamni kuchaytirishga erishish mumkindir. Ijtimoiy aloqalar mustahkamlanib, ayollarning yangi ijtimoiy-muhitda o'zini qulay his qilishi ta'minlanadi.

Tavsiyalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:

1. Ayollarning stress darajasini sezilarli darajada kamaytirish.

2. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish orqali ayollarning yangi muhitda barqaror hayot kechirishini ta'minlash.

3. Hissiy va psixologik barqarorlikni oshirish orqali oilaviy muhitni mustahkamlash. Harbiy oilalarda ayollar shaxsining moslashuv jarayoni kompleks yondashuvni talab

qiladi. Treninglar, stressni boshqarish dasturlari va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish orqali bu jarayonni yengillashtirish mumkin. Ushbu tavsiyalarni tizimli amalga oshirish nafaqat ayollarni, balki harbiy oilalarni umumiy barqarorlikka olib keladi. Shu sababli, davlat, jamiyat va mahalliy tashkilotlar ushbu yo'nalishda faol ish olib borishi zarur.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Bronfenbrenner, U. (1979). "The Ecology of Human Development: Experiments by Nature and Design". Harvard University Press. - Inson rivojlanishining ekologik modeli va ijtimoiy muhitning moslashuvga ta'siri bo'yicha nazariy asos.

2. Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). "The Ecology of Human Development: Experiments by Nature and DesignStress, Appraisal, and Coping". Springer Publishing.

3. Stressni boshqarish va moslashuv jarayonidagi kognitiv yondashuvlarning amaliyotda qo'llanilishi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4. Барканов, С.(2018). "Психологические аспекты адаптации военнослужащих и их семей". Москва: Педагогика и психология.

5. Harbiy xizmat sharoitlarida oila a'zolarining moslashuv jarayonidagi psixologik omillarni tahlili.

6. 4.Репина, Л. В., & Иванова, Т. В. (2016). "Социально-психологическая адаптация в условиях профессиональной мобильности". Санкт-Петербург:

- Ijtimoiy moslashuvning psixologik jihatlari va stressga qarshi kurashish usullari.

7. Darling, N., & Steinberg, L. (1993). Parenting style as context: An integrative model. Psychological Bulletin, 113 (3), 487-496.

8. American Psychological Association (APA). (2020). "Stress Management Techniques". Retrieved from [www.apa.org](https://www.apa.org)

9. Stressni boshqarish bo'yicha amaliy tavsiyalar va tadqiqotlar.

10. Ершова, А. В. (2020). "Психология семьи в военных условиях". Москва: Издательство МГУ.

11. Folkman, S. (1997). Positive psychological states and coping with severe stress. Social Science & Medicine, 45(8), 1207-1221.

12. Stress va moslashuvda ijobiy psixologik holatlarning roli.

13. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy oilalarga yordam dasturlari va mahalliy qo'llab-quvvatlash tizimlari haqidagi rasmiy nashrlar.

14. Kovaleva, T.V.(2015). Адаптация женщин в условиях профессиональной неопределенности. Санкт-Петербург: Питер.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

®Ibragimova Xurshida Xusanbayevna, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[Ибрагимова Хуршида Хусанбаевна, преподаватель кафедры педагогики и

психологии] [Xurshida X. Ibragimova, Teacher of the Department of Pedagogy and

Psychology] manzil: O'zbekiston Andijon shahri Universitet ko'chasi, 129- uy [адрес

Узбекистан город Андижан, улица Университетская, дом 129 ], [address Uzbekistan,

Andijan city, University street, 129].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.