Научная статья на тему 'GM UZBEKISTAN YENGIL AVTOMOBILLARIGA KO’RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH (AVTORITET AVTOSERVISI MISOLIDA)'

GM UZBEKISTAN YENGIL AVTOMOBILLARIGA KO’RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH (AVTORITET AVTOSERVISI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
157
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtoservis xizmatlari / yengil avtomobil / texnik ko’rik

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Jahongir Hikmatullayev, Akmaljon Ikromov

Ushbu maqolada GM Uzbekistan yengil avtomobil transport turlari, ularga ko’rsatiladigan servis xizmat imkoniyatlari va darajasini o‘rganildi. Yengil avtomobil bilan bog‘liq bo‘lgan servis xizmatlarni baholash me’zonlari va AVTORITET avtoservis xizmat ko‘rsatish korxonasi tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GM UZBEKISTAN YENGIL AVTOMOBILLARIGA KO’RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH (AVTORITET AVTOSERVISI MISOLIDA)»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

GM UZBEKISTAN YENGIL AVTOMOBILLARIGA KO'RSATILADIGAN SERVIS XIZMAT SIFATINI OSHIRISH (AVTORITET AVTOSERVISI

MISOLIDA)

Ushbu maqolada GM Uzbekistan yengil avtomobil transport turlari, ularga ko'rsatiladigan servis xizmat imkoniyatlari va darajasini o'rganildi. Yengil avtomobil bilan bog'liq bo'lgan servis xizmatlarni baholash me'zonlari va AVTORITET avtoservis xizmat ko'rsatish korxonasi tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Avtoservis xizmatlari, yengil avtomobil, texnik ko'rik

Oxirgi o'n yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar avtomobillarga xizmat ko'rsatishda keskin tarkibiy o'zgarishlarga olib keldi, xizmat iste'molchilarining talabalarini sifatli va to'liq qondirishga yo'naltirilgan iqtisodiyotdan, hamda xizmat ko'rsatishlarga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda avtoservis oldiga yangi vazifalarni qo'ydi.

Servis - xizmat ko'rsatishga qaratilgan faoliyatdir. Uning alohida xususiyati shundaki, xizmat ko'rsatish jarayonida ba'zi material resurslar sarf qilinsada, servis material ko'rinishida emas, balki ehtiyojini faoliyat orqali qondirishidadir. Xizmat ko'rsatish ishlab chiqarish jarayonidan ajralmasdir, u saqlanmaydi va doimiy bo'lmagan sifat xususiyatiga ega. Xizmatning ishlab chiqarish jarayonidan ajralmasligi uni shu jarayonda iste'mol qilinishidadir. Xizmatni amalga oshirilgandan so'ng uni saqlab qolish, yig'ishning yoki sotishning iloji yo'q, shuning uchun xizmatni ko'rsatish jarayonida kerakli material, moliyaviy va mehnat resurslari hajmini rejalashtirishda xizmatga bo'lgan talabni aniq bashorat qilish vazifasi turadi.

Avtomobil servisi iste'molchilarning avtotransport vositalarini sotib yoki ijaraga olish, texnik soz holda saqlash, kerakli ekspluatatsion xususiyatlarga ega transport vositalariga qulay ishlash sharoitlarini yaratish bo'yicha bo'lgan talab va ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan. Texnik servis avtotransport vositalari egalarini talabini qondirish, yo'lovchi va yuk tashishning maromda va xavfsizligini ta'minlashga, loyihalash va ishlab chiqarishda nazarda tutilgan me'yorlarni qoniqtirilishini ta'minlaydi.

Jahongir Hikmatullayev

Toshkent davlat transport universiteti magistranti Ilmiy rahbar: Akmaljon Ikromov

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Avtomobil transportidan foydalanishning tuzilish tarkibida, ishlab chiqarish majmualari orasida texnik servis alohida o'ringa ega. Uning holati va samarador faoliyati sifatli transport xizmatlarni rivojlanishining muhim shartidir. Avtotransport vositalarining texnik servisi iste'molchilar talablarni qondiradigan, avtomobillarni ishga yaroqli holda saqlab turadigan, harakatlanuvchi tarkibning holatini ekologik va xarakat xavfsizligi shartlariga muvofiq bo'lishini ta'minlaydigan yuqori sifatli xizmatlarni bajaradi.

Mamlakat iqtisodiyotida avtomobil transportining muhim o'rni bor, u katta ijtimoiy ahamiyatga ega, eng qulay va foydalanish oson harakatlanish vositasi sifatida fuqarolarning hayotiga mahkam joylashib olgan. Transportning boshqa turlariga nisbatan avtotransport vositasining soddaligi va foydalanishda osonligi avtomobil yo'llarida yuqori tezliklarda va jadal harakatlarda undan foydalanishning xavfsizligiga alohida talablar qo'yiladi. Boshqa tomondan avtotransport vositalarini tuzilishi, birinchi navbatda ishonchliligi, tashxislash vositalari bilan to'la jixozlaganligi, mikroprotsessor texnika keng qo'llanishi, murakkabligi va qiymatini oshib borishi texnik servisning foydalanish xavfsizligini ta'minlashga javobgarligini kuchaytiradi.

GM Uzbekistan qo'shma korxonasi aholining avtomobilga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, transport servis xizmatlarini joriy qilish vazifalari mavjud.

Dunyo amaliyotida avtomobilsozlik kompaniyalari o'zlari ishlab chiqargan avtomobillarni xaridorlarga sotish uchun texnik xizmat ko'rsatuvchi, ehtiyot qism va ashyolar bilan savdo qiluvchi korxonalar majmuasi bo'lmish avtoservis korxonalarini tashkil etganlar. Keyinchalik avtomobil parkining o'sishi bilan avtomobilsozlik kompaniyalaridan mustaqil servis korxonalari ham paydo bo'la boshlagan. Avtoservis korxonalarida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatiladi, tijorat ishlari amalga oshiriladi va mijozlar bilan ishlanadi.

O'zbekistonda avtomobil servisi sifatli va keng turda xizmatlar ko'rsatish bo'yicha davomli an'analariga ega. Avtoservis tarmog'i turli xildagi avtoservis korxonalaridan tashkil topgan: avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodlarning servis markazlaridan to uncha katta bo'lmagan avtomobil ta'mirlash ustaxonalari va mayda ta'mirlash postlarigacha. ejashi, tezkorlik va harakat xavfsizligi tushiniladi.

Avtomobillarning uzoq ishlashi natijasida miqdoriy ko'rsatgichlari kamayib, uning xossasini o'zgartiradi, shuningdek, avtomobilning texnikaviy holati yomonlashadi, bu esa, avtomobilning ishonchliligini qisman yoki butunlay yo'qolishiga sabab bo'ladi.

AVTORITET avtoservis korxonasi O'zbekistonda bir necha yildan beri faoliyat olib bormoqda. Serviz xizmatining ko'plab turlari bilan avtomobilni ishonchlilik holatiga keltirmoqda.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Avtomobilning ishonchlilik holati deganda, unga topshirilgan vazifani, ma'lum davr ichida, bajarishga imkon beruvchi ekspluatatsion ko'rsatkichlari tushiniladi.

Avtomobilning texnikaviy holati, ishonchliligini talab darajasida bo'lishi uchun, uning o'zgarish sabablarini bilish va o'z vaqtida bartaraf etish lozim.

Avtomobil texnik holatini o'zgarishi o'ziga xos qonunlar asosida ro'y beradi, bular ishlash jarayoni (narabotka) bo'yicha texnik holatini o'zgarishi (1-tur ehtimolligi) va tasodifiy ehtimollik jarayonlari qonunyatlari (2-tur ehtimolligi) hisoblanadi.

Yuqoridagi qonuniyatlar o'z navbatida, avtomobil texnik holatini ekspluatatsion vaqt yoki yurgan yo'li davridagi texnik holat o'zgarishi ko'rsatgichlari variatsiasidir. Bu qonuniyatlar avtomobil ishonchliligini to'liq xarakterlaydi.

TXK va JT ishlarini ratsional tashkil etish uchun biz smena, kun, hafta va oy maboynida nechta ma'lum turdagi "ishdan chiqish" bo'lishi mumkinligini bilish, bizga kerakli ishchilar sonini, ishlab chiqarish maydonini, ehtiyot qismlar sarfini me'yorlashga imkon yaratadi.

Avtomobil ishonchliligi ko'rsatgichlarini bir-biriga bog'liqligini uchinchi qonuniyat, tiklanish jarayoni-ma'lum vaqt ichidagi " ishdan chiqish " sodir bo'lishi va uni bartaraf etish xarakterlaydi.

Avtomobillarni ishga yaroqli holda ushlab turish, ishdan chiqishini oldini olish va bartaraf etish asosiy vazifa hisoblanadi.

Shuning uchun TXK ning asosiy vazifasi avtomobillarni ishdan chiqishini oldini olish, JT ning vazifasi esa, ishlash davrida kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etish hisoblanadi.

Hozirgi vaqtgacha MDH da ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni JT reja asosida bajarilib kelgan va bajariladi, bu o'z navbatida TXK va JT tizimini tashkil etgan holda, bir-biriga bog'liq bo'lgan Nizom va me'yorlar, hamda TXK va JT ishlarining tartibini aniqlab beradi.

Ko'pgina mamlakatlarda avtomobil transportiga TXK va JT ning rejaviy-ogohlantiruvchi tizimi qabul qilingan bo'lib, unga quyidagi talablar qo'yiladi:

• moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda avtomobillarni ekspluatatsion

xususiyatlarini saqlab turish;

• TXK va JT ni rejalay va tashkil eta oluvchi rejaviy-me'yoriy xarakterga ega

bo'lishi;

• barcha avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalari uchun majburiyligi;

• barcha muxandis-texnik hodimlar uchun konkret va anglash mumkinligi;

• ishlash sharoitiga qarab konkret me'yorlarni bir maromdaligi va egiluvchanligi;

• avtomobillarni har xil sharoitda ekspluatatsiyasini hisobga oluvchanligi.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Avtomobillarga TXK ning muqobil tartibi - bu, avtomobillarning yurgan yo'liga to'g'ri keluvchi TXK va ta'mirlash uchun sarf xarajatlarni eng kam sarf qilgan xolda, uning foydalanish davridagi ishonchliligini ta'minlash uchun bajariladigan ishlarning davriyligi va majmui xisoblanadi.

Har bir aniq xolat uchun muqobil tartibni aniqlash juda qiyin, chunki u ko'pgina omillarga, ya'ni avtomobilning tuzilishi va turiga, foydalanish sharoitiga, yangiligidan beri yurgan yo'liga va boshqalarga bog'liq bo'ladi.

Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda aholiga qarashli yengil avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish tartibi avtomobilni xarid qilishda taqdim etiladigan servis kitobchasi bo'yicha belgilanadi.

Servis kitobchasi asosiy xujjat xisoblanib, u avtomobilga xizmat ko'rsatish tartibini hamda ishlab chiqaruvchi zavod va avtomobil egasi orasidagi munosabatni belgilab beradi. Ko'pincha kitobchaning birinchi varag'ida ishlab chiqaruvchi va xaridorning xuquqlari va majburiyatlari, avtomobildan foydalanish uchun ko'rsatmalar, shu jumladan kundalik xizmat ko'rsatish, kafolat shartlari, uni xatlash tartibi xamda avtomobil (sotib olingan vaqti va joyi, dvigatel va shassining raqami va markasi va h.k. ) va uning egasi (ismi sharifi, turar joyi, telefon raqami va h.k.) to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Bu o'z navbatida, avtomobil TXKS ga kelganda buyurtma-naryadning avtomobil va uning egasi to'g'risidagi ma'lumotlarni tezda to'lg'azishga imkon beradi.

Respublikamizda avtoservis tizimi yanada rivojlanmoqda, uning xizmatidan bir milliondan ortiq avtomobil egalari muntazam foydalanmoqdalar. Avtoservisning moddiy-texnika bazasini bugungi kun talablari darajasigacha rivojlantirish, sohada qonun ustivorligini ta'minlash, servis xizmati madaniyatini oshirish, tashkiliy-iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish, fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish avtoservis bo'yicha texnik siyosatni belgilovchi omillar bo'lishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Автомобиллар техник эксплуатацияси. Узбекистан Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлиги автотранспорт олий укув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия этган. Проф. Сидикназаров ^.М. умумий тахрири остида, Тошкент "VORIS-NASHRIYOT", 2008. - 560 б.

2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil.

3. Узбекистон Республикаси автомобил транспорти харакат таркибига техник хизмат курсатиш ва таъмирлаш тугрисидаги низом. Тошкент,1999 й.

4. Руководство по ремонту и обслуживанию. Инструкция по эксплуатации автомобилей ДЭУ. НЕКСИЯ (все модели). Ташкент, 2000 г.

200

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.