Globallashuv sharoitida jamiyatda axborot xavfsizligini ta'minlashning ayrim jihatlari
Zokirjon Ergashevich Suyarov Omonillo Hayotbekovich Zokirjonov Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot xavfsizligi muammosi uning globallashuv jarayonidagi dolzarblashuvi masalalari yoritilgan. Shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlashning xuquqiy va ijtimoiy jihatlariga to'xtalib o'tilgan. Axborot xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadi va axborot xavfsizligi tushunchasining qamrovi shuningdek jamiyatga tadbiq etilishi yoritilgan
Kalit so'zlar: axborot, xavfsizlik, globallashuv, jamiyat, tizimlar, barqarorlik
Some aspects of ensuring information security in society in the
context of globalization
Zakirjon Ergashevich Suyarov Omonillo Hayotbekovich Zakirjanov Tashkent Financial Institute
Abstract: In this article, the problem of information security and its relevance in the process of globalization are discussed. Legal and social aspects of information security were also discussed. The main goal of ensuring information security and the scope of the concept of information security, as well as its application to society, are explained
Keywords: information, security, globalization, society, systems, stability
Ma'lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo'yicha ilg'or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo'llash keng ko'lamda amalga oshiriladi. Hozirda tez rivojlanib borayotgan axborot kommunikatsiya taxnologiyalari asrida bizning kundalik hayotimizning barcha sohalariga sezilarli ta'sir o'tkazmoqda. Shu bilan bir qatorda axborot almashinuvi tezligi axborotlarni
xavfsizligi va ularni himoya qilishni dolzarb masalaga aylantirib tobora globallashuv ahamiyatini kasb etmoqda.
2016-yilning 14 dekabr kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta'minlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda." deb ta'kidlab o'tgandi. Keyingi paytlarda axborot xavfsizligi nima va u qanday ta'minlanadi degan savol jamiyat xavfsizligi darajasida dolzarb muommo sifatida yuzaga kelmoqda. Jamiyatda axborot xavfsizligini ta'minlash xaqida fikr yuritar ekanmiz eng avvalo axborot xavfsizligi tushunchasini taxlil qilishga to'g'ri keladi.
Axborot xavfsizligi (Information security) Inglizcha (infoSec) - axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, o'zgartirish, taqiq qilish, yozib olish yoki yo'q qilishning oldini olishga qaratilgan amaliyot xisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadi ma'lumotlarnining konfidensialligini, yaxlitligini va mavjudligining muvozanati hisoblanadi. Bu jarayonni tashkilotlarning faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan ximoya qilish kerakligini anglatadi. Davlatning axborot xavfsizligini ta'minlashni muammosi milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va ajralmas qismidir. Axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanganligi barchamizga ma'lum. Axborot xavfsizligini ta'minlashda birinchi navbatda tashkilotlarning asosiy vositalari va moddiy aktivlari, taxdid manbalari, zaif tomonlari, potensial ta'sirlar va mavjud xavflarni boshqarish va uning oldini olishga qaratilgan ko'p bosqichli xavfsizlikka tayyorgarligi kiradi. Ushbu faoliyatni standartlashtirish maqsadida ilmiy va kasbiy hamjamiyat texnik axborot xavfsizligi choralarini, yuridik javobgarlik asoslarini, foydalanuvchining imkoniyatlari, axborot xavfsizligi sohasida ma'murlarni tayyorlash metodologiyasini ishlab chiqishi muhim jarayon hisoblanadi. Siyosiy va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida ish olib boriladi. Axborot xavfsizlini standartlashtirishga asosan quyidagilarni asos qilib olish mumkin. Ma'lumotlarga kirish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni tartibga soluvchi keng ko'lamli qonunlar va qoidalarni ishlab chiqish. Axborot xavfsizligini ta'minlashga doir xuquqiy tizimni takomillashtirish. Axborot xavfsizligi orqali jamiyat a'zolari xavfsizligiga oid axborotlarning o'g'irlanishi yoki o'zlashtirilishiga qarshi turish. Jamiyatda turli xil yolg'on axborot va ma'lumotlar tarqalishini oldini olish kabi muhim masalalarni qamrab olishi kerak. Globallashuv jarayonlarida davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishda axborot texnologiyalari orqali electron xizmat ko'rsatishga ehtiyoj ortib bormoqda. Bunga Davlat xizmatlari markazi va u orqali aholiga ko'rsatilayotgan xizmat turlari ortib borayotganligini misol sifatida ko'rsatishimiz mumkin. Davlat xizmatlari
markazlarini aholiga xizmat ko'rsatishda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish masalasiga e'tibor berish kerak. Davlat xizmatlari markazi orqali axoliga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezligini oshirish orqali fuqarolarning vaqtini tejashga, ularning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini oshishiga xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning kirib kelishining foydali tomonlariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: Axoliga xizmat ko'rsatishni qulayligi, axolini davlat idoralariga bo'lgan munosabatlarini yaxshilanishi, axolining nafaqalari to'g'ridan to'g'ri yetib borshi, kommunal to'lovlarni qulaylashtirish umuman olganda fuqarolarning talab va ehtiyojini samarali qondirishdan iborat. Lekin, tashkilotlarda doimiy takomillashtirish shakillantirilmagan bo'lsa har qanday standartlashtirish va metodologiyalar foyda bermasligi yoki yuzaki ta'sir ko'rsatishi mumkin. Axborot xavfsizligining markazida axborotni ximoya qilish faoliyati uning maxfiyligini va yaxlitligini ta'minlash va shu bilan birga tanqidiy vaziyatlarda hech qanday murosalarga yo'l qo'ymaslik masalasi birinchi o'rinda bo'ladi. Bunday holatlarga tabiiy, texnogen va ijtimoiy ofatlar, kompyuterlarni ishdan chiqishi va boshqa shunga o'xshash xolatlar kiradi. Ilgari xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o'g'irlash yoki nusxa olishdan iborat bo'lgan bo'lsa, xozirgi paytda xavf kompyuter ma'lumotlari to'plami, electron ma'lumotlar electron massivlardan ularni egasidan so'ramasdan foydalanishga urinishdir. Bundan tashqari bunday harakatda moddiy foyda olishga intilish ko'zga tashlanadi. Axborotning ximoyasi deb boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta 'minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitligi, ishonchiligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta'minlovchi qat'iy reglamentlashgan dinamik texnologik jarayon tushuniladi. Axborot xavfsizligini ta'minlashdan maqsad:
1. Axborotni kelishuvsiz o'zgartirilishi, soxtalashtirilishi, yo'qotilishi, o'g' irlanishini oldini olish;
2. Shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligiga bo'lgan xavfni bartaraf etish;
3. Axborot tizimida shaxsiy ma'lumotlarni saqlovchi fuqarolarning huquqlarini ximoya qilish;
4. Davlat siri va qonunchilikka mos hujjatlarlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash;
5. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta'minlovchi vositalar yaratish hamda ishlab chiqish shuningdek, qo'llanilishida sub'ektlarning huquqlarini ta'minlashdan iborat.
Xulosa qilib aytganda axborot xavfsizligi jamiyat barqarorligi va taraqqiyotinig asosiy me'zoni bo'lib bugungi globallashuv sharoitida dolzarb axamiyat kasb etmoqda.
Foydalanililgan adabiyotlar
1. O'zb. Res. Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisiga qilgan murojati.
2. Axborot xvsizligi S.K. Ganiyev, M.M. Karimov, K.A. Tashev
3. Axborot xavfsizligi asoslari Karimov I.M., Turgunov N. A.
4. O'zbekiston Respublikasi 2022-yil 15-fevraldagi Kiberxavfsizlik to'g'risidagi yangi qonuni.