Scientific Journal Impact Factor
GEORESHETKA BILAN ASFALTBETON QOPLAMALARINI
ARMATURALASH
Amirov Tursoat Jummayevich (PhD, dotsent) e-mail: tursoat.amirov@mail.ru Qurbonov Bobomurod Eshmurodovich (assistent) e-mail: bob.qurbon@gmail.com Omonova S.R. (talaba) omonova.s@umail.uz Toshkent davlat transport universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yo'llari qoplamalarida deformatsiyalarning paydo bo'lishi, harakat tezligi va qulayligini pasayishi, yoriqlar, o'yiqlar, uvalanish va g'ildirak izlari (koleya), qoplamaning yuza qatlamlari surilishlar, qoplamaning yemirilishi kabi nuqsonlar ko'rib chiqilgan va asfaltbeton qorishmalariga armaturalovchi dispers materiallar, geosintetik materiallarni qo'llash, yo'l xo'jaligida innovatsiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Avtomobil yo'li, qoplama, yoriqlar, o'yiqlar, geosintetik, deformatsiya, g'ildirak izlari (koleya), surilish, tamirlash, muzlash.
Abstract: This article examines the defects of the road surface, such as the occurrence of deformations, a decrease in the speed and comfort of movement, cracks, potholes, spalling and ruts, a shift in the surface layers of the surface, wear of the coating and discusses the issues of introducing dispersed materials, geosynthetic materials into asphalt concrete mixtures, improving the mechanisms for using innovations. in the road sector.
Key words: Automobile road, pavements, cracks, potholes, geosynthetics, deformation, track, shift, repair, freezing.
Аннотация: В данной статье рассмотрены дефекты дорожного покрытия, как возникновение деформаций, снижение скорости и комфортности движения, трещины, выбоины, выкрашивание и колеи, сдвиг поверхностные слоев покрытия, износ покрытия и рассмотрены вопросы внедрения в асфальтобетонные смеси дисперсных материалов, геосинтетических материалов, совершенствования механизмов использования инноваций в дорожном хозяйстве.
Ключевые слова: Автомобильная дорога, покрытия, трещены, выбоины, геосинтетик, деформация, колея, сдвиг, ремонт, замерзания.
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida avtomobil transporti salmoqli o'rinlardan birini egallaydi. Avtomobil yo'llarida o'z vaqtida ekspluatatsiya qilish yil davomida transport vositalarining xavfsiz va qulay, belgilangan tezlikda harakatlanishini ta'minlaydi.
Avtomobil yo'llari qoplamalarida deformatsiyalarning paydo bo'lishi ravonlikni yomonlashtiradi, harakat tezligi va qulayligini pasaytiradi, avtomobil yo'llari va avtomobillardan foydalanish xarajatlarini ko'paytiradi, harakat xavfsizligini pasaytirib, yo'l - transport xodisalari (YTH) ni ko'paytiradi.
Mazkur maqolada asfalbeton qoplamali avtomobil yo'llarida sodir bo'layotgan turli xil nuqsonlar va buzilishlar yuzazidan qilingan ilmiy ilshlar, chop qilingan maqolalar, yo'riqnoma, o'quv qo'llanmalarni, o'rganish va tahlil qilish usullaridan keng foydalanildi. Saidov Z.X, Amirov T.J, G'ulomova X.Z. Avtomobil yo'llari: materiallar, qoplamalar, saqlash va ta'mirlash, A.F.Shaxidov, T.J.Amirov. "Asfaltbeton qoplamalarning xizmat muddatini oshirish". TAYI xabarnomasi, IQN 68-11 «Avtomobil yo'llarini qurishda georeshetka materiallarini qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi metodologik manba bo'lib belgilandi.
Avtomobil yo'llari qoplamalari keyingi yillarda jadal deformatsiyalanishi va buzilishining sabablardan biri - ularning ishlash sharoitlari o'zgarishidir. Transport oqimi miqdor va sifat jihatdan o'zgardi, harakat jadalligi, yuk transport vositalarining o'qiga tushadigan yuklama, hisobiy xarakat tezligi, yengil va yuk avtomobillarining dinamik imkoniyatlari oshdi. Kam yuk ko'taradigan, ko'p o'qli yuk avtomobillari, qulay turistik avtobuslar ko'paydi. Transport oqimi tartibida yuqori dinamik xususiyatlariga ega bo'lgan xorij avtomobillari ortib borayapti. Bu avtomobillarda o'qqa tushadigan yuklama meyoridan katta bo'lib 13 tonnagacha yetadi.
Qoplamalarga transport vositalaridan va tabiiy iqlimiy omillardan tushadigan zo'riqishlar ruxsat etilgan meyorlardan ortib ketganda qoplama deformatsiyalanadi. Yilning turli fasllarida havo haroratining o'zgarishlari, qoplamalarda muzlash - erish jarayonlarining kechishi natijasida asfaltbeton qoplamalarda kuchlanishlar hosil bo'ladi.
Asfaltbeton qoplama elastik - plastik material bo'lgani, qizish - sovish jarayonlarda xususiyatlari o'zgarishi, mo'rt holatdan plastik xolatga o'tishi sabablaridan plastik deformatsiyalar yuzaga keladi. Bunda qoplamaning
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Scientific Journal Impact Factor
deformatsiyaga bardoshliligi turli yuklamalarning tasir etish davomiyligiga bog'liq bo'ladi.
Yilning issiq vaqtlarida qoplama harorati ancha ko'tarilib asfaltbeton yumshab qoladi va transport vositalari tasir etaverganidan qoldiq deformatsiyalar to'planib qoladi. Haroratning keskin o'zgarishi va transport vositalaridan tushadigan yuklamalar ta'sirida qoplama qatlamlarida hosil bo'ladigan cho'zuvchi kuchlanishlar yoriq hosil bo'lishiga olib keladi [1].
Avtomobil yo'llaridan foydalanish tajribasidan malumki asfaltbeton qoplamalarining ko'p uchradigan buzilishi yoriqlar, o'yiqlar, uvalanish va g'ildirak izlari (koleya) ko'rinishida bo'ladi. Davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo'llarining o'ngdagi chekka tasmalarida yuk avtomobillarining izlari hosil bo'lishi ko'p uchraydi. Shahar yo'llari va ko'chalarida chorrahalarda, temiryo'ldan o'tish joylarida, svetoforlar oldida avtomobillar keskin tormozlanishi va yurishni boshlashi natijasida yopishgan qoplamaning yuza qatlamlari suriladi, to'lqinlar hosil bo'ladi. Avtomobillarning g'ildiragidan gorizontal va vertikal kuchlar hosil bo'ladi. Bu kuchlar avtomobillarning tormozlashdan oldingi tezligiga, tormozlash jadalligiga, yo'lning bo'ylama nishabligiga bog'liq bo'ladi. Qoplamalarning holati avtomobillar ish unumdorligiga jiddiy ta'sir etib, qoplamadagi turli buzilishlar yonilg'i sarfini ko'paytiradi. Yuqori darajada titrashlar hosil bo'lishi yo'l qoplamasining ham, avtomobillarning ham yeyilishini tezlashtiradi. Hisoblardan ko'rinishicha, buzilgan qoplama yuzasi 1 % ga oshsa, unda harakatlanadigan avtomobillarning yonilg'i sarfi ham 1 % ga ortadi [2].
Shahar avtomobil yo'llarining deformatsiyalanishi va buzilishiga transport oqimida katta sig'imli passajir transport vositalarining ko'pligi o'z hissasini qo'shadi. Ularning o'qidagi yuklama meyordan ancha ko'p bo'ladi, katta tezlanish hosil qiladi, tormozlanishda katta manfiy kuchlar hosil qiladi.
Avtomobil yo'llarining ekspluatatsiya qilishning muayyan sharoitlarida deformatsiyalar va yemirilishlarning yuzaga kelishi konstruktiv qatlamlarning materiallari toliqishi, yo'l to'shamasining mustahkamligi va qatlamning qatlamlari turg'unligidan tashqari, yo'l to'shamasi va pastki qatlamlarning shunday xususiyatlariga ham bog'liq.
Asfaltbeton qoplamalarining deformatsiyalanishi va yemirilishida, avtomobil yo'llarini loyihalash meyorlarining kamchiliklari ham muhim omil bo'ladi. Shulardan biri-turli tasmalar uchun, bir o'qqa ruxsat etilgan yuklar miqdorlari bir xilligidir.
Avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilishning dunyo tajribalarini tahlil qilishdan malum bo'ladiki, qoplamalarning deformatsiyalanishi va buzilishiga va bu
Scientific Journal Impact Factor
nuqsonlarning rivojlanishiga ekspluatatsiya davridagi talablarga rioya qilmaslik va o'z vaqtida tamirlanmaslik jiddiy ta'sir qiladi.
Qoplamalarga havo harorati yuqori bo'lganda surilib ketishga, yorilishga, plastik deformatsiyalarga qarshilik qila oladigan materiallarni topish masalasi fan oldida turgan muhim muammo hisoblanadi [3]. Bunda asfaltbeton qorishmalariga armaturalovchi dispers materiallar, geosintetik materiallarni qo'llash istiqbolli yo'nalish bo'la oladi. Shu maqsadda, "Avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot instituti" UK tomonidan IQN 68-11 ishlab chiqilib, georeshatka materiallarni qo'llash tajriba uchastkalarida amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yo'l xo'jaligida innovatsiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish, asfaltbeton qoplamalariga tasir qiluvchi turli xil omillarga chidamliligini va bardoshliligini oshirish uchun georeshetkalardan (geosetka) keng qamrovli foydalanishni maqsadga muvofiqdir, Avtomobil yo'llari qo'mitasining viloyatlar xududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarining avtomobil yo'llarini saqlash va ta'mirlash sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning me'yoriy-huquqiy faoliyati, avtomobil yo'li soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish kabi tadbirlar avtomobil yo'llari holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
1. Saidov Z.X, Amirov T.J, G'ulomova X.Z. Avtomobil yo'llari: materiallar, qoplamalar, saqlash va ta'mirlash. Toshkent, «Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi» nashriyoti. 2010 y. 454 bet
2. A.F.Shaxidov, T.J.Amirov. "Asfaltbeton qoplamalarning xizmat muddatini oshirish" TAYI xabarnomasi. 2010 y. 1-son. 71-76 bet.
3. IQN 68-11 «Avtomobil yo'llarini qurishda georeshetka materiallarini qo'llash bo'yicha yo'riqnoma" O'zavtoyo'l DAK AYITI, 2012 y.
XULOSA
REFERENCES