Научная статья на тему 'HALOLLIK-MUVAFFAQIYAT KALITI'

HALOLLIK-MUVAFFAQIYAT KALITI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2142
340
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Halollik / maktab / bog‘cha / halovat / Alisher Navoiy / Hamza Hakimzoda Niyoziy / pedagog / tarbiya.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Razzaqova Rano Otaboyevna

Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlarni halol bo‘lishga, halollik orqali nimalarga erishish mumkin ekanligiga, inson halol yashamas ekan nimalardan mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HALOLLIK-MUVAFFAQIYAT KALITI»

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

HALOLLIK-MUVAFFAQIYAT KALITI

№13

Razzaqova Ra'no Otaboyevna

Xorazm viloyati Bog'ot tumani 16-sonli maktabning tarbiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7385264

Annatatsiya: Ushbu maqolada o'quvchi yoshlarni halol bo'lishga, halollik orqali nimalarga erishish mumkin ekanligiga, inson halol yashamas ekan nimalardan mahrum bo'lishi mumkinligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Halollik, maktab,bog'cha, halovat, Alisher Navoiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, pedagog, tarbiya.

Barcha ezgu ishlarning boshi halolikdir, deksak hech mubolag'a bo'lmaydi, halollikning o'zi kabi do'stlari ko'p misol uchun yaxshilik, baraka, xotirjaml ik, osoyishtalik vahokazo. Ehtimol, dunyoni go'zallikdan ham oldin halollik qutqarar" Agar yaxshilab etibor bersangiz, halol insonning har doim qabli toza, qadri baland, jamiatda martabasi ulug', ishlari esa hamisha hammaga yoqqan. Yuqoridagi so'zlarni isbotini dono xalqimizning halolik haqidagi ibratli so'zlari isbot deyishimiz mumkin. "Yerga boqqan ish qilmas, ish qilsa ham tich qilmas", "Ishlab topgan oshing-lazzatli", "Oshing halol bo'lsa ko'chada ich", "Pora do'zzax eshigin ochar, o'zini bilgan undan qochar" va hokazo bunday maqollarni ko'plab keltirishimiz mumkin. Ba'zi bir insonlar halol bo'lsang, yashay olmaysan, hech qachon biring ikki bo'lmadi kabi g'oya bilan yashaydi, faqat og'zi bilan yaxshaydigan, bo'yni mehnatga yor bermaydigan insonlarning bu kabi chala xulosasi xato ekanini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Halollik birinchi navbatda hotirjamlik degani, inson baxtga faqat hotirjamlik bilangina erishish mumkin. Tasavvur qiling sizda behisob boylik bor lekin qalbingizda hotirjamlik yo'q siz o'zingizni baxtli deb ayta olasizmi? Hozirgi ko'p insonlar hamma narsani pul hal qiladi deb o'ylashadi va qattiq adashishadi. Siz pulga eng qimmat doktirni sotib olishingiz mumkin lekin sog'liqni emas, Pulga eng qimmat va hashamatli uyni sotib olishingiz mumkin, lekin halovatni emas, pulga eng qimmat soatni sotib olishingiz mumkin lekin vaqtni emas, pulga ko'plab tanishlar sotib olishingiz mumkin, lekin chin do'stni emas, siz pulga ko'plab kitoblar kitoblar sotib olishingiz mumkin lekin undagi bilimlarni emas aynan pul bilan sotib bo'lmaydigan narsalar hayotimiz asosini tashkil etadi. Siz hayotingizda ko'p guvoh bo'lgansizki, agar aql ko'zi bilan qarasangiz yuqoridagi pulga sotib olib bo'lmaydi deb sanaganlarimiz halol insonlarda bor va hayotda faqat pul muhim deb yashovchi va unga erishgan aksariyat insonlarda esa sanaganlarimizni hech biri yo'q. Na halovat, na sog'liq va chin do'stlar bunday insonlar halovatidan kechib ko'p pul

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №13

to'paydi natijada sog'lig'idan ayriladi, pulga ko'plab ulfatlar ortiradi lekin ulfatni do'st deb atash mumkinmi? Shu o'rinda bizda bir savol tug'uladi qanday qilib inson halollikka erishish mumkin? Nima qilsak biz yoshlarni halol inson qilib tarbiyalashimiz mumkin? Insonni halol qilib tarbiyalashni eng boshidan yani bog'cha va maktab davrlardan boshlash lozim, bunda bizga maktablarda tashkillanadigan tarbiya fani katta yordam beradi. Bolalarni to'g'ri yo'naltirish tarbiya fani ustozlarning vazifasi deb hisoblayman. Buni faning nomidan ham bilish mumkin agar ustozlar va ota-onalar hamjihatlikda ishlab bolani to'g'ri tarbiyalay olsa bola komil inson bo'lib yetishadi. Bunday insonlarda halollik,insonparvarlik,mehr-muruvvat kabi tuyg'ular yaxshi shakllangan bo'ladi.

Shuning uchun tarbiya fani o'qituvchilari har darsarida halollik haqida

o'quvchilarga ikki og'iz gapirib ketishi ozim deb o'ylayman. Darslar davomida ibratli hikoyalarni mumtazam keltirib boorish esa ayni muddo bo'lar edi. Halol luqma

tomog'ingizga tiqilmaydi, jig'ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har

narsaning haloli bo'lsin, deb bejizga aytishmaydi kabi gaplarni o'quvchilarni ongiga

singdirib yuborish kerak. Bizdan oldin yashab ijod qilgan ko'plab ajdodlarimiz

mehnat va halollik haqida ibratli fikrlarni keltirib o'tishgan.

Pedagog-shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli va halol qilib tarbiyalash uchun ularni hunarga o'rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. Alisher Navoiy mehnatning insonni go'zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator

mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farxod va Shirin» dostonining asosiy qahramoni Farxod ana shunday qahramonlar jumlasidandir. Farxod

Armaniston o'lkasiga qadam qo'yganda, o'z yurtida qorandan o'rgangan tosh yo'nish hunarini ishlatib, og'ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki,halollik kishilarni ulug'aydi, halol insonning el ichida qadri va hurmati bo'lishi. Insonning eng katta boyligi bu qalbidagi huzur-halovat ekani bunga esa faqat hayotda halol yashash orqaligina erishish mumkin ekani biz pedagoglar boshqa kasb egalaridan ham ko'proq yosh avlodga tushuntirmog'imiz lozim, zero biz tarbiyalagan o'quvchilarimiz bilan doimo faxrlanib yashaylik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 1.Z. Nishonova, G.Alimova "Bolalar pisixologiyasi" Toshkent 2006-yil.

2.H.B.Haydarova, Yosh avlod tarbiyasida oila manaviyatining o'rni.

3. G'. Shoumarov "Oila pisixologiyasi" Toshkent 2010-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.