Научная статья на тему 'GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHDA ILMIY MAKTABLAR VA XORIJIY TAJRIBA'

GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHDA ILMIY MAKTABLAR VA XORIJIY TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
320
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kadarlar tayyorlash milliy dasturi / tarix / fanlararo integratsiya / xarita / intensivlik / xorijiy tajriba / raqamli tarix / xolislik tamoyili / puxta loyihalashtirilgan dars.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muyassarxon Akramjon Qizi Raximova

Ushbu maqolada «Ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy va xorijiy o‘qitish uslublari, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati» va yurtimizda tarix fani darslariga berilayotgan e’tibor yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHDA ILMIY MAKTABLAR VA XORIJIY TAJRIBA»

GUMANITAR FANLARNI O'QITISHDA ILMIY MAKTABLAR VA XORIJIY

TAJRIBA

Muyassarxon Akramjon qizi Raximova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti, 3-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada «Ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy va xorijiy o'qitish uslublari, innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati» va yurtimizda tarix fani darslariga berilayotgan e'tibor yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Kadarlar tayyorlash milliy dasturi, tarix, fanlararo integratsiya, xarita, intensivlik, xorijiy tajriba, raqamli tarix, xolislik tamoyili, puxta loyihalashtirilgan dars.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.

67-modda. Ta'lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi Ta'lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta'lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:

-ta'lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish; -qo'shma fakultetlar, o'quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish; xalqaro darajadagi birgalikdagi ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;

-hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

-ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o'tkazish; -talabalar, magistrlar, doktorantlar, o'qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;

-ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish; qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar nazarda tutilgan.

(67-modda birinchi qismining to'qqizinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y, 03/21/683/0375-son)

Barchamizga ma'lumki, so'ngi yillar mobaynida gumanitar fanlar tarkibiga kiruvchi, tarix fani darsliklariga kata ahamiyat qaratilmoqda. Biz buning dalili sifatida -ta'lim muassasalarida O'zbekiston tarixi fanini o'rganishga mo'ljallangan dars soatlarining ko'paytirilganligini aytishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, tarix fanini o'qitishda ham ko'pgina amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu fan orqali o'quvchilar, o'tgan davrda bo'lib o'tgan tarixiy voqea-hodisalarni o'rganish bilan siyosat, madaniyat, san'at, iqtisod va ijtimoiy hayotga aloqador ma'lumotlarni ham o'zlashtirishmoqda. Bu esa tarix fanining boshqa fanlar bilan o'zaro integratsiyaga kirishib o'qitilayotganligining isboti hisoblanadi.

Hozirda tarix fanini o'rgatish va o'rganish ko'rgazmali qurollardan foydalanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarning joyini aniqlash, tarixiy xaritani mukammal o'rganish, undagi izohlar va shartli belgilardan xatosiz foydalanish, kontur xaritani tarixiy mazmunda to'ldirish va shu kabi bilim va malakalarni rivojlantirish fanning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Intensivlik qonuni - bu qonun bo'yicha, mashqlar javobi qanchalik intensiv ravishda bo'Isa, shunchalik tez o'zlashtiriladi.

Xorijiy tajribalarni o'rganish va o'rgatish uchun taqqoslash va solishtirish metodlaridan foydalanish zarur. Bunday pedagogik tadqiqot xalqaro pedagogik tadqiqotlarga asosan uch yo'nalishda olib boriladi.

Birinchi yo'nalish - turli mamlakatlardagi ta'lim va tarbiya tizimlarining umumiy qonuniyatlarini aniqlash.

Ikkinchi yo'nalish - har bir ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni, ularni tasdiqlovchi faktlar to'plamini, turli tarixiy davrlardagi va turli tarbiya muhitlariga oid o'ziga xos tomonlarini aniqlashdan iborat.

Uchinchi yo'nalish - ta'lim tizimlarining ichki xususiyatlarini aniqlash, o'xshash va farqli xususiyatlarini belgilab, ularning ta'lim tizimidagi umumiy xususiyatlar bilan bog'liq alomatlarini va alohida xususiyatlari sabablarini aniqlash imkonini yaratib beradi. Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X.Shu va N.Chjoular to'la ochib beradilar: «Agarda millat vaqt o'qida o'zining turgan joyini tarixiy yoki «vertikal» solishtirishlar bilan aniqlay olsa shunda u millatlararo yoki «gorizontal» solishtirishlar yordamida dunyodagi o'z o'rni to'g'risida yaxshiroq tasavvurga ega bo'ladi. SHu bilan bir vaqtda «vertikal» solishtirish ishonch uyg'otadi «gorizontal» esa realist bo'lishga majbur etadi».

Raqamli tarix - bu tarixiy tahlil, taqdimot va tadqiqotlarni davom ettirish uchun raqamli ommaviy axborot vositalaridan foydalanish. Raqamli tarix odatda raqamli ommaviy tarix, birinchi navbatda jalb qilish bilan bog'liq onlayn auditoriya bilan yoki raqamli tadqiqot usullari hisoblanadi. Raqamli tarix natijalariga quyidagilar kiradi: raqamli arxivlar, onlayn taqdimotlar, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, interaktiv xaritalar, vaqt chiziqlari, audio fayllar va virtual olamlar tarixni foydalanuvchi uchun

yanada qulayroq qilish. So'nggi raqamli tarixiy loyihalar ijodkorlik, hamkorlik va texnik innovatsiyalar, matn yaratish, korpus tilshunosligi, tarmoq tahlili, 3D modellashtirish va katta ma'lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu resurslardan foydalangan holda foydalanuvchi mavjud tarixlarni bog'lash, kengaytirish va hayotga tatbiq eta oladigan yangi tahlillarni tezda ishlab chiqishi mumkin. Bu raqamli vositalar va usullarni gumanitar fanlarni o'rganishga olib keladi, chunki bosma so'z endi bilimlarni ishlab chiqarish va tarqatish uchun asosiy vosita emas. Yangi dasturlar va texnikalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish orqali o'qitishning yangi turlarini yaratishga imkon beradi, shu bilan birga, madaniy meros va raqamli madaniyatga qanday ta'sir qilishini o'rganish va tanqid qilish imkonini beradi.

Jahon tarixi va O'zbekiston tarixini o'qitishda integratsion yondashishning eng muhim tamoyillaridan biri ilmiylik, xolislik, tarix haqiqatining ustivorligi tamoyillaridir. Agar bu tamoyilga amal qilinmasa, tarixiy voqea va hodisalarni to'g'ri idrok qilib bo'lmaydi. Natijada o'quvchilarning tarixiy bilimi soxtalashadi. Barchamizga ma'lumki, sovet tarixshunosligi hukmron kommunistik mafkura bilan qurollanib butun o'tmishimizni soxtalashtirib yuborgan. Moziyni asosan urush va xunrezlikdan iborat qilib ko'rsatish bilan tarixiy ilmiy haqiqat ataylab buzib tashlangan edi. Shuning uchun o'rganiladigan tarixiy material ilmiy asoslangan, ishonchli va aniq bo'lishi, voqea-hodisalar o'zaro bog'lanish va rivojlanishda yoritilishi zarur. Shuningdek, tarix haqiqati bu aniq voqealar, hodisalar va munosabatlar majmuyidan iborat bo'lib, tarixda ro'y bergan voqea qanday yuz bergan bo'lsa, uni shunday yoritish kerak.

Har bir darsni yaxlit holatda ko'rish va uni tasavvur etish uchun o'qituvchi bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi kerak. Hozirgi zamon ta'lim tizimidagi amaliy tajribalar shuni ko'rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o'qituvchi va o'quvchiga darsni qiziqarli bo'lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratib beradi.

Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtiradigan va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir bo'lgan, kreativ, erkin va mustaqil fikrlash salohiyatiga ega shaxslar kerak. Shuning uchun ham ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari, ya'ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati katta hisoblanadi. Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo'llanishga oid bilimlar, tajriba o'quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3775-sonli qarori.

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston.. 2017.

3. J. Hasanboyev, X.A. To'raquIov, I.Sh. Alqarov, N.O'.Usmanov Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. O'zR Oliy va o'rta -maxsus ta'lim vazirligi. Toshkent: «Noshir», 2011.456 b.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. https://lex.uz/docs/-5013007

17. http://hozir.org/oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-v35.html?page= 103

18. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Digital history

19. https://daryo.uz/amp/2021/03/28/gumanitar-fanlar-bolmasa-tanqidiy-fikrlay-olmaymiz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.